Etnofolklor laboratoriyasi
Статистика- Последний пост
- 11 дек.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- ro
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❓ Maqom nima? 🎼 "Maqom" arab tilidagi "maqam" so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy jihatdan "joy", "makon", "o‘rin" kabi ma'nolarni anglatadi. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari an'anaviy musiqa san'ati manzarasida u asosiy tushunchalardan biriga aylangan. 🎶 Musiqiy atama sifatida "maqom" serma'no hisoblanadi. Mutaxassislar uning kamida 11 ta ma'nosini sanab beradilar. Ular ichida asosiylari quyidagilar: 🔸parda (tovush hosil bo‘ladigan joy); 🔸lad-tovushqator; 🔸turkumli musiqiy janr. 🇺🇿 Bugungi kunda O‘zbekistonda asosiy maqom yo‘llari 3 ta bo‘lib, bular: ▪️ Buxoro Shashmaqomi; ▪️ Xorazm maqomlari; ▪️ Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari. 🏛 Bular ichida Shashmaqom 2008-yilda YUNESKO tomonidan "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi" sifatida Reprezentativ ro‘yxatga kiritilgan. #nomoddiymadaniymeros #musiqa #maqom 👉🏻 https://youtu.be/75T0vaVQwbQ?si=1G5V4wrglxG4ZVyv 🖇 @maqomot
⚡️Oq terakmi, ko‘k terak – qadimiy xalq o‘yini! 🌳 “Oq terakmi, ko‘k terak” – bu oddiygina bolalar o‘yini emas. U xalq og‘zaki ijodining bir bo‘lagi, ijtimoiy-madaniy merosimizning qadimiy qatlamlaridan biridir. Bu o‘yin bolalarning mantiqiy fikrlashini, ijtimoiy muloqotini va jismoniy faolligini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lgan. ✨ O‘yindagi “oq terak” va “ko‘k terak” so‘zlari o‘zbek xalqining daraxtlarga, tabiatga bo‘lgan qadriyatini ifodalaydi. Terak daraxti – tez o‘suvchi, sog‘lomlik va chidamlilik ramzi. Shuning uchun ham bu o‘yinda har bir satr qo‘shiqqa o‘ziga xos ma'no yuklaydi. 📣 Siz ham bu o‘yinni bolalarga o‘rgating! Merosimiz yashasa – biz ham yashaymiz! 👀 Ulaning va ulashing! icrich.uz|Telegram|Facebook|Instagram|X|YouTube
🎶 O‘zbek xalq qo‘shiqlari – xalq qalbining ohangli kundaligi 🎵Milliy musiqa san’atimiz durdonalari orasida alohida o‘rin tutuvchi “Qilpillama” xalq qo‘shig‘i o‘zining nafis kuy ohangi, sodda-yu ma’noli matni bilan yillar osha qalblarga yetib kelmoqda. 🎙O‘zbek xalq qo‘shiqlarining taniqli ijrochisi Rahima Mazahidovaning mahoratli, yurakdan chiqqan, milliy ruh bilan yo‘g‘rilgan ijrosi ushbu qo‘shiqning asl jozibasini ochib beradi. R.Mazahidova nafaqat xalq qo‘shiqlarini go‘zal ijro etgan, balki ularni asl holicha saqlab, yangi avlodga yetkazishda ham beqiyos xizmat qilgan. 📽Ushbu video orqali Sizni o‘zbek xalq kuylarining betakror sehrli olamida sayr qilishga taklif qilamiz. 👀 Ulaning va ulashing! icrich.uz|Telegram|Facebook|Instagram|X|YouTube
🎶 O‘zbek xalq qo‘shiqlari – bu xalq qalbining ohangli kundaligi 📝 Ular orqali ajdodlarimiz quvonch va g‘amni, muhabbat va armonni, tarix va hayotni kuyga solib qoldirishgan. Ana shunday yuraklarni larzaga soluvchi qo‘shiqlardan biri – “Omon yor”. 📖 “Omon yor” – muhabbat iztirobi bilan yo‘g‘rilgan lirik xalq qo‘shig‘idir. Bu asar bevosita bir insonning yurak nidosi bo‘lsa-da, xalqning dardini ifoda etadi. Folklorshunoslar “Omon yor”ni xalq lirikasining eng chuqur qatlamlariga mansub deb hisoblaydi. Qo‘shiqdagi til obrazlarining kuchliligi, oddiy so‘zlar orqali yuksak estetik kechinmalarni yetkazishi uni folklor durdonasiga aylantirgan. 📹 Folklor etnografik ansambli ijrosida 🎞 Xalq ichida 👀 Ulaning va ulashing! icrich.uz|Telegram|Facebook|Instagram|X|YouTube
#Qadriyat ⚡️ "Sarmangan" folklor-etnografik jamoasi milliy urf-odat va an’analarni avloddan-avlodga yetkazmoqda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan "Sarmangan" folklor-etnografik jamoasi xalqimizning boy ma’naviy merosi, milliy urf-odat va an’analarini asrab-avaylash hamda targ‘ib etish yo‘lida samarali ishlar olib bormoqda. Jamoa o‘z chiqishlarida xalq og‘zaki ijodi, an’anaviy qo‘shiqlar, raqslar, marosimlar va turmush tarziga oid elementlarni jonli ijroda namoyon etib, yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qilmoqda. Jamoa a’zolari avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarning tirik timsolidir. Ular orqali xalqimiz o‘tmishidan darak beruvchi ma’naviy meros yanada keng ommaga yetkazilmoqda. icrich.uz|Telegram|Facebook|Instagram|X|YouTube
🐾 Xorazm sahrolarida dunyoga kelgan, ammo bugun unutilish arafasida turgan noyob raqs turi — qumpishik raqsi haqida eshitganmisiz? ✨ Bu raqs turi Xorazmdan boshqa hududlarda uchramaydi. U qumda yashovchi hayvon – cho‘l mushugi (qumpishik) harakatlariga asoslangan. Raqs garchi qisqa davom etsa-da, tomoshabinni o‘ziga rom etuvchi sehrga ega. 👁🗨 Tasavvur qiling: butalar orasidan chiqib kelayotgan raqqos cho‘l hayvonining siymosini gavdalantiradi. Uning mimikasi, ikki uzun tishi va sirli harakatlari – bularning bari cho‘l hayotining badiiy ifodasidir. 📜 Rivoyatlarga ko‘ra, bu raqs ilk bor cho‘l bag‘rida, bir cho‘pon doira va surnayda kuy chalib o‘tirgan paytda yaratilgan. Cho‘pon ohangiga mos ravishda qumpishik harakat qilgan va shu holat raqsga aylangan. 🚨Qumpishik raqsi – yo‘qolib borayotgan madaniy merosimiz! Uni asrash va targ‘ib qilish har birimizning burchimizdir. #xorazmekspeditsiyasiturkumidan #qumpishik icrich.uz|Telegram|Facebook|Instagram|X|YouTube
#Tabrik🎂 📆 Bugun, 14-iyul O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti "Etnofolklor laboratoriya" bo‘limi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yuldashev Abduvali Abdumutalibovich tug‘ilgan kun. 💐 O‘zbekistonda tarix fani rivojiga sezilarli hissa qo‘shib kelayotgan olim Abduvali Yo‘ldoshevni bugungi qutlug‘ ayyom, 40 yosh bilan samimiy muborakbod etgan holda ularga oilaviy farovonlik, tinchlik va sihat-salomatlik, ulkan ilmiy-ijodiy parvozlar tilab qolamiz. 🎉 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 👉🏻 https://t.me/etnofolklorlab
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📣XUSHXABAR: ICRICH'NING MAXSUS JURNALI OAK RO‘YXATIGA KIRITILDI! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining “Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti Axborotnomasi” nomli ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy jurnali ommaviy axborot vositasi sifatida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. 🗣O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi san'atshunoslik, tarix, falsafa va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga “Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti Axborotnomasi” ilmiy jurnali OAK Rayosatining qarori bilan kiritilganini va bu haqdagi ma'lumot rasmiy saytga joylanganini ma'lum qildi. 💬 Ma’lumot uchun: jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil 21-noyabrda № 495701 raqam bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, har chorakda nashr etiladi. 🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube
🎩 MAQOL VA MATALLAR – EL DILIDAGI HIKMATLAR! 🫖 “Durdona meros” loyihasiga siz ham qo‘shiling! 🖌Ota-bobolarimiz hikmatli so‘zlarni el og‘zidan yuraklarga ko‘chirdi. Endi esa ularni yozuvga ko‘chirish va abadiylashtirish fursati keldi! 📜“Durdona meros” – bu unutilib borayotgan maqol va matallarni jamlab, ularni avloddan avlodga yetkazishga xizmat qiladigan noyob loyiha. 🔎 Maqol va matal aytuvchilari, ularning avlod vakillari, so‘z san’atining ustalari – biz sizni izlayapmiz! 📹 Matn yoki video shaklida o‘z bilganlaringizni yuboring. Har bir maqol/matalga qisqacha izoh berishni unutmang – bu uning qadriyatini yanada oshiradi. 📚 Loyiha doirasida yig‘ilgan maqollar kitob holida nashr qilinadi. 🏅Eng faol ishtirokchilar Madaniyat vazirligi hamda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan rag‘batlantiriladi! 📲Yuborish, savol va tafsilotlar uchun: +998 90 965 72 25 📖 El hikmatini abadiylashtirishda sizning ishtirokingiz zarur! Durdona meros – bu sizning og‘zingizdan yozuvga ko‘chadigan bebaho xotira! #befarqboʻlmang 🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube
🔸O‘ZLIGIMIZ – MEROSIMIZDA! 🗣Nomoddiy madaniy merosni birga asraylik! 🕌 Diyorimiz — necha-necha asrlar davomida o‘ziga xos urf-odat va an’analari, marosim va xalq og‘zaki ijodi, libos va so‘lim tarixiy go‘shalari bilan jahon e’tirofiga sazovor bo‘lgan ulug‘ maskandir. ❗️Ammo hali biz bilmaydigan, yozilmagan, ilmiy muomalaga kiritilmagan urf-odatlar, marosimlar va tomoshalar yurtimizda hali ham yashab kelmoqda. Ularni yo‘qotmaslik, o‘rganish va abadiylashtirish – bizning tarix oldidagi muqaddas burchimizdir. 📣 Qadrli yurtdoshlar! ⏺Agar siz yoki yaqinlaringiz: 🔵O‘z qishlog‘ida mashhur bo‘lgan marosim, urf-odat yoki tomoshalarni bilsa, 🔵Xalq og‘zaki ijodi namunalarini aytib bera olsa, 🔵Bu qadriyatlarni saqlab kelayotgan bo‘lsa — biz bilan bog‘laning! ⚡️Har bir hikoya, udum, sahnadagi tomosha – bu xalqimizning yashirin xazinasidir. Uni yozib olish, hujjatlashtirish va kelajak avlodga yetkazish – “Durdona meros” loyihamizning asosiy maqsadidir. 🏅Eng faol ishtirokchilar Madaniyat vazirligi hamda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan rag‘batlantiriladi! 📲 Bogʻlaning: +998 90 965 72 25 💡Siz bilgan bir urf – tarixda yozilmagan xazinadir! Kelajak uni sizdan eshitishini istaysizmi? 🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube
📣 ICRICH olimlari UrDU’da ilmiy seminar o‘tadi 🔸Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy seminarda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ma'ruza qiladi. "O‘zbek maqomotining ilmiy-nazariy, ijodiy va amaliy asoslari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy seminari doirasida Abduvali Abdurashidov tomonidan "Aruz va musiqa" mavzusida mahorat darsi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. 📆 25-aprel ⏰ 11.00 🗺 Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyi 🗣Ushbu mavzuga qiziqish bildirgan barchani taklif etamiz. #ilmiyseminar #mahoratdarsi #maqom 🌐 icrich.uz | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 X | 🌐 YouTube
🔸Bog'dorchilik ✅Bog'dorchilik inson hayotida qadim zamonlardan buyon muhim o'rin egallab kelgan. Bu soha o'simliklarni o'stirish va parvarish qilish orqali nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni, balki atrof-muhitni obodonlashtirish va ekologik muvozanatni ta'minlashni ham o'z ichiga oladi. Zamonaviy bog'dorchilik esa ilmiy va texnologik yondashuvlar yordamida yanada rivojlanib, turli maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan tizimli faoliyatga aylangan. ✅ Bog'dorchilikning asosiy yo'nalishlari 🟢Meva-sabzavot yetishtirish: Meva va sabzavotlar inson salomatligi uchun zarur bo'lgan vitamin va minerallar manbai hisoblanadi. Bog'dorchilikda uzum, olma, shaftoli, pomidor, bodring kabi o'simliklarni o'stirish keng tarqalgan. 🟢Dekorativ bog'dorchilik: Bu yo'nalish landshaft dizayni, parklar, yashil maydonlar va estetik bog'lar yaratishga qaratilgan. Manzarali daraxtlar va gulzorlar atrof-muhitni go'zallashtirish bilan birga inson ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 🟢Dorivor o'simliklarni o'stirish: Ko'plab dorivor o'simliklar, masalan, romashka, limon o'ti, yalpiz kabi turlar, bog'dorchilikda o'stiriladi va farmatsevtika sanoatida qo'llaniladi. 🟢Issiqxona bog'dorchiligi: Bu yo'nalish iqlim sharoitlari cheklovlarini yengib o'tishga imkon beradi. Issiqxonalarda yil davomida yuqori sifatli mahsulotlar yetishtiriladi. #nomoddiymadaniymeros #icrich #audiovizualasar 🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
#Bilasizmi❔ ❓ Nomoddiy madaniy merosning ro'yxatga olish obyektlari haqida bilasizmi? 🗣 Bular: ⏺o'zlikni namoyon qilishning og'zaki shakl va an'analari (shu jumladan, til madaniy merosni ifodalash faktori sifatida); ⏺ijrochilik san'ati; ⏺jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari; ⏺tabiat va koinot bilan bog'liq bilim va urf-odatlar; ⏺an'anaviy hunarmandchilik bilan bog'liq bilim va ko'nikmalar; ⏺nomoddiy madaniy merosni namoyon etish bilan bog'liq jihozlar, predmetlar, artefaktlar va madaniy makonlar. #unesco #nomoddiymadaniymeros #roʻyxat 🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
#Bilasizmi❔ ❓ Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita haqida bilasizmi? 🗣 Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning asosiy vazifalari Konvensiya maqsadlarini ilgari surish, ilg‘or tajribalar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat. 💬 Qo‘mita ishtirokchi davlatlar tomonidan nomoddiy merosni ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi so‘rovlarni, shuningdek, dasturlar va loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi. Qo‘mita xalqaro yordam ko‘rsatishga ham mas’uldir. 🔺 Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita Konvensiyani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘radi, asosan, operativ ko‘rsatmalar to‘plamini va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish rejasini ishlab chiqishi Konvensiyaning 25-moddasida belgilangan. U ushbu hujjatlarni Bosh Assambleyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi. #unesco #nomoddiymadaniymeros #hukumatlararoqoʻmita 🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
#Bilasizmi❔ ❓ Nomoddiy madaniy meros nega kerak? Uni muhofaza qilish Konvensiyasi haqida bilasizmi? 💬 XX asrning so‘nggi yillarida nomoddiy meros obyektlarining taqdiri jahon diqqat markazida bo‘ldi. Inson o‘z-o‘zini identifikatsiya qilish uchun madaniyatning ko‘plab muhim shakllarini butunlay yo‘q qilish xavfi ushbu muammoni yirik xalqaro forumlarda muhokama qilishni va bir qator xalqaro hujjatlarni ishlab chiqishni talab qiladi. ✅ Nomoddiy madaniy meros tushunchasi 1990-yillarda moddiy madaniyatga qaratilgan jahon merosi ro‘yxatiga yondoshuv sifatida ishlab chiqilgan. 2001-yilda YUNESKO ta’rifni ishlab chiqish uchun davlatlar va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. 2003-yilda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Konvensiyasi qabul qilindi. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Konvensiyasi nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishning huquqiy asoslarini ta’minlovchi birinchi xalqaro hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston ushbu Konvensiyani 2007-yil 12-dekabrda ratifikatsiya qilgan. #unesco #nomoddiymadaniymeros #konvensiya 🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
без подписи