KUNDALIK🪬
Статистика📜Katalog: @fanfics_webtoons_katalog 📖Book vlog: @book_vlog_s Creator: @Elara_8877💛
- Последний пост
- 2 дек.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 232
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Книги
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Day 3 (Day 2 kechki ovqat Ansor milliy taomlarda bo'ldi.Bolajonimiz injiqlik qilgani uchun Husband ikkimiz navbatma navbat qarab ovqatlandik.Shu bois rasmga ololmadim. Lekin ajoyib anglash oldim - Agar chiroyli bezatilgan joyda bemalool va biroz to'ymasdan ovqatlanilsa odam ovqatdan keyin og'irlik va charchoq emas.Yengillik va yoqimli ta'm his qilarkan. Kattalar doim bolasi bor odam tez tez ovqatlanadi degani uchun shunga o'rganib qolayotgan ekanman.Kecha Husband bemalol yevolurin db bolachamizga qarab turganida aslida menga ko'p ovqat emas diqqat va g'amxo'rlik kerakligini tushundim Vaa Day 3 Nonushtaga qaynatilgan tovuq go'shti Abedni esa hozir little prince ikkimiz tayyorlayapmiz.Tan olishim kerak unchalik ham sog'lom ovqatlanib bo'lmayabdi.(chunki bu uydagilardan yashirincha qilinyapti va boshqa sabablar) Ammo ovqatlanishimga etibor berishni ozida juda kop narsani ozim uchun tajriba qilyapman va anglash olyapman
Shunchaki birdaniga,rejasiz sog'lom ovqatlanish qiyin ekan.Yo'q gap ozini tiyolmaslikdayammas miyyaga aniq buyruq berilmaganida.Nima yeyish mumkin nima yeyish mumkinmasligini aniq belgilab olish kerak ekan. Tajribamdan bilamanki energetik,chipslar,fastfood,gazli ichimliklar ichish mutlaqo xato.Va SUV aniqrogi iliq suv kop va tez tez ichish kerak.Ertalab uchun esa asalli choy yaxshi...vahokazo Nu yanayam chuqurroq o'rganib chiqmoqchiman. Rasmlar bn esa bo'lishishda davom etaman barbir😶. Siz ham bo'lishing.Bizam ko'raylik😐
Day 2 Abed ((Togrisini aytsam orada nimadirlar yeb qoyyapman
Sovuuuuuuuuiiiqqqqqqqqqqq😧😧😧😧
Sovuuuuuuuuiiiqqqqqqqqqqq😧😧😧😧
Day 2 Nonushta Bir bo'lak tortni yarmini yarmini yarmi va behili kompot(qo'lbola bonkaga yopilgani🙂 ((Boshqa qanaqadir sog'lom ovqat topolmadim va vaqt ham kam edi.Tortdan esa bir totib kormasam bo'lmasdi😡
Kecha Meni kichkina Shahzodam bir yoshga to'ldi.Yuqoridagi post ham aslida kecha yozilgandi ammo ayrim sabablarga kora bugun tashlandi. Hozir bilsam bugun ONALAR kuni ekan.Bu ham tasodif bolmagan ekanda deb qoydim💐 O'g'lim kelajakda qanday inson bo'ladi va necha yil umr koradi bilmadimu onalik intuitsiyasi ila milliard foiz ishonch bilan shuni aytolamanki u Buyuk inson bo'ladi.Hatto milliard yildan keyin ham nomi eslab yuriladigan insoniyatga foydasi tegadigan daho bo'ladi. Buni hohlamaydimi?O'zi biladi.Bu uni hayoti😇
#onalikning_ilkyili Bundan roppa rosa bir yil avval xuddi shu kunda men ilk bor ONA bo'ldim.Ko'pchilik buni baxt deb ataydi.Qo'shilaman.Ammo o'tgan bir yil ichida bu ko'proq mas'uliyat ekanini tushundim. Yilni sarhisob qiladigan bo'lsam ochig'ini aytaman yoqimli boshlanmadi.Chunki Ona bo'lish men o'ylagandek chiroyli mashinada tug'ruqxonadan chiqish,jajji chaqalog'ingni uxlashiga termulib yotish emas ekan.Bu kunlar hayotimdagi eng og'ir kunlar bo'ldi.Lekin men o'rgandim.Bu xuddi yangi ishga joylashgan insonning ishga ko'nikishidek qiyin jarayon edi.Farqi dam olish kunlari tugul daqiqalari ham bo'lmaydi.Va tepangda turadigan "boshliq"lardan ham ko'pi yo'q.Eng qizig'i hech kim senga aynan qanday qilsang bu ishni zo'r uddalashingni 3-4 yillab dars soatlari qo'yib o'rgatmaydi.Lekin hamma sendan yigirma yillik tajribali insonning ishini kutadi.Uyqusiz tunlar!Chiroyli eshitiladi.Axir ona bo'lib kechalari farzandiga qarab chiqish hammaga ham nasib etmaydi biroq bu inson miyyasi uchun depressiya ustiga depressiya degani.Tug'ruq jarayonidan hali o'ziga kelmagan tana bosim ustiga bosim olishda davom etadi.Va bu ona bo'lishning hech qanday qog'ozga o'ralmagan,real haqiqatlari.Kimdir anglab,kimdir anglamay bu jarayonlarni boshdan kechiradi. Menga qulay tomoni esa men anglab turardim.O'rganayotganimni va men bilan birga bolajonim ham bu Yerga moslashayotganini his qilardim.Ikkimiz ham ilk tajribalarimizni olardik.Va katta inson sifatida men unga yordam berishim kerak deb o'ylardim.Berolmaganimda esa o'zimni ayblardim. Asta-sekin hammasiga iziga tusha boshladi.Moslashdim.O'rgandim.Mittivoy bilan til topishdik.Va keyingi ishim O'zimni qayta tiklash bo'lishi kerakligini tushundim(aslida aynan shu ishni qilishim kerak edi eng boshida).O'ta chuqur depressiyaga tushib qolganimni angladim.Endi hech narsa avvalgidek emasdi.Vaqtim ham,uyqularim hatto ko'rinishim,o'zimga ishonchim ham.Ichki holatim esa ag'dar-to'ntar bo'lib ketgandi.Bir narsani aniq bilardim - ilmdan boshqa najotim yo'q.Meni faqat O'zimni o'rganish qutqaroladi.Ruhiyat bilimlariga chuqurroq sho'ng'idim.Juda ko'p audiodarslar eshitardim.Videolar,ko'rayotgan kinolarimdan ham nimadir o'rganishga harakat qildim.Aslida qanday olamda yashayotganimizni ilk bor his qildim.Chinakamiga angladim.Bilganlarimni bari butun Borliq bilimlarining 1% ga ham teng emasligini tushundim.Olamni o'rganaman deb o'ylagandim - O'ZIMga duch keldim.Eng murakkab va eng kerakli safar boshlandi.O'ZLIGIMNI ESLASH!Qaytish. Bu yo'lda asta-sekin ustozlar chiqa boshladi yo'limdan.Ayni menga kerakli vaqtda,kerakli insonlar,kerakli bilimlari bilan hayotimga kirib kelishdi.Aniqrogi men ularni polyasiga kirib qoldim.O'zim ham kimlargadir ustozlik qilib faoliyat olib bordim Bu orada esa farzandimni to'g'ri tarbiyalash va ayniqsa o'zim insonlarning bolalikdagi travmalari bilan ishlaganim bois unga travma bermaslik uchun u bilan muomala qilishni o'rgandim.Menda qat'iy ikki qoida shakllandi: 1.Unga tushuntirmasdan biror narsani ta'qiqlamayman 2.Bu yosh bolaku deya uning shaxsiga hurmatsizlik qilmayman. 3.Uni O'zim istagandek,jamiyat istagandek inson bo'lishga majburlamayman. Va u bilan xuddi katta odamdek,hurmat bilan va hech qanday bolacha so'zlarsiz(nanna,tatay) sof kattalar tilida gaplashishga odatlandim.Ko'pchilik ustimdan kuldi.Kimdir mazax qilib " Hozir javob qaytaradi gapizga" degan bolsa,kimdir "rostdan tushunadimi?" Deb hayron ham bo'ldi.Men esa u balki tushunmasa ham(balki tushunar) xotirasiga yozishini va energiya va ong osti darajasida his qilishini bilardim. Shu tariqa bir yilimiz o'tdi.Hikoyam boshida "eng qiyin kunlarim bo'ldi" degan bo'lsamda bir soniyasidan ham afuslanmayman.Sababi men bir yil mobaynida o'n yilga tatiydigan tajribalar to'pladim.Munosabatlarda,ishimda,ona va ayol sifatida o'sdim.Endi men ko'proq bilaman - nima qilsam to'g'ri bo'lMAsligini.Va nima qilsam to'g'ri bo'lishini ham. Hayotimizga kelgan har bir inson bizga saboq berish uchun keladi - bu gapni o'quvchilarimga ko'p aytardim.Hayotimda tasdig'ini ko'p topgan va yana bir bor amin bo'ldim.
#Soglom_ovqatlanish😏 Day 1 Kechki ovqat Tasavvur qiling - qaynatilgan sho'rva va desertga bo'laklangan banan va ananas rasmi . ((Rasmga olish esimdan chiqibdi.Nu qizig'i sog'lom ovqatlanayotganim ham esimdan chiqqan ekan meni😳.Qaynatilgan sho'rva esa prosta baxtli tasodifga kora pishirildi🙂
Yil oxirida 48 kg lik rasmimni ham qo'yaman albatta😊 (Bilaslami bu prosta o'ziga ishonchni super ko'tarib beradigan narsa.Ya'ni maqsad qilish va unga erishganini eng avvalo o'zingga ko'rsatish va isbotlash.Mana men qiloldim! Deb. A ishonchni tushirish esa…
#Fikrlarim Agar kuzatilsa, tabiatdan ko'p narsani o'rganish mumkin. Suv hamisha oldinga oqadi.Daraxt doim yuqoriga intiladi.O't-o'lanlar,gullar ham shunday.Faqat yuqoriga qarab o'sishadi.Yaqinda ajoyib qiziqarli fakt eshitgandim - hatto toshlar ham o'sar ekan. Sen ham Tabiatsan.Uning bir qismi.Cho'lda tug'ilgan bo'lsang-u biroq senga Dengiz yoqsa.Bu butun umr shu yerda yashashga mahkum qilingansan degani emas.Senda doim o'sishga imkon bor.Shunchaki oldinga qadam bos. Ba'zan hammasi xuddi tumanga o'xshaydi.Yurib ko'rmaguningcha yo'l ko'rinmaydi.🌟
SHunichunam O'qi!Bilim ol!
без подписи
без подписи
без подписи
Svilizatsiya g'alati narsa. Bundan bir necha asrlar ilgari ayollar qoshlariga shakl berish uchun metaldan foydalanishgan deb o'qigandim.O'zlarini qiynab zarlmi🙄. Hozir qoshlarimni faxr bilan qulaygina fiksatorda tarab oro berib o'tirarkanman xayolimga keb qoldi. Bundan bir necha asrdan so'ng kelajak avlod: -Ular qoshlarini g'alati suyuqlik yordamida qotirib shakl berishgan.Bir xil chiqmasa yana qaytadan qilishGAANN????😵 Va boshqasi: -Shunchaki elektron qosh olishsa bo'lmasmidi🙂 -Qo'yaver ularni bunga aqli yetmagan🥰 Va meni holatim...
#Fikrlarim Garri Potter asari yozuvchisi Joana Ketlin Rouling - bu asarni hayotining eng qiyin damlarida yozgan.U o'sha vaqtlar yolg'iz ona bo'lgan,moliyaviy jihatdan nochor va depressiya bilan kurashayotgan ayol bo'lgan.Va kitobni u kafelarda,qizalog'i uxlab qolgan paytlarda yozgan. Ko'plab mashhurlarning hayotini qiziqib o'qiganman va eslaymanki,90% mashhurlar hayotining eng qorong'u damlarini yashab o'tgan va aynan shu qorong'ulikda o'zlarining buyuk asarlarini yaratganlar.Hatto bir gal adabiyot ustozimga "bu yozuvchilarni nega hammasi yo yetim yo kambag'al oiladan chiqqan?" deb savol bergandim.Lekin o'shanda savolim kulguga olib javob berilmagan.Bugun shu savolga javobni o'zim angladim. Negaki,inson jar yoqasiga kelganidagina undagi barcha energiya bir tomonga to'planadi - Yashash uchun kurashishga.U boshqa narsalarga chalg'imaydi.Boshqa narsalarni istamaydi.Faqat yashab qolishga intiladi.Energiya bir joyga to'planganida esa mo'jiza yuz beradi.Inson chindan ham milliardlab yashab qolish yo'llarini ko'ra boshlaydi. Kichik misol,sizni kuchuk quvlaganida ikki metrlik devordan ham hatlay olasiz.Ammo shunchaki o'zingiz borib bu ishni qilishingiz amrimahol. Shunday ekan balki eng qorong'u kunlar sizning eng buyuk kunlaringiz boshlanishidir.Hayotdan ma'no yo'qotish aslida yangi ma'no topish uchun berilgan imkoniyatdir.Balki yashagingiz kelmay qolgan ondan yashash uchun haqiqiy sababni toparsiz.Balki... Men sevgan "Arra odam" animesida qahramonning bir gapi bor - Bu yerda tirik qolish uchun biroz "aqldan ozgan" bo'lishing kerak. Hayotda bor buduni yo'qotganda esa inson "aqldan ozgan" qiyofasiga kiradi.U hech narsadan qo'rqmaydi,yo'qotadigan hech narsasi yo'qligini ham anglaydi va shu soniyadan Hayot aslida O'yin ekanini tushunadi. XULOSA shuki- Shunchaki meni uyqum kemayabdi🙂.
🧿
без подписи
My new manicure🧿 Qildirmaganimgayam ancha bogan ekan.Tirnoqlarim rahmat aytvordi🥺