tgindex
Fan | Наука | Science

Fan | Наука | Science

Статистика

✅ Ushbu kanal Innovatsion rivojlanish agentligining ilm-fan sohasidagi soʼnggi yangiliklar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va davlat ilmiy faoliyat dasturlarining yagona platformasida eʼlon qilib boriladigan rasmiy axborot manbasi hisoblanadi.

Последний пост
22 мая
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
92
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Познавательное
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
844
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
246
40 постов
Вовлечённость
29,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 92
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 22 мая2656из innovatsion_rivojlanish

    #ilmiy_stajirovka 🇦🇿 Baku oliy neft maktabida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tang! 🔘1-dastur yo‘nalishi: Kimyoviy texnologiya va muhandislik, neft va gaz texnologiyasi, neft kimyosi. 🔘2-dastur yo‘nalishi: Neft va gaz konlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish, neft muhandisligi, burg‘ulash va qazib olish. Tanlovning 20 nafar g‘olibi stajirovkani amalga oshirish dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun 2026-yil davomida 1 oyga stajirovkaga yuboriladi. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 2026-yilning 30-iyuniga qadar (shu kuni ham 23:59gacha) internship.ilmiy.uz orqali taqdim etishlari lozim. 📇 Murojaat uchun: @ilmiystajirovkabot 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 20 мая101из innovatsion_rivojlanish

    #seminar ❗️❗️❗️❗️❗️ Mavzu: “Davlat ilmiy dasturlarining elektron platformasi orqali tematik loyiha takliflarini shakllantirish tartibi” 📆 Sana: 20.05.2026 ⏰ Vaqti: 11:00-12:00 ♻️ E’lonni do‘stlaringiz va hamkasblaringiz bilan ham bo‘lishing. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 20 мая2042из innovatsion_rivojlanish

    #xalqaro_hamkorlik Avval xabar berganimizdek, Innovatsion rivojlanish agentligi delegatsiyasi ayni kunlarda Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Global tadqiqot kengashining (GRC) 2026-yilgi 14-yillik yig‘ilishi” xalqaro forumida ishtirok etmoqda. Mazkur nufuzli tadbir doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi delegatsiyasi Indoneziya Respublikasining Milliy tadqiqotlar va innovatsiyalar agentligi raisi o‘rinbosari doktor Agus bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar ilm-fan, innovatsion faoliyat, ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish hamda ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy va innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham muzokaralar olib bordilar. Uchrashuv yakunida hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik kelishuvini imzolashga kelishib olindi. Ma’lumot uchun, Indoneziya Respublikasining Milliy tadqiqotlar va innovatsiyalar agentligi 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Indoneziya Respublikasi Prezidenti huzurida faoliyat olib boradi. Agentlik mamlakatning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi asosiy davlat tashkiloti hisoblanadi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 20 мая1505из innovatsion_rivojlanish

    #seminar ❗️❗️❗️❗️❗️ Mavzu: “Davlat ilmiy dasturlarining elektron platformasi orqali tematik loyiha takliflarini shakllantirish tartibi” 📆 Sana: 20.05.2026 ⏰ Vaqti: 11:00-12:00 ♻️ E’lonni do‘stlaringiz va hamkasblaringiz bilan ham bo‘lishing. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • видео или голосовое, без подписи

  • 19 мая18911из innovatsion_rivojlanish

    #Akademik_harakatchanlik Buxoro davlat texnika universiteti tayanch doktoranti Fotima Xaydarova “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Yosh tadqiqotchi hozirda yarim cho‘l hududlari tuproqlarini o‘rganish hamda ularni yashil hududga aylantirishning samarali usullari ustida izlanish o‘tkazyapti. Uning tadqiqot mavzusi “Yarim cho‘l hududlarida suv tejovchi Groasis Waterboxx texnologiyasi asosida psammofitlarni yetishtirish uslubiyatini tajriba asosida baholash” deb nomlanadi. Mazkur ilmiy izlanishlar yakunida respublikamizning yarim cho‘l va cho‘l hududlarini samarali ko‘kalamzorlashtirish hamda suv resurslarini tejash imkonini beradigan amaliy natijalar olinishi ko‘zda tutilgan. 🔤Psammofitlar — qumli hududlarda, cho‘l va qum barxanlarida o‘sishga moslashgan o‘simliklar hisoblanadi. 🔤Groasis Waterboxx — qurg‘oqchil hududlarda daraxt va o‘simliklarni kam suv bilan yetishtirish uchun yaratilgan innovatsion qurilma. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 19 мая2082из innovatsion_rivojlanish

    🟦🟦🟦🟦🟦 Amalda davom etayotgan tanlovlar: 📥“Cho‘lga aylanayotgan hududlarda va degradatsiyaga uchragan yaylovlarda chang va qum ko‘tarilishining oldini olish” Muddat: 31.05.2026 📥“Intellektual faoliyat bo‘yicha” tanlovlar Muddat: 31.05.2026 📥“Co-funding-2026” amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi Muddat: 08.06.2026 📥”InnoPro” amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi Muddat: 15.06.2026 Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 21 апр.338из innovatsion_rivojlanish

    #xalqaro_forum ⚡️ Ayni damda “Innoprom. Markaziy Osiyo” doirasida “MDH innovatsion sanoat forumi: mintaqaviy integratsiya va texnologik mustaqillik” mavzusida xalqaro forum o‘z ishini boshladi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 20 апр.3401из innovatsion_rivojlanish

    #xalqaro_hamkorlik O‘zbekiston-Ozarbayjon: llm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik kengayadi Bugun, 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligida Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va oliy ta’lim davlat agentligi rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat ilmiy salohiyatini oshirish va innovatsion rivojlanishni jadallashtirishga qaratilgan qator muhim yo‘nalishlarni muhokama qildilar. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 20 апр.2321из innovatsion_rivojlanish

    #Akademik_harakatchanlik “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovining suhbat bosqichi Jizzax viloyatida ham muvaffaqiyatli o‘tdi. Yosh tadqiqotchilar Yoshlar texnoparkida tashkil etilgan shtabda axborot texnologiyalari orqali o‘z loyihalari bo‘yicha sinovdan o‘tdilar. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Fan | Наука | Science — tgindex