“FARG‘ONA HETK” AJ
Статистика⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 55
- Всего постов
- 238
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 502
- 1/48двое суток
- 575
- 1/72трое суток
- 620
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Президент Шавкат Мирзиёев подписал Конституционный Закон «Об Администрации Президента Республики Узбекистан». Хотя Администрация является единственным конституционным институтом, обеспечивающим деятельность Президента и реализацию его конституционных полномочий в организационном, правовом и аналитическом плане, в законодательном регулировании ее взаимодействия с государственными органами существовал правовой пробел. Теперь эти вопросы урегулированы новым законом. Законодательное регулирование деятельности Администрации в пределах ее действующих полномочий по организации исполнения указов, постановлений, распоряжений и поручений главы государства укрепляет правовые основы института президентства. В международной практике закрепление правового статуса института, обеспечивающего деятельность Президента, на уровне закона является институциональным стандартом президентского управления. Закон состоит из 4 глав и 34 статей. В нем получили законодательное оформление конституционные механизмы обеспечения деятельности Президента в рамках действующих полномочий Администрации. В частности: – Администрация определена как государственный орган, обеспечивающий реализацию полномочий Президента Республики Узбекистан в организационном, правовом и аналитическом плане; – Администрация формируется Президентом, осуществляет деятельность по определенным им основным направлениям, непосредственно подчиняется и подотчетна Президенту. Законом определены основные задачи Администрации: – организационное, правовое и аналитическое обеспечение реализации конституционных полномочий Президента Республики Узбекистан; – подготовка проектов указов, постановлений и распоряжений Президента, а также его поручений, организация и контроль их исполнения, содействие их реализации; – разработка новых инициатив Президента по вопросам социально-экономического и общественно-политического развития страны; – организация открытого и прямого диалога с населением и предпринимателями, выработка решений по волнующим их вопросам; – подготовка законов для подписания или возвращения; – организация подготовки Послания Президента Олий Мажлису; – координация деятельности государственных органов и организаций, непосредственно подчиненных и подотчетных Президенту, и другие. Кроме того, законом определены правовой статус и задачи Руководителя Администрации, нормы, касающиеся назначения на должность и освобождения от должности руководящих работников и должностных лиц Администрации, созданы правовые основы организации деятельности Совета безопасности при Президенте. В рамках обеспечения деятельности Президента Администрация взаимодействует с парламентом, Правительством, министерствами и ведомствами, местными хокимиятами, органами судебной власти и судейского сообщества. Администрация координирует деятельность государственных органов, непосредственно подчиненных Президенту, готовит предложения по их совершенствованию и вносит их Президенту. Также предусмотрены меры социальной, экономической и правовой защиты сотрудников Администрации при выполнении ими служебных обязанностей. Принятие Конституционного закона об Администрации Президента послужит выведению на новый этап проводимых в Новом Узбекистане реформ, направленных на утверждение ценности и достоинства человека, повышение благосостояния народа, преобразование государственных органов в открытую и подотчетную систему, служащую народу, а также укрепление авторитета нашей страны на международной арене. ⚡️ t.me/farhetk_admin
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. ⚡️ t.me/farhetk_admin
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni ⚡️ t.me/farhetk_admin
⚡️ Elektr energiyasini tejash uchun 6 ta oddiy maslahat ✅ Elektr energiyasidan oqilona foydalanish orqali oilaviy xarajatlarni kamaytirish va energiya resurslarini tejash mumkin. 💚💚💚 Uy sharoitida elektr energiyasini tejash bo‘yicha 6 ta oddiy va foydali tavsiya haqida videomizda batafsil ma’lumot beramiz. 🎬 Videoni tomosha qiling va elektr energiyasini tejashning samarali usullarini bilib oling! ⚡️ t.me/farhetk_admin
Определены задачи по системной организации работы топливно-энергетической отрасли в регионах Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о работе, проведенной в регионах на основе «Янгиюльского опыта» по стабильному обеспечению потребителей топливно-энергетическими ресурсами, повышению энергоэффективности, резкому сокращению потерь в сетях и дебиторской задолженности. Ранее была поставлена задача создать образцовую систему в 14 районах, отобранных по одному в каждом регионе. В этих целях работа организована на уровне махаллей, налажено изучение проблем энергетической сферы и принятие адресных мер с выездом на места. Проведенной работой охвачены 916 махаллей, 832 тысячи домохозяйств, 49 тысяч субъектов предпринимательства и свыше 2,2 тысячи объектов социальной сферы. Для каждой махалли сформированы энергетический паспорт и баланс потребности в энергоресурсах. В результате впервые в разрезе махаллей точно рассчитан разрыв между существующей потребностью и имеющимися возможностями. В частности, в 265 махаллях выявлен дефицит электрической мощности в объеме 60 мегаватт, еще в 42 махаллях – природного газа в объеме 47 миллионов кубометров в год. Вместе с тем в 207 махаллях имеется резерв мощности. Такой подход позволяет заранее рассчитывать будущую потребность в энергоресурсах и своевременно готовить необходимую инфраструктуру. Подробнее об этом вы можете узнать в репортаже телеканала «Узбекистан 24». ⚡️ t.me/farhetk_admin
Hududlarda yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlarni tizimli tashkil etish vazifalari belgilandi Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yangiyoʻl tajribasi” asosida hududlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish, tarmoqlardagi yoʻqotishlar va debitorlik qarzdorlikni keskin kamaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Avvalroq ushbu tajriba asosida har bir hududdan bittadan tanlab olingan 14 ta tumanda namunaviy tizim yaratish vazifasi qoʻyilgan edi. Shu maqsadda ishlar “mahallabay” tashkil etilib, energetika sohasidagi muammolarni joyiga chiqqan holda oʻrganish va manzilli choralar koʻrish yoʻlga qoʻyildi. Bu 916 ta mahalla, 832 mingta xonadon, 49 mingta tadbirkorlik subyekti va 2,2 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektini qamrab oldi. Har bir mahalla boʻyicha energetik pasport va energiya resurslariga talab balansi shakllantirildi. Natijada ilk bor mahallalar kesimida mavjud talab va imkoniyat oʻrtasidagi tafovut aniq hisob-kitob qilindi. Jumladan, 265 ta mahallada 60 megavatt elektr quvvati, 42 ta mahallada esa yiliga 47 million kub metr tabiiy gaz taqchilligi borligi aniqlandi. Ayni paytda 207 ta mahallada quvvat zaxirasi mavjud. Bunday yondashuv kelgusida energiya resurslariga boʻlgan talabni oldindan hisoblash va zarur infratuzilmani oʻz vaqtida tayyorlash imkonini beradi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin. ⚡️ t.me/farhetk_admin
#tezkor #14_08_2026 HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI 📌 MARG‘ILON SHAHAR HAMDA TOSHLOQ TUMANI Bugun, soat 08:00dan 17:00ga qadar Marg‘ilon shahri hamda Toshloq tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Marg‘ilon" podstansiyasida va yuqori kuchlanishli "L-Promuzel" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 BAG‘DOD TUMANI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Bag‘dod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Xamzaobod" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 QUVA HAMDA TOSHLOQ TUMANLARI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Quva hamda Toshloq tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Akbarobod" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 DANG‘ARA TUMANI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Dang‘ara tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Oqjar" elektr uzatish tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 FARG‘ONA TUMANI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Oqtom" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 FURQAT TUMANI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Furqat tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Qo‘rg‘oncha" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz! "Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yangiyoʻl tajribasi” asosida hududlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. — Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о работе, проведенной в регионах на основе «Янгиюльского опыта» по стабильному обеспечению потребителей топливно-энергетическими ресурсами и повышению энергоэффективности. #Mirziyoyev #axborot #energetika #mahallabay Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X