F Λ R M O N O V
СтатистикаМенинг каналим. Ёзганларим ўзимга ёқади. Саволлар https://t.me/+AZCm0vbV69M2ZjEy
- Последний пост
- 10 июл.
- Последнее чтение
- 13:27
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
2018-yildan beri dizayn sohasidaman. Bu sohada ko'rmagan stressim qolmadi, ajablanishim juda qiyin 😄 Barcha turdagi takliflarga ochiqman. Dizayn bo'yicha istalgan darajadagi ishni qila olaman va qildira olaman. Portfolio: https://nurjahon.framer.ai/ Vakansiyalar bo'lsa telegramda @nurjahon_farmonov akkauntida bo'laman.
Rahmat 🫡 Tilaklarim emas, layfxaklarim bor temgdoshlarimga. Shon-shuhrat, kimgadir past ketish evaziga keladigan moddiyat yoki hokimiyat ortidan quvmang. Hech kimga, bugun sizni ro’yxatlarga qo’shayotgan, davraning to’riga chiqarayotgan odamlarga ham ishonmang…
Bayroq o'zi kelib chiqishi juda qiziq bo'lgan. Wikipediada muallif Farhod Yoʻldashev deb berilgan. Kelajagi buyuk avlod hisoblangan biz, maktabda o'qigan kitoblarimizda Islom Karimov deb berilgan. Tor davralarda esa gerbni ham bayroqni ham bir odam, rassom…
Bugun taqvimda Yoshlar bayrami. Tabrigim — jamiyat qoliplaridan biroz tashqari, oʻziga yoqqan kiyimini kiyib olgan, koʻplarga tushunarsiz musiqalar eshitadigan, andegraundda yurgan, lekin shundoq yonimizda real ishlarni qilib tashlayotgan yoki oʻz vaqtini kutayotgan yoshlarga. Biz turlichamiz: kimgadir sahnalar yoqadi, kimdir esa qorong'u burchakda turib mamlakatni u yoki bu sohada olg‘a siljitadi. Bu tabrik — hech qanday e’tiroflarni kutmay, kechalari kod yozayotgan dasturchiga, chekkada kitob ulashayotgan fidoyiga, stereotiplarni sindirib, ming qarshiliklarga qaramay mural chizayotgan yoki bir darveshsifat shoir, koʻp tillarni biladigan sochi uzun bir futbol jurnalistiga yoki chopon bilan krossovka kiyib olgan suratkashga. Siz katta tadbirlarni xush koʻrmassiz, matritsa sizga shubha bilan qarar va kurashlar uchun sizni yetarlicha kuchli deb bilmas, lekin aynan shular va e’tibordan xoli andegraund muhit odamni haqiqiy pankka, yengilmas va mustaqil kuchga aylantiradi. Biz har xilmiz (kimdir bir tadbir uchun kostyum-shim kiygani bilan, aslida ijodkor-isyonkor ruhli yoshdir) va aynan shu xilma-xilligimiz bilan O‘zbekistonni rivojlantiryapmiz. Hayotni qarsaklar emas, siz kabi o‘z maqsadi sari jimgina, sabr va ehtimol birooozgina xorgʻinlik bilan harakat qilayotganlar olg‘a yetaklaydi. O‘z ustingizda ishlashdan, har kuni yangi bilim olishdan va o‘z aqldan ozgan g‘oyangizga ishonishdan to‘xtamang. Bayramimiz (oʻzi aslida har kun bayram) muborak bo‘lsin, ichki intizom va sokin shijoat egalari! O‘zingizni va atrofni o‘zgartirishdan charchamang. Bugungi ko‘rinmas mehnatingiz ertaga eng mustahkam poydevorga aylanadi. Yoʻlingiz yorugʻ boʻlsin. Suratdagi kabi oʻz bilganingizcha uching, samimiyatni va boshqalar nazdida axmoqona sanalgan gʻoyangizga ishonchni soʻndirmang! Surat: “Majnun” (Jontemir) by Behzod Boltayev @mirzodanmaktub
Channel photo updated
видео или голосовое, без подписи
Bayroq o'zi kelib chiqishi juda qiziq bo'lgan. Wikipediada muallif Farhod Yoʻldashev deb berilgan. Kelajagi buyuk avlod hisoblangan biz, maktabda o'qigan kitoblarimizda Islom Karimov deb berilgan. Tor davralarda esa gerbni ham bayroqni ham bir odam, rassom…
Bayroq o'zi kelib chiqishi juda qiziq bo'lgan. Wikipediada muallif Farhod Yoʻldashev deb berilgan. Kelajagi buyuk avlod hisoblangan biz, maktabda o'qigan kitoblarimizda Islom Karimov deb berilgan. Tor davralarda esa gerbni ham bayroqni ham bir odam, rassom Anvar Mamajonov chizgan deb eshitganman, Keyinchalik Anvar aka bilan shaxsan suhbatlashganimda bu haqida gapirishni xohlamasligini aytgan (men eshitgan versiyadagi u vaqtlarda bir kechada uyidan olib ketilib bayroq muallifligi I. Karimov deb yozilgan qog'ozga qo'l qo'ydirishganini tasdiqlashga qo'rqishini sezganman 🙂). Farhod Yo'ldoshev haqida esa hech qayerda maa'lumot yo'q, rassomlardan o'xshash ism, familiyalik faqat Muborak Yo'ldoshev bor. Bayroqning standartlashtirilgan o'lcham va tizimlari bor archive.uz dagi ma'lumotlarga ko'ra. Barcha o'lchamlar aniq qilib yozilgan, qayerda ishlatilinishiga qarab hisoblab olinadi (pastdagi 1-rasm). Biz kompyuterda ishlaydigan dizaynerlar odatda pixel o'lchamida olamiz (masalan 40 sm. = 400 px. ko'rinishida). Ranglar odatda 3 xil tyavsiflanadi. Ekranlar yoki monitorlar uchun RGb tizimida, veb saytlar uchun HEX tizimida, bosma mahsulotlar uchun CYMK tizimida. Qonunga ko'ra bayroqning rang kodlari (pastdagi 2-rasm). Xullas, qayerda ishlatilinishiga qarab palitrada shu raqamlarni yozsa bayroq ranglari hosil bo'ladi. Mirzoning postidagi Bakiro ning fikriga qo'shilaman, qonun ishlamayapti. Bayroq haqidagi qonunning 11-moddasida "Qonun ijrosini taʼminlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi" deb yozilgan. Bu menimcha to'g'ri emas, aniq tashkilot kerak bu bilan shug'ullanadigan. Hozir xohlagan odam istagancha ishlatib yotibdi bayroqni, buni nazorati esa hammada va hech kimda. Bayroqdagi xatolar asosan bosma holatda ko'rinadi. Dazmol qilinmagan, ranglar o'zgarib ketgan, yulduzlar tartibi buzilgan, o'lchamlar o'zgargan... Katta katta davlat tadbirlarida ham bu xatolarni ko'ramiz, futbol muxlislari qolib. Hatto gerb o'rniga Prezident muxrini ishlatib yotishibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Serra Leoneni bayrog'ini ishlaatib yurishadi #uzb heshtegi ni yonida Hamma yoq betartib. Bizda dizayn, tasvir bo'yicha qilinishi kerak bo'lgan ishlar juda ko'p va hech biri qilinmayapti. @farmonoff
Maxsus formaning taqdimotiga aslida juda ham qiyin senariy shart emas. Shunchaki yaxshi prodakshn ishlasa yetarli. Yaxshi taqdimot qanday bo'lishiga 2 dona 30 sekundlik reference Manchester Yunayted Barcelona @farmonoff
Bu rasmiy video ekan: https://t.me/marketingclub_event/2154 Texnik taraflarini gapirmay qo'ya qolay mayli ancha uzun bo'lib ketadi post. Lekin, bo'sh kiyimning yugurishi g'oyasi kimning hayoliga kelgan? Katta ko'chada kiyim yugurib yurishi bilan nimani ko'rsatishgan? SI ni yaxshi tushunishlarimi? Bo'sh kiyim sharqda yaxshi assotsatsiya bermaydi. Odam ishlatadigan narsalar san'atda va adabiyotda ijobiy ma'no emas, salbiy ma'noda keladi (bo'm bo'sh kiyim, bo'm bo'sh beshik, bo'm bo'sh uy, bo'm bo'sh qishloq/shahar va h.k.). Faqatgina hajmi kichikroq instrumentlar (bo'sh idish, bo'sh cho'ntak, bo'sh qop va h.k.) adabiyot va tasvirda neytral ma'noni anglatadi. Vazifani o'z mutaxassislariga topshirish shunchalik qiyin ishmi yoki buning tagida boshqa maqsadlar ko'zlanganmi, bilmadim. O'zbekiston terma jamoasining o'yinidan boshqa uning atrofidagi barcha narsa bizni ajablantiryapti tinmasdan 🙂 @farmonoff
izohsiz dizayner-da endi shunday did bilan…
izohsiz dizayner-da endi shunday did bilan…
Sun'iy intellekt yovuz niyatli odamlar va savodsizlar qo'liga tushib qolsa juda ham yomon qurolga aylanadi @farmonoff
4 yildan beri muzlab yotgan proyektni yaxshi insonlar qo'llovi bilan tiklayapmiz) https://t.me/designclubuz/191
Альваро Арбелоа бошчилигидаги илк ўйинда Реал Мадрид иккинчи дивизионнинг Альбасете жамоасига 2:3 ҳисобида ютқазди ва Испания кубогини тарк этди. Алонсо шунчаки кулиб қўйгандир. @Davron_Fayziev
Альваро Арбелоа бошчилигидаги илк ўйинда Реал Мадрид иккинчи дивизионнинг Альбасете жамоасига 2:3 ҳисобида ютқазди ва Испания кубогини тарк этди. Алонсо шунчаки кулиб қўйгандир. @Davron_Fayziev
ЯНГИ ЙИЛДА... Янги йилда уруш бўлмасин, Шомни вайрон этмасин жанглар, Гурсиллаган танклар зарбидан Ўрламасин фалакка чанглар. Янги йилда тугасин бор ғам, Шўрликлар ҳам яшасин энди. Фарқи йўқдир, икки томон ҳам Қуролини ташласин энди. Янги йилнинг ҳар бир фаслини Тарих бизга атасин баҳор, Изламасин оналарини Жанггоҳларда гўдаклар зинҳор. Янги йилда ўйин қилмасин Кучсизларни кучли жаноблар, Ҳар бир ёвуз ишига ўксиб, Корчалонлар берсин жавоблар. Янги йилда афғон тоғларин Бобурларнинг қучсин мероси, Боғдоддан то Дамашқ боғларин Босиб кетсин булбул овози. Янги йилда қора қитъага Ёруғ кунлар келсин ниҳоят — Босиб кетди БМТни ҳам Урушлардан ортган шикоят… Янги йилда Фаластинда ҳам Сокин ухлай олсин болалар. Юракларни тешиб ташлади Ундан оққан сўнгсиз жолалар. Янги йилда тинчлик деган сўз Халққа айлантирсин оммани. Шундагина янги йил билан Табриклашим мумкин ҳаммани! @Xayrulla_Hamidov_adabiyot
"Kalish" ni yolg'iz ko'rish kerak, oilaviy ko'rilsa er-xotin o'rtasida urush kelib chiqishi mumkin))
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи