Akbarobod_Farovon_edu_
Статистика🏛“FAROVON” o'quv markazi orzularingiz amalga oshishi uchun haqiqiy ko'makchi👍👍 Manzil: Quva tumani Akbarobod qishlog'i Damariq mahallasi.(Ped.kollej ro'parasida) Ma'lumot uchun 📲 +998 77 364 10 00 https://t.me/farovon_edu 🔖Aloqa: @Faravon_admin
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 88
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 35
- 1/48двое суток
- 40
- 1/72трое суток
- 43
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Imtihon natijalari (mandat) ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. Buni tekshirish maqsadida tegishli mas’ullar bilan bog’landim, ular ushbu ma’lumotni tasdiqlashdi. 👉 @xushnudbek 👈
Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov aftidan qo‘shni davlat pedagogika yo‘nalishlaridan birini bitirib kelgan "o‘qituvchi" bilan suhbati tarqaldi. 3-sinf kasr mavzusiga doir misolini berdi... Biz "Tanaffus" podkastining oxirgi sonida pedagoglarni tayyorlash ahvoli haqida gaplashganimizda ham bu mavzuga to‘xtalgandik. Istagan inson pedagog diplomini olishi va shu bilan ishga kirishi odatiy hol bo‘lib qolgandi. Xatto armiyani bitirib kelganlar hech qayerga o‘tolmasa kontrakt asosida pedagogika institutlariga kirishiga qaror chiqarilgandi. Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston pedagogika yo‘nalishlariga "za ochnoy" hujjat topshirib qo‘yib, o‘zi bormasdan bitirganlarni ham eshitdik qanchasini. Qanchasi haliyam ishlab yuribdi o‘shalarni. Suhbatga kelib ish so‘ragan kabi ahvolda ekanini bilamiz ana shularni ham. Tasodifan "qo‘lga tushib qolgan", to‘g‘rirog‘i o‘zi men oliy maʼlumotliman, maktabda ish bering, deya to‘polon qilib kelgan murojaatchini hokim boplab tuzlagan. Xudo bilsin, qaysidir direktor bilan kelishganda shu odamga matematikadan dars berib yuborishi ham mumkin edi. Hokimlar ko‘pni ko‘rgan, yuz-xotir qilib o‘tirmadi, sizni bilimiz yo‘q, dedi dangal! Molodes, hokimbuva! Aslida attestatsiya, sertifikat, kasbiy sertifikatlarni ko‘p noliymizu, mana shunday osmondan tushib qolayotganlarni tozalash uchun ham shunday imtihonlar zarur, deb o‘ylab qolasan. Faqat ularni aniq baholash qonunlari asosida, eʼtirozga o‘rin qoldirmaydigan qilib o‘tkazish kerak (hozirgi jamoadan buni umid qilmayman lekin). Professional tarzda o‘tkazib, xuddi hokimdek dangal aytish kerak: sizga dars berolmayman, bilimiz yo‘q, deya. Bu, to‘g‘risi kimlarnidir hozirgi oyligidan ayirishi mumkin, lekin kimningdir oyligidan, vahimasidan qo‘rqib bolalarni bilimi yo‘q, bir soat ham borib institutda o‘qimagan odam qo‘liga topshirish kelajakka ziyon. Ha o‘rtoqlar, bu post ham hokimni gapidek kimlargadir tegib ketishi mumkin, lekin taʼlim millat kelajagi ekan, bunday gaplarni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak bundan keyin. Bundan buyon talab kuchaysa kuchayadiki, kamaymasligiga tayyor bo‘laverishimiz kerak. @domlajon t.me/domlajon
📖 ILHOM VA IQTIDOR G‘ALABASI: SOBirova GULI-RA'NO! ✨ Chinakam iste'dod egasi har doim o‘z yo‘lini topadi! O‘quvchimiz Sobirova Guli-Ra'no o‘zining ijodiy salohiyati va bilimi bilan barchamizni lol qoldirdi. 🏆 U nufuzli Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 7-sinfiga muvaffaqiyatli qabul qilindi! (41-o‘rin) 👏 Guli-Ra'noni, uning ota-onasini va barcha ustozlarini ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz! Senga ulkan ijodiy parvozlar tilaymiz! 💡 Farzandingizda ijodiy qobiliyat bormi? Uni to‘g‘ri yo‘naltiring! Bizning markazimizda ijod maktablariga professional tayyorgarlik ko‘ring va farzandingiz kelajagini ta'minlang! 📩 Ro‘yxatdan o‘tish va ma'lumot uchun: 📞 +998 91 157 01 97 📩 Telegram: @xikmatilloxusanovich
⚡️ KICHIK YOSHDAGI KATTA NATIJA: ELDORBEKNING ZAFARI! 🏆 Bilim yosh tanlamaydi! Eng yosh o‘quvchilarimizdan biri — Eldorbek o‘zining tirishqoqligi va irodasi bilan katta muvaffaqiyatga erishdi. 🏛 U Toshloq tuman iqtisoslashtirilgan maktabining 5-sinfiga qabul qilindi! (Umumiy ball: 55.3, 32-o‘rin) 👏 Eldorbekni va uning yaqinlarini ushbu ajoyib g‘alaba bilan qutlaymiz! Bu hali katta yo‘lning boshlanishi, senga omad yor bo‘lsin! 🎯 Siz ham farzandingizni 5-sinfdan nufuzli maktabda o‘qishini xohlaysizmi? Hozirdan poydevor qo‘ying! Bizning maxsus tayyorlov kurslarimizga qo‘shiling va g‘oliblar safidan joy oling! 📲 Batafsil ma'lumot va guruhlarga yozilish: 📞 +998 91 157 01 97 📩 Telegram: @xikmatilloxusanovich
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Ikkinchi_bosqich_tanlov 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 📆 Tanlovning 2-bosqichi yakunlanishiga 5 kun qoldi. ✅ Barcha abituriyentlardan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashda faol bo‘lishlarini so‘raymiz. 🧑💻 Tanlovni oxirgi kun va oxirgi soatlarga qoldirmang. Ayni vaqtda abituriyentlarning to‘liq ro‘yxati va egallagan o‘rnini ko‘rish ("Kengaytirilgan qidiruv") imkoniyati yaratilgan bo‘lib, yordamchi ma’lumot sifatida undan keng foydalanish mumkin. 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha videoqo'llanma mavjud. Eslatma: ushbu bosqich 8-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Бу йил абитуриентлар стратегия билан ўқигани кўриниб турибди: улар ҳаммасини имтиҳонгача ҳал қилиб қўйишга бор кучи билан ҳаракат қилишибди. Бундан 3-4 йилгина олдин 1 нафар ёш миллий сертификат орқали 189 баллни олган бўлса, бу йил даҳшат— 4,5 мингга яқин абитуриент сертификат орқали максимал бални гақд қилибди. Энди 170-180 балларни айтмай қўяверайлик. Бу дегани бу йил айниқса тиббиёт ва иқтисод йўналиши баллари рекорд даражада кўтарилиб кетишини билдиради. Агар булар бир ОТМга топширгаг бўлса унда кутилмаган вазиятлар вужудга келади, белгиланган грант сонидан бир неча баробар грант бўлади. Майли, рақобат кучайгани, ёшлар билими ошгани хурсандлик бағишлайди. Лекин бу рақобат нафафат тиббиёт ва иқтисодда, қанийди ўқитувчилик йўналишларида ҳам бўлса... Қайси йўналишда абитуриентлар максимал балл 189 ва ундан юқори тўплаш бўйича рекорд ўрнатишган? Таълим тили ўзбек: 1. Биология + кимё - 1524 нафар абитуриент 189 балл тўплаган; 2. Математика + чет тили - 1300 нафар абитуриент 189 ва ундан юқори тўплаган; 2. Инлиз тили ва она тили - 1294 нафар абитуриент 189 ва ундан юқори тўплаган; 3. Математика + физика - 317 нафар абитуриент 189 ва ундан юқори тўплаган; 4. Ҳуқуқшунослик + чет тили - 22 нафар абитуриент 189 ва ундан юқори тўплаган; 5. Кимё + биология - 2 нафар абитуриент 189 балл тўплаган; @domlajon t.me/domlajon
#abituriyent Xuddi o‘tgan yillardagi kabi abituriyentlarning nechani o‘rinda turgani, fanlar majmuasi kesimida abituriyentlar ism-familiyasi va olgan ballarini to‘liq ko‘rsatuvchi jadval tez orada mandat.uzbmb.uz saytida paydo bo‘ladi, bu bo‘yicha hozirda texnik ishlar olib borilmoqda — Bilimlarni baholash agentligi vakili. 👉 @xushnudbek 👈
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi tartibga ko'ra, bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda ikkinchi malaka toifasi, magistrlarga esa birinchi malaka toifasi beriladi. Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1679 Telegramda o'qish Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? #abituriyent Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan. ‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈
🔴DIQQAT, E’LON! ✅ RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARNI TANLOV ASOSIDA ISHGA QABUL QILISH TARTIBI YANGILANDI 🖌 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar, mahalliy hamda xorijiy pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilishga oid yangi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi. Mazkur hujjat ta’lim tizimiga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori salohiyatli rahbar va pedagog kadrlarni ochiq hamda shaffof tanlov asosida saralashning yangi mexanizmlarini belgilaydi. Buyruq bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi: ✅ Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun pedagog kadrlarni tanlash, baholash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Xorijiy mutaxassislarni tanlash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Tayanch, hududiy hamda muhandislik yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun rahbar kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Mazkur maktablar uchun pedagog kadrlarni tanlash, baholash va tavsiya etish tartibi. Yangi nizomning muhim yangiliklaridan biri – tanlov jarayonlarini yanada shaffof, tezkor va sifatli tashkil etish maqsadida markaziy tanlov komissiyasi bilan bir qatorda hududlarda ham hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu ishchi guruhlar tanlov bosqichlarini tashkil etish, baholash jarayonlarini sifatli o‘tkazish hamda nomzodlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, buyruqqa muvofiq ishchi guruhlar va tanlov komissiyalari tarkibi tasdiqlanishi belgilangan. 🖌 Pedagog kadrlar tanlovi 3 bosqichda, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Hujjatlarni saralash; 2️⃣ Test sinovi; 3️⃣ Sinov (ochiq) darsi (faqat xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun); 4️⃣ Suhbat bosqichi. Tanlovlar adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillari asosida tashkil etiladi. Barcha nomzodlar uchun teng imkoniyatlar yaratiladi, baholash mezonlari ochiq e’lon qilinadi va yakuniy qarorlar komissiya tomonidan qabul qilinadi. Nomzodlar hujjatlarini vacancy.piima.uz platformasi orqali onlayn topshiradilar. Arizalar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 15 ish kuni davomida qabul qilinadi. ✅ Mazkur nizom ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida rahbar va pedagog kadrlarni tanlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda tanlov jarayonlarini yanada samarali tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
без подписи
⚡️KVOTA-2026 BAKALAVR. KUNDUZGI #abituriyent Jami: 155 ming 852 ta. 2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. 👉 @xushnudbek 👈
Farg'ona sharidagi Prezident maktabi 1-bosqich imtihon natijalari.
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! ✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/ Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
❗️O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar 2026-yildan inobatga olinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibi joriy etilgan. 📆 Mazkur qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan va uning talablari 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi. 👉 @xushnudbek 👈
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi. Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha: ▪️Huquq — 165 ball; ▪️Siyosatshunoslik — 140 ball; ▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball; ▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball; ▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball; ▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball; ▪️Transport xizmatlari — 104 ball; ▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball; ▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball; ▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball; ▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball; ▪️Veterinariya — 60 ball. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 👉🏻 📄 shaklida yuklab olish. 👉 На руcском 👉 In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Тестдан озод этилган абитуриентларга рухсатнома берилмайди Барча фанлардан миллий сертификатга эга бўлиб, тест синовидан озод этилган абитуриентларга «Абитуриент рухсатномаси» шакллантирилмайди. Улар тест синовларида иштирок этмайди ва тест ўтказиладиган ҳудудга бориши талаб этилмайди. 👉 https://kun.uz/kr/60743626 Kun.uz расмий канали
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR! Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi 🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Tanlov ustuvorligi Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida belgilagan tanlov ustuvorligi («ta’lim granti» yoki «ta’lim yo‘nalishi») bo‘yicha tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish imkoniyatidir. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube