Farso.tib
СтатистикаSuniydan tabiiyga - Andijondagi yagona tabiiylik klinikasi! 🤝| Murojaat: @farsouzb 📱| +998-95-047-44-33 📍| Manzil: Andijon, Yangi bozor Buyuk turon 33-uy
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 330
- 1/48двое суток
- 378
- 1/72трое суток
- 407
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
📶FarsoTib, TOZA TERI nomli penka maxsulotimiz, ugrilik, yog’li hamda quruq yuzli mijozlarimizga yuzlarini «sillik, yaltiroq, tekis, oppoq” qilishlik uchun yo’lga otlandi🥹🔘 🤝| Murojaat: @farsouzb 🌿Sun’iydan tabiiyga. 📞+998950474433 👨👩👧👦Mijoz fikri 🛒Korzinkam…
без подписи
📶FarsoTib, TOZA TERI nomli penka maxsulotimiz, ugrilik, yog’li hamda quruq yuzli mijozlarimizga yuzlarini «sillik, yaltiroq, tekis, oppoq” qilishlik uchun yo’lga otlandi🥹🔘 🤝| Murojaat: @farsouzb 🌿Sun’iydan tabiiyga. 📞+998950474433 👨👩👧👦Mijoz fikri 🛒Korzinkam 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
📶FarsoTib sahifasida berilgan retseptdan foydalanib astma kasalidan halos bo’ldilar🔘 🤝| Murojaat: @farsouzb 🌿Sun’iydan tabiiyga. 📞+998950474433 👨👩👧👦Mijoz fikri 🛒Korzinkam 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
📶FarsoTib, online muolajamiz natijalari, 1-bosqich tozalov kursidan olgan ulkan ulkan foydalari, 10kg vazn tashladilar, qon so’ruvchi va uzun gijjadan xalos bo’ldilar.. qolgan natijalarini o’zlaridan o’qib oling🔘 🤝| Murojaat: @farsouzb 🌿Sun’iydan tabiiyga.…
📶FarsoTib, online muolajamiz natijalari, 1-bosqich tozalov kursidan olgan ulkan ulkan foydalari, 10kg vazn tashladilar, qon so’ruvchi va uzun gijjadan xalos bo’ldilar.. qolgan natijalarini o’zlaridan o’qib oling🔘 🤝| Murojaat: @farsouzb 🌿Sun’iydan tabiiyga. 📞+998950474433 👨👩👧👦Mijoz fikri 🛒Korzinkam 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
💧| ertalab koʻzguga qarashga qiynalyapsizmi? Qoʻl, oyoq yoki yuzdagi shishlar, oʻzingizni ogʻir his qilishingiz va vazn toʻxtab qolishi bu tanangizda ortiqcha suyuqlik yigʻilayotganining asosiy belgisidir. Afsuski, koʻpchilik faqat qatʼiy parhez bilan vazn tashlashga urinadi va tanadagi bu muvozanat buzilishini eʼtiborsiz qoldiradi. 🪴| Yechim bor Tabiiy oʻsimliklar dasturi! Bizning maxsus fitodasturimiz: ✅Tanadagi ortiqcha suyuqlikni tabiiy yoʻl bilan haydaydi; ✅Yuz va tanadagi shishlarni qaytaradi; ✅Ichki muvozanatni tiklab, yengillik va energiya bagʻishlaydi. ✅ Tana go’zal qomatga ega bo’ladi (Bizninh 500 dan ortiq mijozlarimiz birinchi haftadanoq 7kg ozib, yengillikni his qilishgan). 🚀Oʻzgarishni bugundan bosing! Bugun “QOMAT” soʻzini izohda qoldiring yoki adminga yozing. Sizga: 1. Mutaxassismizdan bepul individual konsultatsiya, 2. Dastur haqida batafsil maʼlumot va toʻgʻri qoʻllash tartibini yuboramiz. ⏰| Bugun murojaat qilgan dastlabki 10 kishiga individual tavsiyalar toʻliq bepul! 🤝| Murojaat: @farsouzb 🌿Sun’iydan tabiiyga. 📞+998950474433 👨👩👧👦Mijoz fikri 🛒Korzinkam 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
🩸ONINGIZ SIZDAN YORDAM SO’RAYOTGAN BO’LMASIN? Ba’zan organizm og’iz bilan emas, alomatlar orqali gapiradi… ⏺Tez-tez boshingiz og’riydimi? ⏺Boshingizda g’uvillash yoki shovqin paydo bo’ladimi? ⏺Ertalab uyg’onganingizda ham o’zingizni charchagan his qilasizmi? ⏺Tunda tez-tez uyg’onib, to’yib uxlay olmayapsizmi? 💭| BULARNING BARCHASINI SHUNCHAKI TASODIF DEB O’YLAYSIZMI? Ba’zan organizm ichki muvozanat buzilganini mana shunday belgilar orqali bildiradi. Uni tinglash esa faqat o’zingizning qo’lingizda. 🪴| TABIATDA YECHIM HAM BOR. Mutlaqo tabiiy o’simliklar asosida tayyorlangan maxsus majmua organizmni qo’llab-quvvatlash va umumiy holatni yaxshilashga qaratilgan. Giyohlar chet eldan keltirilgan, murakkab tarkib. ✨| MAQSADIMIZ ✅Organizmni tabiiy ravishda qo’llab-quvvatlash. ✅Ichki muvozanatni tiklashga ko’maklashish. ✅O’zingizni yengil va tetik his qilishingizga yordam berish. 🚀| TANANGIZ BERAYOTGAN SIGNALLARNI KECHIKTIRMANG. Yuqorida keltirilgan holatlar sizda kuzatilayotgan bo’lsa, tez yozing. Vaqtni ketkazmang, aks holda yomon oqibatlarga uchrashingiz mumkin! 🚀BOSHLASHGA TAYYORMISIZ?Bugunni ertaga deb qoldirmang! 💬Yozing: “TOZA QON” va batafsil ma’lumotni oling 🤝| Murojaat: @farsouzb 🌿Sun’iydan tabiiyga. 📞+998950474433 👨👩👧👦Mijoz fikri 🛒Korzinkam 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
🌟| #mutoala@farsotib 🌷| kitob: issiq jonda dard bo’lar… 📎| farsotib jamoasi 🎞| muallif: Xoji Mengnazar 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoq suv ichsa, tuzaladi. Yalpizga shakar qo’shib yeyilsa ham tuzaladi. Bir kosa turp suvini bir sir asal bilan hammomda ichilsa, darhol qusish to’xtaydi. (1 sir 74,24 gramm). Har kimki pishirilgan piyozni ko’p yesa, balg’amdan qutuladi. Yalpizni non bilan yeyish me’dani dag’allashtiradi, lekin bod va balg’amni yo’qotadi. Pishirilgan sholg’om nahorda yeyilsa, sovuq mijozlikni va yo’talni ketkizadi hamda ko’krakni yumshatadi. Agar quruq ajriqdan 200 grammni 1,5 litr suvda qaynatib, 5 kun 3 mahal och holda 100 grammdan ichilsa, yo’talni ketkizadi, ovozni ochadi va ishtahani kuchaytiradi. 🥲| HUSNBUZARNI YO’QOTISH USULLARI Makkai sano talqonidan 3 kun 1 mahal 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichiladi. Aloyning 50 gramm suviga 50 gramm iliq suv qo’shib, 3 kun 1 mahal ichiladi. 50 gramm uzum sirkasiga 20 gramm sedana talqonini aralashtirib, 1 sutkadan keyin boshlab 5 kun 3 mahal husnbuzarga surtilsa, tuzaladi. Demak, shu 3 ta shart bajarilsa, husnbuzar daf bo’ladi. 🌸| KO’P TERLASHNI DAVOLASH Ovqatning ichida pishgan oshqovoqning 500 grammiga 500 gramm toza asal qo’shib, yaxshi aralashtirib, 5 kun 3 mahal 100 grammdan och holda yeyilsa tuzaladi. 5 kun 2 mahaldan g’o’ra uzumning suvi 50 grammdan ichilsa, tuzaladi. 5 kun 3 mahal gorchitsa (xantal) talqonini 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichilsa ham, tuzatadi. @farsotib | Sun’iydan tabiiyga!
🥰☺️| Yangi reels joylandi, kirib ko’rishingiz va yuraklardan ezib eziib chiqishingiz mumkin🥰 https://www.facebook.com/share/r/1PgDXzFqRz/?mibextid=wwXIfr https://www.instagram.com/reel/DbNGw1_AFN6/
📶FarsoTib, online muolajamiz natijalari, Bu bemorimiz madrasa talabasi bo’lib allergiyadan aziyat chekganlar, Alloh izni bilan allergiyadan butunlay halos bo’ldilar🔘 🤝| Murojaat: @farsouzb 🌿Sun’iydan tabiiyga. 📞+998950474433 👨👩👧👦Mijoz fikri 🛒Korzinkam…
📶FarsoTib, online muolajamiz natijalari, Bu bemorimiz madrasa talabasi bo’lib allergiyadan aziyat chekganlar, Alloh izni bilan allergiyadan butunlay halos bo’ldilar🔘 🤝| Murojaat: @farsouzb 🌿Sun’iydan tabiiyga. 📞+998950474433 👨👩👧👦Mijoz fikri 🛒Korzinkam 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
❗️❗️❗️ ‼️‼️‼️ 📶| Farsotib jamoasi Dushanba kunidan ish faoliyatini boshlashi rasmiy e’lon qilinadi! Telefon qilgan va murojaat qilgan azizlar sizlar bilan 20-iyul aloqaga chiqamiz! Konsultatsiya uchun to’lov qilib navbat kutayotganlar qaytadan + yuborib qo’yishingizni so’raymiz. Mahsulotlar dushanba kuni bts pochta orqali manzilingizga yuboriladi inshaAlloh, sabrli hotirjam bo’lib turamiz. Sizning hamrohngiz Farsotib🌸 🌿Sun’iydan tabiiyga. 👨👩👧👦Mijoz fikri 🛒Korzinkam 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
🌟| #mutoala@farsotib 🌷| kitob: issiq jonda dard bo’lar… 📎| farsotib jamoasi 🎞| muallif: Xoji Mengnazar to'ldirib, 15 daqiqa og'izda ushlab, to'kib tashlansa, yuqorida nomi keltirilgan hamma illatlar daf bo'ladi. (Parhezi: qovun, achchiq, shirin, nordon va sovuq narsalar to'liq tuzalgunga qadar yeyilmasligi shart). 2. Doimiy ravishda tish va milklarni misvok bilan 1 mahaldan yuvib yurilsa, umrining oxirigacha yuqoridagi kasalliklarga duch kelmaydi. KO'KRAK (EMCHAK) SHISHINI DAVOLASH Emchak shishiga 50 gramm baqila talqoni 50 gramm skanjubin suyuqligi bilan aralashtirilib, 1 sutkadan keyin boshlab aralashmani emchak shishiga 8 kun 2 mahaldan surtilsa, illat tuzaladi. Skanjubinni tayyorlash usuli: 100 gramm shakarga 300 gramm suv solib quyuq bo'lguncha qaynatiladi. So'ng ustiga uzum sirkasidan 30 misqol qo'shib, yana 2 marta qaynatiladi, ko'pigi ustidan olinib turiladi (1 misqol – 4,25 gramm). Parhezi: tuzalguncha achchiq, sho'r, nordon va shirin narsalar yeyilmaydi. PAY CHO'ZILISHINI DAVOLASH 1. Pay cho'zilishiga 15 kun 2 mahaldan kabutar yog'ini surtib bog'lasa, foyda qiladi. 2. Ayiq yog'ini ham 15 kun 2 mahaldan surtib bog'lab yurilsa, foyda qiladi. 3. Andiz qaynatmasi 15 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi. ME'DA OG'RIG'INI DAVOLASH 1. Arpabodiyondan 200 gramm olib, 1 litr suvda 20 daqiqa qaynatib 5 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, og'riqlar daf bo'ladi. 2. Qayt qiladigan kishi 3 kun 3 mahal sedana talqonini @farsotib | Sun’iydan tabiiyga!
🌟| #mutoala@farsotib 🌷| kitob: issiq jonda dard bo’lar… 📎| farsotib jamoasi 🎞| muallif: Xoji Mengnazar 🤩ISSIQ HAVO HAQIDA Issiq havo qalbni qizdiradi, badanni bo'shashtirib tovlantiradi. U o't safrasining sasishi, burundan qon ketishi, qon suyulishi, bosh og'riq va o'tkir isitma kasalliklariga sharoit tayyorlaydi. Tabiiy mijozi issiq kishilar uchun hamda tabiiylikdan chiqqan mijozi sovuq kishilar uchun issiq havo oz zararlidir. Qishda uning teskarisi bo'lsa, ko'p zarar ko'radi, ehtiyotkorlik bilan saqlanish va o'zini himoya qilish kerak. Issiq-quruq mijozli oriq kishilar bir kunlik isitmaga yoki sasishdan kelib chiqadigan isitmaga uchraydilar va ular ingichka og'riq kasalligiga duch kelishlari ham mumkin. Shuningdek ular bosh og'rigi va burundan qon ketishiga chalinishlari mumkin. Sovuq nam badan egalari yengil bosh og'rig'iga, diqqinafaslikka, bo'g'imlarning zaiflashuviga hamda harakatlarning qiyinlashuvi kabilarga uchraydilar. Ular mo'tadil bo'lmagunlaricha davolanishadi. Davosi: kishiga ushbu issiq havo zarar qilgan bo'lsa, unga qizilgul suvi hidlatish zarur, yuzi, ikkala oyog'i va ikkala qo'li sovutilgan gul suvi yoki sovuq suv bilan chayiladi va nordon narsalar yediriladi. Yuragiga semizo't gulining suvini paxta yoki dokaga ho'llab bog'lanadi, sovuq mijozli gul hamda xushbo'y narsalar hidlantiriladi. Havoning yomon ta'siri ko'pincha qalbga ta'sir qiladi, bunda olma yeyish kishilarga yaxshi manfaat keltiradi. 🤩TISH QONASHI, TISH QURTLASHI, MILK BO'SHASHI, MILK QONASHI, MILK SHISHISHI, MILK YEYILISHINING DAVOSI 1. 100 gramm isiriq, 100 gramm sedana, 100 gramm yong'oq bargi, yong'oqning yosh novdasi, 50 gramm kon tuzi bularning hammasini qo'shib, qaynatilgan yoki yomg'ir suvida mil-mil qilib 30 daqiqa qaynatiladi. Qaynatma sovigach, suzib olinadi. 5 kun 5-6 mahal shu suvdan og'izni @farsotib | Sun’iydan tabiiyga!
🌟| #mutoala@farsotib 🌷| kitob: issiq jonda dard bo’lar… 📎| farsotib jamoasi 🎞| muallif: Xoji Mengnazar 5. Novvot talqoniga ozroq maska yog'i aralashtirib, 3 kun 3 mahal 50 grammdan yeyilsa ham ochiladi. 6. Anjir qaynatmasi 5 kun 3 mahal 100 grammdan ichilsa, yo'tal, balg'am ketib, ovoz ochiladi. 7. Qo'y sutini 5 kun 3 mahaldan g'arg'ara qilsa, ovoz ochiladi. SOVUQ URGANNING DAVOSI Abu Ali ibn Sino deydi: sovuq ko'pincha badanlarni zichlashtiradi, temiratki paydo qiladi hamda badan a'zolarining ichida tug'ma haroratni to'playdi, so'ng oxirida tug'ma haroratni so'ndiradi, keyin halok qiladi. Agar sovuq zichlik keltirsa-yu, undan zarar ko'rilmasa ham, to'liq badanlarda bug'larning ajralishdan to'xtab qolishiga sabab bo'ladi. Toza badanlarga kelsak, ularda mo'tadil (o'rtacha) zichlashtirish tug'ma haroratning bo'g'ilishini sabab qiladi; natijada u to'planadi va kuchayadi hamda unda g'izoning hazm bo'lishi va xiltlarning yetilishi nihoyatda va ko'plab oshadi. Agar sovuq a'zo ichiga kirib bora oladigan kuchda bo'lsa, hech shubhasiz haroratni so'ndiradi. So'nishga qarshi tezda choralar ko'rilsin, aks holda teri sovib qoladi. 1. Zichlashishni to'xtatish lozim, ya'ni sovuq urgan kishini issiq suvda yuvintirish va ishqalash, qashqar beda hamda shivitning baravar qo'shib qaynatilgan suvida 10 kun 2 mahaldan yuvintirilsa, kasal tuzaladi. 2. Yog'larga kelsak, zichlashishni davolashda ularni qo'llanishdan saqlanish kerak; yoki ular bilan ishqalangandan so'ng tiqilmalarni paydo qiluvchi xususiyati ketib qolgunga yuviladi. Biroq oyoq va qo'lni sovuq urib buzilishidan saqlashda Vyetnam balzami va dub daraxtining po'stloq qaynatmasi bilan 15 kun 2 mahal 30 daqiqadan vanna qilinsa, yaxshi bo'ladi. Bundan tashqari yog'liq go'sht, murch, sarimsoqpiyoz va dolchinni uzum sirkasi bilan qo'shib iste'mol qilinsa, foyda qiladi. @farsotib | Sun’iydan tabiiyga!
🌟| #mutoala@farsotib 🌷| kitob: issiq jonda dard bo’lar… 📎| farsotib jamoasi 🎞| muallif: Xoji Mengnazar keyin bu dori og'riydigan eski (yumshoq) shishga 10 kun 3 mahaldan surtilsa, shish qaytadi. 9. Bulardan tashqari zaytun yog'i ham shishlarga surtiladi. 10. Arab akatsiyasining meva qaynatmasiga dokani yoki paxtani to'yintirib, shish joyiga 5 kun 2 mahaldan bog'lab qo'yilsa, shishlarni qaytaradi. Bu shifobaxsh giyohni ham Toshkentning Chorsu va Oloy bozorlaridan topsa bo'ladi. 11. Shish og'rib turgan bo'lsa, tut shinnisini surtib bog'lansa, og'riq qolib, shish qaytadi. 💕| KINDIK VA QOVUQ OG'RIQLARINING DAVOSI 1. Turpni maydalab asal bilan qaynatib, 2 kun 3 mahal 150 grammdan suvi parhezi bilan ichilsa, og'riq qoladi. 2. Turpni maydalab, novvot bilan qaynatib, 2 kun 3 mahal 15 grammdan suvi parhezi bilan ichilsa, og'riqlar qoladi. 3. Kindik chiqsa, kiyik o'ti talqoniga baravar asal qo'shib aralashtirib, 1 sutkadan keyin boshlab 3 kun 2 mahal ozginadan olib, kindik chiqqan joyga qo'yib bog'lansa, tuzaladi. 💕| OVOZNI OCHISHNING TADBIRI 1. Chala pishgan tuxumdan 5 kun 3 mahal 3 tadan parhezi bilan yesa, ovoz ochiladi. 2. Temirning to'kilgan parchalarini yoki chirigan temir qaynatmasini 5 kun 3 mahal 50 grammdan parhezi bilan g'arg'ara qilinsa, ovoz ochiladi, yo'talga ham foyda qiladi. 3. Turp suvini obkash o'simligi suviga qo'shib, g'arg'ara qilinsa, ovozga, yo'talga, me'da va ortiqcha balg'amga foyda qiladi. 4. Dumba yog'ining 300 grammini 1 litr sutda mil-mil 20 minut qaynatib, 3 kun 3 mahal 100 grammdan ichilsa, ovoz ochiladi. (Parhezi: shirinlik, achchiq @farsotib | Sun’iydan tabiiyga!
🌟| #mutoala@farsotib 🌷| kitob: issiq jonda dard bo’lar… 📎| farsotib jamoasi 🎞| muallif: Xoji Mengnazar 4. Suvda ivigan baliq yelimini badaniga surtilsa ham foyda qiladi. (5 kun 1 mahal). 5. Tog' mayizining 100 grammiga 30 gramm oltingugurt kukunini qo'shib aralashtirib, 3 kun 2 mahaldan surtilsa ham tuzaladi. 6. 3 kun 2 mahal zaytun yog'i badanga surtilsa ham, tuzaladi. (Parhezi: shirinlik, sho'r va achchiq narsalar yemaslik). 7. Issiqlik yaraga aylansa, mozi talqonini sirkaga aralashtirib, yara joylarga surtilsa, tezda tuzalib ketadi. Mozi, halila, balila, omila, dolchin, qora halila va za'faron kabi noyob giyohlarni Toshkentning Oloy va Chorsu bozorlaridan xarid qilsa bo'ladi. 🌸| YUMSHOQ SHISHNI DAVOLASH Xiltlarni va shishlarni bo'shatish surgi bilan bo'ladi. Bu illatlarni tug'diradigan omillardan esa saqlanish zarur. 1. 500 gramm gulsapsar bargi 5 litr suvda 10 minut mil-mil qaynatilib, 10 kun 2 mahaldan shishga qo'yib bog'lansa, shishlar qaytadi. 2. Achchiqtosh 30 gramm, sirka 100 gramm va anjir yog'ochining kuli 30 gramm hammasini qo'shib aralashtirib, shishga 3 mahal surtilsa, shishlar qaytadi. 3. Shishlarni qaytaradigan dorilardan mol yog'i, sunbul va ermanning kuli aralashtirilib, surtma qilib qo'yilsa, shishlarga yaxshi yordam beradi. 4. Homilador ayollarning oyoqlari shishganda, kashnichning gulini sirkaga botirib, 10 kun 3 mahaldan shishlarga surtilsa, foyda qiladi. 5. Karam, turp qaynatmasi yoki limon po'stining qaynatmasi ham shunday yaxshi natija beradi. 6. Oddiy shishlarga esa 5 kun 2 mahaldan xamirturush qo'yib bog'lansa ham, foyda qiladi. 7. Sirkaga qo'y junini botirib, shishga qo'yib bog'lansa, foyda qiladi. 8. Hammom chirkini ohak bilan qo'shib qaynatib, malham qilinadi, u yumshoq xamirdek bo'lguncha ohak qo'shib turiladi. @farsotib | Sun’iydan tabiiyga!
🌟| #mutoala@farsotib 🌷| kitob: issiq jonda dard bo’lar… 📎| farsotib jamoasi 🎞| muallif: Xoji Mengnazar 🌹| QON TOMIRI KENGAYISHINI DAVOLASH Oyoqda qon tomiri kengayishi va suv yig'ilishi xastaligi ko'pincha yoshi o'tgan, ba'zan homilador ayollarda sodir bo'ladi. Bu xastalik og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kishilarda qon tomiri kengayishi boshlansa: 1. 250 gramm sarimsoqni maydalab ezib, 350 gramm asalga aralashtiriladi. 1 sutkadan keyin boshlab bir hafta davomida surtib yuriladi. Bir haftadan keyin, ushbu tayyorlangan malhamdan 3 mahal 1 osh qoshiqdan och qoringa iste'mol qilinadi. 2. Oyoqlarda suv yig'ila boshlaganida ham 20 kun 2 mahaldan yuqorida keltirilgan malhamni surtish lozim. 3. Anorning qurigan gulini olib, issiq suvda ivitib, suv yig'ilgan tomirlarning ko'kargan joylariga qo'yib, ustidan bog'lab qo'yilsa, foyda qiladi. 4. Yana boshqa davosi: Takaning o'ti 20 kun 3 mahaldan surtilsa, tomir kengayishini davolashga katta foyda qiladi. Parhezi: achchiq, sho'r, nordon va sovuq narsalarni to'liq tuzalmaguncha yemaslik kerak (Abu Ali ibn Sino). 🌸ISSIQLIK TOSHMASINI DAVOLASH Ba'zan insonning badanida, yuzida tikansimon issiqlik toshmasi paydo bo'ladi. Bu toshmalar og'irligi sababli kishini ko'p betoqat, lanj qiladigan moddalardan vujudga keladi. U moddalar ter bilan birga chiqib, o'zining suyuqligi sababli tez yoyiladi va teri sathida to'xtab qoladi. Ba'zan issiqlik ko'zga ko'rinadigan toshma shaklida toshmaydi, ammo dag'allik paydo bo'ladi. Davosi: 1. Sovuq suvda tez-tez yuvinib turish (5 kun 1 mahaldan). 2. Hammomda terlagandan keyin qovun etini surtib ishqalash (5 kun, 1 mahal). 3. Quyoshda isiggan issiq suv bilan yuvinish yaxshi foyda qiladi. @farsotib | Sun’iydan tabiiyga!