tgindex
Fayzi Navoiy

G‘amim ko‘p ayta olmasmen, ne tong, ko‘nglum halok o‘lmoq, Ichimda yuz qilich, ne ayb, ko‘ksum chok-chok o‘lmoq.

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
313
−8 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
986
21 постов
Вовлечённость
315,0%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
22
1/48двое суток
25
1/72трое суток
27

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.251из sharqyulduzijurnali

    #Адабий_клуб «Шарқ юлдузи» журнали қошида ташкил этилган адабий клубимизнинг навбатдаги йиғинида Навоий ҳазратлари ижоди ҳақида суҳбатлашдик. Бу галги суҳбатимиз меҳмони — навоийшунос олим, шоир ва ёзувчи Акром Малик бўлди. Суҳбатда Алишер Навоий ҳазратларининг «Қизил, сориғ, яшил» радифли ғазали мисолида рангларнинг рамзий ва руҳий маънолари, ишқ ва тасаввуф уйғунлиги, шоирнинг бадиий тафаккури ҳақида фикр юритилди. Акром Маликка суҳбат учун ажратган вақтлари, биз билан ўртоқлашган қимматли фикр ва маълумотлари учун самимий миннатдорлик билдирамиз. Бизни кузатиб боринг: Telegram|  Facebook | web-sayt

  • Navoiy asru buzulmish, boqib inoyat ila Aning buzugʻlugʻini bir koʻz uchi birla yaso.

  • 9 авг.135111из AkromMalikUz

    Qadronlar biladilarki, "Hayratul abror" dostoniga yozilgan sharhi chop etildi, tarqaldi, Xudoga shukur. Bunga ham 4 yil o'tdi. Endi "Farhod va Shirin" sharhiga kirishildi. O'tgan 4 yil turfa mojaro-yu yuz qaroliklar ila sarf bo'ldi, Xudoyimning marhamati bilan doktorlik yoqlab oldik. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori bo'lgach, ilm haqida tasavvurlarimiz tiniqlashgandek bo'ldi. Endi Xudoning marhamati bilan yana qo'lga qalam olindi va sharh yozila boshlandi. Ko'p musibat va sinovlar natijasida af'oli xisolimiz ham sal jilovlangandek bo'ldi. Kuchimiz yemaydigan to'lqinlarni tanigandek, ularni boshqarishga urinish malakasi ham hosil bo'ldi. E'tiboringizga "Farhod va Shirin"ning 3-bobini o'qib taqdim etilmoqda. InshaAlloh, sharh jarayonida shu shaklda ajab emas, dostonni ovozli o'qib borsak!.. G'oyibona duo qilsangizlar, juda ham xursand bo'lamiz...

  • 8 июл.32642из mahallaradiokanali

    #Ma'rifat_chiroqlari 📜 Farhod va Shirin 🗒 Muqaddima 🌐 Instagram || Facebook || YouTube || Telegram

  • 23 июн.4061из mahallaradiokanali

    #Ma'rifat_chiroqlari 📜 Hayrat ul-abror 🗒 Xotima 🌐 Instagram || Facebook || YouTube || Telegram

  • 16 мая57515из zehniyat

    #gulistondan_gullar Hikoyat Bir zohidni sulton izdadi. Ul zohid aytti: "Doru ichib, zaif bo'lib borayim, hatto sultonning e'tiqodi menga ortuqroq bo'lg'ay", – deb. Ayturlar ul dori zahri qotil edi, zohid ichti, dag'i o'ldi. She'r Bu zamona zohidin ko'r, Ka'baga ortin berib, Yuz xaloyiqqa tutub, doim qilur botil namoz. Zohid uldurkim, tavakkulning maqominda turub, Tunu kun qilg'ay ibodat, dam badam uzru niyoz. Mazmuni: Bir zohid kishini sulton huzuriga chaqirdi. U zohid: "Dori ichib zaif bo'lib borsam, menga sultonning e'tiqodi ziyoda bo'ladi", — dedi. Aytishadiki, u ichgan dorisi zaharli dori edi. U dorini ichib o'ldi. She'r mazmuni: Bu zamonning zohidini ko'r. Ka'baga orqa o'girib, yuzini xaloyiqqa tutib, botil namozlar qilyapti. Tavakkul maqomida turib, tun-u kun ibodat, tavba-tazarru va yolvorishlar qiladigan odam zohiddir. "Gulistoni turkiy" asari asosida Sulton NIZOMIDDIN tayyorladi. Manba: 1335-raqamli qoʻlyozma elektron nusxasi 55a-sahifa, Leyden universiteti kutubxonasi. 📱 Zehniyat — ma’rifat mohiyatidan soʻz — ma'rifiy-adabiy platforma. Siz ham biz bilan hamkorlik qiling! 👉 Ma'lumot

  • 4 мая2 9291510

    Qaysi gumrah komili rahbar ayog‘i tufrog‘in To‘tiyo qildiki, qilmas rahnamolig‘ orzu. Mazmuni: Yo‘lini yo‘qotgan odam yo‘lboshchining oyog‘i tuprog‘ini to‘tiyo qilgan bo‘lsa, hech qachon rahnamolikni orzu qilmaydi. Sharh: Rahbarlik insonlar ichida eng og'ir ishdir. Rahbarlikka da'vo qilish — o'zini halokatga tashlash, olov ichiga kirishdir. Baxtli inson — haqiqiy komil rahbarni, ya'ni ruhiy-ma'naviy yo'lboshchi, murshid topgan odamdir, Murshid insonning qalbiga yo'l ko'rsatib, nafsini tarbiyat qiladi. Murid chindan murshidiga taslim bo'lsa, uning qalbida rahbarlik shahvati qolmaydi. Rahbarlik shahvati eng yomon shahvat bo'lib, u kibr, ujb kabi kasalliklar hosilasidir. Chinakam rahbar Xudo tomonidan tanlanadi va u rahbarlikni qabul qilmayman desa ham, bu maqomga majburan o'tqazilib, vazifa topshiriladi. Agar inson rahbarlikka munosib bo'lsa, bu vazifa uning ortidan soyadek quvadi. Rahbarlikka nomunosib bo'lgan odam uning ortidan o'zini xorlab quvadi. Rahbarlikka da'vogar odam kichik zehniyatli, tor fikrli va past himmatli odam sanaladi. Xudo kimga rahbarlikni bergan bo'lsa, u odamgina Xudodan madad topadi, atrofida komil yordamchilar yig'iladi va yuzi yorug' holda ishini yakunlay oladi.

  • Chu davron bevafodur, necha sohibjoh esang, ey shoh, Gadolar xotirin asra-yu, mag‘rur o‘lmag‘il asru. Mazkur baytdagi sohibjoh — shoh; asra-yu — asru so'zlariga qarang. Birgalikda qanday ohangni yuzaga chiqarmoqda.

  • Kamol istar esang, sidq ahlidin qilma ko‘ngul tiyra, Mukaddar aylamas xurshid subh anfosidin ko‘zgu. Mazmuni: Agar kamolot istasang, sidq ahli haqida yomon fikrlar bilan dilingni qoraytirma, subhning nafasidan quyosh o‘z ko‘zgusini xiralashtirmaydi-ku! Sharh: Insonlar kamol topmoqni istashadi. Yaxshi xulqlar ila maqom orzu qiladilar, lekin muhim shart — sidq ahli haqida yomon o'ylarga bormaslik kerak. Sidq ahli — Xudo yo'liga o'zini bag'ishlagan, hayotini Xudoni rizosi uchun atagan, balki vaqf qilgan insonlardir, ya'ni ular Xudoning oshiqlaridir. Ular haqida yomon o'ylarda bo'lganlarning kamoloti yo'q, ularga hech bir eshik ochilmas. Quyosh bir oyna, subhning esa bir nafasi bor, ya'ni shabadasi. lekin subh shabadasi bilan oyna xiralashmaydi-ku! Shu sababli qalbingni oyna kabi tut va subh kabi sidq ahlining so'zi va holidan, fe'li va ishlaridan oynangni xira qilib qo'yma.

  • Pok Tengri ishq aro pok aylagan shukronag‘a, Tortaram yuz tuhmat-u ming g‘ussa har nopokdin. Mazmuni: Pok bo‘lgan Tangri ishq ichra meni pok ayladi va buning shukronasi uchun har nopokdan yuz tuhmat va ming g‘ussa kelsa, tortaman.

  • 3 мая678916

    Yorkim, yori uchun cheksa jafo bil oni yor, O‘lsa ozdur kimsa andoq yori mehrosor uchun. Mazmuni: Yorkim, yori uchun jafo cheksa, uni haqiqiy yor deb bil! Inson ana shunday mehribon yori uchun o‘lsa ham ozdir. Sharh: O'z yori uchun jafo chekadigan yor — haqiqiy yordir. Yoridan jafo keladimi, yoki yorligi uchun boshqalardan ta'na va malomatlar eshitadimi, yorining boshiga tushgan mashaqqatlarni zimmasiga oladimi, yorining o'rniga jabr-u jafo chekishga rozi bo'ladimi — bularning barchasi yor uchun jafo chekmoqdir. Ana shunday yori bo'lgan odam o'sha yor uchun jonini bersa ham ozdir. Ammo odamlar uchun yor bu mukammal xilqat bo'lib, undan faqat yaxshilik yetmog'i kerak, ozgina jafo kelsa, qochib ketmoq joiz. Demak, olamda yor bo'lmoq degan ish qolmabdi.

  • Dema javrimdin agar ul qochsa kimga javr etay Kim, qocharda azm qilgʻumdur xabardor aylabon. Mazmuni: Agar u jabrimdan qochsa, endi kimga jabr qilama dema, qochayotganimda qayoqqa qochishimni senga xabar qilaman.

  • 1 мая579113

    Tifl toshidin yiqilgʻon qush kibi hajr ilgida Koʻz yumub, boshim solib, ogʻzim ochib beholmen. Mazmuni: Bolalar otgan toshdan yiqilgan qushdek hijronning qo‘lida ko‘zimni yumib, boshimni tashlab, og‘zimni ochib holsizman.

  • Yuz vafo aylab xaloyiqqa, koʻrubmen ming jafo, Aylamay Xoliqqa emdi iltijoni naylayin? Mazmuni: Xaloyiqqa yuz martalab vafo qildim-u, faqat jafo ko‘rdim! Endi Xoliqqa iltijo etmay, netgayman?!

  • 29 апр.2 41369

    Yuz jafo eldin chekib, bukim, jafogarlikka ot El aro paydo qilibmen, bu jafoni naylayin? Mazmuni: Eldan yuz jafo chekib, el orasida jafokor deb ot chiqaribman, bu jafo qarshisida netgayman?

  • 29 апр.3 2301019

    Koʻrguzur agʻyor yuz tuhmat nihoniy, naylayin, Yorkim, soʻrmay inonur, bu baloni naylayin? Mazmuni: Dushman yashirincha yuzlab tuhmat qiladi, yor esa so‘rab-surishtirmay ishonadi, nima qilay?!

  • Lablaring sharbatini chashmai hayvonmu deyin? Demasam chashmai hayvon, ne deyin, jonmu deyin? Tun kunumkim, yorugʻ ul yuzdin erur, vahki, ani Mohi anvarmu deyin, mehri duraxshonmu deyin? Kulubon jilva qilur chogʻda qad-u ogʻzin aning, Sarvi ra’nomu deyin…

  • Lablaring sharbatini chashmai hayvonmu deyin? Demasam chashmai hayvon, ne deyin, jonmu deyin? Tun kunumkim, yorugʻ ul yuzdin erur, vahki, ani Mohi anvarmu deyin, mehri duraxshonmu deyin? Kulubon jilva qilur chogʻda qad-u ogʻzin aning, Sarvi ra’nomu deyin, gʻunchai xandonmu deyin? Gʻamzayi qotil ila kofiri xunrez koʻzin Dushmani jonmu atay, ofati imonmu deyin? Ishq dardini desam sa’b meni ayb etmang, Ishqi ming mushkil erur zimnida osonmu deyin? Aql agar ishq oʻtidin qochsa, nechuk man’ qilay, Shu’ladin sa’y qilib qochsa birov, yonmu deyin? Ichmagim zohid agar bildi, Navoiy, naylay, Soʻrsa soʻz o‘yla kishi ollida yolgʻonmu deyin? Mazmuni: Lablaring sharbatini hayot suvi qaynaydigan chashma deymi? Agar hayot chashmasi demasam, nima dey? Tunim va kunim ul yuzdan yorug‘dir, voh, uni nurga to‘la oy deymi, yoki porloq quyosh?! Kulib jilva qiladigan paytda uning qaddini, og‘zini nima dey? – sarvi ra’no deymi, xandon g‘umcha? Qotil g‘amzasi va qon to‘kuvchi kofir ko‘zini jonning dushmani deymi? Iymonning ofatimi? Ishqning dardini og‘ir desam, meni ayblamang, ishqning ichiga yashirilgan ming mushkilani osonmi dey unda?! Aql ishqning o‘tidan qochsa, uni qanday qilib taqiqlay?! Olovdan kimdir bor kuchi bilan qochsa, qochma deb aytaymi?! Navoiy, ichishimni zohid agar bilgan bo‘lsa, nima qilay?! Ichasanmi deb so‘rasa, shu odamning oldida yolg‘on gapiraymi?

  • 29 апр.3 40057

    Ishq aro Farhod-u Majnunni manga oʻxshatmangiz Kim, alar ham men kibi rasvoi badnom oʻlmasun. Mazmuni: Ishq bobida Farhod va Majnunni menga o‘xshatmangizlar! Chunki ular ham men kabi rasvo hamda badnom bo‘lmasin!

  • Dema, ashking nega gulrang-u, koʻzung gulfom erur, Hech kimning yori gulroʻy-u, gulandom oʻlmasun. Mazmuni: Nega ko‘zyoshlaring alvon-u, nega ko‘zing bu qadar gul rangida – qizil dema! Hech kimning yori gul yuzli va gul qomatli bo‘lmasin!