Jasurbek Fayzullayev
Статистика“Ko’ringaning kabi bo’l” Shaxsiy fikrlarim, tavsiyalarim va kundaligim. Iqtiboslar bulog’im: @jf_iqtibos Hamfikr kerakmi? Albatta yozing: @jasurbek_fayzullaev
- Последний пост
- 20 июл.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 121
- 1/48двое суток
- 138
- 1/72трое суток
- 149
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Futbol uchun doimiy muxlis bo’lmagan o’zim uchun ushbu Jahon Chempionati g’alabani anglash va oxirigacha kurashish bo’lib yodimda qoladi. 🇺🇿 🇦🇷
Byudjetda shunday katta xarajatlarga pulimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.
Resurslar — mukofot emas, ular mas’uliyat Vaqtingiz, energiyangiz, tanishlaringiz, pulingiz shunchaki sizga berilmagan. Sizdagi bor resurs kimningdir orzusi. Bor narsaga xursand bo‘lish yoki u bilan g‘ururlanish noto‘g‘ri. Yaxshi oilada tug‘ildingizmi? Resurslardan foydalanib, oila biznesini 10x kattaroq qiling. Katta ishlar qiladigan tanishlaringiz bormi? Ular orqali yanada kattaroq ishlarni amalga oshiring. Toshkentda tug‘ilgansiz yoki shu yerda uyingiz bormi? Pulga chalg‘imasdan, boshida karyerangizni rivojlantiring. Katta natijalarga erishganingizdan keyin, boshida sizga yordam bergan resurslar va ustozlarni unutmang. O‘zingiz ko‘tarilgandan keyin, boshqalarning ham yordam berishni unutmang. @aqlli_ikkichi
Ҳаётда ўз ўрнини топиш учун ҳамма ҳар хил нарсани айтади. Кимдир устоз кўришни, кимдир дарс олишни, кимдир подкаст кўришни, яна кимдир ҳужжатли фильмларни. Манга ўхшаганлар китоб ўқишни айтишади. Лекин, асос нима десангиз, асос ўрганишда. Ўрганиш янгиликнинг, янги марраларга эришишнинг, ўзини кашф қилишнинг асосидир. Шу учун ҳам жамиятимизда ўрганиш, ўрганишга интилиш қадриятга айланиши, ҳар бир одам ўрганишни, доим изланишни ўзининг қадрияти деб билиши муҳим деб ўйлайман. Ўрганиш қадриятга айланган жамият энг зўр бўладими, ривожланиб кетадими деган саволга аниқ жавоб йўқ, Чунки энг зўр ва ривожланиш фақат ўрганишга эмас, тарихий, ҳудудий факторларга, тасодифларга ҳам боғлиқ. Уларни кўп қисмини биз назорат қилолмаймиз ҳатто. Лекин, ўрганишни қадрият қилган, уни авлоддан-авлодга ўтказган жамият келадиган синовга қарамасдан дунёда ўз ўрнини топади. Омади келиб қолса, осмонга учади. Ўзимизда ҳам, фарзандларимизда ҳам доимий ўрганишни шахсий қадрият даражасига олиб чиқишимиз зарур. Ўрганмаса, изланмаса, ўсиш ва ўзгариш сезмаса ўзини ёмон ҳис қиладиган даражага келиб олишимиз керак. Ўрганиш китобдан бўладими, видеодан бўладими, устоздан бўладими ёки ҳаммаси бир-бирини тўлдирадими, фарқи йўқ. Ўзимиздан кейин яхшироқ жамият қолдириш учун ўрганишни қадриятга айлантириш зарур. Натижаси яхши бўлишидан умид қилиб, лекин сабаби устида доимий ишлаб, ўрганишдан, ўзгаришдан тўхтамайдиганларни шу учун ҳам ўзгача ҳурмат қиламан.
Brilliant Yale Mind of Uzbekistan. So'ngso'z: "Yaxshi yashash ixtiyoriy - biz hech kimni majburlamaymiz"
LinkedIn da ulashilgan World Cup 2026 unofficial fan videosi qoyilmaqom ishlanibdi. Bizdan Abduqodir Khusanov Samarqandda mehmon (ko’k) formada chiqish qilgan 🇺🇿 ⚽️
Yutganingizda kamtar - yutqazganingizda esa sabrli bo’ling. Insoniy hayot ham shunday: faqatgina bir o’yindan iborat emas! Hayot bu - uzoq chempionat… Yaponiyalik otaxondan maslahat✍️
Yutqazdik, ha, do'stlar, ko'rkam diyorga, Futboli chindan ham ulkan diyorga. Hyustondan uyga qaytar ekanmiz, Hammamiz aylandik Isfandiyorga. She'r muallifi: @xayrulla_hamidov
Yaxshi yangilik bilan bo'lishmoqchiman. O'zbekistonlik Fotima Jalolova Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) iqtisodiyot fakultetiga doktoranturaga qabul qilinibdi!
Bir jamiyatni tushunmoqchimisiz? Samarali yo'llaridan biri, o'sha yerda boylik qanday yaratilishiga qarang, odamlar qanday boyishadi. Yaratishadimi nimanidir, yoki mavjud resurslarni taqsimoti orqali boyishadimi.
Tanlov muvozanati haqidagi ajoyib postni siz bilan ulashyapman. Aytilgan fikrlarni tekshirib ko'rishning oddiy usuli - bozorga yoki savdo markaziga borganda kiyim-kechak uchun qiladigan tanlovimiz yaqqol misol bo'ladi. @fayzullaev_blog
Asaxiy - O’zbekcha Amazon. Shu kabi chegirmali to’plam kitoblari va boshqa turdagi “aqlli odamlar uchun” mahsulotlar soni doim ko’payaversin. Oluvchi qo’l uchun ham, hadya qiluvchi qo’l uchun ham barakali bo’lsin! @fayzullaev_blog
Juda qiziq dalil, bu haqida ko’pchilik aynan shunday gipoteza ham qilar edi. Lekin tushunishimcha bu yerda birinchi sabab-oqibatni ajratadigan yaqqol dalil. Tug’ilishlar darajasidagi tushishni, uchdan biri va yarimini iphonelar kirib kelishi bilan bog’liqligi ko’rsatilgan.
Internetda "european mind cannot comprehend this" degen mem turkumi bor. Bu orqali Yevropa va AQSh orasidagi madaniy, geografik, logistic, ijtimoiy farqlarga urg'u beriladi. Jahon chempionati oldidan ham mana hozir yevropaliklar AQShga kelib lol qolishadi deb masalan, AQShdagi hayot naqadar mashina atrofida qurilganini, konsyumerizmni, katta parkovkalarni, kechqurun soat 01:00da ochiq bo'ladigan Waffle Houseni, qimmat tibbiy xizmatlarni, ximikatlari ko'p ovqatlarni, qurol osib olgan kovboyni vhkzlarni misol qilib keltirishadi. Hozirgi kunlarda internetda AQShga kelgan ba'zi yevropaliklar o'z sarguzashtlarini ulashib borishmoqda, va aytishim kerak, buni kuzatish juda qiziq bo'lmoqda! Masalan, mana bu ikkita germaniyalik, anonim account egalari: https://x.com/FreddyLA7 https://x.com/fiago7 AQShdagi katta shaharlarga kelib metrosi kir ekan, qurol olib yurishar ekan, hamma narsa qimmat ekan kabi zerikarli kontentni emas, balki AQShning "ichkarisi", janubi va jahon chempionati o'yinlari o'tkazilmaydigan joylarni kezib yurganda ko'rganlarini ulashmoqda. Ya'ni, college townlarni. O'zi haqiqiy amerika ham, haqiqiy amerika sporti ham aynan shu SEC ligasida: Auburn, Alabama, Texas A&M, Arkanzas, Kentucky, Knoxville universitetlari joylashgan shaharlarda. Afsuski, jahon chempionati faqat NFL stadionlarida bo'lib o'tadi. Aslida, yuqoridagi universitetlarning stadionlari qulayligi, sig'imi va futbolga moslashganligi nuqtai nazaridan qolishmas edi. Germaniyalik muxlislar universitet stadionlarida bo'lib o'tayotgan o'rtoqlik o'yinlari yoki SEC turniri paytida boshlari tepasidan B2 yoki B52 uchib o'tishini haqiqatdan ham hayollariga keltira olishmaydi. Xullas, yuqoridagi ikki germaniyalik futbol muxlislarini kuzatishda davom etamiz. Men shaxsan ularni Amerika madaniyatining eng yorqin namoyondasi bo'lgan Buc-ee's ga birinchi marotaba borib qolishlariga qiziqyapman. Aniq kelishadi, axir Germaniya Texasda o'ynaydiku. P.S. Amerikani his qilish uchun Nyu York yoki Filadelfiyaga emas, balki Chattanoogaga borib ko'rish kerak. @uzbekonomics
Ko'p jihatdan shaxmatchilarimiz nega eng yuqori natijalarni eng kichik yoshda uddalayotganini Shaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiysi, afsonaviy Rustam Qosimjonov aniq tushuntiribdi. https://youtu.be/1xab9WjX9Hk?si=SGm2KQXJZMSOL15g @fayzullaev_blog
Nega kitob o‘qish kerak degan savolga sun’iy intellekt davrida javob topish osonroq bo‘lib qoldi - qiyinroq emas. Hozir bir daqiqada insoniyat tarixidagi eng yaxshi kitoblar nima haqida ekanini ixtiyoriy model aytib bera oladi. “Urush va Tinchlik” nima haqida ekanligini bilish uchun endi uni o‘qish shart emas. Oldinlari, o‘qimasdan turib kitob haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, shu kitobni o‘qigan odam ma’ruzasini eshitish mumkin edi, kitob haqida qisqaroq yozilgan maqola yoki boshqa bir material o‘qishingiz mumkin edi. Hozir esa, aytsangiz yarim daqiqada ixtiyoriy kitobning xulosasini eshita olasiz. Boz ustiga, savollaringiz bo‘lsa, so‘ray ham olasiz: nega bu qahramon bunday qildi desangiz bo‘ladi. Kontekst haqida ham istalgancha savol bersangiz bo‘ladi. Nimanidir tushunmasangiz - darrov tushunib olasiz. Modellar kitobdagi barcha qahramonlar haqida zo‘r aytib bera olishadi. Syujetni ochib bera olishadi. Agar imtihon qilaman desangiz, o‘qigan va o‘qimagan odamni ham farqlay olmaysiz - shu darajada zo‘r xulosa va ma’noni chiqarib beradi sun’iy intellekt. Xuddi shunday, ixtiyoriy nonfikshn kitobi haqida ham, bir daqiqada bafurja ma’lumotni oldingizga olib kelib beradi. Demak, axborot olish uchun kitob o‘qish - ma’nosiz bo‘lib qoldi. Chunki o‘sha kitobda mujassam bo‘lgan axborotni sun’iy intellekt orqali olish ancha samaradorroq. O'qish kerak emas. Lekin men kitoblarga va umuman o‘qish jarayoniga nisbatan optimistroq bo‘lib qoldim. Chunki endilikda, kitobning axborot to‘plash uchun o‘qish kerak emasligi ayon bo‘lib qoldi. Kitob o‘qishning boshqa asosiy funksiyalaridan biri - fikr qanday aks ettirilishini ko‘rish funksiyasi qaytdi. Ya’ni so‘zlar, gaplar va matnlar konstruksiyasini sezish va shu bilan birga fikr va mulohaza qanday rivojlanishini shohidi bo‘lish. Aynan shu funksiyasigina qolyapti kitobda va bu yaxshi. Qandaydir ma’noda, kitob o‘qishdagi yo‘l va manzil orasidagi farq yaqqol bo‘lib qoldi. Ko‘pincha bizni o‘stiradigan va rivojlantiradigan narsa - bu manzil emas, aynan yo‘l. Jarayon deb atasak ham bo‘ladi. Kitob o‘qishdan maqsad - u yakunlangach yangi bilib oladigan ma’lumotlar emas - o‘qish jarayoni edi, qo‘shimcha axborot bu tashqi ta’siri edi. Eslab ko‘ring, “O‘tgan Kunlarni” o‘qiganizdan maqsad yigirmanchi asr bo‘sag‘asidagi Toshkentdagi hayot qanday ekanligini bilish, yoki Otabekda nechta rafiqasi borligini bilish ham emas edi-ku. Ma’no qissani bilib olishdagi jarayon. Buni kino va teatrda ham ko‘rish oson, ya’ni “O’tgan Kunlarni” yoki “Romeo va Juliettani” sahnalashtirishsa, yoki kino qilib qo‘yishsa - o‘sha kinoni yoki teatrni ko‘rishdan maqsad - oxiri nima bo‘lishini kutish emas - axir siz juda yaxshi bilasiz nima bilan tugashini, lekin baribir o‘sha kinoni ko‘rasiz, o‘sha teatrga tushasiz. Demak, kinodan maqsad - axborot emas - jarayon. Kitobda ham xuddi shunday, maqsad asli o‘sha kitobdagi qissani mazasini ko‘rish. Suniy intellekt davriga nisbatan optimistligim, “kitoblar senga ko‘p axborot beradi” degan afsona tugab, kitoblarni o‘qish o‘ta muhim va yoqimli jarayon ekanligini anglash bo‘ladi. Shunga ham optimistman.
Aytmoqchi, Angliya premyer ligasini Britaniya iqtisodiyotdagi qo’shimcha qiymati - mamlakatning butun qishloq xo’jaligidan ham ko’p.
1940-yillargacha katta binolardagi liftlarni maxsus odamlar, ya'ni liftchilar boshqargan. Avtomatlashtirilgan liftlar chiqqanda odamlar rostdan ham unga chiqishga qo'rqishgan. Men undan ko'ra o'n ikki qavat piyoda chiqaman deganlar ko'p bo'lgan. Hozir esa…
O’zbekistonda katta muammolardan biri - ish beruvchi va potensial kandidatlarni to’g’ri match qiladigan zamonaviy AI platforma yo’qligi (Google for talent). Hozirgi recruiting bozori juda analog ishlaydi: ish beruvchi Telegram kanalga yoki job platformaga…
“Zerikdim” degan so‘z aslida juda qiziq signal. Ko‘pincha odam zeriksa, bu faqat vaqt o‘tmayotgani emas. Ba’zan bu miyaga yangi stimul kerakligini, ba’zan esa aksincha - haddan tashqari ko‘p stimuldan charchaganini bildiradi. Hozirgi zamonda esa zerikishga deyarli imkon bermaymiz: scroll, notification, video, meeting, content… Natijada miya doim band, lekin chuqur o‘ylash kamayadi. Shuning uchun ba’zan “zerikdim” - bu yomon holat emas, balki ichki bo‘shliqni sezish, yangi ma’no qidirish, yoki keyingi bosqichga o‘tish signali ham bo‘lishi mumkin. Zerikishdan zerikmanglar! @paiziev24