Feedback | Altius Medical
Статистика- Последний пост
- 22 апр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#result #IELTS 🚀 Next great result from our student. ✅Candidate: Ahmadjonova Shahrizoda Reading: 6.0 Listening: 5.5 Writing: 5.5 Speaking: 6.0 Overall: 6.0 🔥 ⭐ Altius Medical
Speaking: Foods Presenters: Kamola and Sitorabonu Pre-intermediate o'quvchilarimiz bilan 1 hafta oldin speakingni boshlagan edik. Practice qilish vazifa berilgan edi, ular podkast qilib yuborishibdi :) P.s. xatolar bor albatta, aytganimdek speaking aktiv boshlanganiga atigi 1 hafta bo'ldi.
#result #IELTS Ha, biz natija qilishni boshladik! Overall: 6.0 L: 6.0 R: 5.5 W: 6.0 🔥 S: 6.0🔥 Bu natija to'g'ri yo'nalish va qattiq mehnat bilan, qisqa vaqtda ham zo'r natija qilib bo'lishini isboti. Chunki biz atigi 3 oy o'qidik. Alisher bilan individual shug'ullanishni boshlaganimda daraja pre-inter (A2) edi. 3 oydan keyin esa IELTS 6 (B2) natija qildik. Hammasini qanday qilganimiz qiziqmi? 🔥 ⭐ Altius Medical
Feedback | Altius Medical pinned «💎 Ushbu kanalda Altius Medical tomonidan tashkil qilingan kurslarda o'qigan talabalarning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek natijalarni ham yuklab boramiz.»
📨 Получено сообщение! Kurs judayam manfaatli hozirgi kunda ayniqsa ko’pchilik vaqtini shunchaki bekorga sarflashi juda oson bo’lib qolgan bir paytda. Aslida bu kursga oflayn o’qishga vaqtim yo’q onlayn ma’qul deb qo’shilganman, lekin mas’uliyati oflayndan ancha yuqori bu darslarni bu esa yaxshi, bu kursda o’qib ancha fikrlarim o’zgardi, dars vazifalari jadval qilib yuritilishi ayniqsa eng zo’r taraflaridan biri🔥 kamchiliklar yo’q deb o’ylayman shunchaki “o’qish” kerak Video darslar ko’proq bo’lsa yaxshi edi yana)
📨 Получено сообщение! Assalomu alaykum Bu kurs haqida fikrlarimni aytadigan boʻlsam, menimcha bu kurs xatto offline kurslardanda afzalroq. Toʻgʻrisi, men bu kursda hech biror kamchilik koʻrmadim. Menga eng yoqadigan tomoni, hamma narsa aniqligi. Yaʼni biz uchun aynan bir sistema tuzib berilganligi. Bu kursdan olayotgan foydamni xatto tariflab bera olmayman. Men biror kamchilik yoki xato ayta olmayman ochigʻi
📨 Получено сообщение! Assalomu alaykum .Kursingizga dekabr oyiga qo'shilgan bo'lsam Kurs materiallari, kurs olib borish tartibi hammasi ajoyib manga yoqdi.Aynan shu uchunam bir nechta yaqinlarimga tavsiya qildim shu kursni. Ayniqsa weekly plan alohida e'tiborimni tortgan narsalardan biri bo'ldi.Insonni har tomonlama rejali bo'lishga undaydigan narsalardan biri ekan.Oldin hech qaysi kursda bunaqa uslubni ko'rmagandim .Ilgari ingliz tilini online o'rganib bo'lmaydi deb o'ylardim lekin sizni kursingiz bu fikrimni tubdan o'zgartirdi.Alloh rozi bo'lsin sizdan. Ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin.
Assalomu alekum. Menga bu kursni eng yoqgan tarafi xaftalik, kunlik planlar bilan ishlash. Bunday rejalar bilan ishlash nafaqat ingliz tilini o'rganishimizni osonlashtirdi balki kundalik ishlarimizni ham ancha tartibga soldi.Bizga tartib intizomni órgatti.2 oylik kursdan juda katta natija oldim deb òylayman.Sizga katta raxmat. Shunaqa kusrlar tashkil qilib ilm ulashishda charchamang.Alloh ilmizni ziyoda qilsin.
2-3 kurslarimdan boshlab medical englishni oʻrganishga qiziqish boshlangan. Lekin, koʻnglimdagiday kurs topolmasdim. Bir kuni tasodifan Youtubega medical english deb yozganimda Altius medical kanali ham chiqqandi. Kanaldagi baʼzi videolarini koʻrganimda shunchalik soddalashtirib, aniq tushuntirilganidan qiziqib qolib, telegramdan ham shu kanalni izlagandim. Aynan oʻsha paytda boshqa online ingliz tili kursiga ham toʻlov qilib yozilgandim (anchagina mashhur oʻquv markazini kursi edi u ham) Tabiiyki, ikkala kursni solishtirdim va shu kursda qolishda qaror qildim. Va bu qarorim toʻgʻriligiga boshidan amin boʻldim. Boshida 3 oy general englishni oʻqidim, lekin baʼzi sabablarga koʻra davom ettira olmay qoldim. Sentyabrdan medical english boshlanadi degan xabarni koʻrishim bilan darrov yozildim. Tibbiyotni ingliz tilida oʻrganish orqali haqiqiy adrenalin oldim oʻzimga. Kurs atmosferasiga, materiallariga va metodikasiga gap boʻlishi mumkin emas. Hayotimdagi eng toʻgʻri sarmoyani shu kursga sarfladim desam xato boʻlmaydi. Ingliz tili oʻrganmoqchi boʻlgan yoki oʻrganayotgan barchani shu kursda ham oʻqib koʻrishini maslahat berardim. Ayniqsa, tibbiyot talabalarini. Shaxsan oʻzimni dugonalarim yangi qabul boshlanishini kutib turishibdi😇 @avazbek_abdujalilov ustoz katta rahmat sizga. Ingliz tilini online oʻrganib boʻlmaydi degan qarashlarimni butkul oʻzgartirdingiz. Sizdan koʻp narsalarni oʻrgandim. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Ilm ulashishdan hech qachon charchamang. Keyingi ishlarizda omad va muvaffaqiyatlar tilayman
Ichimdagi sozlarni tugatolmayapman aytilmagan sozlar tariflar hali koʻp lekin😇🥹❤️🔥 Tibbiyotni aynan ingliz tilida qanday kimdan boshlashni bilmay yurganlarga bemalol tavsiya bera olaman aynan shu kursda oqishlarini🙂🙂🙂 Men osarflagan pulimga vaqtimga achinmadim hammasi zor Alhamdulillah Endi buyogʻiga ozimzdan harakat Allohdan baraka😊🤲 Hammaga rahmat kattakon ❤️❤️ @avazbek_abdujalilov Ustoz sizga alohida tashakkur 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
Kurs haqida fikrlarimga kelsak Perfect 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 2 oy davomida shuncha narsa malumotlar, tavsiyalar, yangi dostlar Hammasi zor ❤️❤️❤️maza qilib oqidim Medical english nimaligini, qanday o'qish, nimalarga etibor berish, qaysi manbalardan qanday organish hamma hammasini avvalo reja bn plan tuzib dars qilishni o'rgandim. Listening deyarli qilmasidm uni qanday qilishni undagi malumotlarni qanday organishni bilib oldim Davomli Reading qilish, vocabulary yodlash uni takrorlash xullas plan bn ishlash ozgina bolsa ham harakat qilish kkligini hamma hammasini ustoz sababli o'rgandm. Kurs materiallari ham zoʻr,🔥🔥🔥🔥🥰🥰🥰 jonli darslarda ham har birimiz bn alohida ishlashlari Ham zo'r 😇😇😇❤️❤️❤️qaniydi kurs tugamey tursayu yana ozgina bolsayu deyapman rosti😢😢😢🥹🥹guruhimzdagilar ham ajoyib ulardan ham bazi manbalarni qaysidir yaxshi fazilat jihatlarni organdm koplariga havas qildim😊🫣❤️❤️❤️
Oʻzi ingliz tilini oʻrganishimdan maqsad boshdan bosh tibbiyotni ingliz tilida oʻqish boʻlgan . Bu kursni birinchi bor koʻrganimdayoq qoʻshilish uchun yozganman . Bu kurs tibbiyotni ingliz tilida oʻqishim uchun turtki boʻldi , introduction bo'ldi . Bularni oʻqish uchun ingliz tilidan grammatikani tugatish yo boʻlmasa juda ham koʻp soʻzlar bilish shart emas ekan , oʻrganish davomida oʻrganish eng toʻgʻrisi. Endi men aniq bilaman va men bundan @avazbek_abdujalilovdan minnatdorman .
Birinchi kurs hali insitutda oʻqishni boshlamasimdan oldin qiziqib qoʻshildim. Koʻpchilik hali sen ingliz tilidagi tugul oʻzbek tilidagi meditsinani bilmaysan deyishdi Medical Englishga qoʻshilganimni eshitganlar. Men esa tavakkal qildim nimadir oʻrganishimga ishondim. Va ishondimki bu oʻzimga sarflagan eng toʻgʻri sarmoyam boʻldi, oʻzimga bergan eng yaxshi sovgʻa boʻldi. Kunlarim bekor oʻtmadi bilmasam ham harakat qildim. Ayniqsa ustoz siz bir marta aytgan edizku men bilmasam ham qayta qayta oʻqiyveraman bilamanki oxiri shu narsani oʻrganaman, oxiri baribir tushunaman. Meni lugʻatimda qila olmayman degan soʻz yoʻq deb. Shuni men ham oʻzimga shior qilib olgandim. Ilmingizga rostan havas qilsa arziydi, bizga ham yuqishini soʻrab qolaman. Va eng ishongan onlayn kurslarimdan biri boʻldi endi nima kirs ochsangiz hammasiga qoʻshilaman in shaa Alloh. Darslarga kelsak oʻrganganlarim koʻp boʻldi garchi hali insitutda oʻrganmagan boʻlsak ham. Endi tushunchalarim bor. Yana bir yoqqan tarafi hech narsani oʻchirmaganiz bir umr qoladi deganiz, nima kerak boʻlsa soʻrayveringlar deyishiz😊 Gapim ham tugamayapti boshida oʻqib analiz qilganimizda Tahmina oʻqing deb qolsangiz qoʻllarim qaltirab qolardi😁 ustoz keyin oʻqiy deganlarimni screen qilib olganman. Bugun oxirgi darsimizda Tahmina ancha oʻzgarish sezdim deganizda boshqacha boʻlib ketdim. Rahmat ustoz ilmingiz ziyoda boʻlsin❤️❤️
Ikki oy oldin qachon boshlanarkin deb turgandim tezda kurs ham tugadi. Tugashini xecham xohlamasdim) Ustoz @avazbek_abdujalilov katta raxmat sizga, 3-4 oy oldin medical english haqida hech narsani bilmasdim, hayolimdagi bir orzu edi buni o’rganish. Katta raxmat sizam bergan bilimlarizga, ketgan vaqtizga rozi bo’ling. Alloh rozi bo’lsin)
@avazbek_abdujalilov Assalomu alaykum ustoz Alloh qilgan barcha ishlarizdan rozi bo"lsin.Man anchadan beri bunday darslarni Allohdan so'ragandim.Alhamdullilah Alloh mehribonligi bilan sizni sababchi qildi.Men ham darslarni 1 marta tashladim qolganlarini tashlamadim🙈.Lekin qancha bo'lsa shuncha manfaat oldim.Ilm olishda bizga yengilik qildingiz.Alloh taolo ilmingizni ziyoda qilsin.Ilohim
Assalomu alaykum @avazbek_abdujalilov ustoz yaxshimisiz, har kuni vazifalarni tashlolmadim, ba'zisini bajarsam ba'zisiga ulgurmadim, shunchun guruhga tashlamadim; bilmadim IELTSga tayyorlanayapman, o'zi yaqinda topshiraman, ularga ulgursam ham katta gap deb bahona qildimmi, nima bo'lgandayam kursingizdan(ulkan mehnat mahsulingizdan) kaatta foyda oldim, ayniqsa vocabularydagi uslubingiz men uchun yangilik bo'ldi, sodda qilib aytganda sochilib yotgan maqsadlarni tartiblab berdingiz; bergan ilmlaringiz va maslahatlaringiz uchun katta rahmat, salomat bo'ling
Assalomu alaykum @avazbek_abdujalilov ustoz 1oy bòlib òtgan Medical english kursi uchun sizdan minnatdorman 1oy oldin medical english sòzlarini 20 30foizini tarjima qilgan bulsam xozir bu ko'rsatkich 40 50% oshdi inglizcha videolaniyam ancha tushuna olish darajasiga yetdim bu uchun sizga katta raxmat aytaman😇😇😇
Assalomu aleykum ustoz Men xam qatnashdim kursigizda Sizga kata raxmat ilmigiz ziyoda bolsin kop material organim kattakon raxmat charchamang.
Ассаламу алайкум. Курсингзда менам катнашдим. Бзга бр йол бр колип корсатиб бердингз. Сизга катта Рахмат . Бзку сиз таййорлаган таййор материаллардан органдик. Сиз эса буни таййорлашга ва Уни бзга органишимз учун бериш учун анча мехнат килгансиз. Офарин сизгайам. Хакикий мехнат киладиганлардан ва шу мехнати бн ибрат бололадиган инсонсиз. Катта рахмат. Илмингзни Аллох бунданда зиёда килсин.
Assalomu alaykum teacher, man oldin Medical Englishni òqishga harakat qilganman lekin qanday òqishni nimadan boshlashni bilmagandim. Sizni kursingizda Medical Englishga bolgan yòlni topdim. Vazifalarni har doim tashamagan bolsam ham lekin bajarib borayabman hammasini. Shu 1 oy ichida ancha òsish sezdim òzimda. Hozir video kòrsam, kitob òqisam bemalol tushunayabman, bunda sizning hissangiz katta😊. Sizga katta rahmat ustoz