FEEDBACK|CARDIOSCIENCE
СтатистикаUshbu kanalda Cardioscience kurslarida qatnashgan o’quvchilarning kurs va webinarlar haqida fikrlari joylab boriladi.
- Последний пост
- 1 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 41
- 1/48двое суток
- 46
- 1/72трое суток
- 50
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Assalomu alaykum, xurmatli Cardiosciense jamoasi. Men ushbu Tibbiyot kanalda tashkil qilingan "Fundamental kardiologiya" onlayn kursini iyun-iyul oylarida o'qib tugatdim. Kanal tashkilotchilari hamda o'qituvchilar jamoasi tomonidan juda qiziqarli va dolzarb mavzularda onlayn talim loyihasi tashkil qilingan, kanal ko'p sonli o'z obunachilariga ega, dars jarayonlari menda yaxshi, ijobiy taassurot qoldirdi, barcha texnik vositalardan unumli foydalanilgan, faqat ta'lim oluvchilar o'z vaqtida darslarda doimo ishtirok etishsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Men Fundamental kardiologiya ustozi Sheranova Sevinchga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, barcha kurs tashkilotchilari va ustozlariga ushbu sharafli "missiya" larda ulkan yutuqlar, yuksalish lar tilab qolaman, raxmat, hammasi uchun! Fundamental kardiologiya 15-guruh talabasi Dilobarxonning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Assalomu alaykum barcha tibbiyot talabalariga. Men "Aritmologiya+EKG online kursini o'qib tugatdim. Shuni xam aytib o'tishim kerak man bu kursni 2-marotaba o'qidim. Kursda berilayotgam malumotlar yevropa standartlariga javob beradigan malumotlar oxirgi rekamendatsiyalardan olingan bólib davo va taktikalar juda aniq va tushunarli qilib tayyorlagan USTOZ Abduvaliyev Xusniddinjonga katta raxmat aytaman bizga xar bir mavzuni ipidan-ingasigacha maydalab tushuntirib va misollar keltirib, keys taxlillari bilan sodda tushuntirib berdi.👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 Olgan bilimlarimi amalyotda faydasini ko'rib shunaqa mazza qildimki vapshe mazza😉 Ustoz sizga yana bir bor katta raxmat yana boshqa kurslar ochilsa albatta o'qiymiz nasib etsa. Bu kurs oddiy qilib aytganda 💣 BOMBA 🧨 👍👍 Fundamental aritmologiya va Elektrokardiografiya 6-guruh talabasi Abdurahmon akaning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Assalomu alaykum .Men Aritmologiya + EKG kursi bitiruvchisi sifatida aytamanki, avvalo bu kurs orqali men köp bilimlarga ega bo‘ldim va men uchun juda manfaatli böldi . Menga eng yoqqan tomoni kurs materiallari xalqaro tibbiy manbalardan foydalangan holatda olib borildi.Ma’lumotlar öta Dahshat🔥Klinik misollar va Keyslar o‘tilgan har bir darsimizni mustahkamlashda yanada yordam berdi.👍👍Har bir mavzu töliq va eng muhimi tushunarli holatda olib borildi. Buning uchun ustozimiz Xusniddinjon Abduvaliyevga alohida Rahmat. Ustoz hamisha sog‘-salomat böling. Talabalarga doim ilm ulashishda charchamang. Alloh umringizni va ilmingizni ziyoda qilsin.🤲🤲 Ustozimiz boshchiligidagi barcha kurslarni tavsiya qilib qolaman. Fundamental aritmologiya va Elektrokardiografiya 6-guruh talabasi Asadbekning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Assalomu aleykum va rahmatullohu va barakatuh ustoz kattakon rahmat 🌟 sizga bergan bilmingiz uchun 🌟Har darsda har bir EKG ni mayda detallarigacha tahlil qilib berganiz uchun🦋 chunmagan joylarimni alohida chuntirganlariz uchun rahmat 💕 Allohim ilmingizni ziyoda qilsin bundanda yuqori natijalarga erishing shogirtlariz ko'p bulsin❤️ ARITMOLOGIYA +EKG kursida juda ko'p malumotlar EKG tahlillar kurdim☺️ Ilmingiz bizlarga ham yuqsin ilohim🤲🌟 bizlar ham sizga uxsha eng zur Kardiolog bulishlikni Allohim nasib aylasin🌟 yana bir bor Rahmat🧸Doim sog salomat buling❤️ Fundamental aritmologiya va Elektrokardiografiya 6-guruh talabasi Gulyoraning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Assalomu alaykum Rahmat kattakon ustoz , ilmingiz doimo ziyoda bo’lsin, bizga bergan bilimlarizga rozi bo’ling!! Aritmologiya + EKG Kurs haqida fikrlarim juda ajoyib malumotlarni talabalarga yetib boradigan darajada har bir detaliga etibor berib tushuntrib berdingiz, Shu bilan birga darslar, eng yangi xalqaro tavsiyalardan foydalangan holatda olib boriladi Barcha barchaga tavsiya qilib qolaman kurslarni! Yana bir bor rahmat kattakon ustoz!👍🫡✊ Fundamental aritmologiya va Elektrokardiografiya 6-guruh talabasi Og’abekning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Assalomu alaykum barchaga. Men ''Fundamental Kardiologiya'' va ''Aritmologiya+EKG'' online kursini muvaffaqiyatli tamomladim. Kurs juda tushunarli, mazmunli va amaliy jihatdan foydali tashkil etilgan. Mavzularda kasalliklar va dorilarning eng kichik mezanizmlarigacha sodda va ravon tushuntirildi, klinik holatlar hamda EKG misollari orqali bilimlarimiz yanada mustahkamlandi. O‘qituvchilarning yondashuvi, darslarning tartibli va sifatli tayyorlangani menga juda yoqdi❤️Kurs davomida kardiologiyaga oid ko‘plab yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Tashkilotchilar va ustozlarim Abduvaliyev Xusniddinjon va Usmonova O'g'iloyga sifatli ta’lim uchun alohida rahmat aytaman🫶! Kelgusida ham yana shunday foydali kurslarni tashkillasalar albatta qatnashishni xohlayman😇😇😇 Fundamental aritmologiya va Elektrokardiografiya 6-guruh talabasi Moxinisoning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Men @cardioscience akademiyasining "Fundamental Aritmologiya va Elektrokardiografiya" kursini o'qib tamomladim. Bu kursni tugatib juda ko'p bilimlarga ega bo'ldim Bu uchun ustozimiz Xusniddin Abduvaliyevga kattakon rahmat aytaman. Barchasi men o'ylaganimdanda a'lo bo'ldi. Barchaga tavsiya qilaman. Fundamental aritmologiya va Elektrokardiografiya 4-guruh talabasi Jamhurning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Мен @cardioscience akademiyasining “ Fundamental Aritmologiya va EKG" kursini o’qib tamomladim. Ushbu kursni tashkillashtirishda ulkan mehnati uchun Abduvaliev Xusniddin ustozimizga minnatdorchilik bildirib qolaman . Kurs uchun materiallar juda sifatli, katta hajmda, barcha ma’lumotlar so‘nggi klinik tavsiyalarga asoslangan. Kurs davomida menga nafaqat EKG belgilarini o‘rganganimiz, balki kasalliklarni etiopatogenezdan boshlaganimiz juda yoqdi, bu esa patologiyaning kelib chiqishini tushunishga yordam beradi. Barchaga tavsiya qilib qolaman. Ustoz sizga yanada muvaffaqiyatlar tilayman. Fundamental aritmologiya va Elektrokardiografiya 4-guruh talabasi Malikaning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Мен Эркинов Шохрух "Футдаментал Аритмология ва Электрокардиография" курсини тамомладим ва бир дунё тасасуротлар ва билимларга эга булдим, бу курсдаги материаллар ало даражада, хар бир мавзу учун видеодарсликлар,конспектлар,презентациялар ташкилланган ва бу материаллар Европа Кардиологлар Жамияти малумотларига асосан таййорланган.Хаммаси учун бизга билим берган ва эринмасдан вакт ажратган Хусниддинга миннадорчилик билдираман ва курс укимокчи ва ЭКГ урганмокчи булганларга тавсия киламан, кетган вактингизга ачинмайсиз. Fundamental aritmologiya va Elektrokardiogradiya 4-guruh talabasi Erkinov Shoxruhning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
20.04.2026 yil Aritmologiya va Elektrokardiografiya 4.0 guruhimizda online kursimiz yakunlandi. Sertifikatlar topshirildi. Bugun Kursimizni tamomlagan o’quvchilarning fikrlari bilan o’rtoqlashamiz.
Oxirigacha o’qimasez tibbiyot soxasi vakiliman demang!!!! Bugun ekg va aritmologiya kursimizning , umuman barcha kurslarimizning eng yoshi ulug’ talabasi, 40 yillik tarjibaga ega shifokor Sadiyeva Dilorom opamiz “Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan Namunali xizmatlari uchun “ ko’krak nishoni bilan taqdirlanibdi. Opamiz shu yoshga kirib ham haligacha o’z ustida ishlashda davom etayotgani barchamizga Tibbiyotimiz sohasida o’z kasbini sevadigan , doim o’z ustida ishlaydigan shunday fidoiy insonlarimiz borilgidan faxrlansak, g’ururlansak arziydi. Tabriklarizi kommentariyada yozib qo’ldirishilar mumkin. Barchamizga shunday shijoat bilan ishlash nasib qilsin Bizning kursimizda shunday ilmga chanqoq talabalarimiz borligidan faxrlanamiz❤️❤️❤️ ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Yaqinda boshlangan EKG aritmologiya kursimizda normal ekg taxlillari tugadi va aritmiyalarni boshladik. Oquvchilarimiz esa ekg organib zavqlanishmoqda…
без подписи
Assalom alaykum men Namozov Jamhur bu kursga qatnashib ancha bilim va konikmaga ega bo'ldim. Darsar juda sodda tushunarli xar bir mavzuga alohida etibor bilan yondashilgan.Ekgni organish bu kurs bilan ancha oson boldi. Bu uchun ustozimiz Xusniddin Abduvaliyevga oz minnatdorchiligimni bildiraman. Siz xam bu kurslarga qatnashsangiz aniq afsuslanmaysiz Fundamental aritmologiya-EKG 4-guruh Jamhurbekning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
FEEDBACK|CARDIOSCIENCE pinned «Aritmologiya va EKG kursimizda o'qiydigan o'quvchilarimizga quyidagi savollarga javob berishini so'radik. Javoblarini birozdan so'ng joylaymiz. Online aritmologiya va ekg kursimiz haqida quyidagi savollarga to'liq va aniq javob berin. 1.O'zizni tanishtiring.…»
1.Sharipova Muxlisa 2.kurs zur, darslarni uzlashtirish uchun qulay 3.darslar sodda va oson 4.ekg urgatish supper 5.yurak fiziologiyasida xarakat potensiallari 6.kardiomisitlardagi harakat potensiallari biroz qiyinroq buldi 7.amaliy misollar yetarli 8.kursda vaqt yetishmavottimi deyman 9.hozircha yuq 10.xa, albatta Kursda eng yoqqan joyi ustoz talabchanligi. Fundamental aritmologiya-EKG 4-guruh talabasi Muxlisaxonning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Men Rahmatqulova M tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabaman. Online aritmologiya va EKG kursingiz menga juda ma’qul keldi, chunki darslar tizimli, sodda tilda tushuntiriladi va nazariya amaliy misollar bilan boyitilgan. Mavzular bosqichma-bosqich berilgani uchun tushunish oson bo‘lyapti. Darslar juda tushunarli murakkab joylari misollar orqali ochib berilyapti. Kursni boshlaganimdan beri EKG o‘qish bo‘yicha ishonchim ancha oshdi, oldin qo‘rqib qaraydigan lentalarni hozir tahlil qilib ko‘ra olaman. Eng foydali mavzulardan biri aritmiyalar (ayniqsa WPW, AV bloklar, supraventrikulyar va qorincha taxikardiyalari) hamda ST elevatsiya bilan bog‘liq holatlar bo‘ldi. Juda qiziqarli bo‘lgan mavzu – murakkab aritmiyalarni differensial tashxis qilish va ayrim EKG o‘zgarishlarini bir-biridan farqlash bo‘ldi. Darslarning davomiyligi menga juda ma'qul , amaliy misollar yetarli, real EKG lentalari bilan ishlash juda foydali bo‘lyapti. Albatta, bu kursni boshqalarga ham tavsiya qilaman, chunki har bir shifokor EKGni bilishi tahlil qila olishi kerak . Aritmologiyani tushunishda juda foydali va amaliy ahamiyatga ega kurs deb hisoblayman. Fundamental aritmologiya-EKG 4-guruh talabasi Muniraxonning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Курс хакида фикрим: бу курс шунчаки ажойиб, дарслар юкорида савияда ташкил килинган, хар бир дарс учун видеодарсликлар, презентациялар ва конспекилар мавжуд ва тушунтирлар ало даражада. Бу курсгача менга кийин ва тушунарсиз булиб куринган ЭКГ лар эндиликда уддаласа буладиган нарсадек курина бошлади. Дарс давомида хар бир укувчилар билан савол жавоблар килиниши тушунмаган жойларга эринмастан тушинтириш киритишлар менга макул булди.Хаммаси учун бизга дарс берган ва билим улашаётган Хусниддин акага рахмат айтаман ва курс укимокчи ва ЭКГ урганмокчи булганларга тавсия киламан, кетган вактингизга ачинмайсиз. Fundamental aritmologiya-EKG 4-guruh talabasi Shoxruhbekning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
1. Элбек Хошимов 2. Курс макул сабаби - иллюстрация Лар тушунарли, малумотлар халкаро, вакти кулай. 3. Дарслар тушунарли 4. ЭКГ хакида тушунча Энди пайдо булди😊 5. ЭКГ тахлили Дарси 6. Утказув тизими аномалиялари 7. Амалий жонли ЭКГ Зур 8. Анимация етишмаяпти, утказув тизими , артимиялар гемодинамик узгаризларда тасаввур учун анимацион схема ва видеолар жуда фойдали 9. 3 D анимация дан фойдаланиш керак 10. Бутун курсдошларимга тавсия килдим Fundamental aritmologiya-EKG 4-guruh talabasi Elbekning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Men Soxiboyev Iqboljonman 3 kursda Davolashda FJSTI da tahsil olaman. Men aritmologiya+ EKG kursida o‘qibyabman. Darslar yuqori saviyada tashkillangan. Har bir dars video darslari, konspekt, slayd, testlar bilan dars davomida 10 lab jonini ekg larni tahlil qilyabmiz. Ustoz bizga avvalo asosni tushuntirdi. Bu esa shablon emas fikr asoslab EKG tahlil qilishga olib keldi, kelmoqda. Hammaga kursni tavsiya qilaman. Bu kursni uzoq yillik do‘stim @Dr_Ibrohimov_04 bilan birga o‘qiyabmiz. Birga o‘rganish samarali va qiziqroq. Ustozga hammasi uchun rahmat Fundamental aritmologiya-EKG 4-guruh talabasi Iqboljonning kursimiz haqida fikrlari. ✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience