tgindex
Adolat SDP Farg'ona viloyati Kengashi (RASMIY KANAL)

Adolat SDP Farg'ona viloyati Kengashi (RASMIY KANAL)

Статистика
@ferganaadolatузбекский

🇺🇿 “Адолат” СДП Фарғона вилояти кенгашининг телеграмдаги расмий саҳифаси 🏛️ Фарғона шаҳри, Мураббийлар кўчаси, 2-уй. Мўлжал: Фарғона шаҳар давлат хизматлари маркази 📞 Боғланиш учун: +99894-812-06-36 +99891-651-40-12 +99873-244-61-44

Последний пост
10:39
Последнее чтение
10:44
Постов за неделю
86
Всего постов
128
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
603
−17 за 4 дн.
Сутки
−6
−0,99%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
40
40 постов
Вовлечённость
6,6%
к подписчикам
Постов в день
12,3
всего 128
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
31
1/48двое суток
35
1/72трое суток
38

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ❇️Deputat nazorati amalda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova mutasaddi tashkilotlar va mas’ullar hamkorligida Marg‘ilon mahallasida davlat dasturlari ijrosi doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish holatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tavsiyasi asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanayotgani, ular hisobidan xarid qilingan asbob-uskunalar hamda amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. O‘rganish yakunida fuqarolarga kredit mablag‘laridan samarali foydalanish, faoliyatni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

  • ☀️Assalom, Farg‘ona! 15.08.2026 Mustaqillik tengdoshi bo‘lgan o‘qituvchi qanday qilib yuqori daromadga ega bo‘ldi? Ustozlik kasbini tanlab, yillar davomida bilim, tajriba va tinimsiz mehnat orqali yuqori daromadga erishgan fidoyi pedagog, “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ahror Erkaboyev bilan samimiy suhbat. Kasbga muhabbat, zamonaviy yondashuv, o‘z ustida ishlash va ustozlik mas’uliyati — muvaffaqiyatning muhim omillari.

  • 🎤🎤🎤Adolat” qabulxonasida yana bir murojaat ijobiy hal etildi Inson uchun eng oddiydek ko‘ringan harakatlanish imkoniyati ham ba’zan katta ahamiyat kasb etadi. So‘x tumani Guliston MFY, Bo‘zurgon ko‘chasi, 28-uyda yashovchi fuqaro K. Obilova tanch tizimlaridagi muammo sabab Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashi deputati I. Kabirovga nogironlar aravachasi olishga amaliy ko‘mak berishni so‘ra murojaat qiladi. Deputat tashabbusi bilan mutasaddilar ko‘magida K. Obilovaga nogironlar aravachasi yetkazib berilib, uning mustaqil harakatlanishi va kundalik hayotida bir qator qulayliklarga ega bo‘lishiga ko‘maklashildi.  “Odam bir joyda yotib qolmasin ekan. Deputatimizga rahmat. Endi bemalol ko‘cha-ko‘yga chiqa olaman”, — dedi K. Obilova. Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va imkoniyat darajasida yechim topish — xalq bilan muloqotning muhim natijasidir.

  • ❇️Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati” So‘x tumani Yangiariq mahallasida “Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati” respublika aksiyasi doirasida aholi o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, aholi murojaatlariga asosan Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashi deputati Amirali Safarov mutasaddilar hamkorligida Yangiariq mahallasidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududiga svetafor o‘rnatildi. Aholi murojaatlarini amaliy hal etishga qaratilgan bunday tashabbuslar mahallada xavfsiz va qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

  • 15.08.2026 #ADOLAT_SDP #YOSH_ADOLATCHILAR_XARAKATI “Imkoniyatlar makoni” Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq. “Adolat” SDP Yosh adolatchilar harakati Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Alimardon Akramov mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan radio muloqoti shu haqida.

  • 06:1611из adolat_uz

    #ИҚТИБОС "Гуноҳкорга ҳам, бегуноҳга ҳам раҳм қилиб, ҳаққоният юзасидан ҳукм чиқардим" Амир Темур. ⚖️ Расмий саҳифаларимиз

  • #АДОЛАТ_СДП #МУНОСАБАТ “Одил судлов – 2030” — адолат ва инсон қадрининг мустаҳкам ҳуқуқий кафолати Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Одил судлов – 2030” стратегияси тўғрисидаги Фармонини мамлакатимизда инсон қадрини улуғлаш, ҳуқуқ ва эркинликларни ишончли ҳимоя қилиш ҳамда қонун устуворлигини таъминлашга қаратилган суд-ҳуқуқ ислоҳотларининг янги босқичи, деб баҳолайман. Фармонда суд тизимини “халқчил суд”, “адолат қўрғони”, “кафолатланган адолат”, “адолат посбонлари”, “рақамли одил судлов” ва “халқаро эътироф” каби устувор йўналишлар асосида ривожлантириш белгилангани, аввало, суднинг марказида инсон ва унинг ҳуқуқлари туриши кераклигини англатади. Зеро, суднинг ҳақиқий қудрати фақат қабул қилинган қарорлар сони билан эмас, балки бузилган ҳуқуқи тикланган, ҳақиқат қарор топган ва давлатга ишончи ортган инсон тақдири билан ўлчанади. Батафсил:https://www.facebook.com/share/p/1JLgtG4hBv/ Орифжон Ўлмасов, “Адолат” социал-демократик партияси Фарғона вилояти Кенгаши раиси ўринбосари

  • 14 авг.143из adolat_uz

    #Радио_интервью #Ўзбекистон 🎧 🔴 “Ўзбекистон” радиоканалининг “Оқшом тўлқинлари” ахборот-таҳлилий эшиттиришида партия ташаббуси билан ўтказилаётган “Йўл маданияти — хавфсиз ҳаёт кафолати” республика акциясининг мазмун-моҳияти, мақсад ва вазифалари ҳақида Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати, “Адолат” СДП фракцияси аъзоси Муҳаммаджон Валиев маълумот берди. Батафсил юқоридаги аудиолавҳада ⬆️ ⚖️ Расмий саҳифаларимиз

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🎤🎤🎤Сиёсий-маърифат — замон билан ҳамнафас бўлиш дарси Бугунги тезкор ва ўзгарувчан даврда сиёсий жараёнларни англаш, мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотлар мазмун-моҳиятини чуқур тушуниш ҳар бир партия фаолидан юксак билим ва фаол фуқаролик позициясини талаб этади. Шу мақсадда «Адолат» СДП Фарғона вилоят Кенгашида вилоят, шаҳар ва туман Кенгашлари раислари иштирокида сиёсий-маърифат соати ўтказилди. 🎙 Тадбирда «Адолат» СДП Фарғона вилоят Кенгаши раиси ўринбосари Орифжон Ўлмасов «Мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотлар ва халқаро майдондаги янги ташаббуслар» мавзусида маъруза қилди. Маъруза давомида юртимиздаги муҳим ижтимоий-сиёсий ўзгаришлар, ислоҳотларнинг жамият ҳаётидаги аҳамияти, Ўзбекистоннинг халқаро майдондаги ўрни ва янги ташаббуслари хусусида фикр юритилди. 💬 Шунингдек, сиёсий партияларнинг жамиятдаги ўрни, аҳоли билан очиқ мулоқотни кучайтириш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш, депутатлик ва жамоатчилик назоратини самарали ташкил этиш масалалари муҳокама қилинди.

  • ❇️ Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashi deputati Amirali Safarov tomonidan Yangiariq MFY hududida joylashgan 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida «Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati» aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolajonlarni yoshligidanoq yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, ko‘chalarda o‘zini xavfsiz tutish va yo‘l madaniyatiga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Targ‘ibot davomida tarbiyalanuvchilarga yo‘lni belgilangan joylardan kesib o‘tish, yo‘l belgilariga amal qilish, svetofor chiroqlarining ma’nolari hamda piyodalarning yo‘llarda harakatlanish qoidalari sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi. Bolajonlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

  • без подписи

  • без подписи

  • ❇️TADBIRKORLIK SUBYEKTI FAOLIYATI O‘RGANILDI Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati Nodirjon Olimov tomonidan Qo‘qonboy MFY, Qo‘qonboy qishlog‘ida faoliyat yuritayotgan “Meliboy ota ziyosi” MCHJ faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida korxonada yaratilgan sharoitlar, ish jarayoni, mavjud imkoniyatlar hamda tadbirkorlik subyektining hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi o‘rni tahlil qilindi. Shuningdek, korxona faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahallada aholi bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Deputat tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda zarur hollarda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish muhimligi ta’kidlandi. 📈 Tadbirkorlik rivojlansa — yangi ish o‘rinlari yaratiladi, aholi daromadi va mahalla iqtisodiy salohiyati ortadi.

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи