Filolog.uz
СтатистикаKanalda : 🇺🇿o'zbek tili 🇷🇺rus tili 🇬🇧ingliz tili 🇩🇪nemis tili 🇫🇷fransuz tili va sharq filologiyasiga doir kitoblar, ma'ruzalar, referat, slayd, ilmiy maqolalar, avtoreferatlar, dissertatsiyalar, filologlar haqida ma'lumotlar berib boriladi.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 77
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 43
- 1/48двое суток
- 49
- 1/72трое суток
- 53
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining 37 yilligi hamda taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Bekmurod Yo'ldoshev xotirasining 80 yilligi munosabati bilan 2026-yil 20-21-oktabr kunlari “Davlat tili – taraqqiyot va milliy yuksalish mezoni ” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi. ANJUMANDA MUHOKAMA QILINADIGAN MASALALAR: 1. Davlat tili – taraqqiyot omili sifatida. 2. Globallashuv davrida davlat tilini rivojlantirish masalalari. 3. O'zbek tilining davlat tili sifatida shakllanishi. 4. Davlat tili – barqaror iqtisodiy yuksalish omili. 5. Taniqli tilshunos olim - Bekmurod Yo'ldoshevning o'zbek tilshunosligi rivojiga qo'shgan hissasi. 💬 Anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari. ➡️ Ma'ruza matnini rasmiylashtirish bo'yicha talablar: - ma'ruza matnlari 14 o'lchamdagi shriftda 1,5 intervalda, 4-6 varaq hajmda Times New Roman 14 shriftida yozilgan bo'lishi lozim; - ma'ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi va to’liq ma’lumotlari to'liq ko'rsatilishi kerak. - maqola va tezislar umumiy talablar bo’yicha rasmiylashtirilishi lozim ( IBC “Introduction – Body – Conclusion”). 💳 Mualliflik badali: anjumanni tashkil qilish va to'plamni nashr qilish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun har bir bet uchun 25 000 (yigirma besh ming) so'm belgilangan. ⏳ Muddat: ma'ruzalar 2026-yilning 1-oktabrigacha qabul qilinadi va anjumanga qadar chop etiladi. ✅ Maqola va tezislar quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi: @TatianaAlekseevna (+998915526075) 📬 E-mail: tatyha.1990.1103@mail.ru. ✅ Qabul qilish muddati: 01.10.2026 (soat 18:00 ga qadar).
Farg‘ona davlat universiteti Tilshunoslik kafedrasida filologiya fanlari doktori, professor Alijon Mamajonov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Til, uslub va muloqot: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi. 📚ANJUMANNING ILMIY YOʻNALISHLARI 🔹 Tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalari 🔹 Lingvopoetika va adabiyotshunoslik 🔹 Matn tilshunosligi va diskurs tahlili 🔹 Sintaksis. Sintaktik stilistika 🔹 Pragmalingvistika va muloqot nazariyasi 🔹 Medialingvistika va raqamli muloqot 🔹 Qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik 🔹 Turkiy tilshunoslik va lingvomadaniyat 📆 Konferensiya 2026-yil 19-sentabr kuni bo'lib o'tadi! ⏳Maqolalar qabul qilish muddati: 2026-yil 1-sentabrgacha 📬 Maqolalar quyidagi telegram havolasi orqali qabul qilinadi: https://t.me/mamajonov2026 📞 Aloqa uchun telefon raqami: +998916771067; +998905344543.
без подписи
🚀 Research Excellence Ecosystem (REE) doirasida ochiq onlayn webinar Mavzu: Tadqiqotchining mavjud ilmiy salohiyatini diagnostika qilish Ilmiy rivojlanishni boshlashdan oldin eng muhim savol: “Men tadqiqotchi sifatida hozir qaysi bosqichdaman?” Webinarda: • tadqiqot kompetensiyalarini diagnostika qilish; • kuchli va rivojlantirilishi zarur bo‘lgan tomonlarni aniqlash; • xalqaro ilmiy faoliyatga tayyorgarlikni baholash; • individual rivojlanish yo‘lini belgilash masalalari muhokama qilinadi. Diagnostikaning maqsadi — baholash emas, tadqiqotchining keyingi rivojlanish nuqtasini aniqlash. Spiker: Feruza Rashidova — pedagogika fanlari doktori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, REE tashabbuskori. 📅 14-avgust 2026 🕒 15:00–16:00 💻 Zoom 🔗 https://us06web.zoom.us/j/86399485679?pwd=bWnEPxs1QM9LEOzXjUo6VbBX17ylOg.1 Ilmiy faoliyatini tizimli rivojlantirishni istagan barcha tadqiqotchilarni taklif etamiz.
Soxta donishmandlik: hayot tajribasisiz psixologlik da’vosi. Bugungi kunda jamiyatda bir qiziq holat ko‘zga tashlanmoqda: ayrim insonlar qisqa vaqt ichida o‘zini “hayot murabbiyi”, “psixolog”, “inson ruhiyatini anglovchi mutaxassis” sifatida namoyon qilishga urinmoqda. Biroq chuqurroq qaralganda, ularning ko‘pchiligida na yetarli ilmiy tayyorgarlik, na hayotiy tajriba, na inson ruhiyatiga mas’uliyat bilan yondashish madaniyati mavjudligi ayon bo‘ladi. Ular ko‘pincha bilimdan ko‘ra balandparvoz iboralar, umumiy gaplar va o‘zini ulug‘lash orqali ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi. Haqiqiy psixologiya — bu shunchaki chiroyli so‘zlar aytish yoki insonlarga nasihat qilish san’ati emas. Psixologiya chuqur ilmiy tayyorgarlik, inson tabiatini tushunish, tadqiqot metodlarini bilish, kasbiy etikaga rioya qilishni talab etadigan murakkab sohadir. Inson qalbiga murojaat qilish uchun avvalo inson dardini his qilish, uning murakkab ichki dunyosini hurmat qilish kerak. Ammo ayrim “o‘zini o‘zi yasagan psixologlar” hayotning achchiq saboqlarini yetarlicha boshdan kechirmagan holda, boshqalarga qanday yashash kerakligini o‘rgatishga oshiqadi. Ular o‘zining kichik tajribasini umumiy haqiqat sifatida taqdim etadi. Bir-ikki kitob o‘qish, ijtimoiy tarmoqlardagi mashhur fikrlarni takrorlash yoki bir nechta motivatsion videolar ko‘rish insonni mutaxassisga aylantirmaydi. Eng xavfli jihati shundaki, bunday shaxslar ba’zan o‘zlarini “hammani tushunadigan”, “hech kim anglamagan haqiqatlarni biladigan” inson sifatida ko‘rsatishga intiladi. Aslida esa bu ko‘pincha ichki ehtiyoj — tan olinish, e’tibor markazida bo‘lish va o‘z qadrini boshqalardan ustun qo‘yish istagining ko‘rinishidir. Haqiqiy donolik esa o‘zini ko‘rsatishga emas, o‘zini anglashga asoslanadi. Chin bilimli inson odatda kamtar bo‘ladi, chunki u inson ruhiyati naqadar murakkab ekanini yaxshi biladi. U har bir vaziyatga tayyor javob bermaydi, balki tinglaydi, tahlil qiladi va ehtiyotkor xulosa chiqaradi. Hayotda qiyinchilik ko‘rmagan, turli xarakterdagi insonlar bilan munosabat tajribasiga ega bo‘lmagan, o‘zining ichki ziddiyatlarini hal qilmagan insonning boshqalarga “to‘g‘ri yo‘l” ko‘rsatishi ko‘pincha yuzaki maslahatdan nariga o‘tmaydi. Chunki insonni tushunish uchun faqat nazariya emas, balki hayotning o‘zi bergan saboqlar ham kerak. O‘zini “hazrati inson” sifatida ko‘rsatishga urinadigan bunday shaxslar bir narsani unutmasligi kerak: insonlarni hayratga solish oson, ammo ularga haqiqiy foyda keltirish qiyin. Obro‘ baland ovoz bilan emas, chuqur bilim, halollik va amaliy natija bilan shakllanadi. Shuning uchun zamonaviy jamiyatda eng katta ehtiyoj — ko‘proq gapiradigan emas, ko‘proq anglaydigan; o‘zini ulug‘laydigan emas, boshqalarga xizmat qiladigan; tayyor hukm chiqaradigan emas, insonni tushunishga harakat qiladigan mutaxassislarga ehtiyojdir. Chunki haqiqiy donolik o‘zini “buyuk” deb e’lon qilishdan emas, o‘zining hali qancha narsani bilmasligini anglashdan boshlanadi.
“O‘zbek tilining jahon miqyosida o‘rni va nufuzini oshirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Sizni 2026-yilning 19-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2025-yil 20- oktyabrdagi PQ-308-sonli “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz yetti yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan “O‘zbek tilining jahon miqyosida o‘rni va nufuzini oshirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etadi. Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar 2026-yilning 10-sentyabriga qadar qabul qilinadi. Tanlab olingan materiallar “O‘zbek tilining jahon miqyosida o‘rni va nufuzini oshirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plamida chop etiladi hamda GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazada indekslanadi. Har bir maqola uchun ZENODO DOI raqami beriladi. Indekslash xarajatlari uchun 150 000 so‘m badal puli belgilangan. Tashkiliy qo‘mita materiallarni texnik tahrir qilish, shuningdek, maqola qabul qilinmaganda va qaytarilmaganda, bu bo‘yicha izoh bermaslik huquqiga ega. MAQOLANI TAYYORLASHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR: Maqola hajmi 5 betdan kam bo‘lmasligi lozim. ✔️ maqola matni doc. formatida, 1,5 intervalda, o‘ng tomondan – 15 mm, chap tomondan – 30 mm, yuqori va pastdan – 20 mm hoshiya qoldirilib, Times New Roman 14 kegl shriftda tayyorlanadi; ✔️ maqola annotasiyasi maqola matnidan oldin berilishi lozim; ✔️ annotasiyadan so‘ng kamida 5-7 ta kalit so‘z keltirilishi shart; ✔️ maqola matni kalit so‘zlardan keyin ikki interval pastdan berilishi kerak. Muallif haqida ma’lumotlar: Maqola nomidan 1 interval pastdan muallifning familiyasi, ismi va sharifi, muallifning ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili ko‘rsatilishi lozim. ORCID raqami (0009-0004-4332-8951); (shu o‘rinda tashkilotchilar mualliflar bilan bog‘lanishi uchun telefon raqamlar qoldirilishi lozim) agar mualliflar bir nechta bo‘lsa, keyingi mualliflar haqida ma’lumotlar xuddi birinchi muallif haqida berilgan ma’lumot kabi keyingi qatordan beriladi HAVOLA VA FOYDALANILGAN ADABIYOTLARNING BERILISH TARTIBI: Manba havolasi to‘rtburchak qavs ichida, manba muallifi familiyasi, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi: [Mahmudov, 2012: 56]. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matnning so‘ngida beriladi. Maqolalar quyidagi telegram kanali va pochta orqali qabul qilinadi: @axmedovaar; muxlisaxonsaydaliyeva@gmail.com Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
🌐 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislari! ACADEMIC RESEARCH PUBLISHER Sizni quyidagi mavzuda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi: 📚 «YANGI ILMIY MAKON: FANLARARO IZLANISHLAR, GLOBAL MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLI YECHIMLAR» Konferensiya turli fan yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlarni yagona ilmiy makonda birlashtirish, global muammolarni fanlararo yondashuv asosida o‘rganish hamda istiqbolli ilmiy g‘oyalar va amaliy yechimlarni ommalashtirishga qaratilgan. 📅 Konferensiya sanasi: 2026-yil 18-avgust 📍 Ilmiy makon: Toshkent — London 📖 O‘tkazilish shakli: dasturiy chiqishlarsiz, konferensiya materiallari elektron to‘plami shaklida 🌐 Ishchi tillar: o‘zbek, ingliz va rus tillari 🔬 KONFERENSIYA SHO‘BALARI: 1️⃣ Tabiiy va aniq fanlarning zamonaviy muammolari Matematika, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, mexanika, statistika, biofizika, biokimyo va fundamental fanlar. 2️⃣ Geografiya, geologiya, ekologiya va Yer haqidagi fanlar Geografiya, geologiya, geofizika, geodeziya, kartografiya, GIS, iqlimshunoslik, meteorologiya, gidrologiya, tuproqshunoslik va ekologiya. 3️⃣ Axborot texnologiyalari va raqamli innovatsiyalar Sun’iy intellekt, dasturlash, kompyuter injiniringi, katta ma’lumotlar, kiberxavfsizlik, robototexnika, avtomatlashtirish va telekommunikatsiya. 4️⃣ Texnika, muhandislik va ishlab chiqarish fanlari Energetika, elektrotexnika, mashinasozlik, konchilik, metallurgiya, neft-gaz, transport, logistika, qurilish, arxitektura va sanoat. 5️⃣ Tibbiyot, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash Klinik va profilaktik tibbiyot, stomatologiya, farmatsevtika, genetika, mikrobiologiya, epidemiologiya, reabilitatsiya va jamoat salomatligi. 6️⃣ Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va oziq-ovqat texnologiyalari Agronomiya, o‘simlikshunoslik, seleksiya, chorvachilik, veterinariya, irrigatsiya, melioratsiya, agrotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi. 7️⃣ Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari Maktabgacha, maktab, professional va oliy ta’lim, o‘qitish metodikasi, inklyuziv ta’lim, psixologiya, ta’lim menejmenti va sport. 8️⃣ Filologiya, san’at va madaniyat tadqiqotlari Tilshunoslik, adabiyotshunoslik, xorijiy tillar, tarjimashunoslik, jurnalistika, folklor, san’at, musiqa, dizayn va media kommunikatsiyalar. 9️⃣ Iqtisodiyot, moliya, boshqaruv va xizmat ko‘rsatish Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, soliq, hisob va audit, sug‘urta, menejment, marketing, tadbirkorlik, turizm, servis va raqamli iqtisodiyot. 🔟 Ijtimoiy-gumanitar, huquqiy va siyosiy fanlar Tarix, arxeologiya, falsafa, sotsiologiya, antropologiya, demografiya, huquq, siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar va xavfsizlik. ⏳ Materiallarni qabul qilishning oxirgi kuni: 17-avgust 📅 Elektron to‘plamning nashr etilishi: 20–21-avgust 💳 Ishtirok etish to‘lovi: 80 000 UZS / 6,73 USD / 544 RUB 📌 NASHR VA INDEKSLASH: Konferensiya materiallari elektron to‘plam shaklida https://academscience.com/ saytida nashr qilinadi. To‘plam Zenodo va OpenAIRE platformalarida joylashtirilib, internet qidiruv tizimlarida ochiq topilishi ta’minlanadi. 🔹 Konferensiya materiallari to‘plamiga DOI beriladi. 🔹 Har bir ishtirokchiga qabul qilingan materiali uchun elektron sertifikat taqdim etiladi. 🔹 Mualliflar konferensiyada dasturiy chiqish qilmaydi — qabul qilingan maqola va tezislar elektron to‘plamga kiritiladi. 🤝 ILM-FAN BILAN BIRGA EZGULIKKA HAM HISSA QO‘SHING! Konferensiyadan tushgan mablag‘larning 1 foizi xayriya ishlariga, jumladan imkoniyati cheklangan shaxslar va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. 📤 MATERIALLARNI YUBORISH: Telegram: @academic_s_p E-mail: conference_a_r_p@internet.ru Rasmiy sayt: https://academscience.com/ 📎 Maqola va tezislarni rasmiylashtirish talablari axborot xatida batafsil keltirilgan. ▫️https://t.me/academic_research_publisher
без подписи
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ Diqqat, muhim yangilik: OAK ro‘yxati yangilandi! OAK tomonidan 2026-yil 3-avgust holatiga “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati” yangilandi. Yangilangan ro‘yxatda jami 1704 ta jurnal mavjud. Shundan: ✅ 1 620 ta jurnal — aktiv; ❌ 91 ta jurnal — ro‘yxatdan chiqarilgan; 🇺🇿 459 ta jurnal — milliy nashrlar; 🌍 1 253 ta jurnal — xorijiy va MDH nashrlari; 📚 24 ta fan tarmog‘i bo‘yicha jurnallar kiritilgan; 🏛 1 429 ta muassasa bo‘yicha ma’lumot mavjud; 📍 jurnallar 99 ta joylashuv bo‘yicha ko‘rsatilgan. Turi bo‘yicha qaralganda, ro‘yxatdagi jurnallarning 27 foizi milliy, 41 foizi MDH, 32 foizi xorijiy nashrlardir. Bu raqamlar nimani anglatadi? Endi doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va ilmiy rahbarlar maqola yuborishdan oldin jurnalning ro‘yxatda bor-yo‘qligini, fan tarmog‘ini, holatini va qaysi turdagi nashr ekanini aniq tekshirishi mumkin. Eng muhim eslatma: jurnal nomi tanish bo‘lishi uning dissertatsiya uchun mosligini anglatmaydi. Jurnal aynan sizning fan tarmog‘ingiz bo‘yicha ro‘yxatda bo‘lishi kerak. Avval jurnalni tekshiring. Keyin maqola yuboring. Vaqtni ham, mehnatni ham asrang. OAKni bu ishini albatta e'tirof etish kerak! ✅Manba ➡️Foydali botimiz havolasi @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group
без подписи
✅ OAKdan yangilik! ‼️ Endi OAK nashrlari ro‘yxatini yagona platforma orqali ko‘rish mumkin. ✅ Fan tarmoqlari bo‘yicha jurnallarni izlash imkoniyati mavjud. 📌Eski “sariq kitobcha”dagi jurnallar ham kiritilgan. 🔠Eski ro‘yxatdan chiqarilgan ayrim jurnallar alohida belgilangan. ▶️Yangi kiritilgan jurnallar haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. 📝Jurnal OAK ro‘yxatiga qaysi yilda kiritilgani bo‘yicha izlash mumkin. Davlatlar va tashkilotlar bo‘yicha ham izlash imkoniyati mavjud. Kirish va foydalanib ko‘rishingiz mumkin. 🔤 https://oak.uz/pages/31738 Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati — 03.08.2026 http://t.me/ilmiysalohiyat2022
📣📣Scopus ma'lumotlar bazasi tomonidan olim, tadqiqotchi va talabalar uchun 4 ta moduldan iborat “Scopus Online Training” bepul onlayn kurslari taqdim etiladi. 11 ta darslarni o'z ichiga olgan kurslar orqali Scopus ma'lumotlar bazasi bilan ishlash, qidiruv parametrlari, muallif profilini o'rganish va boshqa ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. 1-dars: Overview of journal metrics 2-dars: Understand how author profiles work in Scopus 3-dars: Basic Search 4-dars: Advanced Search & Analysis 5-dars: Save search and Setting alerts 6-dars: Search for an author 7-dars: Search for authors in topical area 8-dars: How to update your profile 9-dars: How to create a citation overview 10-dars: How to view CiteScore Metrics 11-dars: How to compare sources ‼️Kurslar ingliz tilida rus tili subtitr bilan taqdim etilgan. Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: https://t.me/science_direct_uz 🚀Telegram kanal: https://t.me/cntiuz 🔵Facebook: https://www.facebook.com/cstiuzb
📌CROSSREF VA ZENODO DOI: FARQI VA AFZALLIKLARI Ilmiy maqola, kitob, konferensiya materiali, ma’lumotlar bazasi yoki dasturiy mahsulotga DOI berilishi uni internet muhitida doimiy identifikatsiya qilish va manba sifatida to‘g‘ri iqtibos qilish imkonini yaratadi. Biroq Crossref DOI va Zenodo DOI bir xil maqsadga xizmat qilsa-da, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va qo‘llanish sohasi farq qiladi. ✅Crossref DOI nima? Crossref — ilmiy nashriyotlar, jurnallar, universitetlar va boshqa tashkilotlar tomonidan ilmiy kontent metama’lumotlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga xizmat qiluvchi xalqaro DOI agentligidir. Tashkilot Crossref a’zoligiga kiradi, DOI prefiksini oladi va nashr etilgan materiallarning metama’lumotlarini tizimga joylashtiradi. Crossref DOI ko‘pincha quyidagilarga beriladi: ▪️ ilmiy jurnal maqolalari; ▪️ monografiya va kitoblar; ▪️ kitob boblari; ▪️ konferensiya materiallari; ▪️ dissertatsiya va ilmiy hisobotlar; ▪️ taqriz, preprint va boshqa ilmiy materiallar. ✅Crossref DOI afzalliklari: — jurnal yoki nashriyotning rasmiy infratuzilmasi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi; — muallif, jurnal, ISSN, nashr sanasi, foydalanilgan adabiyotlar va boshqa metama’lumotlarni tizimli saqlaydi; — ilmiy ishlar o‘rtasidagi iqtibos va bog‘lanishlarni aniqlashga yordam beradi; — metama’lumotlarni yangilash imkonini beradi; — ilmiy qidiruv va bibliografik tizimlar bilan integratsiyani kuchaytiradi. ⚠️Crossref orqali DOI olish uchun odatda tashkilotning a’zoligi, DOI ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi va metama’lumotlarni muntazam yuritish majburiyati mavjud. 🟢 Zenodo DOI nima? Zenodo — CERN va OpenAIRE tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ochiq ilmiy repozitoriy. Tadqiqotchi o‘z ilmiy materialini Zenodo platformasiga mustaqil joylashtirishi mumkin. Material e’lon qilingandan so‘ng unga avtomatik ravishda DataCite orqali DOI biriktiriladi. Zenodoga quyidagilarni joylashtirish mumkin: ▪️ ilmiy maqola va preprintlar; ▪️ tadqiqot ma’lumotlari — datasetlar; ▪️ dasturiy ta’minot va kodlar; ▪️ taqdimot va posterlar; ▪️ metodik qo‘llanmalar; ▪️ loyiha hisobotlari; ▪️ audio, video va boshqa ilmiy materiallar. ✅Zenodo DOI afzalliklari: — tadqiqotchi uchun bepul foydalanish imkoniyati mavjud; — DOI qisqa vaqt ichida avtomatik rasmiylashtiriladi; — turli formatdagi ilmiy materiallarni saqlash mumkin; — materialni ochiq, cheklangan yoki embargo rejimida joylashtirish mumkin; — ilmiy ishning har bir yangi versiyasiga alohida DOI berish imkoniyati mavjud; — ma’lumotlar, dasturlar va qo‘shimcha materiallarni alohida iqtibos qilish imkonini yaratadi; — materiallar CERN infratuzilmasida uzoq muddatli saqlanadi. 📊Asosiy farqi ✅ Crossref DOI — asosan jurnal, nashriyot, universitet yoki ilmiy tashkilot tomonidan rasmiy nashr qilingan materiallarga beriladi. 🟢Zenodo DOI — tadqiqotchining o‘zi repozitoriyga joylashtirgan maqola, dataset, dastur, taqdimot va boshqa ilmiy natijalarga berilishi mumkin. ❗❗❗ ogohlantirish DOI mavjudligi materialning avtomatik ravishda: — Scopus yoki Web of Science bazasiga kirganini; — taqrizdan o‘tganini; — yuqori ilmiy sifatga ega ekanini; — OAK tomonidan tan olinishini anglatmaydi. Crossrefning o‘zi ham DOI ilmiy sifat belgisi emasligini ta’kidlaydi. Zenododa materialning joylashtirilishi ham CERN tomonidan uning mazmuni ma’qullanganini anglatmaydi. 📌 Qaysi birini tanlash kerak? ✅ Jurnal, monografiya yoki konferensiya materialini nashriyot nomidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — Crossref DOI ✅ Dataset, dasturiy kod, preprint, taqdimot, hisobot yoki mustaqil ilmiy materialni ochiq saqlash uchun — Zenodo DOI. Ular raqobatchi emas, aksincha bir-birini to‘ldirishi mumkin. Masalan, jurnal maqolasiga Crossref DOI, maqolaga tegishli dataset yoki dasturiy kodga esa Zenodo DOI beriladi va ikki ilmiy obyekt o‘zaro bog‘lanadi. ⚠️ Material avvaldan DOI olgan bo‘lsa, aynan shu material uchun Zenododa ikkinchi DOI yaratmaslik, mavjud DOI’ni ko‘rsatish tavsiya etiladi. 🔍Xulosa: DOI’ning qaysi platformada berilganidan tashqari, materialning qayerda nashr etilgani, taqrizdan o‘tgan-o‘tmagani, jurnalning indeksatsiyasi va taqdim etilgan metama’lumotlarning to‘liqligiga ham e’tibor berish lozim. 📚 Ilmiy faoliyatingizda DOI’dan to‘g‘ri va maqsadli foydalaning! #DOI #Crossref #Zenodo #DataCite #IlmiyMaqola #IlmiyNashr #OpenScience #Scopus #WebOfScience https://t.me/ResearchwithMeIlmiyblog
https://soztarkibi.uz/
📢🔥🔥💯 BEPUL RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 📅 Sana: 2026-yil 4–5-sentabr 📍 Manzil: Samarqand davlat chet tillar instituti 📝 Mavzu: "Tilshunoslik va adabiyotshunoslikning zamonaviy ilmiy paradigmalar doirasida rivoji hamda chet tillarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar" 🔹 Anjuman yo‘nalishlari: • Zamonaviy lingvistik paradigmalar • Adabiyotshunoslikdagi yangi nazariy yondashuvlar • Tarjimashunoslik muammolari • Chet tillarni o‘qitish metodlari va texnologiyalari • Psixolingvistika va til o‘rganish • Pedagogik metodika va innovatsiyalar • Til, tafakkur va madaniyat masalalari • Diskurs va zamonaviy ijtimoiy-lingvistik jarayonlar 🟠Maqolalar 2026-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi. 💰 Anjuman to‘plamini nashr etish uchun mualliflardan to‘lov olinmaydi. 📞 Murojaat uchun: @forever0721 🔗 Telegram: @ilmiyyordammarkazi Ilmiy sohadagi yaqinlarizga ulashib qo'ying🔊 Atigi 10+ obunachi qo'shing va 100% ishonchli bepul konfrensiyada maqolangizni nashr ettiring✅
Yevropada postdoktorantura uchun eng kuchli imkoniyat. PhD darajasi bor va ilmiy faoliyatini xalqaro darajaga olib chiqmoqchi bo‘lgan tadqiqotchilar uchun eng nufuzli dasturlardan biri — MSCA Postdoctoral Fellowship. Bu dastur deyarli barcha fan sohalari uchun ochiq. Ya’ni iqtisodchi, pedagog, muhandis, biolog, tarixchi, filolog, tibbiyotchi yoki IT sohasi vakili bo‘lishingizdan qat’i nazar, kuchli ilmiy g‘oya bo‘lsa, ariza topshirish mumkin. O‘zbekistonlik olimlar ham European Postdoctoral Fellowship yo‘nalishiga topshira oladi. Tadqiqot 12–24 oy davomida Yevropa Ittifoqi yoki Horizon Europe’ga assotsiatsiyalangan davlatdagi universitet, ilmiy markaz yoki kompaniyada amalga oshiriladi. Asosiy shartlar, PhD darajasi bo‘lishi, PhDdan keyingi ilmiy tajriba, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, 8 yildan oshmasligi, nomzod so‘nggi 36 oy ichida qabul qiluvchi davlatda 12 oydan ortiq yashamagan yoki ishlamagan bo‘lishi, Yevropadagi qabul qiluvchi tashkilot va ilmiy rahbar topilishi. Eng muhim jihat: bu grantga ariza tadqiqotchi va Yevropadagi qabul qiluvchi tashkilot bilan birgalikda tayyorlanadi. Muddati: 2026-yil 9-sentabr. MSCA — barcha fan sohalari uchun eng universal va kuchli imkoniyatlardan biri. Lekin hali Yevropadan ilmiy rahbar topilmagan va loyiha matni boshlanmagan bo‘lsa, muddatgacha sifatli ariza tayyorlash juda qiyin. Katta grantlar tasodifan yutilmaydi. Ularga vaqtida, aniq reja va kuchli ilmiy g‘oya bilan kiriladi. https://marie-sklodowska-curie-actions.ec.europa.eu/funding/msca-postdoctoral-fellowships-2026 ✅ @scientific_servicess
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи