tgindex
OʻzR FA San'atshunoslik instituti

OʻzR FA San'atshunoslik instituti

Статистика
@fineartinstузбекский

O'zR FA San'atshunoslik institutining rasmiy telegram sahifasi Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Mustaqillik maydoni 2. tel: 239-17-71, 239-46-75 Facebook: https://www.facebook.com/1561719267463386/ 🌐 h://www.finearts.uz

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
51
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
230
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
84
40 постов
Вовлечённость
36,5%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 51
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
65
1/48двое суток
74
1/72трое суток
80

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Teatr arboblari uyushmasi raisi v.b. Usmon Eratov hamda sadoqatli shogirdlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor Ildar Muxtorov xonadoniga tashrif buyurishdi. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

  • Ildar Muxtorov teatrshunos sifatida koʻplab yetuk shogirdlarni kamolga yetkazgan, teatr sanʼati boʻyicha oʻnlab fundamental ilmiy asar va monografiyalar yaratgan ulkan maktab egasidir. Olimning "Театр и классика" ("Teatr va klassika") hamda "Узбекский театр: страницы истории и современности" ("Oʻzbek teatri: tarix sahifalari va zamonaviylik") kabi kitoblari, shuningdek, oʻzbek, rus va xorijiy nashrlarda chop etilgan 200 dan ortiq ilmiy, tanqidiy hamda publitsistik maqolalari milliy teatr sanʼatimizning boy qiyofasini ochib berishda beqiyos ahamiyatga ega. Muhtaram ustozimizga uzoq umr, mustahkam sihat-salomatlik va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz! Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor Ildar Muxtorovning tavallud ayyomi! Shu qutlugʻ munosabat bilan, ustozning xonadoniga Teatr arboblari uyushmasi raisi v.b. Usmon Eratov hamda sadoqatli shogirdlari — Sanʼatshunoslik instituti boʻlim mudiri Anvar Ismoilov, yetakchi ilmiy xodim Shohrux Abdurasulov, katta ilmiy xodim Baxtishod Gʻaybullayev va tayanch doktorant Maftuna Muhammadaminovalar muborakbod etish uchun tashrif buyurishdi.

  • ⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ 2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️⚡️⚡️. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta. Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar

  • #Bugun_tugʻilgan_kun            Bugun atoqli san’atshunos olim, O‘zR FA va O‘zBA akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Hakimov Akbar Abdullayevich tavallud topgan kun!   Hakimov Akbar Abdullayevich 1949-yil 9-avgust kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1968-1972-yillarda Toshkent Teatr va rassomlik institutida tahsil olib, o‘z ilmiy-ijodiy faoliyatini 1970-yilda San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida laborant lavozimida boshlagan. 1977-yilda nomzodlik, 1993-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilgan. A. Hakimov ilmiy rahbarligida 5 nafar fan doktori va 28 nafar fan nomzodi va falsafa doktori  tayyorlangan. 1996-yilda Parijda YUNЕSKOning Bosh Idorasida “Temuriylar davri madaniyati” hamda 1998-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2700 yilligiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ko‘rgazmalari muallifidir.  AISA, Parij Xalqaro badiiy tanqidchilar Assotsiatsiyasi a’zosi (1986), shu Assotsiatsiyaning O‘zbekiston badiiy tanqidchilari seksiyasi raisi (1986), 2000-yilda Tokiodagi Soka universiteti (Yaponiya) faxriy doktori etib saylangan. 50 ga yaqin xalqaro ilmiy anjumanlar ishtirokchisi. Akademik Akbar Abdullayevichni bugungi tavallud ayyomi bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, mustahkam sog’liq, kuch-g’ayrat, o’zbek ilm-fani va san'ati rivoji yo’lida sobitqadamlik tilaymiz! Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar mamlakat kelajagini belgilaydigan, insonlarni dunyoqarashini shakllantiradigan, yoshlarni vatanparvarlik, insoniylik ruhida tarbiyalaydigan asosiy lokomotivdir. Yangi O‘zbekiston davrida siyosatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, falsafa, tarix, iqtisodiyot, sharqshunoslik, san’atshunoslik, huqushunoslik kabi muhim fanlar rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur fanlar Uchinchi Renessans poydevorini bapro etishda muhim ahamiyat kasb etadi va Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shu o‘rinda O‘zbekistonni ma’naviy birlashtiradigan umummilliy g‘oyaga aylangan Islom sivilizvsiyasi markazini barpo etish tashabbusingiz naqafat o‘zbekistonlik olimlar, butun dunyo olimlari tomonidan yuksak baholanmoqda va Uchinchi Renessans poydevorini bunyod qilishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston madaniy merosini Luvr, Berlin va boshqa mashhur muzeylarda namoyish etilishi O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada oshiradi. Bu bo‘yicha yurtimiz, ayniqsa San’atshunoslik instituti arxeologlari, san’atshunoslari sidqidildan mehnat qilmoqdalar. ❇️O‘zbekiston Respublikasi Prezienti tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan Yangi O‘zbekiston davrida hunarmandchilik sohasida xalqaro miqyosda maqtanishga arzigulik o‘zgarishlar yuz berdi. Ayniqsa, mahalla tizimida hunarmandchilik jahonda o‘xshashi yo‘q holatdir. Hozirda dunyo mamlakatlari bizga kelib, hunarmandchilikni rivojlantirish tajribasini o‘rganmoqdalar. Birgina 2019- va 2023-, 2025-yillarda o‘tkazilgan Qo‘qon Xalqaro hunarmandchilik festivalida xorijdan 700 dan ortiq hunarmandlar, mutaxassislar va san’atshunos olimlarning ishtirok etgani buning yaqqol isbotidir. Badiiy hunarmandchilikning rivojlantirilishi san’atshunoslikni, xususan tasviriy va amaliy-bezak san’atini ham rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Festivallar doirasida ilmiy anjumanlar, seminar trening, mahorat darslari va davra suhbatlarining tashkil etilishi san’atshunoslar, iqtisodchilar va hunarmandlarni o‘zaro bog‘lashga hamda hunarmandchilik, turizm va ilm-fanni rivojlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. A.Hakimov oilali, 2 nafar farzandi, 3 nafar nevarasi bor. ✅ O‘zR FA San’atshunoslik instituti jamoasi nomidan Akbar Abdullayevichni tavallud ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Uztozga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, ilmiy faoliyatiga yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Hurmatli Akbar Abdullayevich! Hayotingizning yangi sahifasi xayrli va muborak bo‘lsin! O‘zbek ilm-faniga hissa qo‘shishdan hech qachon charchamang! Sizga bu yo‘lda kuch-quvvat, shijoat va so‘nmas ilhom tilaymiz! 🛎 O'zRFA San'atshunoslik institutining axborot xizmati 👉https://t.me/fineartinst

  • ❇️ A. Hakimov — jahonga mashhur olim. Uning asarlari dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Bolgariya, Rossiya, Shveysariya, Ispaniya, Shvetsiya, Hindiston, Iordaniya, AQSh, Avstraliya, Yaponiya, Turkiya va boshqa davlatlarda nashr etilgan: “The art of Central Asia” (Leningrad, 1988), “L’art de l’Ouzbekistan” (Parij, 1996), “Arts and crafts in Transoxiana and Khurasan” (Parij, 2000), “The Philosophy of Central Asian Urbanism” (London, 2002), “The Art and Crafts of the Central Asian Turkic-Speaking Peoples” (Myunxen, Istanbul, 2006). ❇️ San’at tarixi masalalari bo‘yicha ilmiy, akademik nashrlardan tashqari, A.Hakimov tomonidan 2019-yilda Xitoy, Sug‘d, Eron, Vizantiya va boshqa mamlakatlar xalqlari va hukmdorlarining milodiy VI asrda Buyuk Ipak yo‘lining magistral qismlarida sodir bo‘lgan o‘zaro munosabatlari tarixiga bag‘ishlangan “Ipak saltanatlari” tarixiy-badiiy romani nashr etildi. ❇️Olim tadqiqotlari ijtimoiy-g‘oyaviy va madaniy-badiiy ahamiyatga ega. Turli nashrlar va OAVlarida keng jamoatchilikka yetkazildi. Tadqiqot natijalari yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va o‘z yurtidan, uning tarixidan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Oliy o‘quv yurtlarida darslik va o‘quv qo‘llanmalar shaklida bevosita amaliyotga joriy etildi. ❇️ A.Hakimov 1980-yildan hozirgi kungacha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.  “Badiiy tanqid tarixi va nazariyasi” hamda “Amaliy san’at” fanlaridan K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidada ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. ❇️A.Hakimov EGO talabalar ilmiy-tajriba konferensiyasi asoschisi. Bu anjuman orqali o‘nlab talabalar o‘z ilmiy ishlarini boshlaganlar. ❇️ San’atshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019. San.51.01 raqamli Ilmiy kengash raisi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.38/09. 07.2020.San.119.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengash a’zosi hisoblanadi. ❇️A. Hakimov ilmiy rahbarligida 5 nafar fan doktori va 28 nafar fan nomzodi va falsafa doktori  tayyorlangan. 1996-yilda Parijda YUNЕSKOning Bosh Idorasida “Temuriylar davri madaniyati” hamda 1998-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2700 yilligiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ko‘rgazmalari muallifidir.  ❇️ A.Hakimov 1980-yillardan e’tiboran qator xorijiy davlatlarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashgan. (Bolgariya, Vetnam, Rossiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Hindiston, Shvetsiya, Iordaniya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Eron, Xitoy va boshqa). Bir qator nufuzli Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQSh, Malayziya, Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro xalqaro konferensiyalarda o‘zining dolzarb va mazmunli bayonotlari bilan ishtirokchisi. 50 ga yaqin xalqaro ilmiy anjumanlar ishtirokchisi. ❇️ AISA, Parij Xalqaro badiiy tanqidchilar Assotsiatsiyasi a’zosi (1986), shu Assotsiatsiyaning O‘zbekiston badiiy tanqidchilari seksiyasi raisi (1986), 2000-yilda Tokiodagi Soka universiteti (Yaponiya) faxriy doktori etib saylangan. 50 ga yaqin xalqaro ilmiy anjumanlar ishtirokchisi. ❇️O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining YUNЕSKO bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “O‘zbekiston madaniy merosi hamda tasviriy va amaliy-bezak san’ati”ga oid 18 ta respublika va xorijiy ko‘rgazmalar konsepsiyalari muallifi (Fransiya, Germaniya, AQSh, Yaponiya) hamda Shveysariya rivojlantirish va hamkorlik byurosining 5 ta xalqaro ilmiy loyihalari kuratori hisoblanadi. Hozirgi davrda o‘z shogirdlari bilan O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atida an’analarning tarixiy davomiyligi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shuningdek, Islom san’ati: falsafa va poetika fundamental monografiyasi ustida ishlamoqda.

  • mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida himoya qildi. 🔷A.Hakimov 1972-2005-yillarda San’atshunoslik institutida kichik ilmiy xodim, aspirant, katta ilmiy xodim, bo‘lim mudiri, direktor o‘rinbosari, direktori lavozimlarida faoliyat yuritdi. Xususan, 1982-1998-yillarda institutning “Amaliy bezak san’ati” bo‘limiga rahbarlik qildi. 🔷1997-2005–yillarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi lavozimida ishladi.  1998-2000-yillarda – “San’at” jurnali Bosh Muharriri. 2000-2005-yillarda – San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida ishladi. 🔷A.Hakimov “Boysun” madaniyat va san’atini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga asos solgan va birinchi raisi bo‘lgan. A.Xakimovning tashabbusi va izlanishlari sababli Boysun madaniy markaziy YUNESKOning nomoddiy madaniy meros yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan. San’at tarixi va nazariyasi, tasviriy va amaliy-bezak san’ati sohalarida tan olingan yirik olim. 🔷O‘zbekiston san’ati tarixi va zamonaviy san’atni tarixiy izchillikda tadqiq etib, bu uzviy o‘ziga xos jarayon ekanini, jahon san’atida o‘z o‘rniga ega fenomen ekanini ilmiy jihatdan isbotlagan. Islom san’atining o‘ziga xos badiiy jihatlarini jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini asoslarini ishlab chiqqan. ❇️ A.Hakimov rahbarligida davlat dasturlari doirasida 3 ta fundamental va 5 ta amaliy ilmiy loyihalar bajarilgan. Olimning ko‘plab ilmiy ishlari orasida O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atiga bag‘ishlangan monografiya va kitoblari alohida o‘rin tutadi: “Ma’danga bitilgan qo‘shiq” (1987), “The art of Central Asia” (1988), “Декоративное искусство республик Средней Азии” (1988), “Декоративная пластика республик Средней Азии” (1992), “Atlas of Central Asian Artistic Crafts and Trades”. Volume I. Uzbekistan (1999), “Творчество С.Алибекова” (2000), “Творчество Б.Джалалова” (2003), “Искусство нового Узбекистана” (2001), “Авангард ХХ века” (2003), “Шедевры Самаркандского музея” (2004), “Ичан-кала” (2006) “Долина откровений: творчество Ж.Умарбекова” (2006), “Антология живописи Узбекистана” (2009),  “Искусство Узбекистана: история и современность” (2010), “Художник  и время: творчество А.Икрамджанова”  (2012), “Прикладное искусство Узбекистана: традиции и инновации” (2013), “Созидание прекрасного” (2014),  “Новая узбекская живопись” (2015), “Нетленный свет. Жизнь и творчество Чингиза Ахмарова” (2018), Шедевры прикладного искусства Узбекистана (2019), O‘zbekiston san’ati tarixi. Qadimgi davr, o‘rta asrlar, hozirgi zamon (o‘zbek, rus ingliz tillarida, 2022), O‘zbekiston hunarmandchiligi (2023), Quyosh nurlari bilan yog‘rilgan dunyo. J.Izentayev (2024).

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #bugun_tavallud_kun Bugun atoqli san’atshunos olim, O‘zR FA va O‘zBA akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Hakimov Akbar Abdullayevich tavallud topgan kun!     ✅ Hakimov Akbar Abdullayevich 1949-yil 9-avgust kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek, ma’lumoti — oliy. 1957–1967-yillarda Toshkent shahridagi umumta’lim maktabida tahsil olgan. O‘qish davomida tarix, adabiyot va tasviriy san’at fanlariga qiziqqan. 🔷1968-1972-yillarda Toshkent Teatr va rassomlik institutida tahsil olib, o‘z ilmiy-ijodiy faoliyatini 1970-yilda San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida laborant lavozimida boshlagan. 🔷A.Hakimov tasviriy va amaliy-bezak san’ati ixtisosligi bo‘yicha ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borib, katta yutuqlarga erishdi. 🔷1977-yilda Moskva shahrida professor L.I.Rempel ilmiy rahbarligida “IX-XIII asrlar O‘rta Osiyo hunarmandchiligi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1993-yilda “Zamonaviy O‘rta Osiyo san’ati”

OʻzR FA San'atshunoslik instituti — tgindex