Foydali Taqriz
СтатистикаKitob tanlashga qiynalayotgan kitobxonlar uchun eng kuchli taqriz va iqtiboslar.✍️ Kitoblar bo'yicha xulosa, maslahatlar, tavsiyalar 📝 Istalgan turdagi kitoblar: diniy, siyosiy, psixologik, ilmiy, badiiy. 📚 Taqrizlar yuborish: @Elyor_Muhammad
- Последний пост
- 8 окт. 2025 г.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
ЭЛ Ғалати элат бу, ғалати эл бу, Нияти бўлакча, амали мавҳум. Бу элдан Бухорий чиқиши мумкин, Лекин ғарибликда яшашга маҳкум. Ғалати элат бу, ғалати эл бу, Тушуниб бўлмайди асрорларини. Машрабни осади ва орқасидан Йиғлаб ўқиб юрар ашъорларини. Ғалати элат бу, ғалати эл бу, Ботини чиркинлик, зоҳири содда – Ўткан кунларини ёзган ўғлини Билмай отиб қўяр Юнусободда. Ғалати элат бу, ғалати эл бу, Тимсоҳ кўз ёшидан битмиш луғати. Ибн Синони-ю Улуғбегини Ўзи туғади ва ўзи бўғади. Ғалати элат бу, ғалати эл бу, Тушуниб бўлмайди сира ҳам, айтсам. Бир жарлик кўраман йўл охирида, Олдинга юр, дейди орқага қайтсам. Ғалати элат бу, ғалати эл бу, Буюклик шарафдир, бироқ ўй сурманг. Тағин, дардларини эшитайин деб Бобурни сира ҳам уйғота кўрманг!!! ✍ Хайрулла Ҳамидов #xayrullahamidov
Ҳаммаси ўзни ўзгартиришдан бошланади. Бошқа йўл йўқ, уринманг!! Бундай қилмасангиз бошқалар сизни ўзгартиришга ҳаракат қилишади. Чунки сизда йўғини бошқалар беради. Ўзи билан машғул ва ўзини ислоҳ қилишга банд инсонни бошқа машғул қила олмайди. Чунки у банд. Бандни банд қилиб бўлмайди. Қолаверса, ўзини ислоҳ қилолмаган бошқани ислоҳ қилолмайди. Зеро инсон ўзида йўқни бошқага беролмайди. Чўнтагингизда пул бўлмаса, "Менга минг сўм бериб туринг", десам бера оласизми?! Унда нега ўзингизда йўқ хислатларни бошқага беришга уринасиз?! Ҳаммаси ўзни ўзгартиришдан бошланади. Тўғри йўлнинг бошланғич нуқтаси шу. @MubashshirAhmad
O’tgan vaqting uchun siqilish, yangi vaqtingni ham o’ldirishdir. O’tgan vaqtga pushaymon bo’lish insonni o’ldiradigan istak kabidir. Chunki vaqt tez o’tib ketadigan qiymatli narsa. Shuning uchun “Vaqt qilich kabidir, sen uni kesmasang u seni kesadi.” deyiladi. Zamonning qiymati kitobidan © Fikrat
...😢
Ichimizda shayton yo’q.. Ichimizda ojizlik bor, dangasalik bor. Irodasizlik, bilimsizlik va bularning barchasidan qo’rqinchliroq bo’lgan narsa; haqiqatlarni ko’rishdan qochishga moyilligimiz bor. Sabahattin Ali
#foydali 1 - qism IMOM BUXORIY haqida ishlangan multfilm arab tilida ( inglizcha subtitr bilan) @foydali_taqriz
Mas’uliyat va Haqiqiy Istak Inson biror narsani chin dildan istasa, u yo‘l izlaydi, imkon topadi va harakat qiladi. Mas’uliyatni his qilgan odam bahona emas, echim izlaydi. U qiyinchiliklarni to‘siq emas, sinov deb biladi va qat’iyat bilan oldinga intiladi. Agar inson haqiqatda maqsadiga yetishni xohlasa, sharoit og‘ir bo‘lsa ham yo‘l topadi. Ammo ich-ichidan mas’uliyatni sezmasa, u o‘z istaklarini hamisha kechiktiradi, vaqt yetmaydi, sharoit mos emas, imkoniyat yo‘q kabi bahonalar topaveradi. Haqiqiy natija – faqat istak va reja bilan emas, balki mas’uliyat bilan harakat qilish orqali keladi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga yetadigan odam hech qachon “imkonsiz” degan so‘zni qabul qilmaydi. Chunki haqiqiy muvaffaqiyat – tanlov va harakat natijasidir.
#taqriz Taqriz: "Bir kunda 24 soat yashash" "Bir kunda 24 soat yashash" – vaqtni boshqarish, hayot mazmunini chuqurroq his qilish va muvaffaqiyatli yashash uchun yo'l-yo'riqlarni o'rgatuvchi kitob. Ushbu asar hayotning har bir onini qadrlash va o'zimizni mukammal rivojlantirishga bag'ishlangan. Kitobdagi “Shunday yashangki, vafotingizdan so'ng 'Senga yana qaytadan yashash imkonini beramiz' deyilsa, 'Bundan ortiq mukammal yasholmayman!' deya javob bering” qabilidagi iqtiboslar o'quvchini o'z hayoti haqida chuqur o'ylashga undaydi. Bu satrlar faqat vaqtni emas, balki hayotdagi maqsadni ham teranroq anglashga yordam beradi. Kitobda vaqtning barcha uchun teng taqsimlanganligi haqidagi fikr o'quvchini o'z vaqtini yanada samarali boshqarishga chaqiradi. Jyul Renarning “Uddaburon odam boshqalar bajarishga urinayotgan paytda shunchaki o'sha ishni qilib bo'lgan odamdir” so'zlari esa harakat qilish va natija chiqarishni targ'ib qiladi. “Ko'zguga boqib ham aksingni ko'rding, aslingni sen qayda ko'rasan odam...” qabilidagi satrlar insonni o'z mohiyatini chuqurroq o'rganishga undaydi. Bu, ayniqsa, o'z-o'zini anglash jarayonida muhimdir. Kitobning eng motivatsion jihatlaridan biri – “Porloq kelajak qora o'tmishni o'chiruvchi eng yaxshi o'chirg'ichdir” kabi fikrlardir. Bu kelajakni yaratish uchun o'tmishdagi og'riqlardan chiqib, umid bilan yashashni ta'kidlaydi. Umuman olganda, “Bir kunda 24 soat yashash” har bir o'quvchini hayotini qayta ko'rib chiqishga, vaqtdan unumli foydalanishga va o'z shaxsiyatini rivojlantirishga chaqiradi. Agar hayotingizda chuqur o'zgarishlar qilishni xohlasangiz, ushbu kitob siz uchun haqiqiy yo'l-yo'riq bo'la oladi. © Muxlisa @foydali_taqriz
ﺑِﺴْـــــــــــــﻢِ ﺍﻟﻠﻪِ ﺍﻟﺮَّﺣْﻤَﻦِ ﺍﻟﺮَّﺣِـــــــــــــﻴﻢِ #taqriz “Qalbimdasan, Alloh” – Muhammad Boʻzdagʻ Muhammad Boʻzdagʻning “Qalbimdasan, Alloh” asari inson va uning Yaratganga boʻlgan munosabatini chuqur falsafiy va ruhiy yondashuvlar asosida tushuntirishga harakat qiladi. Muallif Qurʼon oyatlari va Hadislar asosida insonning Alloh bilan munosabatini, Unga yaqinlashish yoʻllarini va haqiqiy maʼnaviy xotirjamlikka erishish yoʻllarini ochib beradi. Kitobda “Biz kimmiz?”, “Qanday qilib Allohning roziligini topamiz va Unga doʻst boʻlamiz?” kabi savollar atrofida muhim mulohazalar yuritilgan. Muallif inson qalbining sirlarini va ruhiy poklanish yoʻllarini oddiy, ammo taʼsirchan tilda yetkazadi. Asar nafaqat diniy bilim olish, balki ichki dunyoni boyitish va maʼnaviy ozuqa olish uchun ham muhim qoʻllanma hisoblanadi. Ushbu kitob Alloh sevgisini qalbda mustahkamlash va hayotning har bir lahzasida Yaratganni his qilish istagida boʻlgan har bir o‘quvchi uchun qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi. Umuman olganda, “Qalbimdasan, Alloh” – bu faqatgina diniy kitob emas, balki inson qalbiga yoʻl topuvchi ruhiy safar hisoblanadi. © Qilichova M @foydali_taqriz
Bir eshik yopilsa, boshqa eshik ochiladi. Lekin biz yopiq eshik bilan ovora bo‘lib yuramiz. © Mubashshir Ahmad @foydali_taqriz
EGIL, O‘ZNI PANA QIL Egil, o‘zni pana qil, Borligingni bildirma. Yo‘talganga o‘n besh yil, Aksirganga yigirma. Kar bo‘l, ko‘r bo‘l, tishla til, Boshga balo keltirma. Gapirganga o‘n besh yil, Eshitganga yigirma. Qalamingni dushman bil, Qog‘oz uzra jildirma, Roman yozsang – o‘n besh yil, Doston yozsang – yigirma... © Erkin Vohidov @foydali_taqriz
#2025 #ilk_taqriz Fors maktublari 📚 Monteske tomonidan yozilgan "Fors maktublari" (1721) asari insoniyat jamiyatini, madaniyatini va siyosiy tizimlarini o‘rganishga bag‘ishlangan satirik roman hisoblanadi. Asar ikki fors sayyohi — O'zbek va Rika nomidan yozilgan xatlarni o‘z ichiga oladi. Ular Fransiyaga safar qilib, o‘z mamlakatlari va Yevropa jamiyatlarini o‘zaro taqqoslash orqali muhim falsafiy va ijtimoiy mavzularni yoritadilar. Quyida asarning asosiy g‘oyalari tahlil qilinadi. 1. Madaniy relativizm va Yevropa jamiyatining tanqidi Asarda O'zbek va Rikaning begona nigohi orqali Yevropa madaniyati, dini va siyosiy tizimlari tahlil qilinadi. Ular Yevropaning o‘zini yuqori qo‘yuvchi qarashlarini shubha ostiga olib, har bir jamiyatning urf-odatlari va qadriyatlari nisbiy ekanligini ko‘rsatadi. Bu fikrlar Monteske tomonidan insoniyatning umumiy madaniy cheklovlarini ochib berishga qaratilgan. 2. Diniy riyo va dogmatizm tanqidi Monteske dinni, xususan, katolik cherkovini keskin tanqid qiladi. Asarda diniy riyo, "ibodatlar"dagi mantiqsizliklar va soxta "ma’naviyat" ochib beriladi. Yevropa va Fors jamiyatlaridagi diniy tizimlarni taqqoslash orqali muallif din va hukumatning haddan tashqari aralashuvini savol ostiga oladi. 3. Siyosiy despotizm va erkinlik Asarda Fors monarxiyasi va uning despotik boshqaruv uslubi keskin tanqid qilinadi. Monteske xalqni qo‘rqitish orqali boshqarish barqarorlikka olib kelmasligini va mustaqil fikrlash hamda qonun ustuvorligiga asoslangan boshqaruv tizimi muhimligini ta’kidlaydi. Bu g‘oyalar uning "Qonunlar ruhi" asarida keng ochib berilgan. 4. Gender tengsizligi va haram tizimi tanqidi O'zbekning Erondagi haramini boshqarish bilan bog‘liq muammolari orqali Monteske ayollarning ijtimoiy huquqlari poymol bo'lganini ko‘rsatadi. Haramda yashovchi ayollar va ularni nazorat qiluvchi xizmatchilarning maktublari orqali muallif patriarxal tizimning nohaqligini va bu tizim inson ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ochib beradi. 5. Fransiya jamiyatining satirik tahlili Rikaning Parijdagi kuzatuvlari Fransiya jamiyatining ziddiyatlarini ochib beradi. Bu kuzatuvlar orqali Monteske Fransuz aristokratiyasining yuzaki odatlarini, siyosiy korrupsiya va intellektual doiradagi haddan tashqari riyo va ziddiyatlarni tanqid qiladi. 6. Falsafiy skeptitsizm va haqiqatning nisbiyligi Monteske asarida universal haqiqat tushunchasini shubha ostiga oladi. Uning fikricha, axloq va adolat madaniyat, tarix va geografik sharoitga bog‘liq bo‘lib, ularni obyektiv tamoyillar orqali o‘lchab bo‘lmaydi. Bu asarning eng muhim falsafiy xulosalaridan biridir. 7. Inson tabiati va hokimiyat dinamikasi Asarda inson tabiati va hokimiyat o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlik ochib beriladi. O'zbekning haramni boshqarishda duch kelgan qiyinchiliklari orqali muallif hukmronlik va qo‘rqitish asosidagi tizimlarning barqaror emasligini ko‘rsatadi. Xulosa "Fors maktublari" asari Fors va Yevropa jamiyatlarini o‘rganish orqali insoniyatning umumiy muammolarini, madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni va hokimiyatning mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Monteske satirik uslubda yozilgan bu asar orqali ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy adolat va inson huquqlari haqidagi savollarni o‘rtaga tashlaydi. © Mahmudjon Tohirov @foydali_taqriz - Oʻzingiz yozgan taqrizlarni yuboring!
#Bismillah 2025 yil uchun Maqsadlar 1. Qurʼoni Karimning 5 porasini yodlash ( 30 pora derdim-u, lekin ishlar bilan mashgʻul boʻlganim uchun bu unrealistic boʻlib qoladi😁) 2. Arab tilini oʻrganish mukammal bemalol suhbatlasha oladigan darajada oʻrganish ( Hozir boshlaganimga 4 oy boʻldi) 3. 20 ta kitob oʻqish kamida ( farqi yoʻq, inglizcha, oʻzbekcha balki arabchadir.) 4. Ota - onam bilan Umra safariga borish 5. IELTS imni 7.5 dan 9 ga koʻtarib olish. 6. Bir loyiha ustida ishlayapman hozir kichik tarzda xizmat qilib turibmiz shuni keng koʻlamda amalga oshirish( Nimaligini aytsam boʻlmaydi bunisi Sir) 7. Bitta uy olish. Ha, doʻstlar bu mening bu yil uchun rejalarim. Sizniniki chi? Siz ham yozing! Keyingi yil nasib qilsa, sarhisob qilamiz. Alloh hammamizni qilayotgan yaxshi niyatlarimizga yetishtirsin. @foydali_taqriz - Shu kanalimizga oʻziz yozgan taqrizlarni yuboring. Kanalni ham faoliyatni rivojlantiraylik.
Quruq so'z, quruq tuhmatdan o'zing asra yo Allohim.. Qishlogʻimizdagi masjidga bir katta yoshli amaki besh mahal nomozga chiqadi. Odatda namozdan keyin duo qilsa uzoq duo qilar edi. Duosini ichida shu jumla doim esimda turadi. Yo Allohim oʻzing bandam degin, Quruq soʻz, quruq tuhmatdan har xil balo qazolardan oʻzing asragin. Quruq tuhmatdan hammani Alloh oʻzi asrasin. @foydali_taqriz
Juma ayyomingiz muborak!
Namoz nima ekanin bilmasangiz, Qur’ondan ozroq vazifangiz bo‘lmasa, hayot zarbalariga qanday chidaysiz?! ©Mubashshir Ahmad @foydali_taqriz
#taqriz. Ernest Xeminguey "Chol va dengiz". Kitobxon uchun qayta -qayta oʻqilmasa ham takror duch keladigan asarlari boʻladi. "Chol va dengiz " kitobi ham men uchun aynan shunday. Bu kitobni tanlovlar uchun ikki marta oʻqigan boʻlsam, oʻzim istab bir bora mutolaa qilgandim. Xohish bilan oʻqilgani baribir boshqacha... Asar voqealari bir qarashda juda oddiy: qari chol baliq oviga chiqadi, sohildan uzoqlashib ketib, axiyri akulalarga oʻljasini oldirib quruq skelet bilan qaytadi. Bir-ikki ogʻiz gap bilan aytib qoʻyadi kishi. Lekin voqealarning qanchalik muhim ekanligini, chol sizning qadrdoningiz, Manolin ukangiz, dengiz esa makoningiz boʻlib qolishini tushunish uchun chin dildan oʻqib chiqish kerak. Yozuvchi Santyago chol timsolida odamzotning iroda kuchini, sabrini, maqsaddan qaytmasligini tasvirlagan. Dengiz — sizning taqdiringiz, hayotingiz, qadaringiz. Unda qanday sokinliklar-u qanday talatoʻplar sodir boʻlishini bilmaydi kishi. Baliq— dunyoga kelganda sizga yuklatilgan missiyangiz, maqsadingiz. Nima qilib boʻlsa ham siz baliqqa ega chiqishingiz kerak, yoʻqsa hayotda yashashning mazmuni qolmaydi. Insoniylik qolmaydi. Asarda bir gap bor : "Odamzotni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib boʻlmaydi". Kitob bugungi kundagi har qanday motivatsion asardan ustun. Toʻgʻri, voqealar soʻngida chol sohilga baliqsiz qaytdi, quruq suyak uning nasibasi boʻldi, shu darajada holdan toydi. Lekin u yengilmadi. Santyagoning oxirida charchoqning zoʻridan miriqib uxlashini, tushida arslonlarni koʻrishini, tepasida Manolinning koʻz yosh toʻkishini Lorka tili bilan aytganda "Eng qaygʻuli shodlik" degan boʻlar edim . Chindan ham "Chol va dengiz" asari men uchun "eng qaygʻuli shodlik", eng yoqimli magʻlublikdir. © Nigora Asqaraliyeva @foydali_taqriz
без подписи
Koʻp odamlar hayotda uch asosiy maqsadi uchun yashaydi: - Zoʻr mashina olish, - Uy qurish, - Toʻy qilish Oʻzi, oilasi birgalikda bir umr shunga harakat qiladi. Va bunga erishadi. Olgan mashinasini va uyini hayotining markaziga va qalbining toʻriga qoʻyadi. Shunday qilib temir ulov va gʻisht-betonli uy muqaddaslashadi. Ulardan mahrum boʻlish xuddi dindan chiqishdek tusga kiradi. Shunday qilib har qanday nohaqlikka koʻnadi. Uyi va mashinasiga zarar kelmasa boʻldi. © Sanjar Xoʻja @foydali_taqriz
SUPER ARZON QAYTISH BILETLAR🤩 30 % GACHA CHEGIRMALAR ..🤩 ✈️ MADINA - TOSHKENT ( Abu Dabi orqali) 📆 1 dekabr - 190$🔥 📆 2 dekabr - 199$🔥 📆 4 dekabr - 219$ 📆 5 dekabr - 219$ 📆 6 dekabr - 149$🔥 📆 8 dekabr - 190$🔥 📆 9 dekabr - 149$🔥 📆 10 dekabr - 149$🔥 Ruchnoy…