tgindex
FDTU Xalqaro Bo'lim

FDTU Xalqaro Bo'lim

Статистика
@fstu_internationalузбекский

FDTU Xalqaro hamkorlik bo'limi. Bu yerda xalqaro imkoniyatlar, grantlar, stipendiya dasturlari va boshqa yangiliklar va ma'lumotlardan boxabar bo'lib borishingiz mumkin. 📍1-203

Последний пост
2 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
734
+4 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
656
25 постов
Вовлечённость
89,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 25
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • 2 июл.488131

    🎉 FSTU talabasining navbatdagi xalqaro yutug'i! 🇺🇸 Mamnuniyat bilan ma'lum qilamizki, Farg'ona davlat texnika universiteti talabasi Farxodbek Jaloldinov American Councils tomonidan amalga oshiriladigan Young Professional Internships Program (YPIP) dasturining finalisti sifatida saralandi. 👏 Farxodbekni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va dasturning keyingi bosqichlarida ulkan zafarlar tilaymiz. Ishonamizki, u universitetimizni munosib tarzda namoyon etib, ushbu imkoniyatdan samarali foydalanadi. Shuningdek, barcha FSTU talabalarini xalqaro ta'lim dasturlari, grantlar, stajirovkalar va almashinuv dasturlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz. Bunday imkoniyatlar bilim va tajribani boyitish, shuningdek, kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi. 🌍 Sizning yutuqlaringiz butun FSTU jamoasi uchun ilhom manbaidir! #FSTU #XalqaroYutuq #YPIP #AmericanCouncils #TalabalarYutugʻi #GlobalImkoniyatlar

  • 📸 UNESCO xalqaro fotosuratlar tanloviga taklif! UNESCO tomonidan 2026-yil uchun "Youth Eyes on the Silk Roads" ("Ipak yo‘li yoshlar nigohida") xalqaro fotosuratlar tanlovi e'lon qilindi. 👥 Ishtirokchilar: 14–25 yoshdagi yoshlar. 📷 Tanlovda Ipak yo‘lining madaniy merosi, an'analari, madaniy xilma-xilligi va zamonaviy talqinini aks ettiruvchi mualliflik fotosuratlari bilan qatnashish mumkin. 🗓 Arizalarni topshirish muddati: 2026-yil 30-iyun. 🔗 Ariza topshirish: @xab_farpi'ga murojaat qilishingiz so'raladi. Farg‘ona davlat texnika universiteti talaba-yoshlarini ushbu nufuzli xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! #UNESCO #SilkRoad #PhotoContest #FSTU #InternationalOpportunities

  • 🤖 Robototexnika bo‘yicha xalqaro trening dasturiga qabul boshlandi!* Robototexnika, mexatronika, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va turdosh yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar hamda professor-o‘qituvchilar Xitoyda tashkil etiladigan xalqaro trening dasturida ishtirok etishlari mumkin. 📍 Manzil: Guangdong provinsiyasi (Shenzhen shahri yaqinida), Xitoy 📅 Muddat: 2026-yil iyul oyi boshlarida ⏳ Davomiyligi: 9 kun (72 akademik soat) 🎓 Trening yakunida Guangdong Polytechnic of Science and Technology tomonidan xalqaro sertifikat taqdim etiladi. 💰 Ishtirok badali: 800 AQSh dollari (To‘lov trening, yashash, ovqatlanish va mahalliy transport xarajatlarini qamrab oladi.) 📌 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 23.06.2026 📧 Murojaat uchun: info@jingkeming.com 📎 Ariza namunasi ilova qilinadi.

  • 🎓 Hindistonda ta’lim olish imkoniyati: “Elchi stipendiyasi” dasturiga qabul boshlandi!* Hindistonning Panjob shtati, Mohali shahrida joylashgan Chandigarhx xususiy universiteti tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun “Elchi stipendiyasi” dasturiga qabul e’lon qilindi. 📌 Dastur haqida qisqacha: • Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlarida ta’lim olish imkoniyati; • Kontrakt to‘lovlari uchun 50 foizgacha chegirma; • Har bir ta’lim bosqichi bo‘yicha 30 nafargacha talaba qabul qilinadi; • Muhandislik va texnologiyalar, biznes va boshqaruv, aniq va tabiiy fanlar, tibbiyot va farmatsevtika, gumanitar fanlar hamda dizayn yo‘nalishlari mavjud. 📄 Talab etiladigan hujjatlar: • Maktab/kollej yoki OTM diplomi; • Transkript; • Pasport nusxasi. ⏳ Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 23-iyunga qadar 📨 Hujjatlar quyidagi Telegram manziliga yuborilishi lozim: @khusan4499

  • 🎓 E’LON: QOZOG‘ISTON OTMlarida ta’lim olish uchun GRANT TANLOVI! 🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 2026–2027 o‘quv yilida Qozog‘iston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyati taqdim etilmoqda. Mazkur grantlar O‘zbekiston…

  • 🎓 E’LON: QOZOG‘ISTON OTMlarida ta’lim olish uchun GRANT TANLOVI! 🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 2026–2027 o‘quv yilida Qozog‘iston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyati taqdim etilmoqda. Mazkur grantlar O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasidagi oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida ajratilgan. ✅ Kimlar hujjat topshirishi mumkin? Bakalavriat uchun: Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestatning o‘rtacha bahosi “B” dan past bo‘lmasligi lozim. Magistratura uchun: O‘rtacha akademik ko‘rsatkich (GPA) kamida 3,3 (4,0 dan) yoki unga teng bo‘lishi talab etiladi. 📄 Talab etiladigan hujjatlar ✔️ Ariza (Shakl ilova qilinadi); ✔️ Pasport nusxasi; ✔️ Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat va ilovasining notarial tasdiqlangan nusxasi; ✔️ Xorijda o‘qish uchun tibbiy ma’lumotnoma; ✔️ OIV (VICH) infeksiyasi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; ✔️ Motivatsion esse (qozoq, rus yoki ingliz tilida); ✔️ Tavsiyanoma (qozoq, rus yoki ingliz tilida); ✔️ Sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. 📝 Hujjatlarni topshirish tartibi 1️⃣ Kerakli hujjatlar to‘plamini tayyorlang; 2️⃣ Hujjatlarni PDF formatiga o‘tkazing; 3️⃣ Elektron nusxalarini quyidagi manzilga yuboring: a.ulekbaeva@sci.gov.kz 4️⃣ Grant asosida qabul qilingandan so‘ng hujjatlarning asl nusxalarini tanlangan OTMga taqdim eting. 📌 Hujjatlar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Xalqaro_hamkorlik #Talabalar_imkoniyati Slovakiyaning National Scholarship Programme of the Slovak Republik (NSP) grant dasturi doirasi talabalar almashinuvi. Mazkur grant loyiha dasturida universitetimiz talabalari faol ishtirok etmoqdalar. 🔹Quvonarli jihati shundaki, mazkur grant loyiha doirasida ushbu semestrda o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakulteti 657-22 guruh talabasi Ozodbek Abduraximov ushbu nufuzli stipendiya sohibiga aylandi. Grant ta’lim olish, yashash hamda safar bilan bog‘liq asosiy xarajatlarni qamrab oladi. Hozirda talabamiz grant loyiha dasturi doirasida Slovakiyaning Košice shahrida joylashgan Pavol Jozef Šafárik University'ning Computer science yo'nalishida taxsil olmoqda. ✨Ushbu almashinuv dasturi talabalar uchun nafaqat akademik bilimlarini oshirish, balki xalqaro muhitda ta’lim olish, yangi madaniyatlar bilan tanishish hamda xorijiy tajribani o‘rganish imkonini beradi. Bu esa ularning kelajakdagi professional faoliyati uchun muhim tajriba hisoblanadi. Shuningdek, Startup Centrum TUKE Acceleration dasturida ham o'z startup loyihasi bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Ma’lumot o’rnida: 3-bosqich bakalavr talabasi yoki 1-bosqich magistranti bo'lsangiz, - ingliz tilidan kamida B2 daraja sertifikatingiz bo'lsa, - o'zlashtirish ko'rsatkichingiz (GPA) yuqori bo'lsa, ushbu almashinuv dasturining Aprel va Oktabr oylaridagi qabul jarayonlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

  • 🎓 Kolumbiyada magistratura uchun stipendiya: arizalar qabul qilinmoqda! 🇨🇴 O‘zbekiston fuqarolari uchun "Beca Colombia 2026–2027" stipendiya dasturiga arizalar qabuli boshlandi. 📌 Dastur kimlar uchun? • Magistratura bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun • Xalqaro ta’lim va yangi tajriba orttirishni maqsad qilgan nomzodlar uchun ✅ Asosiy talablar: • Diplomning o‘rtacha bali kamida 4.0–5.0 (Kolumbiya tizimi bo‘yicha) • Kamida 12 oylik ish tajribasi • Diplom va transkript (GPA bilan) • Motivatsion xat • Tibbiy ma’lumotnoma • Ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar 📅 Arizalar 5-iyungacha qabul qilinadi. 🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://web.icetex.gov.co/becas/beca-colombia-extranjeros Stipendiya yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot uchun Kolumbia elchixonasiga elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin: erusia@cancilleria.gov.co.

  • Yevropa Ittifoqi tadqiqoti uchun sizning fikringiz muhim! Assalomu alaykum! 👋 Agar siz Farg‘ona viloyatida yashasangiz, sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif qilamiz. So‘rovnoma ko‘ngillilik asosida o‘tkazilmoqda va natijalari Farg‘ona aholisi fikrlarini o‘rganish uchun juda muhim. ⏱️ To‘ldirish uchun atigi bir necha daqiqa kerak bo‘ladi. Iltimos, so‘rovnomani oxirigacha to‘ldiring. Sizning javoblaringiz tadqiqot uchun katta ahamiyatga ega. 🔗 So‘rovnoma Oldindan rahmat! 💙🇪🇺

  • 26 мая808313

    🌍✨ Yevropada o‘qishni orzu qilasizmi? Xalqaro talabalar uchun yuz minglab stipendiyalar va moliyaviy yordam dasturlari mavjudligini bilarmidingiz? Siz o‘qish to‘lovlarini, yashash xarajatlarini yoki ikkalasini ham qoplab beradigan grantlar yutishni istaysizmi? Yevropada sizni ajoyib imkoniyatlar kutmoqda! 💡 Quyidagi moliyalashtirish imkoniyatlari bilan tanishing: 📌 Davlatlar bo‘yicha stipendiyalar Yevropaning har bir davlatida o‘ziga xos stipendiya sxemalari mavjud. Mamlakatlar bo‘yicha stipendiya imkoniyatlari haqida batafsil: 👉 Har bir mamlakat uchun grant imkoniyatlari 📌 Erasmus Mundus Joint Masters Ishtirok etish, sayohat va hatto yashash xarajatlarini qoplaydigan to‘liq moliyalashtirilgan stipendiyalar! 👉 Erasmus Mundus haqida batafsil ma'lumot 📌 Universitet stipendiyalari Ko‘plab universitetlar o‘z moliyaviy yordam dasturlarini taklif etadi. Aniq takliflarni bilish uchun ularning veb-saytlarini ko‘zdan kechiring! Keyingi qadamni qo‘yishga tayyormisiz? Yevropada ta’lim olish haqida bu yerda batafsil bilib oling: 👉 Yevropada ta'lim Jahon miqyosidagi ta’lim va unutilmas tajribalar sari safar endi boshlanmoqda! Batafsil: https://erasmus.uz/en/publications/457-yevropada-o-qishni-orzu-qilasizmi 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube

  • 20 мая717122

    #Germaniya #mobillik #grant 🔹Universitetimiz Germaniyaning Albstadt–Sigmaringen universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi. Ushbu hamkorlik doirasida FDTU Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti talabalari Germaniyada bir semestr davomida to‘liq grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ✨Mazkur nufuzli loyiha doirasidagi ilk qadamlardan biri sifatida universitetimizning 3-bosqich talabasi Azizbek Komilov tomonidan tayyorlangan motivatsion rolikni e’tiboringizga havola qilamiz. Xalqaro tajriba, yangi bilimlar va katta imkoniyatlar sari dadil qadam qo‘ying — muvaffaqiyat sizni kutmoqda! Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

  • 15 мая91056из Mukhab.G7

    🚀 Launch Your Career at the Forefront of the Energy Revolution! Are you a final-year Electrical Engineering student ready to build the future of green energy? FE «CENTRAL ASIA ENERGY INVESTMENT» LLC, an investing company of CEEC (𝐂𝐡𝐢𝐧𝐚 𝐄𝐧𝐞𝐫𝐠𝐲 𝐄𝐧𝐠𝐢𝐧𝐞𝐞𝐫𝐢𝐧𝐠 𝐆𝐫𝐨𝐮𝐩 𝐂𝐨.𝐋𝐭𝐝.,), is looking for the next generation of engineers to join our high-impact team in Uzbekistan. This isn't just a job—it’s your chance to work on 13 massive renewable energy projects alongside international experts. ⚡ Why Start Your Journey With Us? Global Mentorship: Gain hands-on experience and direct mentorship from world-class Chinese engineering experts. Cutting-Edge Tech: Be part of the first wave of Solar, Wind, and advanced Battery Storage (BESS) infrastructure in the region. Career Fast-Track: We invest in fresh talent. Grow from a graduate into a professional leader within a global corporate network. 📍 Where You’ll Make an Impact Our projects span the country: Kashkadarya, Bukhara, Navoi, Tashkent, Namangan, Andijan, and Fergana. 🕒 The Details: Status: Full-time & Permanent Schedule: Monday – Friday | 08:30 AM – 6:00 PM Environment: High-energy, on-site, and collaborative. 📋 Who We’re Looking For We are seeking the "best of the best" from the Class of 2026: 🎓 Major: Electrical or Energy Engineering (4th-year Bachelor’s or Master’s). 🗣️ Language: Fluent English (essential for our international working environment). 💡 Mindset: Ambitious, tech-savvy, and ready to solve real-world energy challenges. 🎁 What’s In It For You? ✅ Competitive Rewards: Attractive salary (paid bi-monthly) + daily food and transport allowances. ✅ Full Security: 100% compliance with the Labor Code, 21 days of annual leave, and paid sick leave. ✅ Continuous Learning: Regular in-company training and professional development sessions. ☀️ Our Vision in Action Join us on projects including: Solar (SPP): Nishon, Karaulbazar, Nurota. Wind (WP): Nurota. BESS: High-capacity battery storage sites across Tashkent, Namangan, and beyond. ✨ —————————————————— Ready to power your career with a global industry leader? 📢 𝐓𝐡𝐞𝐧 𝐭𝐡𝐢𝐬 𝐨𝐩𝐩𝐨𝐫𝐭𝐮𝐧𝐢𝐭𝐲 𝐢𝐬 𝐚𝐛𝐬𝐨𝐥𝐮𝐭𝐞𝐥𝐲 𝐟𝐨𝐫 𝐲𝐨𝐮! ✅ 📩 Submit your CVs : turayeva.muhabbat@ceecoicca.com Telegram : G7_HR