tgindex
Chet tillari fakulteti (Ma'naviyat)

Chet tillari fakulteti (Ma'naviyat)

Статистика

📌Chet tillari fakulteti talabalari hayotiga oid so'nggi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni sahifamiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. 🔷Murojaat uchun: @Chet_tillari_rasmiybot

Последний пост
06:49
Последнее чтение
09:33
Постов за неделю
8
Всего постов
381
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Карьера (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 142
+26 за 3 дн.
Сутки
+25
+2,24%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
424
40 постов
Вовлечённость
37,1%
к подписчикам
Постов в день
1,1
всего 381
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
232
1/48двое суток
265
1/72трое суток
286

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 📣CHET TILLARI FAKULTETI TALABALARI DIQQATIGA! 🎓 🔔Hurmatli 1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar! 💬 O‘zingiz tahsil oladigan yo‘nalish bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni olish, savollaringizga javob topish va fakultet mas’ullari bilan bog‘lanish uchun quyidagi mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin: ⚡️ Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi 👤 Niyozova Nargizaxon 📞 +998 90 040 50 01 👤 Omonova Naimaxon 📞 +998 91 676 17 83 ⚡️ Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili yo’nalishi 👤 Abdurahmonova Matlubaxon 📞 +998 90 162 66 82 ⚡️ Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tili yo’nalishi 👤 Akbarova Zuhraxon 📞 +998 91 664 37 66 📌 Hurmatli talabalar, o‘zingizga tegishli yo‘nalish bo‘yicha mas’ul bilan bog‘lanib, barcha kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin. 🎓 Chet tillari fakulteti jamoasi sizlarni samimiy qutlaydi va talabalik hayotingizda muvaffaqiyat tilaydi! 💐 Yangi bosqich — yangi imkoniyatlar!✨ 🔥Talabalik muborak!🔥 @fsuchettillari

  • 15 авг.229из shermuhammadovfardu

    #Istiqlol_35 #Chelenj 🏛Farg'ona davlat universitetida professor-o'qituvchilar va talabalar o'rtasida SIZNI YAXSHI KO'RAMAN, PREZIDENTIM! nomli chorlovga start berildi. Ushbu chelenjda barchani faollikka chaqirib qolamiz! 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website

  • 15 авг.311из ShohinuRbeK Tursunov

    📢 LINGUA HUB JAMOASIGA IELTS O‘QITUVCHISI KERAK! 🎓✨ IELTS bo‘yicha bilim va tajribangiz bormi? 📚 O‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatishdan zavqlanasizmi? Unda sizni jamoamiz safida kutamiz! 💙 🔹 IELTS yo‘nalishida dars bera olish 🔹 O‘quvchilar bilan samarali ishlash 🔹 Mas’uliyatli va faol bo‘lish 🔹 Zamonaviy va qiziqarli darslar tashkil eta olish 📍 Manzil: Besh bola proyezd o‘tgandan so‘ng, Quva ko‘cha 143 B 📞 Murojaat uchun: +99890 405 17 57 🌟 Lingua Hub — bilim ulashadiganlar jamoasi! Sizni jamoamizda kutamiz! 🤝📚

  • 15 авг.262из baholashuz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 14 авг.1278из xushnudbek

    ❗“Perevod” imtihoni sanalari e’lon qilindi 🗓 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 📥 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. 👉 @xushnudbek 👈

  • ✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun! 🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Sizni nimalar kutmoqda? • Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot. • Stipendiya olish imkoniyati. • Trening, seminar va uchrashuvlar. • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish. • Kuchli jamoa va professional aloqalar. • Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash. Amaliyot vaqti: Dushanba–juma. Kuniga 6 soat. 📌 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring. 2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring. 3️⃣ CV'ingizni yuklang. 4️⃣ IQ testdan o‘ting. 5️⃣ Arizani yuboring. ☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur. ⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • Farg‘ona davlat universiteti Tilshunoslik kafedrasida filologiya fanlari doktori, professor Alijon Mamajonov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Til, uslub va muloqot: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi. 📚ANJUMANNING ILMIY YOʻNALISHLARI 🔹 Tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalari 🔹 Lingvopoetika va adabiyotshunoslik 🔹 Matn tilshunosligi va diskurs tahlili 🔹 Sintaksis. Sintaktik stilistika 🔹 Pragmalingvistika va muloqot nazariyasi 🔹 Medialingvistika va raqamli muloqot 🔹 Qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik 🔹 Turkiy tilshunoslik va lingvomadaniyat 📆 Konferensiya 2026-yil 19-sentabr kuni bo'lib o'tadi! ⏳Maqolalar qabul qilish muddati: 2026-yil 1-sentabrgacha 📬 Maqolalar quyidagi telegram havolasi orqali qabul qilinadi: https://t.me/mamajonov2026 📞 Aloqa uchun telefon raqami: +998916771067; +998905344543.

  • #Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

  • 7 авг.49521из eduuz

    #soʻragan_edingiz ❓Nodavlat oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish qanday amalga oshiriladi? 1️⃣ transfer.edu.uz platformasi orqali: 🔹 bir nodavlat oliygohidan boshqa nodavlat oliygohiga; 🔹 davlat oliygohidan nodavlat oliygohiga; 🔹 bir nodavlat oliygohi doirasida o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun arizalar qabul qilinadi. Muhim: Yakuniy qaror tegishli nodavlat oliygohlari tomonidan qabul qilinadi. 2️⃣ my.uzbmb.uz platformasi orqali: 🔹 xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilinadi. Muhim: O‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi. O‘tish ballari nodavlat oliygohlar tomonidan minimal 56.7 balldan kam bo‘lmagan holda belgilanadi. ⏳ Arizalar 2026-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar qabul qilinadi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 5 авг.406102из shermuhammadovfardu

    🇺🇿🇮🇳 Farg‘ona davlat universiteti vakili Hindistondagi “International Week 2026” dasturida Farg‘ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti dekani Dildora Qambarova Hindistonning Vadodara shahrida joylashgan Parul universitetida 3–7-avgust kunlari o‘tkazilayotgan “International Week 2026” xalqaro haftaligida ishtirok etmoqda. “Bridging Cultures, Building Futures” shiori ostida tashkil etilgan tadbir turli mamlakatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va talabalarni yagona akademik maydonda birlashtirdi. Tashrif doirasida Dildora Qambarova Parul universiteti talabalari uchun interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashmoqda. Darslar davomida talabalar bilan ochiq muloqot, guruhli faoliyat va fikr almashishga asoslangan metodlardan foydalanilmoqda. Shuningdek, xalqaro haftalik Farg‘ona davlat universiteti va xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida akademik aloqalarni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. Mazkur tashrif universitetimizning xalqaro akademik maydondagi ishtirokini mustahkamlash, professor-o‘qituvchilarning kasbiy tajribasini xalqaro miqyosda namoyish etish va istiqbolli hamkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga xizmat qiladi. @FerSU_Global1930

  • 📢 FERGANA SCHOOL XUSUSIY MAKTABI JAMOASIGA TAKLIF ETADI! MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan YEVRO GURUHLARGA dars beruvchi malakali pedagoglarni ishga taklif qilamiz. Nomzodlardan rus tilida bezaksent dars o'ta olishi, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishi hamda yuqori sinflarda ishlash tajribasi talab etiladi. 💰 Maosh: 8 000 000 so'mdan 20 000 000 so'mgacha (malaka va natijaga qarab). Agar siz o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lsangiz va professional jamoada faoliyat yuritishni istasangiz, biz bilan bog'laning! 📞 Tel: +998 97 202 11 00 👤 Admin: @Ferganaschool_admin 📢 Telegram kanal: @Fergana_school Fergana School — bilim, natija va professional rivojlanish maskani!

  • 4 авг.5136из shermuhammadovfardu

    📍Farg‘ona davlat universiteti talabalari o‘rtasida tartib hamda xavfsizlikni ta’minlovchi "Qalqon" jamoatchilik guruhiga saralash bosqichi e’lon qilinadi! 🛡✨ 📈Agar siz faol, mas’uliyatli va universitet hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lishni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! 📌 "Qalqon" a’zosining asosiy vazifalari: 🔍 Hudud osoyishtaligi va xavfsizligini nazorat qilib borish; 🚨 Huquqbuzarliklarning oldini olish va shubhali holatlar bo‘yicha tezkor xabar berish; 📢 Talaba-yoshlar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlarini olib borish. 🎁 Guruh a’zolarini nimalar kutmoqda? 🥋 Maxsus rasmiy forma 🔖 Rasmiy a’zolik guvohnomasi 💰 O‘rnatilgan tartibda har oylik moddiy rag‘batlantirish! ⚡️ Qabul 5-avgustdan boshlanadi! ⚠️ Eslatma: O’g’il bollar mudatli harbiy xizmatni o’tab kelgan bo’lsagina qabul qilinadilar. O‘rinlar soni chegaralangan, ariza topshirishga ulgurib qoling! 📍Muhum:Qalqon jamoatchilik guruhi a’zolari 2-kursdan 4-kursgacha bo’lgan talabalardan olinadi 📄 Batafsil ma’lumot: Nizomda 🕊 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @Jabborov_96 #talaba_yoshlar #qalqon_guruhi #FarDU #xavfsizlik #imkoniyat

  • 3 авг.57145из pfc_fardu

    Universitetlar derbisiga tayyormisiz? O'zbekiston Pro-ligasida navbatdagi super to'qnashuv! "FarDU" (Farg'ona davlat universiteti) - "TerDU" (Termiz davlat universiteti) Ertaga soat 17:30da "FarDU" sport majmuasida! Bu - shunchaki o'yin emas! Bu - tarix! Bu - g'urur! Keling, tomosha qiling va katta futbol atmosferasidan zavqlaning! G'oya mualliflari: Nuriddin Rahmonov, Bekzod Tolibov Montaj ustasi: Ravshanbek Erkinjonov #futbol #chempionat #uchrashuv #derby #omad #muvaffaqiyat #jamoa #FarDU 💬TELEGRAM | 📹INSTAGRAM | 📹YOUTUBE

  • 1 авг.614391

    ☀️FDU  - BIRTHDAY | BUGUN SIZNING TUG’ILGAN KUNINGIZ! 🗓2026-YIL 1-AVGUST 💐Bugun - Farg’ona davlat universitetida mehnat qilayotgan ustozimiz:  🎗Farg'ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti tyutori Asqarova Salomatxon ustozning tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz! #happy_birthday

  • 1 авг.56151из shermuhammadovfardu

    #tanlov Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Tanlov yo‘nalishlari: • oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; • oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; • oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; • davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; • oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; • oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; • oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. 📌Nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha quyidagi manzillarga yuborishlari lozim: • Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi; • @Jonajontilim_bot telegram boti; • Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi. 🌐 Sayt  ✈️  Telegram ✅Murojaat  ♾Muhokama 🌐Instagram

  • 1 авг.433214из eduuz

    ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 31 июл.4671из shermuhammadovfardu

    Diqqat e’lon!     O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari!” nomli keng qamrovli ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilmoqda.   Tanlov 5 ta yo‘nalishda tashkil etiladi:         1. Sheʼriyat yoʻnalishi 2. Nasr va publitsistika (maqola) yoʻnalishi 3. Qisqa annotatsiya yoʻnalishi 4. Video hamda media ijod yoʻnalishi 5. Erkin ijodiy ishlar va tasviriy sanʼat yoʻnalishi Ijodiy ishlar elektron shaklda joriy yilning 8-avgust kunga qadar @sotsionomik elektron manzili orqali qabul qilinadi. Tanlovda har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2- va 3- oʻrin gʻoliblari aniqlanadi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.   Batafsil Nizomda tanishishingiz mumkin. 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website

  • 30 июл.56715из shermuhammadovfardu

    📢 Farg'ona davlat universiteti bitiruvchilariga! 🏫 O‘z hududingizdagi maktablar va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar — shu yerda! Ilova qilingan fayl orqali tanishib chiqing👆 🔎 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 📞+99873-244-45-72 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website

Chet tillari fakulteti (Ma'naviyat) — tgindex