Геопрог
СтатистикаГеология ва геофизикага оид программа пакетлари, китоблар ва бошқа маълумотлар, фикр-мулоҳазалар. Юклаб олиб фойдаланинг. Боғланиш учун @uzgeofizik манзилига ёзинг
- Последний пост
- 16 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#xalqaro_hamkorlik Geologiya-qidiruv ishlarida yangi texnologiyalar: “O‘zbekgeofizika” va "INOVA" kelishuvi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekgeofizika” AJ hamda AQSHning “INOVA” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hujjat “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi Ravshanjon Yusupjonov va “INOVA” kompaniyasining mintaqaviy direktori Jan Janyuar tomonidan imzolandi. Mazkur shartnoma zamonaviy ma’lumotlarni telemetrik ro‘yxatga olish va seysmoqidiruv ishlariga mo‘ljallangan zamonaviy uskunalarini yetkazib berishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv “O‘zbekgeofizika” AJning texnik bazasini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va geofizik-qidiruv ishlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish orqali quduqlarda tadqiqot ishlarini aniq va tezkor amalga oshirish, shuningdek neft va gaz konlarining geologik tuzilishini chuqur o‘rganish imkoniyatini kengaytiradi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va yirik xalqaro kompaniyalar bilan strategik aloqalarni mustahkamlash uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda. 👋Bizni kuzating 🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
⚡️ **Rasman: SEG GEOMIN 2026 xalqaro konferensiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi!** Saudiya Arabistonida muvaffaqiyatli o‘tgan tadbirdan so‘ng, Qidiruv geofiziklari jamiyati (SEG) navbatdagi GEOMIN 2026 konferensiyasi Toshkentda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi homiyligida tashkil etiladi. Bu O‘zbekistonning mintaqaviy konchilik va geologiya xabi sifatida e’tirof etilayotganidan dalolat beradi. 🗓 Sana: 2026-yil 14–18-sentyabr 📍 Manzil: Toshkent, O‘zbekiston GEOMIN 2026 dasturining asosiy yo‘nalishlari: 🔹 Muhim minerallar va strategik resurslar; 🔹 Konchilik qidiruvida geofizik usullarning qo‘llanilishi; 🔹 Raqamli transformatsiya, ma’lumotlar tahlili va Sun’iy Intellekt (AI) 🔹 Barqaror rivojlanish va ekologiya; 🔹 Kadrlar tayyorlash va global hamkorlik. 🗣 “O‘zbekistonning konchilik sohasiga kiritayotgan sarmoyalari va global mineral landshaftidagi strategik o‘rni uni navbatdagi mezbon sifatida tanlashimizda asosiy omil bo‘ldi”, — dedi SEG prezidenti Jozef Reyli. Ushbu nufuzli tadbirda dunyoning yetakchi geofiziklari, geologlari va muhandislari ishtirok etishi kutilmoqda. 📌 Sanani belgilab qo‘ying va hamkasblarga ulashing! #SEG #GEOMIN2026 #Geofizika #Geologiya #Uzbekistan #Mining #Toshkent https://t.me/GeofizikUz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Картография ва геоинформацияга оид программалар орасида энг кўп фойдаланиладиганларидан бири. Географик маълумотларни тўплаш, сақлаш, қайта ишлаш, таҳрир ва таҳлил қилиш каби кўплаб имкониятлари мавжуд. Сунъий йўлдош хариталари билан ишлаш мумкин. #soft Аввал юкланганлар 👆MapInfo 7 👆MapInfo Pro 👆MapInfo Pro v17.0.03 👆ArcGIS @geoprog
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Бугун Янги Тошкентдаги “Central Asian Expo (CAEx)” кўргазмалар марказида "Ўзбекистон нефт ва гази - OGU 2026" халқаро кўргазмаси ва конференцияси бўлиб ўтди #info @geoprog
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
👍 “O‘zbekgeofizika” AJda professor Oz Yilmaz ishtirokida ilmiy uchrashuv o‘tkazildi 🫥“O‘zbekgeofizika” AJning Ishlab chiqarish geologik-metodik partiyasida zamonaviy seysmik qidiruv sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri, turk-amerikalik taniqli geofizik olim, professor Oz Yilmaz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida professor tomonidan 2D/3D seysmik ma’lumotlarni qayta ishlashning zamonaviy usullariga bag‘ishlangan master-klass tashkil etildi. Unda dekonvolyutsiya, statik tuzatishlarni hisoblash, shovqinlarni kamaytirish, shuningdek seysmik ma’lumotlarning aniqligini oshirish kabi muhim bosqichlar atroflicha yoritildi. Shu bilan birga, ma’lumotlarni qayta ishlashning ilg‘or algoritmlari hamda ularni murakkab geologik masalalarni hal etishda qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi. Professor xalqaro amaliyotdan olingan misollar asosida tahlillar o‘tkazib, sohada uchraydigan odatiy xatolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali yondashuvlar yuzasidan tavsiyalar berdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va kasbiy tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, professor “O‘zbekgeofizika” AJ muzeyi faoliyati bilan ham tanishdi. Mazkur tadbir “O‘zbekgeofizika” AJ mutaxassislarining malakasini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda seysmik qidiruv ishlari amaliyotiga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi. ✍️✍️✍️ 👍В АО «Узбекгеофизика» состоялась научная встреча с участием профессора Озa Йылмаза 🫥В Производственной геолого-методической партии АО «Узбекгеофизика» состоялась встреча с выдающимся турецким и американским ученым-геофизиком, профессором Оз Йилмазом, чьи научные труды стали фундаментом современной сейсморазведки. В рамках визита профессор провёл мастер-класс, посвящённый современным методам обработки сейсмических данных МОГТ-2D/3D. Особое внимание было уделено таким ключевым этапам, как деконволюция, расчёт статических поправок, подавление шумов, а также повышению разрешающей способности сейсмических материалов. Были рассмотрены передовые алгоритмы обработки данных и их практическое применение при решении сложных геологоразведочных задач. В ходе занятия профессор подробно разобрал примеры из международной практики, акцентировал внимание на типичных ошибках, возникающих при обработке сейсмоданных, и предложил эффективные методы их устранения. Участники встречи получили возможность задать интересующие вопросы, обсудить актуальные проблемы отрасли и обменяться профессиональным опытом. Также профессор ознакомился с деятельностью музея АО «Узбекгеофизика». Проведённое мероприятие стало значимым вкладом в повышение квалификации специалистов АО «Узбекгеофизика» и способствовало развитию международного научного сотрудничества, а также внедрению современных технологий в практику сейсморазведочных работ. Sayt| Telegram| Instagram|Facebook
видео или голосовое, без подписи