tgindex
Grammar Notes
@grammarnotesЯзыкиузбекский

✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat (ehson) qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz. ✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes Donat uchun karta raqami: 8600332998853000 🌀 Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Последний пост
8 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
35
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Языки (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
9 610
−10 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 451
35 постов
Вовлечённость
25,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 35
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 272
1/48двое суток
1 457
1/72трое суток
1 572

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 📖Dars #132 every/each so'zlarining qo'llanishi ✳️ every - har degan ma'noni anglatadi va birlikdagi sanaladigan ot bilan qoʻllaniladi 🔸Every sentence must have a verb. (Har gapda (hamma gaplarda) fe'l boʻlishi lozim.) ✳️ each - har bir degan ma'noni anglatadi va birlikdagi sanaladigan otlar oldidan yoki oʻzi yolg'iz qoʻllanishi mumkin. 🔸Study each sentence carefully. (Har bir gapni diqqat bilan oʻrganing) 💡 Bu ikkala olmosh odatda bir xil qoʻllanadi. 🔸Every room/each room has a number. (Har xonaning/ har bir xonaning oʻz raqami bor) ✳️Ammo ular orasida biroz farq bor. Every umumiylik ma'nosiga, each alohidalik ma'nosiga ega. ▪️every person - hamma / har shaxs / hamma odam degan ma'noni beradi. ▪️each person - har bir odam degan ma'noni bildiradi. 🔸I go for a walk every day but each day seemed to pass very slowly. (Men har kuni sayrga chiqaman, lekin har bir kun juda sekin oʻtadigandek tuyulardi) 🔸Every guest watched as the President came in. (Hamma mehmon Prezident kirishini kuzatishdi) 🔸Each guest shook hands with him. (Har bir mehmon u bilan qoʻl berib koʻrishdi) ✳️ every olmoshi uch va undan ortiq koʻp miqdordagi otlar uchun qoʻllaniladi. 🔸There were cars parked along every street in town. ✳️ each olmoshi ikki yoki kam miqdordagi otlar uchun qoʻllaniladi. 🔸There were cars parked along each side of the street. ✳️ each olmoshi yolg'iz holda yoki of soʻzi bilan qoʻllanilishi mumkin . every olmosh yolg'iz oʻzi yoki of soʻzi bilan qoʻllanilmaydi. 🔸There are six flats. Each has its own entrance. (every has emas.) 🔸Each of the six flats has its own entrance. (every of the flats emas.) ✳️ each olmoshi gap oʻrtasida kela oladi. 🔸 We've each got our own desk. 🔸 They gave us each a desk. ✳️ every olmoshi birlikdagi, koʻplikdagi payt soʻzlari bilan kelib, biror ish-harakat qanchalik tez-tez sodir boʻlishini bildirib keladi. 🔸We go for a walk every evening. (har kuni kechqurun) 🔸The transportation system is very good. Buses run every ten minutes. (har oʻn minutda) 🔸 You should go to the dentist every six months. (har olti oyda) ✳️ every other day/week/month - har ikki kun/hafta/oydan bir degan ma'noni bildiradi. 🔸 We have an English lesson every other day. (Har ikki kundan bir ingliz tili darsimiz bor) ✳️ every soʻzidan kelib chiqqan olmoshlar quyidagilardir: ✅ everybody/everyone - hamma (odamlar uchun) ✅ everything - hamma narsa (predmetlar uchun) ✅ everytime - har vaqt, har gal (payt uchun) ✅ everywhere - har joyga, hamma yerda (joy uchun) ✳️ everyone/everybody olmoshlari birlikdagi fe'l, ammo koʻplikdagi olmosh bilan qoʻlaniladi. 🔸Everybody was present at the meeting. They were waiting for the President. ✳️everything olmoshi predmetlar, voqealar uchun birlikdagi fe'l bilan qoʻllanadi. 🔸 Everything is clean. 🔸The holiday was terrible. Everything went wrong. 🔸Money isn't everything. ✳️ everywhere olmoshi hamma joy/joyda/joyga ma'nolarida birlikdagi fe'li bilan qoʻllanadi. 🔸Everywhere is clean. 🔸 He is afraid of flying. He goes everywhere by train. 🔸 I searched everywhere for my glasses but didn't find them. ✳️ every time/each time - har vaqt, har gal degan ma'noni anglatadi. 🔸Every time I see him, he is different . ✳️ each time/every time - har gal iborasini all the time - har doim iborasidan farqlash lozim. 🔸They never go out. They are at home all the time. (Ular hech qachon tashqariga chiqmaydilar. Ular har doim uydalar) 🔸 Every time I go out, I go to the park. (Har gal tashqariga chiqqanimda, parkga boraman) ✳️ not/nearly/almost – yoʻq/deyarli soʻzlaridan keyin faqat every olmoshi qoʻllanishi lozim. 🔸 Nearly every shop is shut today. 🔸 Not every train-driver is on strike today. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 5 авг.1 230107

    📖Dars #131 both/either/neither so'zlarining qo'llanishi ✳️ both/either/neither olmoshlari faqat ikkita shaxs yoki predmet uchun qoʻllaniladi . ✳️ Quyidagi misollarda bu olmoshlarning otlar bilan ishlatilishiga e'tibor bering. 🔸We went to two restaurants. Both restaurants were excellent. (Biz ikkita restoranga bordik. Ikkala restoran ham a'lo edi....koʻplikdagi ot va fe'l) 🔸You can go to either restaurant. (Ikkalasidan xohlagan biriga borishingiz mumkin...birlikdagi ot) 🔸Neither restaurant was expensive. (Ikkala restoran ham qimmat emas edi....birlikdagi ot va fe'l ) ✳️ Bu olmoshlar savollarga javob sifatida qoʻllanishiga e'tibor bering. 🔸I see you have two books, which book can you give me? (Men koʻryapmank,i sizda ikkita kitob bor. Men qaysisini oʻqishim kerak?) ➖Both. I have already read them. (Ikkalasini ham. Men ularni allaqachon oʻqiganman.) ➖Either. (unisi yoki bunisini, lekin birini) 🔸Is he British or American? (U britaniyalikmi yoki amerikalikmi?) ➖Neither. He is Italian. (Ikkalasi ham emas. U italiyalik.) ✳️Bu olmoshlar both/either/ neither of +(my / the / these ) + noun qurilmasida ham qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda ularning qoʻllanishi quyidagicha boʻladi. 🔸Both of these books are written by A. Christie. 🔸I didn't like either of the films. 🔸Neither of my brothers is/are married. ⚠️ Yuqoridagi ikkinchi misolda either soʻzi inkor gaplarda 'ikkalasi ham emas' degan ma'noni bildiradi. Inkor gaplarda both soʻzini qoʻllab boʻlmaydi. 💡 Yuqoridagilardan xulosa qilamizki, both olmoshi har doim koʻplikdagi fe'l bilan darak gaplarda, either boʻlishsiz fe'l bilan inkor gaplarda, neither boʻlishli fe'l bilan lekin inkor ma'no ifodalab qatnashadi. ✳️ Bu olmoshlar bog'lovchi sifatida ham qoʻllanishi mumkin, unda ular quyidagicha juftlanadi. 1️⃣ both … and - ham … ham 🔸Both European and oriental languages are taught at London University. 2️⃣either … or - yo … yo 🔸Either you apologize or I will never forgive you. 3️⃣ neither ... nor - na … na 🔸Neither Tom nor Ann wants to leave school. ⚠️ either … or va neither … nor bog'lovchilari gap egalarini bog'lab kelganida fe'l ikkinchi, ya'ni fe'lga yaqin turgan ega bilan moslashadi. 🔸Either Tom or his friends are coming to the party . 🔸Neither the Wilsons nor I am happy about the new billing system. ✳️ either soʻzi ikki tomonli predmetlar uchun qoʻllanilganda har ikki tarafda/ikkala tarafda ham degan ma'noda qoʻllaniladi. 🔸There were a lot of trees on either side of the road. (Yoʻlning ikkala tarafidan ham koʻp daraxtlar bor edi) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 3 авг.1 43556

    📖Dars #130 no/none/nobody/nothing so'zlarining qo'llanishi ✳️ Bu olmoshlar ingliz tilida inkor ma'nodagi soʻzlar hisoblanib, ular gapda boʻlishli fe'l bilan keladi. 1️⃣ no - hech qancha, yoq degan ma'noda ot bilan qoʻllanishi lozim. 🔸There is no tea in the cup. It's empty. (Chashkada choy yoʻq. U boʻsh) 🔸There were no cups in the cupboard. 🔸There is no pencil. 2️⃣ none - hech qancha degan ma'noni bildiradi. Oldindan aniq boʻlgan otga ishora qiladi va qayta takrorlanmasligi uchun qoʻllaniladi. 🔸How much money have you got ? None. (Sizda qancha pul bor? Hech qancha) 🔸All the tickets were sold and none was left. ✳️ none olmoshi ot bilan toʻg'ridan-toʻgri bog'lanmaydi va none + of + [my / the /these]+noun qurilmasida qoʻllanadi. 🔸None of my friends came to the party. (Doʻstlarimdan hech biri ziyofatga kelmadi) 🔸None of this money is mine. (Bu pulning hech qanchasi meniki emas) ⚠️ Yuqoridagi qurilmada ot koʻplikda boʻlsa, birlikdagi yoki koʻplikdagi fe'l qoʻllanishi mumkin. 🔸None of the guests was/were enjoying the party. (Mehmonlarnig hech biri ziyofatdan zavqlanmayotgan edi) 3️⃣ Endi no soʻzidan yasalgan olmoshlarni koʻrib chiqamiz: ✅ nobody/no-one - hech kim ✅ nothing - hech narsa ✅ nowhere - hech qayerga 🔸 Nobody is perfect. (Hech kim mukammal emas) 🔸Nothing was stolen, all the things were in their place. (Hech narsa oʻg'irlanmadi, hamma narsa oʻz joyida edi) 🔸Where did you go for your holidays? Nowhere. I stayed at home. (Ta'tilga qayerga bording? Hech qayerga. Uyda qoldim) ⚠️ Yuqoridagi soʻzlar inkor ma'noga ega bo'lgani uchun ular gapda boʻlishli fe'l bilan qoʻllanishi lozim. Bu soʻzlar gapda fe'ldan keyin (toʻldiruvchi, hol) boʻlib kelganida ularni not + any (body/one/thing /where ) soʻzlari bilan almashtirib boʻladi. Masalan: 🔸 I saw nobody in the room. (boʻlishli fe'l+nobody) ↔️ I didn't see anybody. (boʻlishsiz fe'l + anybody) 🔸She took nothing with her. (boʻlishli fe'l+nothing) ↔️ She didn't take anything. (boʻlishsiz fe'l+anything) Ammo bu soʻzlar (nobody, nothing) gapda ega vazifasida kelganlarida bunday oʻrniga qoʻyish mumkin emas, bu holatda ma'no chiqmaydi. 🔸Nobody came to visit him when he was in hospital. (anybody didn't emas) 🔸The Dead sea is so salty that nothing can live in it. (anything can't emas) ✳️ nobody, no-one soʻzlari o'zidan keyin birlikdagi fe'l, ammo koʻplikdagi olmoshni talab qiladi. 🔸There was nobody at the house, so I left them a message. (Uyda hech kim yoʻq edi. Shuning uchun men ularga xat qoldirdim) 🔸Nobody in the class did their homework. ✳️ nothing soʻzi esa o'zidan keyin birlikdagi fe'l va olmoshni talab qiladi. 🔸Nothing was stolen, was it? ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 29 июл.1 80766

    📖Dars #129 few (a few) va little (a little) so'zlarining qo'llanishi 1️⃣ few - oz, kam degan ma'noda sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan salbiy (yetarli emas) degan ma'noda qoʻllaniladi. 🔸Being a newcomer, the boy had few friends there. (Yangi kelgani uchun bolaning bu yerda doʻstlari kam edi) 🔸Few customers came into the shop. It was quiet. (Doʻkonga kam xaridor kirardi. U sokin edi) ✳️ a few - bir qancha degan ma'noda sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan ijobiy (yetarlicha) ma'noda qoʻllaniladi. 🔸He enjoyed his life. He had a few friends and they met quite often. (U oʻzining hayotidan zavqlanardi. Uning yetarlicha doʻstlari bor edi va ular tez-tez uchrashishardi) 🔸A few customers have come into the shop. It has been fairly busy. (Doʻkonga bir necha xaridorlar keldilar. U biroz qizg'in) 2️⃣ little - oz, kam degan ma'noda sanalmaydigan otlar oldidan salbiy (yetarli emas) ma'noda qoʻllanadi. 🔸Hurry up! We have got little time. (Shoshiling! Bizning vaqtimiz oz) 🔸Vicky has made little progress and so is not feeling pleased. ✳️ a little - biroz degan ma'noda sanalmaydigan otlar oldidan ijobiy (yetarlicha) ma'noda qoʻllaniladi. 🔸We had a little time and went for a drink. (Bizning yetarlicha vaqtimiz bor edi va biz ichimlik ichishga ketdik) 🔸She is not hungry. She has just had a little soup. ✳️ a little/little soʻzlari gapda ravish boʻlib ham kelishlari mumkin. 🔸I was a little annoyed. (Men biroz achchiqlangan edim) 🔸She knows little about it. (U bu haqda kam biladi) ✳️ very few/ very little va so few/so little - juda oz, juda kam iboralari ham salbiy (yetarli emas) ma'noda qoʻllaniladi. 🔸We couldn't do all the work. We had very little time. (Biz hamma ishni qilolmadik. Bizning vaqtimiz juda kam edi) 🔸She had very few customers, so she had to close the shop.(Uning xaridorlari juda kam edi, shuning uchun u do'konni yopishga majbur bo'ldi) ✳️ Agar a few, a little soʻzlari oldidan only soʻzi qatnashsa, ularning ma'nolarini yana salbiy qiladi. ▪️only a few = few ▪️only a little= little 🔸London only gets a little snow in winter. (Qishda Londonda kam qor yog'adi) 🔸Only a few students were able to pass the exam. (=few students) 🔸She didn't say much, only a few words. (=few words) ✳️ few/little soʻzlarini qoʻllashdan oldin otlarning sanaladigan va sanalmaydiganligi va gapda salbiy yoki ijobiy ma'noda kelayotganini aniqlash lozim. ✅ few (only a few) - sanaladigan koʻplikdagi otlar (salbiy) ✅ little (only a little) - sanalmaydigan otlar (salbiy ) ✅ a few - sanaladigan koʻplikdagi otlar (ijobiy) ✅ a little - sanalmaydigan otlar (ijobiy) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 28 июл.1 637105

    📖Dars #128 much/many/a lot of so'zlarining qo'llanishi 1️⃣ much - koʻp soʻzi sanalmaydigan otlar oldidan inkor va soʻroq gaplarda qoʻllaniladi. 🔸Do you get much rain here? (Bu yerda koʻp yomg'ir yog'adimi?) 🔸She didn't get much money for her car. (U mashinasi uchun koʻp pul olmadi) ✳️ much soʻzi rasmiy va badiiy uslubda darak gaplarda ham qoʻllanadi. 🔸Much was said but little was done. 🔸There is much enthusiasm for the idea. ✳️ how much - qancha soʻroq olmoshi boʻlib, sanalmaydigan otlar oldidan qoʻllaniladi. 🔸How much bread did you buy? ✳️ much soʻzi kuchaytirish va qiyoslash ma'nosini beruvchi too/as/so soʻzlaridan keyin kelib, darak gaplarda qoʻllanadi. 🔸I've got too/so much work to do. (Mening bajaradigan ishim juda koʻp) 🔸Your car costs as much as mine. 2️⃣ many - koʻp soʻzi sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan inkor va soʻroq gaplarda qoʻllaniladi. 🔸Does he have many friends here? (Bu yerda uning koʻp doʻstlari bormi?) 🔸We don't get many storms here. (Bu yerda koʻp boʻron boʻlmaydi) ✳️ many soʻzi rasmiy va badiiy uslubda darak gaplarda ham qoʻllanadi. 🔸Many students have financial problems. ⚠️ Odatda muddatlarni bildirishda many years / many weeks / many days etc birikmalari ishlatiladi. 🔸We’ve lived here for many years. (a lot of years emas) ✳️ how many - qancha soʻroq olmoshi sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan kelib, miqdorni bildirib keladi. 🔸How many eggs do we need? (Bizga qancha tuxum kerak?) ✳️ many soʻzi kuchaytirish va qiyoslash ma'nosini beruvchi too/so/as soʻzlaridan keyin kelib darak gaplarda qoʻllanadi. 🔸You have made too many mistakes in your dictation. (Siz diktantingizda juda koʻp xato qilgansiz) 🔸Bill has got as many cars as Cecilia. 3️⃣ a lot of/lots of - koʻp soʻzi sanaladigan koʻplikdagi va sanalmaydigan otlar oldidan darak gaplarda qoʻllaniladi. 🔸We get a lot of storms here. (Bu yerda biz juda ko'p bo'ronlarni boshimizdan o'tkazamiz) 🔸We get a lot of rain here. (Bu yerda biz juda ko'p yomg'irni boshimizdan o'tkazamiz) 4️⃣ plenty - yetarli va undan ham ko'proq degan ma'noda sanalmaydigan va sanaladigan ko'plikdagi otlar oldidan ishlatiladi. 🔸There’s no need to hurry. We’ve got plenty of time. 🔸Plenty of shops sell batteries. 5️⃣ much/many/a lot/plenty soʻzlari otsiz qoʻllanishlari mumkin. Bunday vaziyatda ular oldin ishlatilgan otga ishora qiladilar yoki otlashadi. 🔸I take photos, but not as I used to. At one time I took a lot. (=a lot of photos) 🔸They asked me for some money but I myself haven't got much. (=much money) 🔸They have caught some fish but not many. (=many fish) 🔸There’s plenty to do in this town. ⚠️ Yuqoridagi soʻzlarni qoʻllashda asosiy e'tibor beriladigan jihati bu gapning turi va otning sanaladigan va sanalmaydigan ekanligini aniqlab olishdir. ⚠️ Grammar in Use darsligida many va a lot of barcha turdagi gaplarda ishlatila olishi ko'rsatilgan. Lekin DTM testlarida odatda many/much inkor va so'roq gaplarda, a lot of/lots of darak gaplarda degan qoida bo'yicha test tuziladi. ✳️ a lot - koʻp, tez-tez ma'nosida darak gaplarda, much esa inkor va soʻroq gaplarda ravish boʻlib kelishi mumkin. 🔸She had to study a lot to catch up with the rest. (...koʻp oʻqishiga toʻg'ri keldi) 🔸They don't go out much. (Ular tez-tez koʻchaga chiqmaydilar) 🔸We didn't enjoy the film much. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 13 июл.2 8381216

    📖Dars #127 Some va any so'zlarining qo'llanishi II qism ✳️ Mazkur darsda some va any soʻzlaridan yasalgan olmoshlarning qoʻllanishini ko'rib chiqamiz. Ularning qo'llanishi ham oldingi darsdagi qoidalarga amal qiladi. ▪️some so'zidan yasalgan olmoshlar: ✅ somebody - kimdir, birov ✅ someone - kimdir, birov ✅ something - nimadir ✅ somewhere - qayerdadir, qayergadir ▪️any so'zidan yasalgan olmoshlar ✅ anybody - kimdir, birov (so'roq gapda), hech kim (inkor gapda) ✅ anyone - kimdir, birov (so'roq gapda), hech kim (inkor gapda) ✅ anything - nimadir (so'roq gapda), hech narsa (inkor gapda) ✅ anywhere - qayergadir, qayerdadir (so'roq gapda), hech qayerda, hech qayerga (inkor gapda) ✳️ somebody/someone va anybody/anyone olmoshlari insonlar uchun qoʻllaniladi. Darak va soʻroq gaplarda birov, kimdir, inkor gaplarda hech kim degan ma'nolarda keladi. 🔸I think there is someone at the door. (Menimcha, eshikda birov bor) 🔸Have you seen anyone who can lift that stone? (Mana shu toshni koʻtara oladigan biror odamni koʻrganmisan?) 🔸I didn't meet anyone from our school at the party. (Men ziyofatda maktabimizdan hech kimni uchratmadim) ⚠️ Anyone/anybody olmoshlari xohlagan odam ma'nosida darak gaplarda qoʻllaniladi. 🔸The test was very easy. Anyone could have passed. (Test juda oson edi. Xohlagan odam undan oʻta olardi) ⚠️Yuqoridagi gumon olmoshlari birlikdagi fe'l va koʻplikdagi III shaxs olmoshi bilan qoʻllaniladi. 🔸Someone has left their bag. (Birov oʻzining sumkasini qoldirib ketibdi) 🔸If anyone wants to leave, they can. ⚠️Kelajakdagi noaniq vaqtni bildiradigan sometime soʻzidan sometimes ba'zan soʻzini farqlash lozim. 🔸I hope to meet you sometime in June. (Men iyunda siz bilan uchrashishni umid qilaman) 🔸He sometimes goes to the library. (U ba'zan kutubxonaga boradi) ✳️ somehow soʻzi bir amallab degan ma'noni bildiradi. 🔸We somehow got over the difficulties all by ourselves. (Biz bir amallab qiyinchiliklarni yengib oʻtdik) ✳️someone olmoshi muhim/obroʻli shaxs degan ma'noda ham qoʻllanadi. 🔸He is someone in his country. (U oʻz yurtida katta odam) ⚠️ any va some soʻzlaridan keyin of soʻzi kelib ma'lum bir miqdorni bildirish uchun qoʻllanilishi mumkin. Ammo somebody/anybody/anything/something soʻzlari of soʻzi bilan kelmaydi va miqdorni bildirmaydi. Ularning oʻzi tugal ma'noli soʻz hisoblanadi. 🔸Some of you must look after the children. (Sizlardan birortangiz bolalarga qarab turishingiz kerak...somebody of you emas.) 🔸Does any of you speak Spanish? (Sizlardan birortangiz ispancha bilasizmi?...anybody of you emas.) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 5 июл.2 9761023

    📖Dars #126 Some va any so'zlarining qo'llanishi I qism ✳️ some - biroz ma'nosida sanalmaydigan (Uncountable) , bir qancha ma'nosida sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan darak gaplarda keladi. 🔸There is some milk in the fridge. 🔸I met some interesting people at the party last night. ✳️ any - hech qancha ma'nosida inkor gaplarda, biroz, birqancha ma'nosida esa soʻroq gaplarda sanaladigan ko'plikdagi va sanalmaydigan otlar oldidan qoʻllaniladi. 🔸I haven't got any stamps. 🔸Have you got any money on you? 🔸We haven't any milk at home, you should buy some. ✳️Mazkur so'zlarga taalluqli qo'shimcha qoidalar: 1️⃣ If qatnashgan shartli gaplarda any va undan yasalgan soʻzlar (anything/anybody...) ishtirok etadi. 🔸If you have any problems, you can discuss them with your group leaders. (Agar sizning biror muammoingiz boʻlsa, uni guruh rahbarlaringiz bilan muhokama qilishingiz mumkin) 🔸If you see anyone, tell them that Tom has arrived. 2️⃣ Iltimos va taklif ma'nosidagi soʻroq gaplarda esa some qoʻllaniladi. Bu vaziyatda soʻroq gapdagi taklif va iltimos ohangini oddiy soʻroq gapdagi soʻrash ohangidan farqlay bilish lozim. 🔸Have you got any money? (Puling bormi?...oddiy soʻroq gap) 🔸Can you lend me some money? (Menga biroz pul qarzga berolmaysanmi?...iltimos) 🔸Could you post some letters for me? (Men uchun bir necha xatlarni joʻnata olasizmi?... iltimos) 🔸Would you like some coffee? (Kofe ichasizmi?...taklif) 🔸Can you give me some information about the hotels in Khiva? 3️⃣ Savol berayotganda ijobiy (yes) javobi kutilganda ham soʻroq gaplarda some va undan yasalgan so'zlar (something/somebody...) soʻzlari qoʻllaniladi. 🔸Tom is on his hands and knees and looking for something under the table. You ask him: Why are you under the table? Have you lost something? (Nimaga stol tagidasan? Biror narsa yoʻqotib qoʻydingmi?...Uning javobi ha boʻlishini kutib, shu savolni beramiz.) 4️⃣ any xohlagan, xohlagan bir degan ma'noda birlikdagi otlar bilan darak gaplarda qoʻllaniladi. 🔸I am free all day. Come any time you like. (Men kuni bilan boʻshman. Xohlagan paytingiz kelavering) 🔸You can buy these maps at any petrol station. They all have them. (Siz bu xaritalarni xohlagan AYOQSHdan sotib olishingiz mumkin. Ularning hammasida bor) 5️⃣ some soʻzi ba'zi degan ma'noda hamma turdagi gaplarda, shu jumladan, inkor gaplarda ham qoʻllanishi mumkin. 🔸Some people don't like flying. (Ba'zi odamlar samolyotda uchishni yoqtirishmaydi) 6️⃣ some + son birikmasida taxminan degan ma'noda ham qoʻllaniladi. 🔸There were some fifty people at the party. (Ziyofatda taxminan 50 tacha odam bor edi) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 28 июн.3 11049

    📖Dars #125 Reflexive pronouns (o'zlik olmoshlari) II qism ✳️ by + oʻzlik olmoshi - yolg' iz, hech kimning yordamisiz ma'nosida qoʻllaniladigan birikma hisoblanadi. Bu birikma ish-harakat gap egasining yolg'iz oʻzi tomonidan bajarilishini bildiradi. 🔸He was sitting by himself. (U yolg'iz oʻzi oʻtirardi) 🔸Did you go to the cinema by yourself? (Kinoga yolg'iz oʻzing bordingmi?) 🔸She lives by herself. (U yolg'iz oʻzi yashaydi...alone) 🔸Jimmy tied his shoelaces all by himself. (Jimmi tuflisining bog'ichini oʻzi bog'ladi...without help) ✳️ Oʻzlik olmoshlarini birgalik olmoshlaridan (reciprocal pronouns) - each other, one another lardan farq qila olish lozim. Masalan: 🔸Tom and Ann stood in front of the mirror and looked at themselves. (Tom va Anna oyna oldida turishdi va oʻzlariga qarashdi) 🔸Tom and Ann looked at each other. (Tom va Anna bir-birlariga qarashdi) ✳️ each other - bir-birini/bir-biriga... ( ikkita shaxs yoki predmet uchun), one another - bir-birini/bir-biriga... ( ikkidan ortiq shaxs yoki predmet uchun) 🔸Tom and Ann love each other. 🔸These three boys help one another. ✳️ Oʻzlik olmoshlari gapda ta'kidlash, ma'no kuchaytirish uchun ham qoʻllanishi mumkin. Bunday holatlarda oʻzlik olmoshlari ot yoki olmoshdan keyin yoki gap oxirida keladi. 🔸You yourself saw what happened. (Siz oʻzingiz nima boʻlganini koʻrdingiz) 🔸You saw what happened yourself. (Siz nima boʻlganini oʻzingiz koʻrdingiz) 🔸The film itself wasn't very good but the music was great. (Kinoning oʻzi yaxshi emas edi, ammo musiqasi zoʻr edi) ✳️Oʻzlik olmoshlari ko’makchilardan (predlogdan) keyin ham qoʻllanilishi mumkin. 🔸Look after yourself. 🔸Take care of yourself. (Ehtiyot boʻling) 🔸I am angry with myself. ⚠️Oʻzlik olmoshlari har doim oʻzi ishora qilayotgan otga /olmoshga mos boʻlishi lozim. Oldingi darsdagi diligence, kindness, goodness... so'zlari bilan ishlatilishi holatlari bundan istisno 🔸We enjoyed ourselves very much at the party. (we - ourselves) 🔸Sarah lives by herself. (she - herself) ⚠️Quyidagi gapga e'tibor bering, bunday hollarda oʻzlik olmoshi qoʻllanilmaydi. 🔸Have you got any money on you? (Sizda biroz pul bormi?) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 24 июн.3 04049

    📖Dars #124 Reflexive pronouns (o'zlik olmoshlari) I qism ✳️ Ingliz tilida ish-harakat bajaruvchisi va toʻldiruvchisi bir shaxs yoki predmet boʻlmaydi, ya'ni ish-harakat boshqa birovga oʻtadi. 🔸Tom is talking to Ann. (Tom Anna bilan gaplashyapti) 🔸Tom is talking to her. (Tom u bilan gaplashyapti) ✳️ Oʻzlik olmoshlari esa ish-harakat bajaruvchisi va ish-harakat qaratilgan shaxsni bitta shaxs sifatida bera oladi, ya'ni ish-harakat hech kimga oʻtmaydi va shaxsning oʻziga qaytadi. 🔸Tom is talking to himself. (Tom oʻzi bilan gaplashyapti) 🔸I am angry with myself. (Mening oʻzimdan jahlim chiqyapti) ✳️ Ingliz tilida o'zlik olmoshlari quyidagilardir: ✅myself - o'zimni, o'zimga, o'zimdan... ✅yourself - o'zingizni, o'zingizga, o'zingizdan... ✅yourselves - o'zlaringizni, o'zlaringizga, o'zlaringizdan... ✅ourselves - o'zimizni, o'zimizga, o'zimizdan... ✅himself - o'zini, o'ziga, o'zidan... ✅herself - o'zini, o'ziga, o'zidan... ✅itself -o'zini, o'ziga, o'zidan... ✅themselves - o'zlarini, o'zlariga, o'zlaridan... ✳️ Bundan tashqari umumiy shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan oneself/oneselves olmoshlari mavjud. 🔸Some things one must do oneself. (Ba'zi ishlarni insonning o'zi bajarishi kerak) ✳️Ingliz tilida oʻzlik olmoshi bilan qoʻllanishi shart boʻlgan fe'llar juda kam. ✅ absent oneself - yoʻq boʻlmoq ✅ pride oneself on - faxrlanmoq ✅ pull oneself together - oʻziga kelmoq ✅ avail oneself - foydalanmoq ✅ familiarise oneself - tanishib olmoq, o'rganmoq 🔸Monica absented herself from work. 🔸Jim prides himself on his cooking. ✳️ Oʻzlik olmoshlari quyidagi fe'llar bilan qoʻllanishi koʻp kuzatiladi: ✅ amuse - hursand qilmoq, dam olmoq ✅ enjoy - zavqlanmoq ✅ blame - ayblamoq ✅ cut - kesmoq ✅ dry - artinmoq ✅ hurt - jarohatlamoq ✅ introduce - tanishtirmoq 🔸I have cut myself with a knife. (Men qo'limni kesib oldim) 🔸We enjoyed ourselves very much at the party. 🔸I dried myself. (Men artindim) 💡 help yourself /yourselves iborasi oʻzbek tiliga 'oling, tortinmang' degan ma'nolarda taomga undash, taklif qilish uchun qoʻllaniladi. 🔸If you want more to eat, help yourselves. (Yana yeyishni xohlasangiz, tortinmay olaveringlar) ⚠️bring sth with/take sth with iboralari oʻzbek tiliga oʻzi bilan olib kelmoq/olib ketmoq ma'nosini bersada, ingliz tilida oʻzlik olmoshi bilan emas, toʻldiruvchi olmoshlar bilan qoʻllaniladi. 🔸I didn't take an umbrella with me. 🔸Bring the dictionary with you. ✳️ Quyidagi fe'llarda ish-harakat bajaruvchisi va ish-harakat qaratilgan shaxs bir shaxs boʻlsa ham oʻzlik olmoshi ishlatilmaydi. ✅ shave - soqol olmoq ✅ dress - kiyinmoq ✅ wash - yuvinmoq ✅ relax - hordiq chiqarmoq ✅ feel - his qilmoq ✅ concentrate - fikrini jamlamoq ✅ meet - uchrashmoq 🔸I washed, shaved and dressed. (Men yuvindim, soqolimni oldim va kiyindim) 🔸Don't strain youself. Just relax. (Oʻzingizni urintirmang. Oʻzingizni boʻsh tuting) 🔸Please be quiet. I am trying to concentrate. (Iltimos jim boʻling. Men fikrimni jamlashga harakat qilayapman) ⚠️ feel fe’li ba’zan oʻzlik olmoshi bilan ishlatilishi mumkin 🔸I felt myself blush. ✳️ Adabiy ingliz tilida goodness/kindness/diligence/courtesy etc soʻzlari itself oʻzlik olmoshi bilan insonlarga nisbatan ham qoʻllanishi mumkin. 🔸He is diligence itself. ( U juda mehnatkash) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 22 июн.2 598520

    📖Dars #123 Possessive adjectives and possessive pronouns ✳️Ingliz tilida -ning qoʻshimchali olmoshlar (my, your ...) egalik sifatlari va -niki qoʻshimchali olmoshlar (mine, yours ...) egalik olmoshlari sifatida qabul qilingan. Bunga sabab -ning qo'shimchali olmoshlar (my car) otning oldidan uning kimga tegishliligini bildirib keladi, to'liq otning o'rnini almashtira olmaydi. -niki qo'shimchali olmoshlar esa to'liq otning o'rnini almashtirib kela oladi. ✳️-ning qoʻshimchali olmoshlar aniqlovchi vazifasida kelib, oʻzlaridan keyin ot talab qiladi. ✅ my - mening ✅ your - sizning, sizlarning ✅ our - bizning ✅ their - ularning ✅ his - uning ✅ her - uning ✅ its - uning 🔸your bicycle - sizning velosipedingiz 🔸my car - mening avtomobilim 🔸their decision - ularning qarori 🔸her haircut - uning soch turmagi 🔸My car is much more expensive than Tom's. 🔸Jane has just had her hair cut. 🔸Their decision to move was made immediately after the floods. ✳️ Ingliz tilida inson tana a’zolari va kiyimlar uchun odatda possessive adjective ishlatiladi. 🔸Lucy twisted her ankle. 🔸He put on his jacket and his hat and left. ⚠️Lekin ingliz tilida hit, punch, slap, bite, touch, pat, sting kabi fe’llar bilan tana a’zolariga biror narsa sodir bo’lsa (odatda og’riqli), ko’makchili birikmalarda aniq artikl ishlatiladi. 🔸She patted him on the shoulder. 🔸He has got a pain in the chest. ✳️-niki qoʻshimchali olmoshlar oʻzlaridan keyin ot talab qilmaydi va ma'lum boʻlgan otni qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi. ✅ mine - meniki ✅ yours - sizniki ✅ ours - bizniki ✅ theirs - ularniki ✅ his - uniki ✅ hers - uniki 🔸This is your towel. Mine is over there. (Bu sizning sochig'ingiz. Meniki ana u yerda) 🔸Their flat and our flat may seem to be the same but theirs is different from ours. (Ularning kvartirasi bizning kvartira bilan bir xil ko'rinishi mumkin, lekin ularniki biznikidan farq qiladi) ⚠️ Egalik sifatlari artikl bilan qoʻllanilmaydi: 🔸Her eldest son is a doctor. ✳️own - oʻz soʻzi egalik sifatlari bilan qoʻllanilib, uni qoʻllashning ikki yoʻli bor. 1️⃣ I have my own room. (Mening oʻz xonam bor) 2️⃣ I have a room of my own. (Mening oʻz xonam bor) 🔸Frank has started his own business. (Frenk oʻzining biznesini boshladi) ✳️On my own/on his own/on her own etc. - yolg'iz, bir o'zi degan ma'noda qoʻllaniladigan birikma hisoblanadi. Bu birikma ish-harakat bajaruvchisi yoki bajaruvchilari tomonidan yolg'iz (bir oʻz(lar)i tomonidan) bajarilishini bildiradi. 🔸I went to the cinema on my own yesterday. (Men kecha kinoga bir o'zim bordim) 🔸I enjoy being on my own. (Men yolg'iz boʻlishdan zavqlanaman) 🔸A lady was sitting in the corner on her own. (Bir ayol burchakda yo’lg’iz oʻtirgan edi) ⚠️ Egalik olmoshlari ingliz tilida yana boshqa holatlarda ham qoʻllaniladi. 🔸Masalan: He is your friend gapini of qatnashgan birikma bilan 🔸He is a friend of yours sifatida berish mumkin. ⚠️Demak, bu qurilmada of soʻzidan keyin egalik olmoshlari qatnashishi lozim. 🔸Yesterday I met a relative of yours/hers/ours/theirs. ⚠️Agar yuqoridagi holatda egalik olmoshi emas, boshqa otlar (odatda atoqli ot) keladigan boʻlsa, ular bilan apostrof qoʻllanishi lozim. 🔸He is a friend of Tom's. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 16 июн.2 676316

    📖Dars #122 Personal pronouns as objects ✳️ Grammatikaga oid darsliklarda kishilik olmoshlari to'ldiruvchi sifatida ishlatilsa-da, ular personal pronoun hisoblanishi keltirilgan. Shuning uchun mavzu nomi ham aynan shunday nomlandi. ✳️ Ingliz tilida quyidagi to'ldiruvchi sifatida qo'llaniladigan kishilik olmoshlari mavjud: ✅ me - meni, menga, mendan ... ✅ you - sizni, sizga, sizdan ... ✅ us - bizni, bizga, bizdan ... ✅ them - ularni, ularga, ulardan ... ✅ him - uni, unga, undan ...(erkak) ✅ her - uni, unga, undan ....(ayol) ✅ it - uni, unga, undan ...(predmet) ✳️ Bu olmoshlar fe'ldan keyin uning toʻldiruvchisi boʻlib keladi va olmoshlar gapda fe'lda ifodalangan ish-harakat yoʻnaltirilgan predmetni bildiradi: 🔸Henry is very selfish . We don't like him. (Henri juda xudbin. Biz uni (him) yoqtirmaymiz.) 🔸They were discussing the problem with us. (biz bilan) 🔸Where is Helen? Have you seen her? (uni) ✳️Bu olmoshlar koʻmakchi (with/about/from/to/beside/between/for) lardan keyin keladi, bu koʻmakchilar fe'ldan keyin yoki boshqa soʻz turkumlari (sifat, ot) keyin ham kelgan boʻlishi mumkin. 🔸Just between you and me. I don't like his car. 🔸Tom was angry with me. ⚠️ Olmoshlar boʻyicha test qilinganida ularning gapda boshqa soʻz turkumlarini oʻrnini bosa olishi xususiyati soʻraladi . Masalan: ▪️Choose the correct answer. 🔸The colonel greeted the soldiers. (Polkovnik askarlar bilan salomlashdi) A) He/it❌ B) He/them✅ C) She/them❌ D) It/them❌ 💡 The colonel - polkovnik, he olmoshiga toʻg'ri keladi, the soldiers - askarlar, toʻldiruvchi, them olmoshiga toʻg'ri keladi. ▪️Choose the correct answer. 🔸Tom and I are close friends. Tom lives near the station. A) We/he/it✅ B) We/it/it❌ C) He/I/he/it❌ D) We/he/them❌ ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 15 июн.2 61413

    📖Dars #121 Introduction to Pronouns - Personal pronouns ✳️ Ingliz tilida ham oʻzbek tilidagi kabi olmosh soʻz turkumi mavjud boʻlib, ular boshqa soʻz turkumlari oʻrnida ularni almashtirib keladigan soʻzlardir. Shuning uchun ham bu so'z turkumi nomi 'almash' so'zidan kelib chiqqan. ✳️ Olmoshlarning asosiy turlari darslarda o'rganamiz. Bugun Personal pronouns (Kishilik olmoshlari) haqidagi ma'lumotlarni o'rganamiz. Ingliz tilida hozirgi kunda quyidagi kishilik olmoshlari mavjud. ✅ I - men ✅ You - siz, sizlar ✅ We - biz ✅ They - ular ✅ He - u (erkaklar uchun) ✅ She - u (ayollar uchun) ✅ It - u (jonsiz predmet yoki hayvonlar uchun) ✳️ Bu olmoshlar gapda ega boʻlib qatnashadi va ish-harakatning bajaruvchisi hisoblanadi. Gap boshida hamma olmoshlar katta harf bilan yoziladi. Gap oʻrtasida esa I olmoshidan tashqari hamma olmoshlar kichik harf bilan yoziladi. 🔸 They are going on holiday next week, but we are staying at home. 🔸She was worried about Tom. He might have got lost. 🔸The dog is barking. It is very aggressive. ⚠️ she olmoshi davlat va kemalar (mashina) uchun qoʻllanishi mumkin. 🔸Now Britain needs new leadership if she is to play a significant role shaping Europe's future development. 🔸The ship's struck a rock. She is sinking! ⚠️ Ba'zan insonlar orasida uy hayvonlariga nisbatan he/she olmoshini ishlatilishi ham kuzatiladi. Mazkur holat majoziy obrazlar ishlatilgan ertak va hikoyalarda barcha hayvonlarga ham ishlatilishi mumkin. 🔸Look at the cat! She is drinking the milk. 🔸Once upon a time, there was a rabbit called Joe. He lived in a forest. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 15 июн.2 40726

    Hurmatli kanal a'zolari! Ingliz tili grammatikasi bo'yicha advanced darajaga chiqmoqchi bo'lganlar uchun maxsus tayyor kurs mavjud. ✅ Kurs Destination C1&C2 bo'yicha tuzilgan; ✅ Kitobdagi 26 ta unit bo'yicha 13 Grammar+13 Lexical Resource darslari mavjud; ✅ Har bir darsdan keyin advanced level testlar berilgan va ularning tahlillari ham keltirilgan. ( kitobdagi mashqlarni ishlovchilar uchun unit mashqlari yechimlari tahlil qilingan va tushuntirib berilgan) ✅ Demo dars: https://t.me/grammarnotesshop/376 📊 Kurs formati: maxsus Telegram kanalida olib boriladi (Slayd+Audio) 💳 Kurs to'lovi: bir martalik 150 ming so'm. 👉 Murojaat uchun: @kh_atajanov

  • 12 июн.2 59978

    📖Dars #120 Ingliz tilida qo'shma otlar (compound nouns) II 1️⃣ Ba'zi qo'shma otlar fe'l+ko'makchi yoki fe'l+ravish qurilmasiga ega bo'lishi mumkin. Qiyoslang: 🔸Mansen broke out of the prison by dressing as a woman. (fe'l ibora - qochdi) 🔸There was a major break-out from the prison last night. (fe'l+ko'makchidan iborat qo'shma ot - qochish) ⚠️ Yuqoridagi shakl bilan yasalgan qo'shma otlarda ko'plik shakl ko'makchilarga -s qo'shimchasini qo'shish bilan yasaladi. 🔸 read-out(s) 🔸push-up(s) 🔸intake(s) 🔸outcome(s) ⚠️Istisnolar: looker(s)-on yoki onlooker(s), runner(s)-up, passer(s)-by, hanger(s)-on ⚠️Bundan tashqari otlar oldidan chiziqcha bilan ishlatilgan otlar ishlatilib, ularning belgisini bildirib kelishi mumkin. 🔸a state-of-art (very modern) tablet PC 🔸up-to-date information 2️⃣ Ko'pchilik noun+noun shaklidagi qo'shma otlarda urg'u birinchi otga tushadi. 🔸a 'bycicle factory 🔸a 'fruit drink 🔸'ski boots 🔸'coffee beans ⚠️Istisnolar: a garden 'chair, a fruit 'pie ⚠️ Ba'zan bir xil shakldagi birikmalarda urg'uning qaysi so'zga tushishi uning ma'nosini o'zgartiradi. 🔸a 'French teacher - noun+noun, fransuz tili o'qituvchisi 🔸a French 'teacher - adjective+noun, fransiyalik o'qituvchi 3️⃣ Ko'pchilik noun+noun birikmalari otning nimadan yasalganligini ham bildirib keladi. 🔸a silk dress 🔸a stone bridge 🔸a iron rod 🔸a gold ring ⚠️ Ingliz tilida bir-biriga o'xshash so'zlar, masalan gold (ot) va golden (sifat) so'zlari otlar oldidan kelganda turli ma'no beradi. Bunday birikmalarda ot (gold) narsa-buyum nimadan yasalganligini bildirsa, sifat (golden) ko'pincha metafora sifatida ishlatiladi. Qiyoslang: 🔸 a gold watch (tilla soat) - golden memories (yorqin xotiralar) 🔸silk stockings (ipak paypoqlar) - silken skin (mayin teri) 🔸a lead pipe (qo'rg'oshin quvur) - leaden sky (kulrang, yoqimsiz osmon) 🔸a stone roof (toshdan qilingan tom) - stony silence (toshdek sokinlik) ⚠️Istisnolar: woollen/wooden so'zlari jun/yog'ochdan yasalganlikni bildirib keladi. 4️⃣ noun+noun birikmalari ingliz tilida o'lchov, miqdorni bildirishda ham qo'llaniladi. Bunday holatda ularning orasida (birinchi ot odatda son bo'ladi) chiziqcha (hyphen) (-) qo'yiladi va birinchi ot birlikda yoziladi. 🔸a five-litre can - besh litrlik idish 🔸a ten-pound note - o'n funtlik banknota 🔸a three-mile walk - uch milyalik yo'l 🔸a five-day course - besh kunlik kurs ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 8 июн.2 824611

    📖Dars #119 Ingliz tilida qo'shma otlar (compound nouns) I 1️⃣ Ingliz tilida qo'shma otlar 'noun+noun' birikmasidan tashkil topadi. Mazkur holatda birinchi ot ikkinchi otning belgisini bildirishga xizmat qiladi, ya'ni sifatga o'xshab ishlatiladi. Qo'shma otdagi ikkinchi ot umumiyroq ma'noda ishlatiladi, birinchi ot esa uning qaysi tasnifga kirishini ko'rsatadi. 🔸 milk chocolate - (sutli shokolad, shokolad turi) 🔸 chocolate milk - (shokoladli sut, sut turi) 🔸 a horse race - (ot poygasi - poyga turi) 🔸 a race horse - (poyga oti - ot turi) 2️⃣ Bunday holatlarda birinchi ot odatda birlikda qo'llaniladi. 🔸an address book (a book for addresses, not an addresses book) 🔸a shoe shop (poyabzal do'koni) 🔸a glass case (shisha idish) 🔸an art festival (tasviriy san'at festival=painting, drawing, sculpture) ⚠️ Yuqoridagi qoidaga istisno holatlari ham mavjud: 🔸a savings account (omonat hisobvarag'i) 🔸a customs officer (bojxona xodimi) 🔸a clothes shop (kiyim-kechaklar do'koni) 🔸the arms trade (arms=qurollar degan ma'noda) 🔸a glasses case (glasses - ko'zoynak degan ma'noda) 🔸an arts festival (san'at festivali=music, drama, film, dance, painting etc.) 🔸the building materials industry (qurilish materiallari sanoati) 🔸the publications department (nashrlar bo'limi) 3️⃣ Qo'shma otlarning ko'plik shakli ikkinchi otni ko'plik shakliga aylantirish orqali yasaladi. 🔸coal mine - coal mines 🔸office worker - office workers 🔸tea leaf - tea leaves 4️⃣ Ba'zan 'noun+noun' qurilmasidagi qo'shma otlarni yasashda mujmallik va g'alizliklar kelib chiqishi mumkin. Ushbu holatlarda 'noun+'s+noun' yoki 'noun+of+noun' qurilmalari ishlatiladi. ➖ agar birinchi otdagi shaxs yoki hayvon ikkinchi otning foydalanuvchisi bo'lsa: 🔸a baby's bedroom 🔸a lion's den 🔸a women's clinic 🔸a girls' school 🔸a birds' nest ➖ agar ikkinchi ot birinchi ot tomonidan ishlab chiqariladigan bo'lsa: 🔸 goat's cheese 🔸duck's eggs 🔸cow's milk ⚠️ Istisnolar: lamb chops, chicken drumsticks ➖ agar ikkinchi ot birinchi otning qismini birdirsa (shaxs yoki hayvonlarda) 🔸 a woman's face 🔸 a boy's arm ⚠️Istisnolar: a pen top, a computer keyboard 5️⃣ noun+preposition+noun' qurilmalari afzal ko'riladiga holatlar: ➖agar ichidagi narsa bilan uning idishi nazarda tutilgan bo'lsa; 🔸 a cup of tea - bir finjon choy ( lekin a tea cup-choy finjoni) 🔸a box of matches - bir quti gugurt ( lekin a matchbox- gugurt qutisi) ➖agar hamma ma'lum bo'lgan umumiy tur nazarda tutilmagan bo'lsa; 🔸income tax - daromad solig'i (umumiy soliq turi) lekin 🔸a tax on children's clothes (maxsus soliq turi) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 6 июн.2 42258

    📖Dars #118 Artikl qo'llashning aralash holatlari (III qism) ✳️ Ingliz tilida artikl ishlatishining aralash holatlarini o'rganishda davom etamiz. 1️⃣ Shaxs nomlari oldidan artikl qoʻllanilmasligini avvalgi darslardan bilamiz: 🔸 I'm ✖️Bond, ✖️James Bond. ⚠️ Ammo nazarda tutilayotgan shaxs bizga va tinglovchiga notanish ekanligini bildirmoqchi boʻlsak, shaxs nomlari oldidan noaniq artikl qoʻllanishi mumkin. 🔸 A Mr Brown is at the door. (Mr Brown ismli shaxs) ⚠️Shuningdek, shaxs nomlari mualliflikni bildirib, shu san’atkorga yoki yozuvchiga oid asarni bildirish uchun qoʻllanilganda birlikda noaniq artikl qoʻllaniladi. 🔸 I'm fond of painting, especially landscapes. A Levitan picture is hanging in my living-room.(Levitan qalamiga mansub) ⚠️ Agar bir nechta bir xil ismli shaxs mavjud boʻlib, ular orasidan bittasini ajratib koʻrsatmoqchi boʻlsak, shaxs nomlari oldidan aniq artikl qoʻllanishi mumkin. 🔸 The Mr. Brown who lives next door is very friendly. 2️⃣ Hafta kunlari va oy nomlari oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi. 🔸 I'll see you on ✖️Saturday. ⚠️ Ammo haftaning aniq kunini aytmoqchi boʻlsak, ular oldidan aniq artikl qoʻllanishi mumkin. Bunda aniqlovchi gap yoki birikma mavjud bo'ladi. 🔸 They arrived on the Saturday after my birthday party. 3️⃣ Tartib sonlar oldidan aniq artikl qoʻllanilishini bilamiz. 🔸 It is the third time Ann has been late this week. 🔸 She was the first person to know about it. ⚠️ Ammo tartib sonlari 'yana (bir)' degan ma'noda noaniq artikl bilan qoʻllaniladi 🔸 A third man entered the room. (Uchinchi (yana bir) odam xonaga kirdi) ⚠️ a first night - premera, a first prize - birinchi o'ringa mukofot iboralari ham noaniq artikl bilan qoʻllanadi. ⚠️ Ravish boʻlib kelgan first/at first iboralarida artikl qo'llanilmaydi. 🔸 ✖️First, you must shake the bottle well, then drink the water. 4️⃣ next soʻzi kelajak zamon payt ravishini bildiradigan birikmalarda artiklsiz qoʻllaniladi. 🔸 He is going to learn French ✖️next year. ⚠️ next soʻzi oʻtgan zamon payt ravishini bildiradigan birikmalar yoki ot bilan 'keyingi' degan ma'noda qoʻllanilganda har doim aniq artikl bilan qoʻllaniladi. 🔸 He suddenly arrived the next morning. 🔸 When is the next bus? 5️⃣ Undalmalarda nutq qaratilgan ot oldidan artikl qoʻllanilmaydi. 🔸 ✖️Students, hand in your tests! ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 3 июн.2 780415

    📖 Dars #117 Artikl qo'llashning aralash holatlari (II qism) ✳️ Ingliz tilida ba'zi so'zlar bilan artikl qo'llashning har xil qoidalari mavjud, bu ularning qaysi ma'noda yoki qanday so'z bilan qo'llanayotganiga bog'liq. 1️⃣ very - juda soʻzi sifat bilan birlikdagi ot oldidan kelganida uning oldidan noaniq artikl qoʻllaniladi. Bu yerda very daraja-miqdor ravishi hisoblanadi. 🔸Bill has bought a very expensive car. ⚠️very - naq, ayni, aynan oʻzi degan ma'nolarida kelganida aniq artikl bilan qoʻllaniladi. Bunday holatlarda very sifat so'z turkumi hisoblanadi va o'zidan keyin ot talab qiladi. 🔸You are the very person I need. 2️⃣ most - eng degan ma'noda sifatning orttirma darajasini hosil qilganda aniq artikl bilan qoʻllaniladi. 🔸That was the most boring film I've ever seen. ⚠️most soʻzi ba'zan juda (very) degan ma'noda ham keladi. Bunday hollarda birlikdagi otlar oldidan og'zaki nutqda noaniq artikl bilan qoʻllanishi mumkin. 🔸It was a most interesting story. ⚠️ most soʻzi koʻpchilik degan ma'noda ham keladi, bunday holatlarda bu soʻz umumiy ma'noda hech qanday artiklsiz qoʻllaniladi. 🔸✖️Most people learn to swim at an early age. 3️⃣ Ovqatlanish paytlarini bildiruvchi dinner/lunch/breakfast/supper soʻzlari bilan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi. 🔸Tom has invited me to ✖️dinner on Thusday. ⚠️ Ammo, yuqoridagi soʻzlar oldidan sifat qatnashib, tasvirlash qoidasi qo'llanilsa noaniq artikl qoʻllaniladi. 🔸They had a nice dinner at the Red Lion. 🔸I usually have a big breakfast. ⚠️ Yuqoridagi soʻzlar bilan aniqlovchi ibora yoki gap qatnashgan hollarda ular oldidan aniq artikl qoʻllaniladi. 🔸The dinner we had yesterday was great. (we had yesterday - aniqlovchi gap) 4️⃣ Kun paytlarini bildiruvchi dawn/sunrise/sunset/dusk/midnight/night soʻzlari at predlogi bilan qoʻllanilganda hech qanday artikl qo'llanilmaydi. ✅ at dawn - erta tongda ✅ at sunrise - kun chiqqanda ✅ at noon - tushlikda ✅ at sunset - kun botganda ✅ at night - tunda ⚠️ morning/afternoon/evening/night soʻzlari in predlogi bilan qoʻllanilganda odatda aniq artikl bilan qoʻllaniladi. ✅ in the morning - ertalab ✅ in the afternoon - tush paytda ✅ in the evening - kechqurun ✅ in the night (during the night) - tunda, tun davomida ⚠️ Yuqoridagi soʻzlardan oldin sifat va on predlogi kelganda, ular oldidan birlikda noaniq artikl qoʻllanishi mumkin. ✅ on a rainy morning - yomg'irli tongda ✅ on a rainy night - yomg'irli tunda 5️⃣ Fasllar umumiy ma'noda qoʻllanilganda ular oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmagani ma'qul. 🔸Birds migrate in ✖️autumn and in ✖️spring. ⚠️Agar joriy yilning yoki biror bir aniq yilning bahori/yozi/kuzi/qishi nazarda tutilgan hollarda fasllar nomlari oldidan aniq artikl qoʻllanadi. 🔸The winter was cold this year. 🔸I am going to have a long holiday in the summer. (this summer) ⚠️ Agar fasllar oldida sifat qatnashgan boʻlsa, birlikda noaniq artikl qoʻllaniladi. 🔸It was a cold winter. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 31 мая2 837616

    📖Dars #116 Artikl qo'llashning aralash holatlari (I qism) ✳️ Ingliz tilida ba'zi so'zlar bilan artikl qo'llashning har xil qoidalari mavjud, bu ularning qaysi ma'noda yoki vazifada qo'llanayotganiga bog'liq. 1️⃣Ingliz tilidagi quyidagi soʻzlar oʻz vazifasidan kelib chiqib qoʻllanilganda hech qanday artikl qoʻllanilmasligi lozim. ✅ university - universitet ✅ college - kollej ✅ school - maktab ✅ prison - turma ✅ hospital - kasalxona ✅ church - cherkov ✅ court - sud ✳️Masalan, quyidagi iboralarda bu soʻzlar oʻz vazifadan kelib chiqib qoʻllangan: ▪️go to ✖️school/✖️university/✖️college - maktab/universitet/kollejga oʻqishga bormoq ▪️be at ✖️school/✖️university/✖️college - maktab/universitet/kollejda oʻqishda boʻlmoq ▪️be in ✖️prison/be sent to ✖️prison - jinoyat qilganlik uchun qamoqda boʻlmoq/qamoqqa yuborilmoq ▪️go to ✖️church - ibodat uchun cherkovga bormoq va hakozolar. 🔸 Bill is ill in ✖️hospital. 🔸When I leave ✖️school, I want to study engineering at ✖️university. ⚠️ Yuqoridagi soʻzlar oʻz vazifasida emas, bino yoki joy sifatida qoʻllanilganda artiklning umumiy qoidasi qoʻllaniladi. 🔸Excuse me, how can I get to the university? (shahardagi universitet binosi) 🔸Sarah is a nurse. She works at the hospital. (kasalxona uning ish joyi) 🔸The workmen went to the church to repair the roof. (shahardagi cherkov binosi) 2️⃣ work -ish, home - uy, bed - yotoq soʻzlari ham odatiy, oʻz ma'nosida qoʻllanilganda artikl olmaydi. Quyidagi iboralarni yodlab oling: ✅ be at work ✅ start work ✅ finish work ✅ go to work ✅ be at home ✅ come home ✅ arrive home ✅ get home ✅ go to bed ✅ in bed 🔸I like reading books in ✖️bed. 🔸Is Tom at ✖️home? No, he is at ✖️work. ⚠️Yuqoridagi soʻzlardan bed soʻzi krovat (jihoz) sifatida tushunilganda, artiklning umumiy qoidasiga binoan qoʻllaniladi . 🔸 I enjoy sleeping on a soft bed. (tasvirlash qoidasi) 🔸He sat on the bed and began his story. (xonadagi aniq krovat) 3️⃣ Musiqa instrumentlari nomlari oldidan, agar ular oʻz vazifasida qoʻllanilganda, aniq artikl qoʻllaniladi. ▪️the piano/the guitar/the flute/the trumpet 🔸 Can you play the piano? 4️⃣ Axborot manbasi sifatida radio, Internet soʻzlari aniq artikl, television (TV) soʻzi hech qanday artiklsiz qoʻllaniladi. ✅ to listen to the radio - radio tinglamoq ✅ on the radio/Internet - radioda/Internetda ✅ to watch TV - televizor koʻrmoq ✅ on TV - televizorda 🔸I enjoy listening to the radio in the evenings. 🔸What's on ✖️TV today? ⚠️ Ammo bu otlar jihoz sifatida umumiy qoidaga koʻra qoʻllaniladi. 🔸Can you turn off the TV? (xonadagi televizor jihozi) 5️⃣ Quyidagi soʻzlar the...of+noun birikmalarida aniq artikl bilan qoʻllanadi: ▪️back/beginning/bottom/end/middle/side/top/front 🔸There was a table in the middle of the room. 🔸We are leaving for London at the beginning of July. ⚠️Biroq from ✖️beginning to ✖️end - boshidan oxirigacha, in ✖️front of - oldida iboralari artiklsiz qoʻllanadi. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 26 мая3 106936

    📖Dars #115 Artiklsiz qo'llaniladigan turg'un birikmalar (II qism) ✳️ Quyidagi birikmalar ingliz tilida artiklsiz qo'llaniladi. Ularni bilish testlarni ishlashda juda foydali hisoblanadi. ✅ for hours/ages - soatlab/ koʻp vaqtdan beri ✅ for sale - sotuvda ✅ from head to toe - boshidan oyog’igacha ✅ live from hand to mouth - qiyinchilikda yashamoq ✅ from head to foot - boshidan oyog’igacha ✅ from memory - esdan ✅ at last - nihoyat ✅ from side to side - u yoqdan bu yoqqa ✅ get into trouble - muammoga duch kelmoq ✅ out of mind - esdan chiqqan ✅ beyond understanding - tushunish qiyin ✅ out of sight - koʻzdan yiroqda ✅ hand in hand - qoʻlma qoʻl ✅ have breakfast - nonushtda qilmoq ✅ have lunch - tushlik tanovul qilmoq ✅ have fun - maza qilmoq ✅ in case - har ehtimolga qarshi ✅ in cash - naqd pulda ✅ in connection with - bog’liq ✅ in contact with - aloqada ✅ in detail - atroflicha ✅ in fact - haqiqatda ✅ in search of - qidirib ✅ It’s high time - vaqti boʻldi ✅ it’s fun - maza, zoʻr ✅ lose control - nazorat qoʻldan chiqmoq ✅ on behalf of - nomidan ✅ on foot - piyoda ✅ on fire - yong’inda ✅ at hand - yonida ✅ on holiday - ta’tilda ✅ on business - ish bilan ✅ for pleasure - dam olish uchun ✅ out of breath - halloslab qolgan ✅ out of control - nazoratsiz ✅ pay attention to - e’tibor bermoq ✅ step by step - qadam baqadam ✅ day by day - kundan kunga ✅ take offence - hafa boʻlmoq ✅ take action - chora koʻrmoq ✅ in practice - amalda ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2025 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

  • 23 мая3 171938

    📖Dars #114 Artiklsiz qo'llaniladigan turg'un birikmalar ✳️ Quyidagi birikmalar ingliz tilida artiklsiz qo'llaniladi. Ularni bilish testlarni ishlashda juda foydali hisoblanadi. ✅ arm in arm - qoʻl ushlashib ✅ ask for permission - ruxsat soʻramoq ✅ at first - boshida ✅ at first sight - bir koʻrishda ✅ at peace - tinchlik davrida ✅ in despair - chorasiz ✅ in doubt - shubhada ✅ in trouble - tashvishda ✅ in love with - sevib qolgan ✅ beyond recognition - tanib bo'lmas darajada ✅ by accident - tasodifan ✅ by chance - tasodifan ✅ by heart - yoddan ✅ by mistake - adashib, bilmasdan ✅ do research - izlanish olib bormoq ✅ from morning till night - ertalabdan kechgacha ✅ have difficulty - qiynalmoq ✅ have trouble - muammoga duch kelmoq ✅ in charge of - javobgar, mas'ul ✅ in common - umumiy, birga ✅ in demand - bozori chaqqon ✅ in debt - qarzdor, qarzga botgan ✅ in person - shaxsan ✅ in secret - mahfiy, yashirin ✅ in vain - bekorga ✅ in touch - aloqada ✅ on account of - nomidan ✅ take into account - hisobga olmoq ✅ on horseback - ot ustida ✅ on board - kemada ✅ on deck - bortda ✅ on leave - ta'tilda (mehnat, homiladorlik) ✅ on purpose - ataylab ✅ on sale - sotuvda ✅ on strike - ish tashlashda ✅ out of date - eskirgan ✅ out of doors - tashqarida ✅ out of order - buzilgan ✅ day after day - kundan kunga ✅ take refuge - boshpana so'ramoq ✅ in power - hokimiyatda ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

Grammar Notes — tgindex