Ustozni xotirlab(Shoakbar Shoraxmetov Shorustamovich)
СтатистикаBiznes huquqi va sud himoyasi fakulteti 2-kurs talabasi Gʻapurova Gulsanam Kamoliddin qizi tomonidan yuritiladi. @biography_of_shoraxmetov_bot Foydalanish uchun manba :https://library-tsul.uz/shoraxmetov-shoakbar-ustozni-xotirlab-2009/
- Последний пост
- 6 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
06.06.2026 juda chiroyli sana ekan bugun
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#stipendiyagrant 🏆 SHORAXMETOV SHOAKBAR SHORUSTAMOVICH NOMIDAGI STIPENDIYA TANLOVI 📢Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti talabalari diqqatiga! ➡️Faxriy professorlar nomidagi fakultet stipendiyalari tanlovining navbatdagi bosqichi — TEST SINOVI bo‘lib o‘tadi. 🗓 Sana: 05.06.2026 ⏰ Vaqt: 10:30 📝 Test savollari quyidagi mavzular asosida tuziladi: 👨🏫 Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovichning hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyati, yutuqlari hamda merosi; ⚖️ Fuqarolik protsessual huquqi; ⚖️Iqtisodiy protsessual huquq. ⚡Test sinovida ishtirok etuvchi talabalar belgilangan vaqtdan kechikmagan holda yetib kelishlari so‘raladi. 💠 Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz! ✅Bilimingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
без подписи
Meni heyt yozish niyatim yoʻq mayli omadlaringli bersin lekin odam insofli boʻlish kerak. Alloh peshonaga yozgan boʻlsa qochib qutila olmaysizlar yozmagan boʻlsa yugurib yeta olmaysizlar shunday ekan birovni mexnatini kuydirib pul berib odam koʻpaytirgandan nima foyda halol raqobat qilinglar sizlar yurist boʻp turib halollik bilan adolat bilan raqobat qilmasalaringiz boshqalardan nima kutish mumkin( ushbu akkount egasi pulga nakrutka urdirish uchun toʻlov qilganlar). Eee birodarlarim halollikda gap koʻp
Кун «энагаси» ТДЮУ «Маъмурий ва молия ҳуқуқи» шўъбаси раҳбари Сардорбек Юсупов оралиқ назорати чоғида ҳатто талабаларнинг боласига ҳам энагалик қилмоқда. Болаликка қайтгим келур, Бешикларда ётгим келур, Фан доктори, профессор Устоз меҳрин тотгим келур... @AdolatFarzandi
♾ 77 yillik mazmunli umr yo'li... 1931-yil 26-avgust - 2008-yil 30-may 🗓 30-may - O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yurist, yuridik fanlar doktori, professor Shoakbar Shorustamovich Shoraxmetov vafot etgan kun. Shoakbar Shoraxmetov jonkuyar ustoz, printsipial rahbar, mas'uliyatli xodim, fidoiy inson, mehribon ota kabi eng ulug' fazilatlar sohibi. Ustoz yuridik ta'lim va fanining haqiqiy fidoiysi, ta'lim-tarbiya tizimining jonkuyar namoyondasidirlar. 12 yilga yaqin davlat boshqaruvi, sud va huquqni muhofaza etuvchi organlar tizimida yuqori lavozimlarda, 40 yilga yaqin yuridik ta'lim sohasida o'qituvchi, dotsent, professor, dekan, kafedra mudiri lavozimlarida fidokorona mehnat qildilar. 20 yilga yaqin Oliy sud Ilmiy maslahat kengashi a'zosi, Sudyalar Oliy malaka komissiyasi a'zosi sifatida sud – huquq tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish ishiga o'zlarining munosib hissasini qo'shib kelganlar. Yuridik sohada minglab shogirdlar yetishtirdilar, shu jumladan bir qator fan doktorlari, fan nomzodlari, magistrlarga ilmiy rahbarlik hamda ko'plab tadqiqotchilarga opponentlik qilganlar. Ilm-fan sohasida to'rt yuzga yaqin ilmiy ishlar e'lon qilingan, yirik monografik asarlar nashr etilgan, jumladan “O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga Sharhlar”, “O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual huquqi”, “Fuqarolik ishlari bo'yicha protsessual hujjatlar” kabi o'ndan ortiq darslik va o'quv qo'llanmalari o'zbek, rus, qoraqalpoq tillarida chop etilgan. 👆 Shoakbar Shoraxmetov bizga qoldirgan buyuk meros uzoq yillar davomida respublikamizda fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga solinishida dasturi amal sifatida foydalanilishi ishinchimiz komil. Professor Sh.Shoraxmetov yaratgan ilmiy-ijodiy maktab yillar davomida yanada sayqal topib, yangicha nur va ziyo tarataveradi.
Sertifikatlar tayyor boʻldi kim qayerdan qachon olib keta oladi?
❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi #abituriyent Arizalarni Yagona portal orqali 8-iyunga qadar onlayn yuborish mumkin: 📝 https://my.gov.uz/uz/service/1432 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga har yili 2 mingta qoʻshimcha grant o’rni berilar edi, o’tgan yildan boshlab bu ikki baravar ko’paytirildi va 4 mingta grant o’rni beriladigan bo’ldi. ✅ Talabgorlar quyidagi 6 ta mezondan biriga tushsa, tavsiyanoma beriladi: — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari; — tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; — turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; — nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; — ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; — ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanoma soni cheklanmagan. Mazkur tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi. O’tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o’qishga kira olmagan xotin-qizlar joriy yilda tavsiyanoma olish uchun yana qayta murojaat qilishlari kerak. ‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi. Shuningdek, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak boʻladi. ❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 31-mayga qadar (shu kuni ham) ariza yuborishi kerak. Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin (agar mezonlariga to’g’ri kelsa).
⚖️📢🏆❓ • Yuridik karyerangizning boshlanish nuqtasi — “KAFIL SUG‘URTA GRANTI” 👉 Faqat stipendiya emas — real amaliyot, haqiqiy tajriba, mustahkam CV. Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi va sud himoyasi fakultetining iqtidorli, faol hamda o‘z kelajagini yuridik sohada ko‘rayotgan talabalari uchun “KAFIL SUG‘URTA GRANTI — 2026” tanlovi e’lon qilindi. “KAFIL SUG‘URTA” AJ tomonidan e’lon qilingan mazkur grant talabalarga o‘quv yili davomida stipendiya olish, kompaniyaning yuridik xizmatida amaliyot o‘tash yoki ish o‘rganish, shuningdek, sug‘urta huquqi, shartnomalar, korporativ huquq va nizolar bilan ishlash bo‘yicha real tajriba orttirish imkonini beradi. 🏆 Tanlov g‘oliblari: · o‘quv yili davomida BHMning kamida bir baravari miqdorida stipendiya olish; · “KAFIL SUG‘URTA” AJ yuridik xizmatida amaliyot o‘tash yoki ish o‘rganish; · sug‘urta va korporativ huquq yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; · professional CV uchun muhim yutuq va kelajakdagi ish faoliyati uchun ustunlikka ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. ✅ Tanlovda TDYU Biznes huquqi va sud himoyasi fakultetining 2–3-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. 📆 Grant uchun tanlovda qatnashishni istaganlar quyidagi hujjatlarni 30-mayga qadar tanlov@kafil.uz pochta manziliga yuborishi kerak: — CV yoki talaba haqida ma’lumotnoma; — akademik transkript nusxasi; — tavsiyanoma (ixtiyoriy); — ilmiy maqola, tezis yoki huquqiy tahlillar ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa). 2️⃣ Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: · dastlab hujjatlar saralanadi; · keyingi bosqichda amaliy keys topshiriq hamda og‘zaki suhbat tashkil etiladi. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun @Bizneskaryeramarkazi Telegram kanalida berib boriladi. ⚖️📚🎓🏆❤️ 📊🏆🌟
Hujjat yigʻish boshlanyapti azizlar endi oxirigacha qoʻllab quvvatlangizlar kanal linkini iloji boʻlsa tanishlaringizga yuborib qoʻyizlar
#stipendiyagrant Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari diqqatiga! Faxriy professorlar nomidagi fakultet nomli stipendiyalari uchun qabul boshlanganligi e'lon qilinadi. Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining buyrug'i bilan universitet talabalari uchun yuridik ta’lim va fan sohasi fidoiylari bo‘lgan faxriy professorlar nomiga atab nomli stipendiyalar joriy etilgan. ‼️‼️Hujjatlar joriy yil 25-may sanasiga qadar fakultet dekanatlariga taqdim etiladi. Stipendiyalar fakultetlar kesimida quyidagi tartibda tashkil etiladi: Ommaviy huquq fakulteti talabalari uchun – yuridik fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, davlat arbobi Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich nomidagi stipendiya; Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalari uchun – O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor, “Shuhrat” medali sohibi Abdumajidov G‘afur Abdumajidovich nomidagi stipendiya; Xususiy huquq fakulteti talabalari uchun – yuridik fanlari doktori, professor, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni hamda “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovich nomidagi stipendiya; Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari uchun – O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, “Jasorat” medali sohibi, yuridik fanlar doktori, professor Rahmonqulov Hoji-Akbar Rahmonqulovich nomidagi stipendiya. 👉Stipendiyalar sharti bilan batafsil bu yerda tanishing.👈 Iqtidorli talabalar uchun yana bir imkoniyat! Bizni kuzating: @TDYU_Yoshlarvasport
🎨 "XOTIRA VA KREATIVLIK" — VIZUAL OBRAZLAR TANLOVI! Huquqshunoslik fanlari fidoyisi Shoakbar Shoraxmetov Shorustamovichning ibratli hayot yo‘li va o‘lmas tamoyillarini zamonaviy dizayn tilida aks ettirish vaqti keldi! Biz ustozimizning siymosi va u kishining…
🎙 "QALBLARGA YO‘L": AUDIO-HIKOYaLAR TANLOVI! Insoniyatning eng buyuk mo‘’jizasi — bu uning ovozi va o‘sha ovoz orqali yetkaziladigan his-tuyg‘ularidir. Biz ustozimizga bag‘ishlangan va yuqoridagi manbada keltirilgan maxsus hikoyani eng ta’sirli tarzda ovozlashtirish…
🎙 "QALBLARGA YO‘L": AUDIO-HIKOYaLAR TANLOVI! Insoniyatning eng buyuk mo‘’jizasi — bu uning ovozi va o‘sha ovoz orqali yetkaziladigan his-tuyg‘ularidir. Biz ustozimizga bag‘ishlangan va yuqoridagi manbada keltirilgan maxsus hikoyani eng ta’sirli tarzda ovozlashtirish…