Gulzoda's blog
СтатистикаKopirayter ssenarist sahifasi. Portfoliom: @gulzoda_kopirayter Hozirda eʼtiborim matematikada ✉️ @Gulzodas_assistent
- Последний пост
- 19 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Chess.com'da kimlar bor?
Noutbukga telegramni ulasa faqat 1 ta akkaunt ulasa bo'ladimi? Boshqa akkaunt ulab bo'lmaydimi?
Oʻchirib yuborgim kelyapti bu kanalni
Alloh menga sumalak berdi 😊❤️ Boshqa bir joyda uyimdan bir necha 100 lab km naridan menga sumalak bergan Allohimga shukr. Men yeydigan narsani rasmga olish, unday qildim bunday qildim deb yeydigan narsani muhokama qilib yozib oʻtirishni xohlamayman. Chunki hammada vaziyat har xil. Maktabda oʻqib yurganimda sinfdoshlarimiz sumalak qilardik. Har yili fevral oyida nasibam boʻlardi. Oʻqishga kirib ham nasibam bor ekan. Shuning uchun shukr. Bunga sababchi qilgan insonga ham rahmat. Alloh sizni ham siylasin. Suyuntirdingiz suyuntirsin. 1 ni berdingiz, 100 ni bersin. P. S. Oʻtgan yili ham xuddi shu kishidan olgandim sumalakni
Sizning kichik hissangiz kimnidir hayotiga quvonch olib kirishi yoki o‘zgartirishi mumkin💥 ✨Do‘stlar, Saxovat Yelkani yana yo‘lga chiqdi! ✨ Ramazon oyida eng muhtojlarga yordam qo‘lini uzatish va qalblarga mehr ulashish uchun sizni ham chorlaymiz! Jamoaning…
Sizning kichik hissangiz kimnidir hayotiga quvonch olib kirishi yoki o‘zgartirishi mumkin💥 ✨Do‘stlar, Saxovat Yelkani yana yo‘lga chiqdi! ✨ Ramazon oyida eng muhtojlarga yordam qo‘lini uzatish va qalblarga mehr ulashish uchun sizni ham chorlaymiz! Jamoaning ushbu rejalarida Sizning hissangiz zarur: 1️⃣ Muhtoj oilalarga ro‘zg‘orlik yetkazish 2️⃣ Uyingizning bir burchagida keraksiz turgan ammo yaroqli Kitob,o‘yinchoqlar va kiyimlar yig‘ish (second hand gift sifatida) 3️⃣ Nogiron bolalar uyiga tashrif buyurish 4️⃣ Qariyalar uyiga tashrif buyurish 5️⃣ Suv va xurmo tarqatish 💌 Siz ham bu ezgu ishlarning sababchisi bo‘lishingiz mumkin: Homiylik va volontyorlikka qo'shilish uchun: @Saydaliyeva0809 Karta raqam: 9860600416986633 S.S Visa: 4046320008106056 📢 Shu postni do‘stlaringiz bilan ulashing va ularni ham savob yo‘lida birlashishga chorlang. Saxovat Yelkani – birgalikda mehr ulashamiz ❤️ @saxovat_yelkani
1 ta xarekterim bor. Kimdir menga "Assalomu alaykum" desa men "Vaalaykum assalom" deyman. Bu yaxshi. Menga yoqadi. Ammo baʼzan mendan katta odamlar salom bersa, alik olishda biram gʻalati boʻlaman. Mendan katta boʻlgani uchun. Lekin baribir alik olaman. Agar shunday boʻlsa, hafa boʻlmanglar, yoki bezbet demanglar. Shunchaki salomga alik olish kerak deb hisoblayman. Baʼzan Assalomu alaykum desam, Assalomu alaykum deyishadi. Vaalaykum assalom deyman keyin 🤦♀
Nasib ularga oʻxshamaysan. Nasib, ismim faxr bilan tilga olinadi. Nasib, familiyam eng yaxshi familiya boʻladi. Olima deb tilga olishadi nasib. Nasib olima va olimlarning onasi deyishadi. Nasib Buxoriylar, Xoraymiylar, Navoiy, Ulugʻbeklar, Zulfiyalar, Sumayyalarni tarbiyalayman. Nasib qizlarim Fotima onamizdek boʻladi. Nasib, hammasi nasib. Alloh meni doim yaxshiliklar qiladigan, tiidan zikr tushmaydiganlar toifasidan qiladi. Nasib hammasi nasib. Insha'Alloh...
Ketganimda barglari sargʻayib qolgandiyu, hali toʻkilishga ulgurmagan edi. Oradan vaqt oʻtib qaytib keldim va koʻrdimki, bargsiz! Yana ketib yana kelaman va mevalarini koʻrib yoshligimda tush payti, hovuchimga tuz olib chiqib, daraxtning mevalarini terib soyasida tuz bilan yeganim esimga tushadi va beextiyor mevasiga qoʻl choʻzaman. Bu holat yana qaytariladi va yana.
Qiz bola hech yoʻq yugurishni bilish kerak. Oʻzini himoya qiladigan usullarni bilsa nur ustiga nur. Zarba berish kabi tryuklarni bilsangiz bu yanada zoʻr. Lekin hech yoʻq yugurishni bilish, gangib qolmasdan oʻzini oʻnglay olish kabilarni bilishi shart deb oʻylayman. Hech qachon bunday holga tushmang, ilohim. Ammo oʻrganib qoʻying. Zarar qilmaydi!
Oʻzimdan faxrlanaman, judayam va Allohimning menga bergan barcha neʼmati uchun shukrlar boʻlsin. Meni sogʻlom qilib yaratgani uchun, lenga jon ato etgani uchun, meni sevgani uchun, och qoldirmagiga, yurg'izib qoʻyganiga, ilm yoʻlida yutdirib qoʻygani uchun va shukr qildirib qoʻygani uchun shukr
Happy winter
Menga noutbuk kerak boʻlib qoldi. Atigi 1 kunga. 1 kunga ham bormasa kerak. Mustaqil ishim bor. Oʻzimga berilgan mavzuga yana 6 ta misolni yechimi bilan berib, yana qoʻshimcha 10 ta misol yozishim kerak. Power pointda slayd koʻrinishida boʻlishi kerak. Mavzu: Irratsional tenglamalar. Yoki kimdir yozib bersa ham boʻladi. Kimdir qarashib yuborsa xursand boʻlardim: @Gulzoda_Makhmiyeva
Rudn Olimpiada oʻylaganimdan yaxshi boʻldi har tamonlama. Savollari, talabalarga mas'ul shaxslar. Hamma hammasi ajoyib. RUDN olimpiadasining individual shaklda ishtirok etgan ishtirokchilarning 1-o'ringa 500.000 rubl va RUDN universitetiga magistraturaga yoʻllanma, 2-oʻringa 300.000 rubl, 3-oʻringa 100.000 rubl berilishi aytilgandi. Men bu Olimpiadaga individual tarzda onlayn qatnashganman. Xonada 2 ta kamera bor. Zoom orqali kameralar qoʻshilgan va har bir onlayn qatnashayotgnlarni alohida alohida xonalarga boʻlib, alohida masʼul odamlar biriktirilgan edi. Eng qizigʻi mas'ul shaxsning kamerasi oʻchirilgan lekin mikrafoni yoqilgan edi. Lekin hech qanday ovoz eshitmadim. Lekin u kishiga nisbatan qanaqadir hurmatim ortdi. Bilmadim nega. Bizni zoomda alohida xonalarga boʻlishdan oldin boshqa onlayn qatnashayotgan davlat va universitetlarni koʻrdim. Ularni ham kamerasi ochilgan edi. Boshqa millat, boshqa odamlar, boshqa til hammasi oʻzgacha va judayam ajoyib. Ichimda oʻshanda qaniydi offlayn qatnashayotganimda, odamlarni, professorlarni real koʻrardim, tanishardim, suhlabtlashib koʻrardim degan narsa oʻtdi. Chunki menda rus tili ham ingliz tili ham yaxshi. Va men bemalol suhbatlasha olardim. Networking zonam kengayardi. Dunyo qarashim ortardi. Lekin imtixon kutilgan vaqtdan kech boshlandi. Zoomning kutish xonasida qolib ketdik taxminan 2 soat. Umidimni uzgandim. Lekin keyin qabul qildi zoomga. Imtixonni boshlash mumkin ekanligini ustozimga email orqali xabar qilishdi. Imtixon boshlandi. Savollar berildi. 6 ta savol. 4 soat vaqt berildi. Oʻzbekiston vaqti bilan 13:40 da boshlandi. 17:40 gacha vaqt berildi. Soat 17 ga yaqin yechimlarimni topshirildim va kvartiramga qarab yoʻl oldim. Hozircha shunaqa gaplar. Nasib, keyingi olimpiadalarga va aynan Rudn olimiadasiga offlayn qatnashaman Insha'Alloh. Aynan shu niyatim amalga oshishiga professor ustozlar bilan tanishishimga ishonaman. RUDN'ning rasmiy telegram sahifasi: @rudnmo
Ertalab sogʻ salomat uygʻotgani uchun, nafas olayotganim, yashayotganim uchun, oʻqish yozishni bilganim, universitetda oʻqiyotganim uchun ajoyib kursdosh, ajoyib ustozlarim borligi uchun va men sanab adogʻiga yetolmaydigan, hayolimga ham jelmagan ne'matlar uchun shukrlar boʻlsin
Shukrlar boʻlsin. Sovuq kunda kiyimim bor. Pulim bor. Oʻqishga kitobim, yozishga ruchkam, daftarim bor. Quyosh chiqib turibdi. Yashayapman. Nafas olyapman. Shukr
Shukrlar boʻlsin bergan barcha neʼmatlariga.
Musiqa asboblarini chalayotganlarni boshqarib turadigan odamni nima derdi? Derejormi?
без подписи
Men ham pianina chalishni juda xohlaganman, skripkani judayam yoqtiraman. Lekin nasib qilmagan. Nay chalishini koʻrib havas qildim.