tgindex
Gurlan tumani 19-maktabi taʼlim kanali

Gurlan tumani 19-maktabi taʼlim kanali

Статистика
@gurlan_19_maktabузбекский

Endilikda sizlarni ta'limga oid oxirgi chiqqan: 1. Yangiliklar 2. Maktabimiz hayoti bilan tanishtirib boramiz

Последний пост
3 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
89
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
388
+2 за 3 дн.
Сутки
+1
+0,26%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
476
40 постов
Вовлечённость
122,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 89
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
353
1/48двое суток
404
1/72трое суток
436

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 3 авг.411283

    видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 3 авг.384165

    🌟 Yana bir yuksak yutuq! 🌟 Maktabimizning Mental arifmetika toʻgaragi aʼzolari Jizzax viloyatida boʻlib oʻtgan "Daho bolalar olimpiadasi" da munosib ishtirok etib, Oliy oʻrin, 1-oʻrin va 2-oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar. Ushbu yutuq bilan barcha gʻolib oʻquvchilarimizni, ularning ota-onalarini hamda toʻgarak rahbari Durdona Qurbonboyevani samimiy tabriklaymiz! Sizlarning mehnatingiz, intilishingiz va erishgan muvaffaqiyatlaringiz maktabimiz uchun katta faxrdir. Kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar va yangi marralarni zabt etishingizni tilaymiz! Tabriklaymiz va bundan-da ulkan yutuqlar tilab qolamiz! 👏🏆🎉

  • ⚡⚡⚡ Diqqat e'lon. Kuzgi milliy sertifikat imtihonlari uchun yangi guruhlarga qabul ochildi. Bu yilgi 11-sinflar ko'pchiligi DTM imtihonlariga kirib afsuslandi menimcha. Ya'ni hamma fandan vaqtida sertifikatlarni qo'lga kiritish uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlash kerak. 189 ball uchun olg'a ⚡🔥 😎 @TarixZiyoN1

  • Xushxabar!!! Maktabimizning 10-sinf oʻquvchisi Shomurodov Alibek Hamza oʻgʻli "Prezident Iqtidorli Farzandlar"  milliy dasturi boʻyicha 2026-2027-oʻquv yil uchun saralashda muvaffaqiyatli oʻtib,milliy dasturda oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Oʻqituvchisi: Xoʻjayeva Yulduz

  • ❗️Bugun akademik litseylarga hujjat topshirishning soʻnggi kuni Hujjatlar bugun, 10-iyul 24:00 ga qadar qabul qilinadi Talabgorlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: 🔹 3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat; 🔹 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). Tizimga shaxsiy ma’lumotlar kiritilganda, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar FHDYO organi bazasidan, maktab va shahodatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali avtomatik tarzda olinadi. 📝 Yo‘nalish tanlash tartibi: Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlarga uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini (barcha tanlangan litseylarda ta'lim tili bir xil bo'lishi shart) tanlash imkoniyati beriladi. Abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi akademik litseyga yetarli bo‘lsa, u yerga o‘qishga qabul qilinadi va uning natijalari o‘sha litseyda e’lon qilinadi. Bunday holatda uning ikkinchi va uchinchi litseylar tanlovida ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi. Agar ballari birinchi va ikkinchi litseylarga yetmay, uchinchi litseyga yetarli bo‘lsa, uning natijalari faqat uchinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi. ℹ️ Talabgorlar roʻyxatdan oʻtishda qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi hamda oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. ℹ️ Eslatib o‘tamiz, barcha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • 😍 Omon School xususiy maktabining Urganch Gurlan va Shovot filiallariga quyidagi lavozimlar bo‘yicha nomzodlarni ishga taklif etamiz! 📌 Menejment bo‘limi: • O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 📌 O‘qituvchilar: • Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi • Matematika fani o‘qituvchisi • Ingliz tili fani o‘qituvchisi • Rus tili fani o‘qituvchisi • Kimyo fani o‘qituvchisi • Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi • Suniy intellekt fani o‘qituvchisi • Biznes study fani o'qituvchisi • Psixolog ✅ Biz taklif qilamiz: ✓Barqaror va o’z vaqtida to’lanadigan maosh; ✓Qulay va zamonaviy ish muhiti; ✓Kuchli va professional jamoada faoliyat yuritish imkoniyati; ✓Farzandlarigiz Omon schoolda ta'lim olishi uchun chegirmalar, ✓ Uch mahal issiq ovqat va transport xizmati 📩 Ariza topshirish: 🔗 @HDP_OmonschoolHRbot ⏰ Ish vaqti: 09:00-17:00 5/2, (Dars jadvali asosida) 💰 Maosh: 7-15 mlngacha Nomzodning salohiyatiga qarab belgilanadi ☎️ +998992666037 📱 @hdp_omonschool_hr

  • 🔴 DIQQAT, E’LON! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Gurlan tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida: 🔵Maktab maslahatchisi 🔵Kadrlar bo'yicha menejer 🔵Matematika 🔵Ingliz tili fan o'qituvchilari uchun tanlovi boshlanadi! ✅ 2026-yil 7-iyuldan boshlab Gurlan tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli (1-bosqich saralash) start oladi! 🖱 Bu — nafaqat ish, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lish imkoniyati! Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash! 💼 Agar siz: 🖱 O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz 🖱 Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz 🖱 O‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlar kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz ✅ Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Hujjat topshirish: 🖱️ vacancy.piima.uz platformasi orqali 2026-yil 7-iyuldan boshlab

  • ❗️Qonunchilik palatasida alifbo islohoti bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi Unga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga alifbo 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi belgilanmoqda. Ayrim harflarning qo‘llanilishiga ham…

  • 🎒 Farzandingizni o‘z qo‘lingiz bilan maktabdan sovutib qo‘ymang! (Ota-onalar yo‘l qo‘yadigan eng katta xato) 🏫 Ayni qabul vaqtida ko‘pchilik ota-onalar farzandining kelajagi uchun eng yaxshisini xohlab, ammo e’tibordan chetda qoladigan bir jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. “Maktabda o‘zi o‘rganib ketadi”, “Zehni o‘tkir, yoshligidan qo‘shimcha til bilsa, foyda” degan o‘y bilan bolani u umuman tushunmaydigan tildagi sinfga joylashtirishadi. Biroq, bilmay qilingan bu qaror bolaning butun ta’lim hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 🧠 Nima uchun ta’lim tilini to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim? ➖ Fanlarni o‘zlashtirishdagi to‘siq: 1-sinfda bola nafaqat o‘qish va yozishni, balki matematika, atrof-olam kabi fanlarni anglashi, mantiqiy fikrlashni o‘rganishi kerak. O‘qituvchisini tushunmasa, u fanni qanday o‘zlashtiradi? Tilni bilmasa, uy vazifalarini qanday bajaradi? Bu jarayonda siz unga qanday yordam bera olasiz? ➖  Psixologik zarba: Psixologlarning ta’kidlashicha, 1-sinf — shundoq ham bola uchun katta stress. Yangi muhit, yangi tartib, notanish jamoa. Bu stress ustiga “til to‘sig‘i” ham qo‘shilsa, bola xato qilishdan va savol berishdan qo‘rqadigan bo‘lib qoladi. ➖ O‘ziga ishonchning sinishi: Bolaning ichidagi ulkan salohiyat va iqtidor faqatgina shu tilni tushunmaslik kompleksi sababli yuzaga chiqmay, so‘nib qoladi. 🎓 Eng muhimi — farzandingiz maktabga o‘zlashtirishdan qiynalib, tushkun kayfiyatda emas, balki bilim olishga bo‘lgan katta ishtiyoq bilan borsin! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

Gurlan tumani 19-maktabi taʼlim kanali — tgindex