tgindex
Hasan Buriyev | Tarix

Hasan Buriyev | Tarix

Статистика
@hasanburiyev_tarixузбекский

🏛 Tarixni tizimli va oson o‘rganing! 🚀 Milliy sertifikat va DTM guruhlariga qabul ochiq 👨‍🏫 Ustoz: Hasan Buriyev (12 yillik tajriba) 📱 Kursga yozilish: @HASANBURIYEEV 📞 Tel: +998939351144

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
39
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
362
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
412
39 постов
Вовлечённость
113,8%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 39
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
165
1/48двое суток
189
1/72трое суток
203

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Imtihon natijalari (mandat) ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. 😎 @hasanburiyev_tarix

  • Nega bolalar o‘qimaydi?.. Ba’zan o‘ylab qolaman: nega ayrim yoshlar ilm olishga bunchalik befarq? Orqalarida ularga katta umid bilan, ishonch ko‘zlari bilan qarab turgan ota-onalarini o‘ylashmaydimi? Axir ota-ona farzandi uchun nimalarga chidamaydi… Boshlig‘ining yaxshi-yomon gaplarini ko‘taradi. Charchab ishlaydi. O‘zining ko‘plab orzularidan voz kechadi. Faqat bitta niyat bilan — “Bolam mendan ko‘ra yaxshiroq yashasin, men erisha olmagan narsalarga u erishsin” degan umid bilan. Bugun oldimga farzandini olib kelayotgan ayrim ota-onalarning ko‘zlariga qarasam, shu tuyg‘uni juda aniq ko‘raman. “Men o‘qimadim, bolam o‘qisin.” “Men qiynaldim, bolam qiynalmasin.” “Men erisha olmadim, farzandim erishsin.” Ular farzandining kelajagi uchun borini tikyapti. Farzanddan esa talab qilinayotgan narsa juda oddiy — o‘qish, ilm olish va berilgan imkoniyatdan foydalanish. Ammo bizning bolalarimiz esa ba’zan soatlab ijtimoiy tarmoqlardagi bir necha soniyalik, ertaga o‘zi ham eslamaydigan videolarga vaqt sarflashadi. Ilm olishdan qo‘rqishadimi? Nega ilm shunchalik qiyin tuyuladi? Axir ilm — insonni jaholatdan, qaramlikdan va kambag‘allikdan olib chiqadigan eng kuchli vositalardan biri. Bugun o‘qishga sarflagan bir soatingiz ertaga butun hayotingizni o‘zgartirishi mumkin. Bugun o‘qimasangiz esa, 10–20 yildan keyin keladigan “Qaniydi o‘shanda o‘qiganimda…” degan afsusning hech qanday foydasi bo‘lmaydi. Yana bir narsani o‘ylang… Ertaga o‘z farzandingizga qanday namuna bo‘lasiz? “Bolam, o‘qi”, deysiz-u, o‘zingizning yoshlikdagi imkoniyatlaringizni qanday ishlatganingizni u ko‘rib turadi. Shuning uchun, ey yoshlar… O‘qinglar. Izlaninglar. Savol beringlar. Kitob o‘qinglar. Ilm ortidan boringlar. Bugun sizga oddiy tuyulayotgan imkoniyat — ertaga hayotingizdagi eng katta imkoniyat bo‘lib chiqishi mumkin. Ota-onangiz siz uchun qilayotgan mehnatni qadrlang. Ularning ko‘zidagi umidni oqlang. Chunki sizning bugungi o‘qishingiz — faqat o‘zingizning emas, sizga ishonayotgan insonlarning ham kelajagi. O‘qing. Hali kech bo‘lmasidan. 📚 😎 @hasanburiyev_tarix

  • 🔥 YANGI GURUH — YANGI IMKONIYAT! Kecha Tarix fanidan Milliy sertifikat uchun yangi guruhimizga start berdik. 🚀 Ertaga esa guruhimizning 2-darsi bo‘lib o‘tadi. Hali ham “Kuzgi Milliy sertifikatga tayyorlanishni boshlaymi yoki yo‘qmi?” deb o‘ylab yurgan bo‘lsangiz — ortiq kutmang. 📚 Aynan shu guruhda sizni kuzgi Milliy sertifikat imtihoniga tizimli, bosqichma-bosqich va natijaga yo‘naltirilgan tarzda tayyorlaymiz. Eng muhimi — guruhga qo‘shilish uchun hali kech emas! Bugun qaror qiling, ertangi darsdan boshlab biz bilan birga tayyorlaning. 💪 🎯 Maqsad bitta — kuzgi Milliy sertifikatni qo‘lga kiritish! ✉️ Guruhga qo‘shilish va batafsil ma’lumot uchun murojaat qiling. 😎 @HASANBURIYEEV Sertifikatni kutmang — unga tayyorlaning! 🔥 😎 @hasanburiyev_tarix

  • 9 авг.938193

    🚀 BUGUN YANGI GURUHGA START BERAMIZ! Kutgan kunimiz keldi! 🔥 📚 Bugun soat 14:00 da yangi 🔠🔠🔠🔠🔠 milliy sertifikat guruhimiz o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu shunchaki navbatdagi dars emas. Bu — maqsad sari tashlangan birinchi qadam! 🎯 Sizni yangi guruhimizda kutamiz! 💪 ⏰ Start: bugun, 14:00 😎 @HASANBURIYEEV 📞 +998939351144 📍Manzil: “Ziyo” o’quv markazi Bugun qaror qiling — ertaga natija sari birga yuramiz! 🚀 😎 @hasanburiyev_tarix

  • без подписи

  • 7 авг.1 6533129

    🎓 Har bir ustoz kutadigan kun… Ba’zan bitta xabar butun kunni, hatto butun mehnatni mazmunli qiladi. “Ustoz, o‘qishga kirdim!” ❤️ Mana shu birgina jumla ortida oylar davom etgan mehnat, minglab yechilgan testlar, uyqusiz tunlar, ishonch va duolar mujassam. Bugun yana bir shogirdimiz Ulug‘bekov Davlatnazar O’zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo’nalishiga talaba bo’lish baxtiga erishdi. Bu faqat uning emas, ota-onasining, bizning va unga ishongan barchaning g‘alabasi. 🎉 Davlatnazar, bu yutuq bilan seni chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🥳 Talabalik davring ilmga, yutuqlarga va unutilmas xotiralarga boy bo‘lsin. Bugungi muvaffaqiyat ertangi ulkan zafarlarga mustahkam poydevor bo‘lsin. ✨ Biz esa yana bir bor shunday xulosaga keldik: Ustoz uchun eng qimmat mukofot — shogirdining muvaffaqiyati. 🤍 🎉 Talabalik muborak bo‘lsin! 🎓🚀 😎 @hasanburiyev_tarix

  • “Manage” LC o’quv markazidagi darslarim bugun soat 17:00 da boshlanadi. Dars qoldirmasdan to’liq kelinglar!

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 5 авг.24311из ziyook

    Uzbekistan 🇺🇿 IRN OLYMPIADS Team in London UK 🇬🇧 XPERTSTEM 2026 FINAL Round @IRN_Olympiads

  • 5 авг.2054из ziyook

    🌍 Xalqaro maydonda Beruniy School! Beruniy Schoolning 6-sinf o‘quvchisi Baxtiyorov Sardor Sherali o‘g‘li ayni vaqtda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Sardorga ushbu nufuzli musobaqada ulkan zafarlar, yuqori natijalar va omad tilaymiz! Ishonamizki, uning mehnati, bilim va intilishi yuksak natijalar bilan taqdirlanadi. Omad yor bo‘lsin, Sardor! Beruniy School jamoasi sizga ishonadi! 🇺🇿🏅

  • 🔥 6️⃣5️⃣🔣🔠🔠🔠 65 kun ortda qoldi. Bu shunchaki raqam emas — bu 65 kunlik mehnat, intizom va o’z ustingizda ishlashning isboti. Bugun siz kechagi o’zingizdan kuchliroqsiz. Har bir yechilgan test, har bir o’qilgan mavzu va har bir takror sizni maqsadingizga yanada yaqinlashtirmoqda. Yo’lning yarmidan ham o’tdik. Endi ortga qarash emas, faqat oldinga yurish va natijani qo’lga kiritish vaqti. 📚 Bugungi vazifani ham mas’uliyat bilan bajaring. 🎯 Har bir kun — sertifikat va talabalik sari qo’yilgan yana bir qadam. 😎 @hasanburiyev_tarix

  • Ba’zi insonlarning borligi insonni xotirjam qiladi. Ularning duosi ortingda turganini bilish esa eng katta boylik ekan… Bugun otajonim 56 yoshni qarshi oldilar. Alhamdulillah. 🤲 Yoshim ulg’aygan sayin bitta haqiqatni yanada chuqurroq anglayapman: otaning qilgan mehnatini farzand faqat ulg’aygach tushunar ekan. Biz kulaylik deb qilgan zahmatlaringizni, biz kam bo’lmaylik deb kechgan uyqusiz tunlaringizni, bizning baxtimiz uchun ichingizga yutgan tashvishlaringizni bugun ko’proq his qilyapman. Otajon, siz bizning tog’imizsiz, suyanchimizsiz, duosi hech qachon kam bo’lmagan insonimizsiz. Siz bergan tarbiya, halollik va mehnatsevarlik saboqlari biz uchun eng katta merosdir. Alloh sizni doimo O’z panohida asrasin. Umringizni uzoq, sog’lig’ingizni mustahkam, qadamingizni barakali qilsin. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan xotirjamlik hech qachon arimasin. Bizga hali uzoq yillar bosh bo’lib, duolaringiz bilan yo’limizni yoritib yurishingizni nasib etsin. Bugun aytadigan eng samimiy gapim shu… Siz bor ekansiz, o’zimizni baxtli va kuchli his qilamiz. 56 yoshingiz muborak bo’lsin, otajon! Sizni chin qalbimdan yaxshi ko’raman. Alloh sizdan rozi bo’lsin. Omin. 🤍🤲 😎 @hasanburiyev_tarix

  • 2 авг.368131

    ❗️234 072 nafar abituriyent testda 56,7 ball ham to‘play olmadi DTMSTAT AI bazasi tahliliga ko‘ra, joriy yil test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlarning 37,6 foizi (234 072 nafar) oliy ta’limga kirish uchun belgilangan eng kam 56,7 ballni ham to‘play…

  • ❗️234 072 nafar abituriyent testda 56,7 ball ham to‘play olmadi DTMSTAT AI bazasi tahliliga ko‘ra, joriy yil test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlarning 37,6 foizi (234 072 nafar) oliy ta’limga kirish uchun belgilangan eng kam 56,7 ballni ham to‘play olmagan. ✅ Agar siz 56,7 balldan yuqori natija qayd etgan bo‘lsangiz, tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga egasiz. Lekin ballning o‘zi yetarli emas. Eng muhim bosqich — to‘g‘ri yo‘nalish tanlash. 📊 Natijangizni tahlil qiling: • fanlar guruhidagi o‘rningizni biling; • raqobat darajasini baholang; • o‘tgan yillar o‘tish ballari bilan solishtiring; • shundan keyingina yo‘nalish tanlang. Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! 😎 @hasanburiyev_tarix

  • 2 авг.323101

    Ana endi yig‘la… Tarix va chet tili yo‘nalishiga yana bir qaytib o‘ylab olishga majburmiz, qarang, birinchi fan tarix, ikkinchi fan ingliz tili tanlagan abituriyentlarning 1095 nafari 189 va undan yuqori olgan. O‘zi bu yo‘nalishda to‘rtta tanlov bor: • Xalqaro munosabatlar; • Siyosatshunoslik; • Davlat va jamiyat boshqaruvi; • Turizm va mehmondo‘stlik. Shu to‘rtta yo‘nalishga ajratilgan jami kvotalar soniga e’tibor beramiz endi: • Xalqaro munosabatlar – 375; • Siyosatshunoslik – 380; • Davlat va jamiyat boshqaruvi – 70; • Turizm va mehmondo‘stlik – 1980. Bu kvota jami, budjet va kontrakt aralash. Endi 189 ball olib qo‘ygan abituriyent albatta turizmni tanlash ehtimoli juda past. Agar barcha 189 ball olganlar Xalqaro munosabatlarni tanlasa ham, bu belgilangan kvotadan ancha katta miqdor. Hozirgi qonunchilik bo‘yicha 189 ball olganlarning hammasiga budjet o‘rinlari berilishi kerak! 😎 @hasanburiyev_tarix

  • 2 авг.319124

    189+ UPD Қайси йўналишда абитуриентлар максимал балл 189 ва ундан юқори тўплаш бўйича рекорд ўрнатишган? Таълим тили ўзбек: 1. Биология + кимё - 1524 нафар абитуриент 189 балл тўплаган; 2. Математика + чет тили - 1300 нафар абитуриент 189 ва ундан юқори тўплаган; 2. Инлиз тили ва она тили - 1294 нафар абитуриент 189 ва ундан юқори тўплаган; 3. Тарих + чет тили - 1095 нафар абитуриент 189 ва ундан юқори балл олган. 4. Математика + физика - 317 нафар абитуриент 189 ва ундан юқори тўплаган; 5. Ҳуқуқшунослик + чет тили - 22 нафар абитуриент 189 ва ундан юқори тўплаган; 6. Кимё + биология - 2 нафар абитуриент 189 балл тўплаган; 😎 @hasanburiyev_tarix

  • 1 авг.386201

    ⚔️ 6️⃣2️⃣🔣🔠🔠🔠 Tasavvur qiling… Imtihon kuni. Natijalar e'lon qilinmoqda. Ismingiz yonida yuqori ball. Yuzingizda tabassum. Ota-onangizning ko'zida faxr… O'sha kun bugundan boshlanadi. ⭐️ Bugun o'tkazib yuborilgan 1 soat — ertaga afsusga aylanishi mumkin. 😔 Bugun qilingan 1 soatlik mehnat esa ertaga sizni minglab abituriyentlar orasidan ajratib turadigan ustunlik bo'ladi. 💪 62-kun — oddiy sana emas. Bu o'zingizga bergan va'dangizga sodiq qolayotganingizning isboti. ✅ 📖 Bugun ham darsni oxirigacha o'rganing. 📝 Testni halol ishlang. 🎯 Har bir xato — keyingi g'alabangiz uchun saboq. Maqsad uzoqda emas. Har bir kun uni sizga yaqinlashtiryapti. 🚀 🔥 Bugun ham bahonani emas, natijani tanlaymiz! 😎 @hasanburiyev_tarix