"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali
Статистика"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialining telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi Veb-sayt: www.het.uz Facebook: www.fb.com/hetandijon Instagram: www.instagram.com/hetandijon Youtube: www.youtube.com/@hetandijon bot: @hetadminandijonbot
- Последний пост
- 06:59
- Последнее чтение
- 13:57
- Постов за неделю
- 40
- Всего постов
- 167
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 784
- 1/48двое суток
- 898
- 1/72трое суток
- 969
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
TEZKOR ⚡️ AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI 2026-yil 17-avgust kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. 🔹 PAXTAOBOD TUMANIDA “Suvchi-35 kV” havo tarmog‘ida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Toshqo‘rg‘on, Andijon, Chorsu, Tinchlik, Durdiyor, Hayotbaxsh, Bo‘stonobod, Sohil, Namuna, Ahillik, Yangiobod, Sanoat, Ma’rifat, Mustahkam, Qo‘rg‘oncha, Do‘stlik, Bodirobod, Bog‘iguliston, Gulzor, Olmazor MFYlarida. 🔹 ASAKA TUMANIDA “Yangi Hayot” podstansiyasining T-1, I-SSh-10 kV qurilmasida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Arg’in, Tuvadoq, Namuna, Bo‘ston, Oqbo‘yra, Toshtepa, Do’rman, Ajuvoz, Uchtosh MFYlarida. Shuningdek, “Ta’mirlovchi-35 kV” havo tarmog‘ida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 🔹 ASAKA SHAHARIDA 📍 Ozod, Obod, Arg’in MFYlari hamda Tovon ko‘chasida. 🔔 Eslatma: Ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Avariyani “Blackout”ga aylantirmaslik qanday ta’minlanadi? Dunyoda elektr energetika tizimida mutlaqo avariya bo‘lmaydigan mamlakat yoki tizim yo‘q. Elektr stansiyasidagi texnik nosozlik, yuqori kuchlanishli tarmoqda uzilish, uskunaning ishdan chiqishi, tabiiy ofat yoki noqulay ob-havo sharoiti — bularning har biri elektr tizimi ishiga ta’sir qilishi mumkin. Ammo energetika tizimining haqiqiy barqarorligi avariya umuman sodir bo‘lmasligi bilan emas, avariya yuz bergan taqdirda uning butun tizim bo‘ylab tarqalib ketishining oldini olish, ta’sirini cheklash va elektr ta’minotini tezkor tiklash imkoniyati bilan belgilanadi. Buning uchun zamonaviy elektr energetika tizimida avariyaga qarshi avtomatika muhim o‘rin tutadi. Avariyaga qarshi avtomatika — tizimda xavfli o‘zgarishlar yuz berganda ularni tezda aniqlab, oldindan belgilangan algoritm asosida zarur himoya choralarini avtomatik ravishda amalga oshiradigan tizim. Masalan, tarmoqning bir qismida avariya sodir bo‘lsa, avtomatika uning ta’siri boshqa tarmoqlar, podstansiyalar yoki elektr stansiyalariga o‘tib ketmasligi uchun uskunalarni ajratishi, yuklamani qayta taqsimlashi yoki tizimning ayrim qismlarini himoya rejimiga o‘tkazishi mumkin. Bunda avtomatika faqat o‘rnatilgan bo‘lishi yetarli emas. U to‘g‘ri hisob-kitob qilinishi, loyihalanishi, sozlanishi, muntazam sinovdan o‘tkazilishi va har qanday ish rejimida ishlashga tayyor holatda saqlanishi kerak. O‘zbekiston energetika tizimida ham rele himoyasi va avariyaga qarshi avtomatika tizimlari shu maqsadda doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston elektr energetika tizimi Markaziy Osiyoning o‘zaro bog‘langan yagona energetika tizimi tarkibida ishlaydi. Bu tizimda mamlakatlar o‘rtasida elektr energiyasi oqimlari, chastota va boshqa muhim parametrlarni muvofiqlashtirish talab etiladi. Shu sababli har bir mamlakatning ichki avtomatikasi bilan bir qatorda tizimlararo avariyaga qarshi avtomatika va muvofiqlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi ham muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo elektr tizimlarining parallel ishlashini muvofiqlashtirish, transchegaraviy elektr oqimlarini operativ boshqarish va tizimlararo avariyaga qarshi himoya choralarini muvofiqlashtirish Toshkentda joylashgan Markaziy Osiyo energetika tizimlarini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tizimning asosiy maqsadi — bir nuqtada yuzaga kelgan avariyaning boshqa hududlarga tarqalib, kaskadli avariyaga aylanishining oldini olish. Buning ahamiyatini dunyodagi yirik avariyalar ham ko‘rsatadi. Masalan, 2025-yil 28-aprelda Ispaniya va Portugaliyada yuz bergan yirik avariya natijasida ikki mamlakat elektr tizimining katta qismi ishdan chiqib, elektr ta’minoti deyarli to‘liq uzilgan. Hodisa bir nechta jarayonlarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelib, kuchlanishning tez o‘zgarishi va generatsiya quvvatlarining ketma-ket tarmoqdan ajralishi kaskadli uzilishga olib kelgan. Bu misol energetikadagi muhim tamoyilni ko‘rsatadi: avariyaning o‘zi har doim ham eng katta xavf emas. Asosiy xavf — uning ta’siri kengayib, butun tizim ishiga ta’sir ko‘rsatishi. Kechagi avariyada esa avariya oqibatlarini tezkor cheklash, tizim ishini nazoratda ushlab turish va elektr ta’minotini bosqichma-bosqich tiklashda avariyaga qarshi avtomatika, dispetcherlik boshqaruvi va joylardagi mutaxassislarning muvofiqlashgan harakatlari muhim rol o‘ynadi. Energetika tizimi — bu faqat elektr stansiyalari, podstansiyalar va elektr uzatish liniyalari emas. Bu bir-biri bilan uzluksiz bog‘langan murakkab texnologik tizim va uni boshqarayotgan yuqori malakali mutaxassislar jamoasidir. Shuning uchun tizim ishonchliligi faqat avariyalarning oldini olish bilan emas, balki avariya sodir bo‘lgan taqdirda uni tezda aniqlash, lokallashtirish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va elektr ta’minotini qisqa vaqtda tiklash imkoniyati bilan ham ta’minlanadi. Kechagi avariyani tezkor bartaraf etishda ishtirok etgan barcha energetiklarga, shu jumladan, dispetcherlar va tezkor brigadalarga minnatdorlik bildiramiz. Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
MARHAMATDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH BO‘YICHA ISHLAR OLIB BORILMOQDA Marhamat tumanidagi “Og‘ir” toifadagi Gar-gar mahallasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ buyurtmachiligida 0,5 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 2,0 km elektr tarmog‘i tortish, 2 ta transformator punkti qurish va 112 ta temir-beton tayanch o‘rnatish belgilangan. Bugungi kunga qadar 112 ta tayanch (100%) va 2 ta transformator punkti (100%) o‘rnatilib, 3,1 km (155%) elektr tarmog‘i tortildi. Shuningdek, tumandagi Shukurmergan mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasida” loyihasi doirasida 1,9 mlrd so‘mlik ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yerda 5,0 km elektr tarmog‘i tortish, 7 ta transformator punkti qurish va 311 ta temir-beton tayanch o‘rnatish rejalashtirilgan. Hozirga qadar 303 ta tayanch, 7 ta transformator punkti o‘rnatilib, 0,5 km elektr tarmog‘i tortildi. Mazkur loyihalar yakunlangach, mahallalarda elektr ta’minoti sifati va barqarorligi yanada yaxshilanadi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
TEZKOR ⚡️ AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI 2026-yil 14-avgust kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. 🔹 ANDIJON SHAHARIDA “Yayilma-2 110 kV” havo tarmog‘ida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Uyg‘urobod, Xo’tan ariq, O‘zbekiston, Sholdrama, Navro‘z, Ozodlik, Namunali birlik, Sanoat, Xursandlik, Shifokor, Istiqlol, Temur Malik, Yaxshi, Qo’shariq MFYlarining ayrim hududlarida. 🔹 ASAKA TUMANIDA “GES-6A 35/6 kV” podstansiyasining 2-SSh-6 kV qurilmasida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli: 📍 Cho‘ntak, Ibn Sino, Ko‘rkam, Navoiy va Bobur MFYlarida. 🔔 Eslatma: Ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram