tgindex
HILOLA'S ACADEMY

HILOLA'S ACADEMY

Статистика
@hilolascademyанглийский

We have the best lessons

Последний пост
16 авг.
Последнее чтение
08:21
Постов за неделю
8
Всего постов
37
Тип
открытый
Язык
английский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
217
−2 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
141
37 постов
Вовлечённость
65,0%
к подписчикам
Постов в день
1,1
всего 37
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
97
1/48двое суток
111
1/72трое суток
119

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • KASBINGDAN DAROMAD TOPISHNI BOSHLAGANINGDA... O'qituvchilik qilib olgan birinchi oyligimni kechagidek eslayman. 2019-yil, mart oyida ustozim Marjona Rajabova bilan ishlaganimda birinchi 15 kunlik oyligimni bergan edilar. 840.000 edi. Onamni tazyiqlari bilan (😁) birinchi oyligimni dadamga olib borgan edim. Dadam "Rahmat, o'g'lim" deb taxminan bir soatga yaqin odamlar bilan murosa qilish va boshqa masalalarda nasihat berib, pulimni qaytarib bergan edilar. Shundan buyon o'qituvchilik ortidan rizq topib kelmoqdaman. __ Bugun atrofimda men taniydigan ko'plab yosh yigitlar jismonan og'ir kunlik ishlarda ishlayapti. Ular oilasiga katta manfaat bermoqda. Ularning mehnati tahsinga loyiq. Biroq bu ish kasb ortidan keladigan daromad emas. Men o'qishga kirgan ukalarimga birinchi yoki ikkinchi kursdanoq yo'nalishiga mos bo'lgan muassasalardan ish topishni, boshida oyligi kam bo'lsa ham bor vujudi bilan ishlashni tavsiya qilgan bo'lardim. Kunlik ishlar hozircha eng mos chora, biroq uzoq kelajak uchun yechim emas. Talaba bo'lgan bo'lsang, mana shu 4 yil mobaynida ota-onang senga tegmaydi. Endi talaba bo'lding, ro'zg'orni tort demaydi. Ota-ona uchun talabaning o'z mavqeyi bor. Tanlagan sohanga aloqador ish boshida kam to'lasa ham, chida. Agar o'z ustingda ishlasang, o'zingda nimadir borligini ko'rsata olsang biroz vaqtdan so'ng yoshi o'tgan, texnikani tushunmaydigan kadrlarning o'rniga seni albatta qo'yishadi. Faqat sabr qilsang bo'ldi. Shu sohani tanladingmi, endi nimadandir kechib shu sohaning mutaxassisi bo'lishing kerak. _ Universitetda o'qishni tanlamagan bo'lsang ham kunlik og'ir ishlar bilan kelajagingni bog'lama. Kengayayotgan bizneslardan ish top. Masalan, supermarket tarmoqlari (Korzinka juda ajoyib misol), servis sohalari va h.k. Bu yerda ham agar intizom, vijdon, sifat, chiroyli muomala va sadoqat bilan ishlasang, albatta, kosang oqaradi. Katta supermarket tarmoqlarida oddiy yuk tushiruvchilikdan ish boshlab hozirda bitta katta filialni boshqarayotgan diplomsiz kishilarni sanasang barmoq ortadi. Takasaltang, pessimist va niyatlari nihoyatda katta lekin dangasaligi ham shunga yarasha yoshlar ko'payib ketgan hozirgi davrda sen o'z mehnatkashliging bilan yutib chiqasan. ____ Bilmadim, postda yozilgani duoga o'tadimi yoki yo'q, lekin chin dildan tilakdoshman: SHAXZOD JOʻRAQULOV Ingliz tili oʻqituvchisi BuxDU, Xorijiy tillar fakulteti (2018-2022) +99899 707 65 62 Yaratgan egam tanlagan kasbing, sohang ortidan seni xayrli va davomli daromad bilan siylasin. Sevimli va serdaromad ish nasib qilsin. Xudo qo'llasin, talaba ukam.

  • 🎉 BUGUN HILOLA’S ACADEMYDA YANA BIR BAYRAM! 🎓✨ Bugun biz uchun quvonchli, faxrli va unutilmas kun! ❤️ Aziz ustozlarimiz — Boburjon, , Jamila teacher, Mubina teacher va Parizoda teacher o‘zlari orzu qilgan, tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha talabalikka tavsiya etildilar! 🎓🥳 Bu natijalar ortida qancha mehnat, izlanish, sabr, uyqusiz tunlar va katta orzular borligini juda yaxshi bilamiz. Bugun esa ana shu mehnatlarning chiroyli mevasi ko‘rinmoqda. 🌷 Sizlarning har bir yutug‘ingiz — Hilola’s Academy uchun ham katta faxr! 🏆 Azizlarimiz, talabalik maqomingiz muborak bo‘lsin! 💐 Oldingizda yangi sahifa, yangi muhit va yanada katta imkoniyatlar ochilmoqda. Talabalik yillaringiz unutilmas xotiralar, mustahkam bilim va ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin. Bugungi yutuq — hali boshlanishi! 🚀 Kelajakda bundan-da baland marralarni zabt etib, ota-onangiz, ustozlaringiz va bizning akademiyamiz faxri bo‘lib yurishingizni tilaymiz. ❤️ Sizlar bilan faxrlanamiz! 🫶🏻 🎓 Talabalik muborak! 🌟 Orzularingiz sari dadil qadam tashlang! 🏆 Eng katta yutuqlaringiz hali oldinda! Hurmat va eng ezgu tilaklar bilan, HILOLA’S ACADEMY jamoasi va o‘quvchilari 💛

  • #Хикматлар_хазинаси 🏖️🔥 «Битта дарахтдан миллионта гугурт донаси ясаш мумкин. Биргина гугурт донаси билан эса миллионта дарахтни ёқиб юборса бўлади». Демак, биргина ёмон иш билан ҳаётингдаги миллионлаб яхши ишларингни куйдириб юборишинг мумкин. Фарғонага оид энг сўнги хабарлар 👉 @Fargona24 👈каналида

  • O'n ming dollarni devorga yopishtirganman. Hozir shogirdlarimga birinchi shu xatoni etib beraman 2020-yil agentlikning boshida edi. Pulga birinchi bo'lib ofis qidirdim, remont qildim, kamera oldim, stol-stul yengiladim. Chiroyli bo'ldi. Keyin bir narsani tushundim: mijoz devor uchun pul to'lamaydi. U natija uchun to'laydi. Bitta ham loyiha "ofisingiz yaxshi ekan" deganini eshitmadim, eng qizig'i yarmi ham ofisimizga kelmagan edi! Shundan keyin qoidani o'zgartirdim: pul birinchi navbatda skillga tikiladi. Kurs, ustoz, kitob, tajriba. Ofis - keyin, pul o'zi ko'paygandan keyin. Hozir shogirdlarimga ham birinchi bo'lib shuni etaman. Ko'pchilik xuddi men qilgan xatoni takrorlamoqchi bo'ladi: birinchi daromadni ko'rinishga sarflaydi. Ko'rinish mijoz uchun emas - o'zi uchun chiroyli. Bitta shart bor. Bilim olib, ishlatmaslik ham isrof. Kitob o'qish fleshka to'plashga o'xshaydi: to'plaganingiz bilan ishlatmasangiz, faqat joy egallaydi. Devor har yil eskiradi. Skill har yil qimmatlashadi. Birinchi o'n mingingiz qayerga ketsa, keyingi yuz mingingiz shu yerdan chiqadi. https://t.me/akbarjon_botiraliev

  • 🧐 Xususiy maktab yoki farzandingiz uchun kapital: qay biri foydali? Hozir ko'pchilik: "Bolamni xususiy maktabga berishim kerak" deydi. Chunki u yerda sifatli ta'lim, qulay sharoit, kelajakda asqotishi mumkin boʻladigan networking bor. Lekin keling, bir hisob-kitob qilib ko'raylik: Xususiy maktablar O'zbekistonda o'rtacha oyiga 3 mln so'mdan boshlanadi va har yili kamida 10% ga qimmatlashadi. Endi muqobil variantni ko'raylik: Farzandingizni davlat maktabiga berib, xususiy maktabga to'laydigan xuddi shu summani — oyiga 3 mln so'mdan boshlab, har yili 10% oshirib borgan holda — 18% yillik daromad beruvchi investitsiyaga qo'ysangiz-chi? 👆 Rasmda koʻrsatilganidek, oyma-oy 9 yil davomida (goʻyoki maktabga toʻlov qilgandek) siz pulni investitsiyaga yoʻnaltirsangiz, oʻz qoʻyilmangiz va 9 yil davomida murakkab foiz natijasida qariyb 1 milliard soʻmdan ortiq kapital boʻlar ekan. Bu — farzandingiz maktabni bitirganda, uning oliy ta'limi, ilk biznesi yoki uy-joyi uchun jiddiy boshlang'ich kapital. Albatta, bu yerda ikkala variantda ham oʻziga yarasha xatarlar mavjud: 1️⃣ Xususiy maktab varianti: 🔸 "Yaxshi maktab = yaxshi natija" degani emas — bola muvaffaqiyati ko'p omilga bog'liq (oila muhiti, motivatsiya, o'qituvchi sifati) 🔸 Pul qaytarilmaydi — bu sof xarajat, aktiv emas. 🔸 Ijtimoiy muhit effekti sabab, bola turli qatlamlar bilan muloqot tajribasidan mahrum bo'lishi mumkin. 2️⃣ Davlat maktabi + investitsiya varianti: 🔸 Investitsiya — bu risk demak. Pulingizdan ayrilib ham qolishingiz mumkin. 🔸 Inflyatsiya — 9 yildan keyingi 1 mlrd so'mning real xarid qobiliyati bugungidan past bo'ladi. 🔸 Intizom va davomiylik talab qiladi. 9 yil davomida har oy pul ajratib, investitsiya qilinmasa yoki kutilmagan xarajat tufayli mablag' erta olinsa, murakkab foizning kuchi yo'qoladi Bular — har bir oila o'zi hal qiladigan masala. Lekin bir narsa aniq: raqamlar bilan o'ylash — har doim foydali. Sizningcha, qaysi yo'l to'g'ri? Xususiy maktab varianti ❤️ Davlat maktabi + investitsiya varianti 🔥 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling

  • Hayotimizda ikki insonning himmati ko‘p-u, lekin ko‘zimizga ko‘rinmaydi, ular: 👱‍♂️ Otamizning bizga qilgan xarajati 🧕 Onamizning bizga qilgan xizmati Agar shu xarajat va xizmatni begona odam ko‘rsatganda, butun umr undan uyalib, biror marta ham ko‘ngliga ozor bermasdik. Ota-onalarimizni asraylik, xizmatini qilib, duosini olaylik! 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling

  • без подписи

  • без подписи

  • Nega men o‘qituvchi bo‘lganman? ❤️ Bugun o‘quvchimdan kelgan shu xabarni o‘qib, yana bir bor o‘ylab qoldim: men nega o‘qituvchi bo‘lganman? Onam doim: “Qizim, o‘qituvchi bo‘lma, bir umr daftar-vazifa bilan o‘tasan”, derdi. O‘zi ham ta’lim sohasida ishlagani uchun bu kasbning qiyinchiliklarini yaxshi bilardi. Lekin men baribir o‘qituvchi bo‘lishni xohlardim. Birinchi niyatim — odamlarga ilm o‘rgatib, Allohning roziligiga erishish edi. Yoshligimda ustozlikning savobi haqida bir rivoyat o‘qib, juda ta’sirlangandim. O‘shanda ichimdan: “Men ham ustoz bo‘laman”, deganman. Ikkinchi sabab — bizning maktabimizda ingliz tili o‘qituvchisi deyarli yo‘q edi. Shuning uchun o‘zimga: “Bir kun kelib ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib, o‘zimizning bolalarga ingliz tilini o‘rgataman”, deb va’da bergandim. Yana o‘sha paytlari oilaviy sharoitimiz sabab repetitorga borishga imkonim bo‘lmagan. Shunda: “Ustoz bo‘lsam, imkoniyati yo‘q bolalarni ham bepul o‘qitaman”, deb niyat qilganman. Bugun ham imkonim boricha shu niyatimni bajarishga harakat qilaman. Mana, maktabda ingliz tilidan 7 yil dars berdim. Hozir esa bir paytlar o‘zim o‘qitgan o‘quvchilarimning farzandlariga ham dars beryapman. Vaqt o‘tibdi... 🥹 Bugun tushunyapman: o‘qituvchilik faqat dars o‘tish emas ekan. Ba’zan bir bolaning o‘ziga ishonishiga, o‘qishga qiziqishiga, hatto kelajagini o‘zgartirishiga sababchi bo‘lar ekansiz. O‘quvchilardan “Ustoz, siz sabab o‘qigim keldi”, “Sizni hech bir ustozga almashmayman” degan gaplarni eshitsam, barcha charchoqlarim esimdan chiqadi. ❤️ Men o‘qituvchi bo‘lganimdan faxrlanaman. Inshaalloh, o‘rgatgan har bir harfimiz, bergan ilmimiz va bir bolaning qalbida uyg‘otgan har bir umidimiz savobimizga yozilsin. 🤲🏻 Men faqat ingliz tilini o‘rgatish uchun emas, kimningdir hayotida yaxshilikka sabab bo‘lish uchun o‘qituvchi bo‘lganman. ❤️

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • ❤️ Bu qizlarimning sovg‘asini sizlar bilan bo‘lishmasam bo‘lmasdi... O‘quv markazimizdagi Premium Class — men uchun alohida guruh. Bu qizlarning fikrlashi, o‘qishga munosabati, dunyoqarashi va maqsadlari doim boshqacha bo‘lgan. Yaqindagina ular yana bir katta qadam tashlab, B1 bosqichiga muvaffaqiyatli o‘tishdi. Hozir ular bilan Rayhona teacher — listening va reading, Jasmina teacher — speaking va writing, Xushnoza teacher esa grammar va vocabulary bo‘yicha ishlab kelishyapti. Men esa vaqtim imkon berganida darslariga kirib, jarayonni kuzatib turardim. Lekin bir kuni qizlarim mendan arazlab qolishdi. 😊 — Nima bo‘ldi, nega gapirmayapsizlar? — deb so‘radim. Shunda ular menga shunday misol keltirishdi: “Milliy terma jamoani Temur Kapadze Jahon chempionatigacha olib chiqdi. Keyin esa boshqa murabbiy keldi. Biz ham xuddi shunday bo‘lishini xohlamaymiz. Siz bizni shu darajagacha olib keldingiz, nega endi oxirigacha o‘zingiz biz bilan ishlamaysiz?” Bu gapni eshitib, bir muddat nima deyishni ham bilmay qoldim... 🥹 Ularning yosh bo‘lishiga qaramay, shunday o‘xshatish orqali o‘z fikrlarini yetkazgani, eng muhimi, ustozining ular bilan birga bo‘lishini shunchalik xohlashi meni juda ta’sirlantirdi. Shundan keyin imkon qadar ularning darslariga ko‘proq kirishga, suhbatlar olib borishga, o‘zim ham ular bilan ishlashga harakat qilyapman. 🤍 Bugun esa ular yozib bergan xatlarini o‘qidim... Bu xatlar meni shunchalik ta’sirlantirdiki, avval hikoyamga joyladim, keyin esa bu qizlarimning samimiyatini kanalimda ham qoldirgim keldi. Ba’zan ustoz uchun eng katta mukofot sertifikat yoki natija emas — o‘quvchisining qalbida qanday joy egallaganini his qilish ekan. ❤️ Aziz kanalimiz kuzatuvchilari, shu qizlarimni duolaringizda eslab qo‘ying. 🤲🏻 Ularning har biri uchun juda katta niyatlarimiz bor. Ilohim, qilayotgan mehnatlari zoye ketmasin, bilimlari ziyoda bo‘lsin va oldimizga qo‘ygan eng yuqori natijalariga erishish nasib qilsin. Men esa barcha o‘quvchilarim uchun doim duodaman. Ularning yutug‘i — ustoz uchun eng chiroyli sovg‘a. ❤️ Premium Class — hali eng chiroyli natijalarimiz oldinda! ✨

  • 9 авг.173211

    🎉🌷 BUGUN HILOLA’S ACADEMYDA BAYRAM! 🌷🎉 Bugun akademiyamizning eng qadrli insonlaridan biri — aziz Jasmina teacherimizning Shukrona kuni! 🎂💐 Aziz Jasmina teacher, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! ❤️ Siz akademiyamiz uchun shunchaki ustoz emas, o‘quvchilarimizning har bir yutug‘i va chiroyli natijasi ortida mehnati, mehri va jonkuyarligi bor insonlardan birisiz. O‘quvchilarga chin dildan bilim berib, ularning muvaffaqiyatidan o‘zingiznikidek quvonishingiz biz uchun juda qadrli. 🌸 Shaxsan men uchun esa siz allaqachon o‘z qizimdek yaqin va aziz inson bo‘lib qolgansiz. Sizning samimiyligingiz, mehnatsevarligingiz va akademiyamizga bo‘lgan mehringizni juda qadrlayman. 🤍 Bugungi go‘zal kuningizda qalbingizdan o‘tgan barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilaymiz. 🤲 Orzu qilgan manzillaringizga yeting, qilgan har bir mehnatingizning chiroyli samarasini ko‘ring. Hayotingiz baxt, baraka, sog‘lik, mehr va unutilmas quvonchlarga to‘lib borsin! ✨ Doimo yuzingizdan tabassum arimasin, qalbingiz xotirjam bo‘lsin. Atrofingiz hamisha sizni chin dildan qadrlaydigan va yaxshi ko‘radigan insonlarga to‘la bo‘lsin. 🌹 🎂 Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin, aziz Jasmina teacher! 💐 Sizga hali oldinda juda ko‘p go‘zal kunlar, katta yutuqlar va ushalgan orzular nasib etsin! ❤️ Hilola’s Academy jamoasi va barcha o‘quvchilarimiz nomidan cheksiz mehr va eng samimiy tilaklar bilan! 🌷✨

  • Фарзанд тарбияси ҳақида тарбияда (қисман бўлса ҳам) муваффақияти кўринган ота-оналардан ҳам тавсиялар сўраш керак. Улар гапга уста бўлмаслиги, соҳа бўйича назарий илмларга кўп ҳам эга бўлмаслиги мумкин. Лекин уларда натижа бор, демак тарбияда қўллаган услуби амалиётдан муваффақиятли ўтган. Оддий қилиб айтган битта тавсияси катта бир тарбия қўлланмаси бўлиши мумкин. Ўзим ҳам шундай кишиларнинг оддий гапига ҳам қаттиқ эътибор бераман. Кеча шундай бир тавсия эшитдим, илгари ҳам эшитгандекман аммо бу сафар бошқача таъсир қилди: “Фарзандларга ёшликдан енгил бўлса ҳам иш буюриб туриш керак. Хизматга ўрганишидан ташқари савоб ишлашсин. Уларга савоб олиш учун имконият бериш деб қараш ҳам керак бунга”. Бу айниқса, хизматига эҳтиёж бўлмаган, ҳамма юмушдан озод қилиниб, фақат ўқиш ёки ишга йўналтирилган болаларга тегишли. @IkromSharif

  • без подписи

  • без подписи

  • 🎓✨ KICHIK YOSH — KATTA NATIJA! ✨🎓 Bugun yana bir quvonchli natijamiz bilan bo‘lishmoqchimiz! 💐 Atigi 2-sinfda tahsil olayotgan o‘quvchilarimiz yosh bo‘lishlariga qaramay, ingliz tili grammatikasini juda yaxshi o‘zlashtirib, yuqori natijalar bilan A1 bosqichiga qadam qo‘yishdi! 🇬🇧📚 Bu natija — ularning muntazam harakati, darslarga mas’uliyat bilan yondashishi va bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqining mevasi. 🌟 Aziz o‘quvchilarimizga A1 bosqichini ham a’lo natijalar bilan yakunlab, A2 darajasiga muvaffaqiyatli o‘tishlarini tilab qolamiz. Xudo xohlasa, kelgusi bir yil davomida bilimlarini yanada mustahkamlab, kamida ikkita xalqaro yoki milliy til sertifikatini qo‘lga kiritishlari uchun birgalikda harakat qilamiz! 🏆📜 Qolgan o‘quvchilarimizga, ayniqsa katta yoshdagi o‘quvchilarimizga ham kichkina bilimdonlarimizdan o‘rnak olib, yanada ko‘proq izlanish va harakat qilishlarini tilaymiz. 💪📖 Yosh — chegara emas. Harakat, intizom va mehnat bo‘lsa, natija albatta keladi! ❤️ 🌸 Hilola’s Academy — kichik qadamlardan katta natijalar sari!

  • 👑 BUGUN JAMOAMIZDA BAYRAM! 💐 Bugun Hilola’s Academy jamoasining mehribon, izlanuvchan va bolajon ustozlaridan biri — Nilufar teacherning tavallud ayyomi!🫴 Hurmatli Nilufar teacher! 🩷 Sizni bugungi shukrona kuningiz — tug‘ilgan kuningiz bilan Hilola’s Academy jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🌸 Siz nafaqat Qo‘qon davlat universitetining 2-bosqich talabasi, balki o‘z ustida doimiy ishlaydigan, darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishga intiladigan, eng muhimi, bolalarni chin dildan yaxshi ko‘radigan ustozsiz. 👩🏻‍🏫✨ Akademiyamizdagi faoliyatingiz davomida qisqa vaqt ichida o‘quvchilarimizning mehrini, ota-onalarning esa ishonch va hurmatini qozona olganingiz biz uchun alohida quvonch. 💗 Bolajonlarga bo‘lgan mehringiz, sabr-toqatingiz va dars o‘tishdagi o‘ziga xos metodikalaringiz Sizni jamoamizning qadrli a’zosiga aylantirdi. Yangi yoshingiz Sizga ulkan imkoniyatlar, yangi yutuqlar, go‘zal xotiralar va ko‘plab muvaffaqiyatlar olib kelsin! 🌷 Talabalik yo‘lingizda ham, ustozlik faoliyatingizda ham doimo yuqori marralarni zabt etishingizni tilaymiz. Ko‘nglingizdagi barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan esa mehr hech qachon arimasin! 💫 🕯Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Nilufar teacher! Sizdek mehribon va fidoyi ustoz Hilola’s Academy jamoasining bir qismi ekanidan mamnunmiz! 💐⚪️ Hurmat va ezgu tilaklar bilan, Hilola’s Academy jamoasi 🌿