"Koʻk-Ota" MFY Yoshlari
Статистика- Последний пост
- 22 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 61
- 1/48двое суток
- 69
- 1/72трое суток
- 75
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🟦🟦🟦🟦🟦 Samarqand viloyati yoshlari diqqatiga! Endilikda 30 yoshgacha bo’lgan barcha viloyat yoshlarini qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitiladi va qonuniy bartaraf etiladi. 🕊Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov tomonidan yoshlar murojaatlarini qabul qilish uchun maxsus 🕊Telegram raqam ishga tushirildi. Endi har bir yosh: 💬O‘z murojaatlarini quyidagi raqamga ochilgan telegram kanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishlari mumkin: 📞 +998 50 159 37 93 ✈️ Telegram havola➡️@YIASVB Yuborilgan murojaatlar Boshqarma tomonidan shaxsan ko‘rib chiqilib, tegishli viloyat, tuman va shahar tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etiladi. 🇺🇿 Yoshlar manfaati – bosh maqsadimiz! #Murojaat #YoshlarBilanMuloqot Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
✍️“Yoshlar ovozi” gazetasining maxsus sonini o‘qidingizmi? Ushbu bayram soni to‘lig‘icha 30-iyun — “Yoshlar kuni”ga hamda davlatimiz rahbarining yigit-qizlar bilan o‘tkazgan tarixiy muloqotiga bag‘ishlandi. Gazeta sahifalarida uchrashuv davomida e’lon qilingan yangi imkoniyatlar, yoshlarimizning hayajonli taassurotlari va kelajakni o‘zgartiruvchi eng muhim tashabbuslar o‘rin olgan. 📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilishingiz mumkin! #yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
✅Qonunçilik palatasi lotin alifbosi özgarişiga oid qonun loyihasini qabul qildi 🔻Oliy Majlis Qonunçilik palatasi lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun loyihasini vanihoyat qabul qilib, Senatga yubordi. 🔺Loyihaga köra, özbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bölişi taklif etilmoqda. Jumladan: — Sh örniga — Ş; — Ch örniga — Ç; — Oʻ örniga — Ö; — Gʻ örniga — Ğ qöllanilişi nazarda tutilmoqda. 🔹Yangi alifboga ötiş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
📌 “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy oliygoh talabalariga ham beriladi. Bugungi kunda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ustozlari 200 million so‘m mukofot olmoqda. Endi bu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
#imtiyoz 💥💥💥 Harbiylarning farzandlariga berilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota uchun o‘tish ballari (2025/2026 o‘quv yili uchun) Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan imtiyozli toifadagi abituriyentlar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi. Jumladan, harbiylarning farzandlariga berilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota uchun o‘tish ballari ham e'lon qilindi. Mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Shuningdek, ushbu qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi taʼlim uchun taalluqli. Ushbu imtiyoz quyidagi harbiy soha farzandlariga tegishli: ✅ Mudofaa vazirligi ✅ Ichki ishlar vazirligi ✅ Favqulodda vaziyatlar vazirligi ✅ Davlat xavfsizlik xizmati ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xavfsizlik xizmati ✅ O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi ✅ Milliy gvardiya ✅ Harbiy prokuratura Har bir tashkilot uchun ajratilgan kvotalar soni va grantga o‘tish bali bo‘yicha to‘liq ro‘yxat quyida jadval ko‘rinishida shakllantirilgan. 📣 Batafsil axborot ushbu havolada 👉👉👉 https://abt.uz/blog/harbiylarning-farzandlariga-berilgan-qoshimcha-davlat-granti-asosidagi-kvota-uchun-otish-ballari-2025-yil ‼️ Barcha abituriyentlarga tarqating 🗓 Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda 👇👇👇 @uzabt
Texnikumlarga 9-sinf bitiruvchilari qabuli boshlandi Maktablarning 2026-yil 9-sinf bitiruvchilari 570 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Platformaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (o‘quvchining 3x4 hajmidagi fotosurati bilan) yoki ID-karta va elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritilishi lozim. Ma’lumot uchun, qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun kvotalar to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan. 👉 @xushnudbek 👈
Eng faol va tashabbuskor yoshlar davlatimiz rahbari tomonidan taqdirlandi. — Самая активная и инициативная молодежь получила награды от главы нашего государства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#yoshlar_kuni #30_iyun Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. ✅ Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinib, barcha vazirlik va idoralar yoshlar muammolarini o‘rganish va yechim topish masalasiga to‘liq safarbar qilindi. ✅ Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidladi. ✅ Kecha Prezidentimiz mana shunday o‘g‘il-qizlarimizdan bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmon va qarorni imzoladi. Bugun ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. ✅ Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokiga to‘xtalib o‘tdi. ✅ Har yili 500 ming o‘g‘il-qizni zamonaviy kasbga ega bo‘lishini ta’minlaydigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi. ✅ Xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 million so‘mdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 million so‘mdan mukofot oladi. ✅ Bugun xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi. ✅ “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi ishga tushiriladi. Ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli shartlarda yer va kredit beriladi. ✅ Yosh liderlarni aniqlash bo‘yicha 5 ta yo‘nalishda “TOP-100” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida “yangi iqtisodiyot”, AT va sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yurtimizdagi yoshlar hamda chet eldagi vatandoshlarimiz uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi. ✅ “O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Yoshlarimiz o‘z natijasini platformaga kiritadi. Bu ma’lumotlar vazirliklar tomonidan o‘rganiladi va yoshlarga ball beriladi. ✅ Bank-moliya akademiyasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha “aql markazi” sifatida belgilanadi. Bundan buyon akademiya tinglovchilari hududlarda yoshlar va tadbirkorlar bilan uchrashadi va tayyor biznes loyihalarni shakllantiradi. ✅ “Raqamli hukumat” markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Keyingi yil klaster quvvati 3 karra oshiriladi. Joriy yilda 20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi. ✅ Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. ✅ Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. ✅ Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Qanot” loyihasini ishga tushiradi. Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang! – dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang! Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor! Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!” – dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Facebook|Instagram|X
Bugun O‘zbekiston yoshlari uchun katta bayram Bu — shunchaki sana emas. Bu — orzu qilayotgan, izlanayotgan, o‘rganayotgan va to‘xtab qolmayotgan minglab yigit-qizlarning kuni. Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bildirilayotgan ishonch ularning mas’uliyatni his qilishida, o‘z salohiyatini namoyon etishida va yanada katta maqsadlar sari intilishida muhim tayanch bo‘lmoqda. Barcha yoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabriklayman. Har biringizning harakatingiz va yutug‘ingiz mamlakatimiz kelajagi uchun muhim. @alisher_sadullaev
1-iyuldan boshlab yoshlar uchun davlat xizmatiga kirish tartibi soddalashtiriladi Unga koʻra, ishga kirishdagi suhbat savollari davlat organining rasmiy veb-saytida kamida bir oy oldin eʼlon qilinadi, bir oy oldin e’lon qilinmagan savollarni nomzodlarga berish taqiqlanadi. Shuningdek, ichki tanlovlar o‘tkazilmaydigan hamda tanlovlarda nomzodlar uchun umumiy yoki maxsus ish staji talab etilmaydigan lavozimlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Ish staji talab qilinadigan lavozimlar uchun ham cheklov belgilanib, nomzodlardan ko‘pi bilan ikki yillik umumiy yoki maxsus ish staji talab qilinishi mumkin bo‘ladi. 👉 @xushnudbek 👈
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи