tgindex
" HydroLeaders "💡

" HydroLeaders "💡

Статистика
@hydroleadersанглийский

For further information please contact us 👇👇👇 👉 @Djalilov_Sirojiddin 👉 @ShamsiddinovXushnudbek Group 👉 t.me/HydroLeaders213

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
20:49
Постов за неделю
1
Всего постов
47
Тип
открытый
Язык
английский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
214
−1 за 3 дн.
Сутки
−1
−0,47%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
516
40 постов
Вовлечённость
241,1%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 47
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
31
1/48двое суток
35
1/72трое суток
38

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠ Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. ✅Telegram | ✅Instagram

  • 📢 Gidromelioratsiya va Gidrotexnika qurilishi fakultetlarining 3- va 4-bosqich talabalari diqqatiga! 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining "Suv xo‘jaligi vaziri" stipendiyasi tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi. 🎓 Stipendiya tanlovida ishtirok etishni istaganlar, hujjatlarini 2026-yil 5-avgustga qadar topshirishingiz mumkin. 📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 https://forms.yandex.ru/cloud/6a63838b6d2d73b05016f906 ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar: 📲 Telegram: @TIQXMMI_IQTIDOR 📞 Telefon: 88-771-70-57 ⏳ Belgilangan muddatni o'tkazib yubormang! Barcha munosib nomzodlarni stipendiya tanlovida faol ishtirok etishga taklif etamiz.

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🟦🟦🟦🟦 🗓 2026-yil 30-may kuni Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Astana shahrida MDH davlatlari talabalari o‘rtasida “Лучший студент СНГ” — “MDHning eng yaxshi talabasi” nomi ostida xalqaro tanlov o'tkazildi. Mazkur nufuzli tanlov Qozog‘istondagi “Parasat” milliy ta’lim va innovatsiyalar markazi hamda “Jaña Qazaqstan” Respublika innovatsion markazi hamkorligida tashkil etildi. 🌐 Ushbu tanlov MDH hududidagi 9 ta davlat talabalari o‘rtasida tashkil etilib, unda 400 nafardan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. 😄 Quvonarlisi, universitetimizning “Ekologiya va huquq” fakulteti talabasi, Hydroleaders jamoasi a’zosi Xudoyberdiyev Xumoyunbek, “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talabasi Xamdamov Og‘abeklar ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etib, “MDHning eng yaxshi talabasi” deb topilishdi. 🥇 Alohida ta’kidlash joizki, ushbu natija universitetimiz tarixida birinchi marta qo‘lga kiritildi. Bu yutuq nafaqat g‘olib talabalarimizning, balki butun universitetimizning xalqaro nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb qiladi. 🥳 Universitetimiz jamoasi nomidan Xudoyberdiyev Xumoyunbek va Xamdamov Og‘abekni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz. Kelgusidagi ilmiy, ijodiy va jamoatchilik faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz. 😁"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali: @ilovetiiame

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🌱 Grant loyihalar tanlovi! GEF Kichik Grantlar Dasturi (SGP) O‘zbekistonda ekologik tashabbuslar uchun loyiha tanlovini e’lon qiladi. Mazkur dasturni biz Global Ekologik Jamg‘arma (GEF) ko‘magida amalga oshirilmoqdamiz. Tanlovda NNTlar, mahallalar, fondlar, uyushmalar, ilmiy va ta’lim muassasalari hamda boshqa fuqarolik jamiyati tashkilotlari ishtirok etishi mumkin. 📌 Ustuvor yo‘nalishlar: • biologik xilma-xillikni saqlash • yer va suv resurslarini barqaror boshqarish • iqlim o‘zgarishi va ekotizimlarni tiklash • barqaror qishloq xo‘jaligi • chiqindilarni boshqarish • ekologik ta’lim • energiya samaradorligi va past uglerodli yechimlar 💰 Grant miqdori: 50 000 AQSh dollarigacha 📅 Arizalarni topshirish muddati: 2026-yil 5-iyun 🌐 Batafsil ma’lumot va ariza shakllari: https://go.undp.org/qdr 🌳 🌳 🌳 🌱 Приём проектных заявок! Программа Малых Грантов ГЭФ (SGP) в Узбекистане, реализуемая при поддержке Глобального экологического фонда (GEF), объявляет конкурс проектных предложений для экологических инициатив по всему Узбекистану. К участию приглашаются ННО, махалли, фонды, ассоциации, научные и образовательные учреждения, а также другие организации гражданского общества. 📌 Приоритетные направления: • сохранение биоразнообразия • устойчивое управление земельными и водными ресурсами • климат и восстановление экосистем • устойчивое сельское хозяйство • управление отходами • экологическое просвещение • энергоэффективные и низкоуглеродные решения 💰 Максимальный размер гранта: до 50 000 долларов США 📅 Крайний срок подачи заявок: 5 июня 2026 года 🌐 Подробная информация и формы заявок: https://go.undp.org/qdV #ClimateAction

  • 📣2026 UNESCO Sultan Qaboos Prize for Environmental Conservation 📎Sulton Qobus nomidagi UNESCO mukofoti har ikki yilda bir marta tabiatni asrash, resurslarni boshqarish va ekologik ta’limga qo‘shilgan ulkan hissa uchun topshiriladi. 🏆Mukofot: 💵100,000 va faxriy sertifikat. 🗓 Topshirish marosimi: 2026-yil noyabr – «Butunjahon fan forumi» (World Science Forum). 🍀Mukofot quyidagilar uchun beriladi: 1️⃣ Ekologiya va tabiiy resurslar sohasidagi tadqiqotlar; 2️⃣ Biosfera rezervatlari va UNESCO Butunjahon merosi ob’ektlarini samarali boshqarish; 3️⃣ Ekologiya bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish; 4️⃣ Barqaror rivojlanish va atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan faoliyat. 👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin? Alohida olimlar, tadqiqotchilar guruhlari, davlat va xususiy institutlar, NNTlari. ⚠️O‘z-o‘zini nomzod qilib ko‘rsatish mumkin emas. Nomzodlar quyidagilar tomonidan tavsiya etilishi (nominatsiya qilinishi) kerak: 💬 Yo o‘z mamlakatining UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tomonidan; 💬 Yo UNESCO bilan rasmiy hamkorlik maqomiga ega bo‘lgan xalqaro nodavlat tashkilotlar tomonidan. ⏰ Аriza topshirish uchun oxirgi muddat: 2026-yil 15-iyun 👉 Batafsil ‼️ Obuna boʻling: @uz_grants

  • 2026-yil Xalqaro Magistratura va Doktarantura (Xitoy) 📅 Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 15-maygacha 🎓 Kimlar qatnashishi mumkin? Daraja: magistratura, doktorantura Davlatlar: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston 💰 Stipendiya miqdori: O‘qish va turar joy bepul Magistrantlarga: 3000 yuan/oy Doktorantlarga: 3500 yuan/oy Tibbiy sug‘urta bepul 📚 Yo‘nalishlar (ingliz tilida): Yo‘nalish Daraja Qishloq xo‘jaligi muhandisligi magistratura, doktorantura Mexanika magistratura, doktorantura Kimyo texnologiyasi doktorantura Elektronika va informatika magistratura Kimyo doktorantura ✅ Asosiy talablar: Xitoy fuqarosi emas Magistratura: 35 yoshgacha, bakalavr darajasi Doktorantura: 40 yoshgacha, magistr darajasi Ingliz tilini bilish (TOEFL/IELTS yoki ingliz tilida o‘qiganlik sertifikati) 📑 Kerakli hujjatlar: Stipendiya arizasi (xitoy/ingliz tilida) Pasport nusxasi (2027-yil sentyabrgacha amal qilishi kerak) Diplom va transkript (notarial tasdiqlangan, ingliz tarjimasi bilan) Ingliz tili sertifikati O‘qish rejasi (kamida 1000 so‘z, xitoy/ingliz tilida) 2 ta professor tavsiyanomasi (xitoy/ingliz tilida) Tibbiy ma’lumotnoma (6 oy ichida olingan) Sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma 🌐 Arizani topshirish: http://istudy.shzu.edu.cn https://www.campuschina.org Suhbatga taklif email orqali keladi. 📞 Aloqa: +998 97 775 13 90 Samiev Luqmon, @LuqmonSamiyev

  • #Diqqat_e'lon 👧 “SUVNI ASRAYLIK – KELAJAKNI SAQLAYLIK” TANLOVI 💠 Talabalar diqqatiga! Sizni suv resurslarini asrashga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz! ✔️Tanlov maqsadi: Suvdan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish, ekologik ongni oshirish va innovatsion yechimlarni aniqlash. 📹Shartlar: • Videorolik davomiyligi: 1–3 daqiqa • Format: MP4 (kamida HD sifat) • Har bir ishtirokchi: faqat 1 ta video • Mavzu: suvni tejash, suv isrofi va yechimlar Ma'lumot uchun havola ✅Nizom bilan tanishish ✅Ariza topshirish uchun Mukofotlar: 🥇1–5 o‘rin sohiblari — qimmatbaho sovg‘a va sertifikat bilan taqdirlanadi. 📜 Barcha faol ishtirokchilarga sertifikati taqdim etiladi. ⚫️Muhim sanalar ✅Qabul boshlanish: 12-aprel 2026 ✅ Yakuniy muddat: 24-aprel 2026 📎Natijalar: 1-may 2026 💠 Tanlov tashkilotchilari: World Food Forum Uzbekistan Youth Chapter hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida. Tanlovda faol bo'ling, yorqin kelajak sizni kutmoqda. Qoʻshimcha ma'lumot uchun: @WFF_UZ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✅ Telegram | ✅ Instagram ✅ YouTube | ✅ LinkedIn ✅ WhatsApp | ✅ Facebook

  • Qo‘shtepa, Orol, Rog‘un va suv tanqisligi – vazir bilan katta suhbat Kun.uz suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev bilan suhbatlashdi. Suhbatdagi asosiy savol ancha jiddiy: ❓O‘zbekiston tobora yaqinlashib kelayotgan kuchli suv tanqisligiga tayyormi? Vazirdan iqtiboslar: 👉 “Sibir daryolarini burish orqali Orolni to‘ldirish – mutlaqo noto‘g‘ri”. 👉 “Qo‘shtepa kanali qurilishi kechikyapti. Loyiha tugasa-da, afg‘onlarda nasos ishlatgani elektr toki yetmaydi”. 👉 “Rog‘un GES yaqin tarixda siyosiy muammo edi, hozir O‘zbekiston bu loyiha xavfsiz qurib bitkazilishiga ishonmoqda”. 👉 “Orolning qurishiga ruslarning noto‘g‘ri suv siyosati emas, ekologik omillar sababchi”. 👉 “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida 30-40 foiz suv yerga singib yo parlanib yo‘qotiladi”. 🍿📹SUHBATNI TOMOSHA QILING

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🅰🅰🅰🅰🅰🅰 👁️ "Hydroleaders" jamoasidan “Mirzo Ulugʻbek vorislari 2026” tanlovidagi yutuqlar davom etmoqda  🚀🚀🚀 🏆Jamoamizning navbatdagi g‘alabasi! Gidromelioratsiya fakulteti 2-bosqich talabasi Ergashev Samandar Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanida  g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. ⚡️ Samandarning bu natijasi — uning kuchli energiyasi, tirishqoqligi va doimiy harakati samarasidir. Bugungi yutuq — ertangi katta muvaffaqiyatlarning boshlanishi! 👏 Samandarni ushbu g‘alaba bilan jamoamiz nomidan samimiy tabriklaymiz! Oldinda esa yanada yuqori bosqichlar va katta zafarlar kutmoqda! 🔥 Batafsil ma'lumot: 📱 Telegram | 📱 Instagram

  • 20 мар.2 1546

    видео или голосовое, без подписи

  • 20 мар.2 378366

    🌸💮🌸🌸🌸💮 👁️ "Hydroleaders" jamoasidan "Mirzo Ulugʻbek vorislari 2026" tanlovidagi yutuqlar estafetasi davom etmoqda...🚀🚀🚀 🏆Jamoamizning yana bir yorqin yutugʻi. Iqtidorli a'zomiz Gidromelioratsiya fakulteti 2-bosqich talabasi Axmedova Marjona Navoiy viloyati Tomdi tumanida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi. 💫 Bu natija — tinimsiz mehnat, kuchli iroda va katta orzularning mevasi. Bugun kichik g‘alaba — ertangi ulkan muvaffaqiyatlarning boshlanishi! 👑 Marjonani ushbu ajoyib natija bilan jamoamiz nomidan samimiy tabriklaymiz! Oldinda esa faqat yuqori cho‘qqilar, yangi marralar va yana-da katta zafarlar kutmoqda! ❤️‍🔥 Omad har doim hamrohingiz bo'lsin! Batafsil ma'lumot: 📱 Telegram | 📱 Instagram

  • 16 мар.2 4362916

    🔠🔠🔠🔠🔠🔠 👁️ "Hydroleaders" jamoasidan "Mirzo Ulugʻbek vorislari 2026" tanlovidagi yutuqlar estafetasi boshlandi 🚀🚀🚀 🏆Jamoamizning bu yildagi ilk gʻalabasi Xorazm diyoridan keldi. Gidromelioratsiya fakulteti 1-bosqich talabasi Kamolov Xursandbek Xorazm viloyati Gurlan tumanida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi. 👨‍🎓 Xursandbekni ushbu ilk yutugʻi bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda ham omad yor boʻlishini tilaymiz 🥳🥳🥳 Batafsil ma'lumot: 📱 Telegram | 📱 Instagram

" HydroLeaders "💡 — tgindex