tgindex
Feruzka.com

Psixologiya va fanga yondashuv Turli xil foydali amaliyotlar O'qigan kitoblarim haqida bo'lishaman Konsultatsia uchun: @Busichkin TDPU.Bakalavr Webster.Magistratura https://t.me/Busichkinnatijasi @Busichkin

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Психология (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
480
+6 за 2 дн.
Сутки
+6
+1,27%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
343
20 постов
Вовлечённость
71,5%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
120
1/48двое суток
137
1/72трое суток
148

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🌟Inson boshqa odam unga sotqinlik qilganini sezadi butun umr usha odamdan nafratlanib o'tadi, lekin o'zini o'ziga qilyotgan sotqinlikini unutadi. 🌟Eng ko'p uchrayotgan va sizga normal holatga aylangan tinimsiz boshqalarni hayotini kuzatish, ular haqida fikrlashiz, ularni yegan ovqatini muhokama qilib o'ylashiz. O'zizzi o'zizga hiyonat qilyotganizzi bildiradi. Siz daromadizzi oshirishga sababchi bo'ladigan ishlarni bajarishi o'rniga boshqa ish bilan bandsiz. 🌟Inson telefon bilan uxlab telefon bilan uyg'onadi va o'ziga og'riq beradigan axborotlarni tomosha qiladi. Bu sizga birovni qilgan hiyonatidan ming marta og'irroq hiyonatdir. @Idrisxodjayevaf

  • видео или голосовое, без подписи

  • 9 авг.168141

    🌟Bu ID audiomdan kelgan natijalar, bu audio har qanaqa konsultatsia o'rnini ham bosadi, agar siz doimiy eshtib yursangiz. Chunki har bir so'zini ustida ishlaganman, har bir so'zi siz uchun da'vo bo'lishi aniq. Man 8 yil 10 yildan beri o'rganib kevotgan bilimlarimi eng shirin joyini bitta audio qildim. Bu audioni eshtib yurganizzi o'zida allaqachon boshqacha o'zizzi xis qilishi boshliysiz. 🌟Man bunga mos meditatsiya ham yaratib yozib qo'ydim, pullik kanal a'zolariga ertaga taqdim qilaman. Bu audio sizzi million xil bilimni ichida chalkashib keraksiz axborot bilan miyezzi to'ldirib yurishdan sizzi saqlaydi. 💗@Busichkin @Idrisxodjayevaf

  • 🌟Shu you tubedagi videoda blogger Amerikadagi Little Rock degan shahari odamlarini yashash tarzini yoritib va Yaponiyadagi odamlarni turmush tarzini yoritgan. 🌟Little Rock da odamlar faqat mashinada yurarkan, AQSH dagi eng semiz odamlar shu shaharda qayd etilgan ekan.Odamlarda to'g'ri ovqatlanish haqida umuman ma'lumot yo'q ekan. Ular faqat fast-food bilan ovqatlanisharkan. Har qadamda fast-food eng kuchli kasallik bilan og'rigan odamlar ham usha yerda ekan. Har qadamda odamlar fast-foodni reklamasini ko'rar ekan.Shahar ko'chalarida odam yo'q faqat hamma mashinada yurgani sababli. Kiyim o'lchamlari 8 XL gacha bor ekan. 🌟Yaponiyada bo'lsa odamlarga maktab vaqtidanoq ovqatlanishiga jiddiy qarasharkan, do‘konlarda shirinlik ham kaloriyasiz va bezarar, sandwichlar ham bezarar. Har qadamizda avtomat savdo mashinasida protein sotib olib ichishiz mumkin ekan. Shahar piyoda yurgan odamlar bilan to'la ekan. 🌟Yana bir bor bir xulosamni tasdiqlab oldim, ya'ni yangi tug'ilgan bolalar kattalar nima qilishsa huddi shunga ergashib ketishiga. Mamlakatlar ham huddi oilalar va odamlarga o'xshab nima axborotni ko'p iste'mol qilsa huddi shu to'g'ri deb shunga ergashib ketaverishar ekan. Bitta mamlakat nosog'lomliki targ'ib qilmoqda odamlar ko'rdek shu holat to'g'ri deb shu holatga ergashib ketishmoqda. Bitta mamlakat bo'lsa sog'lomliki har bir qadamda eslatib turibti va odamlar faqat sog'lom ovqatlanish tarafdori bo'lib turishibti. Demak, mamlakatlar ham iste'mol qilgan axborotiga qarab farqlanar ekan. 😎 Videoni tilini o'zgartirib ko'rsez bo'ladi. @Idrisxodjayevaf

  • 8 авг.184192

    🌟Ko'pchilik telefoniga qaraydi agar hech kim yozmagan bo'lsa. " Meni hech kim sevmaydi" deb o'ylaydi. 🌟Ammo shu vaqtda va nihoyat o'zim uchun bir soat vaqtim paydo bo'libdi deb o'ylashiz mumkin. Ajablanarlisi shundaki, hayotga bo'lgan bunday munosabat sizning hayotingizga yanada ko'proq quvonch va qoniqish olib kiradi. 🌟Hammasini ichki munosabat hal qiladi. Ichingizdagi bo'shliqni boshqa insonlar bilan to'ldirib bo'lmaydi. Balki ma'lum vaqtga to'ldirilgandek tuyular lekin bu illyuziya. 🌟Haqiqiy to'liqlik faqat ichkaridan keladi, o'zingizga bo'lgan munosabatingiz, o'zingizga bo'lgan mehringiz va o'zligingiz bilan birlashib ketishiz orqali. @Idrisxodjayevaf

  • 7 авг.199166

    Do'stlar, so'nggi 3 hafta davomida bitta loyiha ustida ishladim. Har bir jumlasini, har bir so'zini qayta-qayta o'ylab yozdim. O'zimga bitta savol berdim: "Bu gap odamning ichki suhbatini o'zgartirishga xizmat qiladimi?" Natijada kompyuterda 3 betlik matn va uning asosida 11 daqiqalik audio tayyor bo'ldi. Bu oddiy audio emas. Bu meditatsiya ham emas. Siz undan shunchaki sayr qilayotganingizda, mashina haydayotganingizda yoki kundalik ishlaringizni qilayotganingizda foydalanishingiz mumkin. Lekin bitta shart bor. Uni bir marta eshitib chetga qo'ymang. Uni kamida 1 oy davomida qayta-qayta tinglang. Chunki ichki suhbat ham bir kunda shakllanmagan. Uni o'zgartirish uchun ham takrorlash kerak. Ishonamanki, har safar eshitganingizda o'zingizda yangi fikrlarni, yangi qarorlarni va yangi ichki holatni seza boshlaysiz. Shu audio bilan birga siz uchun alohida meditatsiya ham tayyorladim. U alohida kanalda bo'ladi. Bu amaliyotga men quyidagi nomni berdim: 🌟ID — Identity (Shaxsiyat). Agar ushbu amaliyotni sotib olish niyatingiz bo'lsa, menga shaxsiy xabar yozishingiz mumkin. Sizni bu ichki sayohatda mamnuniyat bilan kutaman. 🌟📱 @Busichkin @Idrisxodjayevaf

  • 6 авг.224161

    🌟Bir ayol bilan vaziyatlarini tahlil qildik, ularni farzandlarida aqlan zaiflik bor bo'lgan.( Albatta aqlan zaiflikga sabab bo'ladigan bolani tanasida yoki genida qandaydir tibbiy sabablar bo'lishi mumkin, lekin biz uni psixologik tarafdan qarab chiqdik) Xullas, ayolni o'zlari tahlil davomida o'zlari bo'yinlariga oldilar Feruza man aslida sog' bo'lsam ham o'zimi huddi jinnidek tutganman, yoshligimda ota-onamdagi vaziyatlarni ko'rmagandek tutardim, qaynota-qaynonamga ham huddi shunday ish qilganman hammadan baravar qochib o'zimmi jinnilikga solib olardim. Yoshlikimda manga vazifa berilsa man tushunmagandek tutganman, tushunsam ham qochardim deb etdilar. 🌟Ya'ni ayol o'zida jinni ayol obrazini yaratgan aslida sog' bo'lsa ham va oradan yillar o'tib sog'lom ayoldan tug'ilgan sog'lom farzandda aqlan zaiflik kuzatilish boshlangan. Xulosa o'zizdan, siz hozir qanaqa harakatlanvosiz? Ishonchiz komilmi to'g'ri yo'ldan ketyotganizga. @Idrisxodjayevaf

  • 4 авг.302196

    🦢Ba'zan tabiat bizga hech bir kitob yoki ma'ruzada topib bo'lmaydigan saboqlarni beradi. Oldingizda ana shunday mo''jizalardan biri albatroslarning sevgi raqsi. Yer yuzidagi eng sadoqatli qushlardan biri. Ular umrining katta qismini cheksiz okean uzra parvoz qilib o'tkazadi. Ba'zi albatroslar o'nlab yillar, hatto 50 yildan ortiq yashashi mumkin. Ko'p turlari esa umr bo'yi bitta juft bilan yashaydi. Lekin bu sadoqat tasodifan paydo bo'lmaydi. Yosh albatroslar bir necha yil davomida o'ziga xos raqsni mashq qilishadi. Turli qushlar bilan raqsga tushib, bir-birini sinab ko'rishadi. Faqat bir-biriga mos kelgan juftlargina umrboqiy rishta quradi. Eng hayratlanarlisi esa shundaki, ular uzoq vaqt okeanda alohida yashab, yana qaytib kelganlarida minglab albatroslar orasidan aynan o'z juftini topa oladi. So'ng esa yana o'sha tanish raqsni boshlaydi. Go'yo: "Men seni yana tanladim." Go'yo: "Oradan qancha vaqt o'tmasin, sen men uchun o'sha-o'shasan." Bu raqs shunchaki odat emas. Bu mehrni yangilash, ishonchni mustahkamlash va bir-biriga bo'lgan sadoqatni yana bir bor izhor etishdir. 🦢Shuning uchun ularning har bir harakati shu qadar uyg'un. Chunki ular nafaqat raqsni, balki bir-birining qalbini ham yod olgan. Balki sevgi ham shudir... Sevgi faqat uchrashuv yoki nikoh kuni bilan tugamaydi. Uni har kuni qayta tanlash, e'tibor bilan sug'orish, mehr bilan asrash kerak. Albatroslar bizga shuni eslatadi: haqiqiy yaqinlik bir kunda yaratilmaydi. U yillar davomida sabr, ishonch, g'amxo'rlik va sadoqat bilan bunyod etiladi. Ba'zan inson tabiatga qarab, o'zi unutib qo'ygan eng muhim haqiqatni yana bir bor eslaydi: chin muhabbat — his qilishgina emas, balki har kuni bir-birini yana va yana tanlashdir. @Idrisxodjayevaf

  • 4 авг.233123

    🌟Muammoni qanday savol bilan o'ylashingiz, topadigan yechimlaringizga ta'sir qilishi mumkin. Masalan, "Nega men eplay olmayman?" o'rniga "Qaysi usul menda ishlagan?" deb so'rash ko'proq foydali bo'lishi mumkin. Shunda miyangiz sizni eplay olmaganingizga mos bir dunyo javobni berishni o'rniga sizga oldin eplaganingizni eslatadigan xotiralarni berishni boshlaydi. Va sizda eplay olishizga ishonch paydo bo'ladi. @Idrisxodjayevaf

  • 🌟Kecha Webster University dagi magistraturadagi eng oxirgi darsimni tugatib keldim. Shu universitetni boshlaganimda vazifalar qiyinligidan man bu joyni tashlab ketsam kerak deb o'ylagandim, lekin Olloh bilan tinimsiz gaplashib yurishim, tinimsiz duo qilishim, harakatlarim natijasida Olloh mani bu mo'jizaviy 1 yildan o'zi o'tqazib qo'ydi. 💗Bilasizmi sizdan pulizzi, ishizzi, narsalarizzi, yaqinlarizzi olib qo'yishligi mumkin, lekin sizdan hech qachon Olloh bilan bo'lgan munosabatizzi olib qo'ya olishmiydi. Aslida sizzi eng kuchli quroliz allaqachon siz bilan. Bugun 33 ga to'ldim va judayam xursandman shu 1 yilda ham ruhan, ham bilim darajasida o'sganimga sababi 1 yil to'xtamasdan ishlab ham o'qishga o'zimmi urdim. Nima niyat qilsam tez-tez amalga oshib ketdi. Hammasi uchun ota-onam, qaynota-qaynonam, turmush o'rtog'imga rahmat ular ham mani yanada o'sishimga sababchi bo'lishdi. @Idrisxodjayevaf

  • Bir ayol bilan ishlagan edim 4 ta o'g'illari bor, butun umr u ayolni qaynog'alari, erlari, qayniukalari hammadan rashq qilib hech kimga ko'rsatmagan, ko'chaga chiqsalar to'polon bilan yana uyga kirg'azib qo'yishgan. Ayol juda ham boy oilada o'sgan va boy oilani kelini bo'lganlar, ayol kelin bo'lganidan keyin farzandli bo'lgan keyin farzandlarini hammasi o'g'il bo'lgan usha o'g'il farzandlardan 2 ta kattasi onasini qayerga borsa kuzatib boradigan bo'lgan, xattoki man bilan uchrashadigan kunlari ham o'g'illari oldin mani ko'rib keyin onalarini manga tashlab ketgan edilar. Farzandlar butun umr onani oldida qo'riqchi, butun umr er qo'riqchi, butun umr qaynog'a, qayniukalar qo'riqchi nimaga? Man ayolni ko'p vaziyatlari bilan ishlab chiqdim usha vaqtda ovsinlari vafot etgan va ovsinlarini qizlari bu ayolni qo'lida qolgan edi u qizlarni psixologik holati ham yaxshi emasligi uchun usha ayol bilan hamma vaziyatlarni tahlil qildik. Keyin o'zlaridagi bir narsani aniqladim, ayol yoshlik vaqtida jinsiy zo'ravonlikga uchragan shu uchun o'zlarini butun umr yomon ayol deb hisoblaganlar shu fikr bilan butun umr yashaganlar. Shu uchun yonidagi erkaklar ham bu ko'chaga chiqsa boshqa erkaklar buni yomon ayol deb hisoblab ayolga gap otishadi deb qo'rqishgan. Rostdan ham ayol ko'chaga 1 martagina yolg'iz chiqsa begona erkaklar ularni orqasidan sovchi bo'lib yoki sevgi izhor qilib kelavergan. Bittagina ayolni bolalikdagi man endi yomon ayolman degan xulosasi 48 yoshigacha ayolni ta'qib qilgan. Keyin man usha joyni to'g'irlab ishlab berdim, oradan 2 oy o'tdi manga yana ovsinlarini qizlaridagi muammo bilan keldilar, o'zlari mashinalarini haydab yolg'iz keldilar. O'g'illari ularni oldida yurishni to'xtatibti. Erlari, qaynog'alari ham ayolni yolg'iz ketishiga ruhsat beradigan bo'lishibti. Bittagina xulosangiz muammolarda yashashizga sababchi bo'lyotgan bo'lishi mumkin. @Idrisxodjayevaf

  • Ikki sodiqlik kartasi va mantiqqa sig'maydigan natija 2006-yilda ikki tadqiqotchi — Joseph Nunes va Xavier Drèze — avtomobil yuvish shoxobchasida qiziqarli tajriba o'tkazishdi. Tashqaridan qaraganda bu juda oddiy tajribaga o'xshaydi. Ammo uning ortida hayotingizdagi har qanday maqsadga boshqacha nazar bilan qarashingizga sabab bo'ladigan muhim haqiqat yashiringan. Ular bir guruh mijozlarga bepul avtomobil yuvish xizmatini olish uchun 8 ta muhr yig'ish kerak bo'lgan sodiqlik kartasini berishdi. Ikkinchi guruhga esa 10 ta muhr talab qilinadigan karta berishdi, lekin unda 2 ta muhr oldindan bosilgan edi. Hisoblab ko'ring. Har ikkala guruh ham aslida bir xil ishni bajarishi kerak edi — yana 8 ta muhr yig'ish. Mukofot bir xil. Mehnat bir xil. Yakuniy natija ham bir xil. Ikki guruhning maqsadi o'rtasida hech qanday haqiqiy farq yo'q edi. Faqat mantiqqa asoslangan qarashga ko'ra, bu ikki guruh deyarli bir xil natija ko'rsatishi kerak edi. Lekin inson xulq-atvori deyarli hech qachon faqat mantiq bilan boshqarilmaydi. Kartasida oldindan 2 ta muhr bo'lgan guruh kartani deyarli ikki baravar ko'proq yakunladi. Ish hajmi bir xil. Mukofot bir xil. Ammo maqsadni oxirigacha yetkazish darajasi keskin farq qildi. Bundan ham qizig'i, tadqiqotchilar bu odamlar tezroq harakat qilganini va maqsad sari ko'proq shoshilish hissini namoyon etganini kuzatishdi. Oldindan mavjud bo'lgan o'sha kichik taraqqiyot hissi ularning harakatiga kuchli turtki berdi. Ular ko'proq sabr va qat'iyat ham ko'rsatishdi. Ish sekinlashganda yoki zerikarli bo'lib qolganda ham ular davom etishdi, chunki ilgari erishilgan kichik yutuq hissi dastlabki hayajon so'nganidan keyin ham ichki motivatsiyani saqlab turardi. Aslida o'zgargan yagona narsa — odamning o'zini allaqachon yo'lga tushgandek his qilishi edi. Bu jumlani yana bir bor o'qing. Chunki aynan shu bitta fikr hayotingizdagi yillar davomida yarim yo'lda qolib ketgan ko'plab maqsadlarning sababini tushuntirib beradi. Tushundizmi yoki chuqurroq kirib tushuntirib beriymi? Nima deysiz? @Idrisxodjayevaf

  • Yaqinda bir qiz bilan ishladim qiz bir erkak bilan anchadan beri gaplashib yurarkan, qizni otasi qizni u erkak bilan gaplashishiga qarshi ekan. Eng yomon holati u qiz otasini o'limini istagan, qiz otasini o'limini istagan sababi agar otam o'lsa mani erkak bilan gaplashishimga qarshilik qiladigan mani sevganim bilan ajratadigan odam qolmaydi deb hisoblagan, qizni otasi 2 yil bo'lgan rostdan ham vafot etgan. Va shundan keyin u qizda katta muammolar boshlanib ketgan. Man u qiz bilan ish jarayonimizga ozgina joyini ochib beraman sababi shu kanalimdayam aynan shunaqa vaziyatdagi odam bor, chunki mani ko'nglimga bekorga buni yozish solinmadi. Xullas, u qizga etdim endi san farzandli bo'lasan va farzandni erdan, yigitindan, sevganindan milliard marta ko'proq sevishini tushunib yetasan eng og'riqli joyi shundaki san eringdanam, sevganingdanam ko'proq sevadigan odaming sanga ichida o'lim tilab yashaydi san shunga rozimisan dedim? U yo'q dedi nega otanga o'lim tilading dedim? U mani ajratmoqchi edi dedi. Juda yomon holat sababi qiz allaqachon katta gunohi qilib bo'lgan va uni ichki holatidagi niyatini tashqaridagilar eshita olmagan bo'lsa ham, ichkarini eshtuvchi zot borligini unutib qo'ygan. Ishoning yigitizga bo'lgan sevgini o'rtasida farzandizga bo'lgan sevgi hammasidan ustun bo'ladi. Siz yigit yoki erkak uchun ota-onangizga zulm qilsangiz sizni pastdagi siz sevgan bolachangiz sizni tepganida ana haqiqiy og'riqni xis qilasiz. U og'riq siz sevgandagi, sog'ingandagi og'riqdan milliard marta og'riqliroqdir. Qadamingizni o'ylab bosing! @Idrisxodjayevaf

  • 🌟🫶Do'stlar, sizzi rosa ogohlantirgim keladi, sababi juda muhim bu ish, man ketma-ket og'ir ishlar bilan ishlashimga to'g'ri keldi. Ya'ni farzand ota-onasini mol mulkini sotib yuboruradi. Ota-ona hayron qayerda xato qilib tarbiyaladim deb, birgalikda vaziyati tahlil qilib chiqganimda bir ishi aniqladim. Usha farzandni otasi ham o'zining otasini mulkini ogohlantirishsiz sotib yuborganini aniqladim. U ota bir martagina sotgan lekin uni farzandi cheksiz sotmoqda. Shu uchun nihoyatda ehtiyot bo'linglar ota-ona bilan munosabatizga man nima qilvoman hozir ota-onam uchun deb! Juda juda muhim sizzi ota-onangiz bilan munosabatiz kelajakingizga poydevor bo'lishi. Bunaqa ishlarga ko'p duch kelvoman va sababi doim ota-ona bilan munosabatga borib taqaladi. Ota-onamiz bilan munosabatimizzi chiroyli qiliylik. @Idrisxodjayevaf

  • Nazoratsiz axborot iste'mol qilish oxir oqibat sizzi hech narsa qilolmaydigan "nogiron" ga aylantiradi. Misol siz 10 ta texnikani o'rgandiz aynan siz xohlayotgan joyga borish uchun lekin sizdan ko'ra bitta texnikani davomiy va uzluksiz qo'llab usha texnikani ustasi bo'lib olgan ko'proq mutaxassisga aylanadi. Bilaman bu g'alati eshtiladi. Lekin o'nta texnikani taqqoslash uchun ketadigan aqliy energiyangiz, aslida ulardan bittasini qat'iyat bilan amalga oshirish uchun kerak bo'lgan energiyani sarflab yuboradi. Har safar boshqa variantlarni you tubeda, instagramda ko'rib chiqyotganizda ichizdan yemirila boshliysiz. Sizzi kuchiz bir vaqtning o'zida bitta ishga emas hamma tomonga yo'nalib ketyapti va bu zarar yetkazadi. Chegarasiz qiziqib xar xil kontentni iste'mol qilib yurish bu shunchaki adashib yurishdir. 🌟@Idrisxodjayevaf

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🌟Bu mani qaynisinglim oliy ma'lumotli dermatolog-kosmetolog, hamma ishni zo'r qilib bajaradilar. Yuzimga ko'p protseduralar qilib qo'yadilar, shunga yuzim yaxshi, hozir yuzimi holatini ham tashlab qo'yaman ko'rasizlar🤩 Yuzizzi rasmga olib yuborsez sizga qanaqa protsedura olish kerakligini etadilar. Ham vrach ham kosmetolog shuning uchun dermatologik problemalarni ham maslaxatlashishiz mumkin. 😎 @saidikramovna 😎 https://www.instagram.com/reel/DYPh3i_qZ3H/

  • 🌟Chegarasiz qiziqish – shunchaki maqsadsiz kezishdir Qiziquvchanligimiz bizga kelgan hamma bildirishnomalarni ochib ko'rishga majbur qiladi. Aslidachi, aslida bir xil ishni qayta-qayta takrorlab, unga sodiq qolishingiz kerak bo'lgan paytda. Yangi loyihalar. Yangi vositalar. Yangi usullar. Bularning barchasi miyangizda yangilikdan keladigan kichik dofamin hissini uyg'otadi. Natijada hozir qilayotgan ishingiz ular bilan solishtirganda zerikarli bo'lib tuyuladi. Aslida, aynan hozirgi ishingizni yana olti oy davom ettirsangiz, hayotingizni o'zgartirishi mumkin. Haqiqiy mahorat esa doimo yangi narsalarni izlashda emas, balki bir xil ishni takrorlash jarayonining o'zidan qiziqish topa olishda namoyon bo'ladi. Bu esa qiziquvchan miyangiz tabiiy ravishda xohlaydigan narsaning deyarli teskarisidir. Buning ustiga, zamonaviy dunyo sizga keling buni sinab ko'ring, keling boshqacha yo'lini o'rgataman deb o'zini o'zi ko'z qilgan insonlar bilan to'la. Bugungi kunda hamma narsadan xabardor bo'lish ijtimoiy mavqe belgisi bo'lib qolgan. Ayniqsa, biznes va tadbirkorlik muhitida so'nggi trendlarni bilmaslik deyarli mas'uliyatsizlikdek qabul qilinadi. Aslida esa odamlarning iste'mol qilayotgan ma'lumotlarining katta qismi o'rganish uchun emas. Bu ko'proq o'zini boshqalarga bilimli, jiddiy, malakali va zamon bilan hamnafas inson sifatida ko'rsatish uchundir. Odamlar ko'pincha maqolalarni o'qiydi, ulashadi va muhokama qiladi, chunki xabardor inson sifatida ko'rinish ularning o'zini jiddiy, qobiliyatli va dolzarb inson deb his qilishiga yordam beradi. Allaqachon sizda bor bilimni takrorlamaysiz har bir yangi bilimni olaman deb ketidan quvib umrizzi shunchaki o'tkazib yuborishiz mumkin. Shu un o'zizda borini qadrlab ushandan foydalaning. Yana yozaman @Idrisxodjayevaf

  • 🆘Nega hamma narsadan xabardor bo'lish sizni kambag'al, bir joyda qotib qolgan va holdan toygan holatda ushlab turadi Sizga e'tibor haqida singdirilgan yolg'on. Sizning diqqatingiz cheklangan. Juda ham cheklangan. Har bir bildirishnoma, har bir trend, har bir "buni ham ko'rib chiqsang bo'ladi" degan suhbat sizning diqqat zaxirangizdan ulush oladi. Natijada, haqiqatan ham muhim ishni boshlash uchun o'tirganingizda, energiya "bak"ingiz allaqachon deyarli bo'shab qolgan bo'ladi. Eng ayyor tomoni shundaki, maqsadingizga oid kontentni iste'mol qilish sizda harakat qilayotgandek tuyg'u uyg'otadi. Boshqalarning muvaffaqiyati haqidagi videolarni ko'rish, biznes strategiyalarini o'rganish... Bularning barchasi miyangiz uchun go'yo mashq qilayotgandek taassurot uyg'otadi. Natijada miyangiz sizni aslida hech narsa qilmagan bo'lsangiz ham, nimadir bajardim deb ishontiradi. Bitta keraksiz ma'lumotning o'zi katta zarar qilmaydi. Ammo kuniga yuzlab shunday ma'lumotlar, haftalar va oylar davomida yig'ilib borar ekan, miyangizda "tuman" hosil qiladi. Shu sababli kun oxirida o'zingizni juda charchagan his qilasiz, ammo oldinga siljitgan bitta ham muhim ishni ko'rsata olmaysiz. Chunki energiyangiz yaratishga emas, ma'lumotni qayta ishlashga sarflangan bo'ladi. Asl siz yo'qotgan narsa vaqt emas. Asl siz yo'qotgan narsa bu fikrning xiralashishi. Bu mavzuni oxirigacha davom ettiriymi? Ha, desangiz yozaman @Idrisxodjayevaf

  • 🌟O'zimda bo'lgan voqea orqali sizlarga olam qonunlaridan birini tushuntirib berdim. Agar eshtib chiqsela tushundim deb yozib qo'yila. @Idrisxodjayevaf

Feruzka.com — tgindex