Kitob o‘qiymiz...
СтатистикаAlloh uchun eng mahbub ish oz bo'lsa-da, davomiy bo'lganidir...
- Последний пост
- 31 мар.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#poem — Tun bo'yi o'yladim uxlamay shuni, Sayohat, ziyofat, to'ydir har kuni Lekin tik qalbimda og'riq so'nmagan, Men ko'rgan dengizni Otam ko'rmagan. Ko'chada yuraman ko'ksimni kerib, Nechun g'urur degani isyon qilmaydi, Onam sho'rlik bo'lsa shu yoshga kirib, Men yegan taomning nomin bilmaydi. Vijdonim qiynalar, qiynaladi jon, Tanamni kuydirsin tomirdagi qon, Adolat deb jar solib o'zim, Men qilgan adolat shumi Otajon. Men ham farzandmanmi, ayting Onajon… ✍Abdurrohman Toshqandiy Alamiy kanalidan Alloh rozi bo'lsin
Shahodat kalimasini aytchi, bolam? degan onalarning farzandlarini yengolmaysiz! In Shaa Alloh.
#motivation Qachon bir dunyoviy dard sizni iztirobga solsa, Robbingizga yuzlanib: " Mening buyuk dardim bor!" demang, aksincha, dardingizga qarab: "Mening buyuk Robbim bor!" deng. ✍Said Chamlija
#attention Ey mo‘mina ayollar! Bir haqiqat shuki, Islom da'vosida ulkan badallar to‘lagan har yigitning ortida soliha bir ayol bor. ✍Murat Tosun 📚Olim yetishtirgan onalar
#حب Sen hayotimga kirgan bir Iforsanki sening hidlaring tarannumidan mening baxtlarimni ta'mi keladi... Ha sen shunday ne'matsan, Alloh taqdirimga xayrli qilgan..
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳу ва барокатуҳ Рамазон ҳайити муборак бўлсин! تقبل الله منا و منكم، عيد مبارك علينا و عليكم! Тақоббалаллоҳу миннаа ва минкум, ъийд мубаарок ъалайнаа ва ъалайкум! Аллоҳ сизу биздан қабул айласин, Ийд сизу бизга муборак бўлсин!
Ey, insonlar! Kim Ramazonga ibodat qilgan bo'lsa Ramazon ketdi. Kim Allohga ibodat qilayotgan bo'lsa Alloh hamma oyning Robbisidir!
#attention Rasululloh sallollohu alayhi va sallam vafot etganlaridan keyin musulmonlar mahzun bo'lib qolishdi. Ularni hayrat egalladi. Ana shu payt Abu Bakr Siddiq roziyollohu anhu masjidda masalaga nuqta qo'ydi: "Ey insonlar! Kim Muhammadga ibodat qilgan bo'lsa Muhammad vafot qildi. Kim Allohga ibodat qilayotgan bo'lsa Alloh tirik, o'lmaydi!".
#poem Dilni uyg'otmasa gar - azon bekor, Joning titramasa - namoz ham bekor. Ochlikdan qurisa sillang, ozsang lek Ruhing semirmasa - Ramazon bekor. ✍Nodir Jonuzoq
No relation is complete without a woman in this world. She plays a role of "loving Mom" a "Caring sister" an "Understanding wife " and a "Lovable doughter".... You have everything in you & that's the reason why the world is celebrating you... Happy Women's Day The thing l wish you is endless contentment and tons of beauty. I appreciate all of you so much. Sincerely, Zulfizar
#attention - Ayol… - Mo’jiza… - O’zini chetga olgan sari diqqat markazida bo’ladi… - Berkingani sari qadri yuksaladi… - Omonatdorligi ortgani qadar unga ishonch ortib boradi… - Soliha ayol podshox boshidagi toj kabidir… Toj tillodan bo’lsada og’irligi bilinmaydi… Unga ega bo’lgan dunyoda egalik qiladi… - Ayol… - Mo’jiza… - Dunyoning taqdiri uning zimmasiga yuklatilgan… - U to’g’ri turgani sayin dunyo to’g’ri turadi, u buzulsa dunyo buzuladi… - Ayol zardir, uning asl qadrini faqat zargar tushunadi… ✍Mahbubiy
Muqaddas oy ichra toʻlgʻonar kecha, Xayoliy xitobga yoʻgʻrilar bir hol Sergʻalva umringni toʻliqligicha Ramazon oyiga aylantirib ol! “Agar ramazonga aylansa umring, Vafoting hayitga aylanar shaksiz!”
Jannatni kutayotib.. Baʼzan ko'z yoshi toʻkasiz va bu dunyoda visolga yetisha olmasligingizni koʻrasiz. Xoʻp, bu chekayotgan dardlaringiz sizga jannatni nasib qilib, gunohlaringizni oʻchirib yuborsa, taslim bo'lasizmi? Bu dardni endi istamayman, deya olasizmi?.. Olovlar ichidagi odam tashqarini koʻra olmaydi va yagona duosi oʻtdan qutulish boʻladi. Ammo qutulish oʻrniga xayrlisini soʻrasa, oʻsha olov hayotining eng go'zal yoʻlini barpo etishi mumkin. Yillab kutdim, yillar davomida Uning ismini tilimdan qo'ymadim. Qovusholmadim va endi ko'rib turibmanki, shuncha yil menga hech qanday taʼlim - tarbiya oʻrgatolmagan hayot haqiqatini shu birgina qovusha olmaslik oʻrgatib qoʻyibdi. Allohdan qo'rqib va Uni yaxshi koʻrib titrasin yuragingiz. Agar kimnidir sevsangiz, toʻrvangizni gunohlar bilan toʻldirmang, toki koʻzlariga gunohsiz qaray oling... 📚Alifdek sevmoq ✍Alamiy kanalidan Alloh rozi bo'lsin
Kirib Kelayotgan 2025-yilda Allohim archani emas Ka’bani tavof etishni, shampan emas zam-zam suvini ichishni Qorbobodan emas yolg’iz Allohimdan so‘rashni, har xil tilaklar emas zikr qilishni, erkak-ayol aralash yig’inlarda emas Qur’on o’rganadigan yig’inlarida barchamizni jam qilsin…)) Ha yana uyingiz kitoblarga to‘lib ketsin. Shunchalar ko‘payib ketsinki uyizga sig‘maganlarini qo‘shninikiga ham olib chiqib qo‘ying🌝
#ishq Ishq bu, Seni suhbatlaringni ishtiyoq bilan tinglaydigan. Yozgan satrlaringni, eng muhim maktubdek o'qiydigan. Erishgan yutuqlaringga, o'zingdan ko'p quvonadigan. Muammoyingni muammoyim deb, shodligingni shodligim deb qabul qiladigan. Duolarida o'zidan avval seni so'raydigan biridir ishq...
#حب Sen hayotimga kirgan bir Iforsanki seni Hidlaring tarannumida meni baxtlarimni ta'mi keladi... Ha sen shunday ne'matsan, Alloh taqdirimga hayrli qilgan...
#poem Chamamda o'zgargan ishqiy suhbatlar, Unutildimikin azaliy hayo? "Xat yozsa, barmog'i hayajonlangan Go'zal oshiqlarni yo'qotdi dunyo" Avvalgidek emas sevuvchi qalblar, Tafti aylolmaydi yurakni kabob. Jondan bo'lak har ne topilar, ammo- Uyatdan qizargan nigohlar kamyob... Taqvolisin izlar, solihin kutar, Tahajjudni bir bor yo'qlamaganlar. O'zlarini ma'shuq atashar, essiz, "Farhod va Shirin" ni o'qimaganlar! Zinhor uchmagaymiz yengil gaplarga, Mayli, duolarda yashaylik omon. Ko'zlari to'qnashsa, yoshlanadigan Chin oshiqlaringni asragin, Rahmon... ✍Visola Tursunova A'lamiy kanalidan Alloh rozi bo'lsin
#poem Ayol xatosidan kulgan xatodir, Tortishgan undan ham ulkan xatodir. Ayol hech bir bahsda yengilmas tilsim, Uni faqat sevib qilursan taslim. ✍Erkin Vohidov
#حب "Yaxshi ko'raman seni!" — jumlasining ma'nosi: Yer yuzi senga tor bo'lganda, men senga qanot bo'laman, yuklaring og'ir bo'lganda, men senga yelkadosh bo'laman, o'zligingni yo'qotib qo'ysang, inkor qila olmaydigan vataning bo'laman, seni mahzunlik quyoshi kuydirganda, senga soya soladigan bulut bo'laman, gapirmasang-da qalbing ovozi menga yetib keladi, qo'llarim yiqilayotganingda doimo seni tutishga urinadi, yiqilib tushsang mening qo'llarim senga birinchi uzatiladigan qo'llar bo'ladi, sening saodating mening maqsadim, sening kulgularing menga mukofot, sening xafaligingda sherik bo'lganimdek xursandliginga ham sherik bo'laman, sherik bo'lsak, xursandchiligimiz yanada ortadi, mahzunligingni bo'lishsak u kichrayadi, dunyodagi barcha narsa ikkiga bo'linadi, ammo biz emas. Biz "biz" – deb ataluvchi bitta shaxsmiz!" – deganidir!
#just Ayol hech bir bahsda yengilmas tilsim. Uni faqat sevib qilursan taslim!