Salimov Abdunazar Abdulatifovich
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'ining rasmiy sahifasi
- Последний пост
- 24 окт.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ассалому алайкум барчага! Ҳурматли директоримиз Мансурбек Оллоёровнинг тегишли буйруғи билан 22 октябрь санасидан Агентлик аппаратида иш бошладим. Шу муносабат билан Агентликнинг Фарғона вилояти бошқармасидаги фаолиятим якунланди. Бошқармада ўтган 2 йилдан кўпроқ вақт давомида тажриба ва малакамизни оширдик, фуқаролар билан юракдан гаплашишга, уларнинг оғирини енгил қилишга ҳаракат қилдик, бу борада озми-кўпми натижага ҳам эришдик,. Бунинг учун сиз азизларга чин кўнгилдан раҳмат айтмоқчиман. Ишонаманки, Фарғона - ижтимоий ҳимоя соҳасидаги нуфузини ҳеч қачон йўқотмайди! Аксинча, йилдан-йилга ўз мавқеини мустаҳкамлаб, Республикада етакчи бўлиб бораверади. Бунинг учун ўз ишини севадиган, масъулиятни чуқур ҳис этадиган, салоҳиятли ходимлар етарли!.. Барчангизга қўллаб-қувватлов учун, ишонч учун яна бир бор раҳмат! Ҳурмат билан, Абдуназар Салимов.
без подписи
без подписи
Boshqarma boshlig'i xalqaro konsultant bilan muzokara olib bordi 👮♂️ Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Abdunazar Salimov bugun Jahon Banki loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan xalqaro konsultant Oksana Abovskayani qabul qildi va muzokara olib bordi. 😮 Ijtimoiy xodimlar hamda supervayzerlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning kasbiy ehtiyojlari va amalda qo’llanishi ko’zda tutilgan bilim va ko’nikmalarini o’rganish, tahlil qilish hamda shularga tayangan holda o’quv-metodik dasturlar ishlab chiqish kabi muhim yo'nalishlarda o'zaro hamkorlik o'rnatish masalalari keng muhokama qilindi. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i A.A.Salimovning 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi Aziz ustozlar! Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar! Siz azizlarni, ustoz degan ulug‘ nomni sharaflab kelayotgan kasb egalarini umumxalq bayrami - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bugungi qutlug‘ ayyomda, birinchi navbatda, ko‘z o‘ngimizda qadrdon maktabimiz, bizga harf o‘rgatib, ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz namoyon bo‘ladi. Barchamiz uchun ibrat maktabi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan, Siz kabi aziz va mo‘’tabar zotlar sha’niga eng go‘zal so‘zlarimiz, ezgu tilaklarimizni har qancha izhor etsak, arziydi. Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va omadlar hamisha yor bo‘lishini istab, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman. Sizlarga chuqur ehtirom bilan, Abdunazar Salimov.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#musobaqa Nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi 👫 Fargʻona “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyida aqliy rivojlanishda nogironligi boʻlgan qizlar va o'g'il bolalar oʻrtasida sportning stol tennisi va mini-futbol turlari boʻyicha viloyat saralash musobaqasi boʻlib oʻtdi. 🧮 Musobaqada 6 ta maxsus maktab-internatlardan jami 84 nafar havaskor sportchilar ishtirok etdi. Gʻolib jamoalar saralab olindi va Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, seleksiya ishlari olib borilib, viloyat terma jamoasi shakllantirildi. 🤝 Musobaqa qizgʻin bahs va yorqin taassurotlarga boy boʻldi. Musobaqa so'nggida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Fargʻona viloyati boshqarma boshligʻi Abdunazar Salimov gʻoliblar va ishtirokchilarga esdalik sovgʻalarni topshirdi. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Bugun FarDU talabalari bilan uchrashdik 👮♂️ Bugun Farg'ona Davlat univеrsitеtining Ijtimoiy ish yoʻnalishi talabalari bilan uchrashdik. 💻 Amaliyot jarayonlarini boshqarma va uning tasarrufida boʻlgan muassasalarda oʻtashlari uchun talabalarga imkon bеriladi, mahallalarda komplеks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar faoliyatini, ijtimoiy xizmat va yordamlarning manzilliligini oʻrganishlari uchun zarur sharoitlar yaratiladi. 🧮 Uchrashuvda, shuningdek, universitetning Ijtimoiy ish kafedrasi mudiri Bekzod Tolipov hamda ijtimoiy ish sohasida 33 yillik mehnat tajribasiga ega, Germaniyaning SES (Senior Expert Servise) tashkiloti professori va hozirda FarDUda faoliyat olib borayotgan Dr.Jall Hubert Bernhard ham qatnashib, xalqaro tajribalar haqida talabalarga qiziqarli ma'lumotlar berdi.
без подписи
без подписи
без подписи