Huquq-iqtisod fakulteti | Rasmiy kanal
СтатистикаADU Huquq-iqtisod fakulteti rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Fakultet yangiliklaridan birinchi bo'lib boxabar bo'ling! Fakultet dekani @Sarvarbek_Anvarbekovich Fakultet matbuot kotibi: @maxkamovamm
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 64
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 92
- 1/48двое суток
- 105
- 1/72трое суток
- 113
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 📌Shuningdek, quyidagi botlar orqali ham mandat natijalarini bilishingiz mumkin: 👉 @e_uzbmb_mandatbot 👉 @e_uzbmb_mandat1bot 👉 @e_uzbmb_mandat3bot ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish 🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin. 🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
Huquq-iqtisod fakulteti | Rasmiy kanal pinned a photo
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlar ro‘yxati Andijon davlat universitetida tahsil olayotgan talabalarni 2026/2027-o‘quv yilida talabalar turar joylari (TTJ) hamda universitetga yaqin hududlarda joylashgan ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha tegishli ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Turar joy masalasida murojaat qilish, mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot olish hamda joylashtirish bilan bog‘liq savollarga tezkor javob olish uchun quyida ko‘rsatilgan mas’ul xodimlar bilan bog‘lanishingiz mumkin. 🟢Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor — Talantbek Madumarov. ⚙️ +998934484848 🟢Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i — Tursunboy Mo‘ydinov. ⚙️+998943803290 🟢TTJ va talabalar uchun ijara xonadonlari bo'yicha registrator ofisi menejeri — Karimberdiyev Ulug'bek. ⚙️ +998978272727 📑 Fakultetlar kesimida: 🟢Fizika-matematika va IT fakulteti: Abdurahmon Numanjonov ⚙️ +998937850905 🟢Filologiya fakulteti: Kamoldin Shaxobov ⚙️ +998902691134 🟢Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti: Iqboljon Djumaboyev ⚙️ +998883393316 🟢Huquq va iqtisod fakulteti: Ravshanbek Ergashev ⚙️ +998914755557 🟢Kimyo va biologiya fakulteti: Nurillo To’lakov ⚙️ +998979928102 🟢Sport va madaniyat fakulteti: Elmurod Solaydinov ⚙️ +998979934100 ⭐ Bizning rasmiy sahifalarimiz ⭐ Veb−sayt ⭐ Telegram ⭐ Facebook ⭐ Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
📌Oliy ta’limda talabalar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etiladi Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi. ➖ Qaror loyihasi bilan Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi Nizom tasdiqlanadi. Mazkur tartib 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga nisbatan qo‘llaniladi; ➖ Yakuniy nazorat imtihonlari ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi. Videoyozuvlar kamida bir yil saqlanadi; ➖ Yakuniy nazorat imtihonlarini ommaviy onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. Istalgan shaxs OTTlarning rasmiy veb-saytlari orqali imtihon jarayonini kuzatishi mumkin bo‘ladi; ➖ Professor-o‘qituvchilar baholashda izoh (feedback) yozish tizimiga o‘tadi. Har bir savol bo‘yicha kamida 2–3 gapdan iborat asoslantirish kiritilishi talab etiladi; ➖ Uch oy ichida imtihonlarni onlayn kuzatish va kompyuterda topshirish platformalari ishlab chiqiladi hamda OTTlar ushbu tizimlarga integratsiya qilinadi. Shuningdek, har semestr yakunida talabalar so‘rovnomasi o‘tkaziladi; ➖ 100 ballik baholash tizimi saqlab qolinadi. Bunda joriy nazorat – 30 ball, oraliq nazorat – 20 ball, yakuniy nazorat – 50 ball etib belgilanadi (tibbiyot yo‘nalishlari uchun alohida taqsimot amal qiladi); ➖ Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun Brayl alifbosi, ovozli o‘qish, assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllari joriy etiladi. @Talimyangiliklari_uz
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉 @xushnudbek 👈
🟥🟥🟥🟥 “Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida ochiq onlayn suhbat tashkil etildi Huquq-iqtisod fakultetida talabalar o’rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida ochiq onlayn suhbat bo’lib o’tdi. Mazkur suhbatda Huquq-iqtisod fakulteti dekani S.A. Ismailov, Andijon davlat universiteti profilaktika inspektori U. Nazarov, Andijon davlat universiteti psixologi O. Muxtorov hamda fakultet tyutorlari ishtirok etib, talabalarga muhim tavsiya va tushuntirishlar berdilar. Tadbir davomida yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etish, turli salbiy illatlardan yiroq bo’lish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish hamda har bir fuqaroning qonun oldidagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Ochiq muloqot yakunida talabalarga qonunlarga hurmat bilan qarash, yuksak huquqiy madaniyatga ega bo’lish va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish borasida tavsiyalar berildi. Huquq-iqtisod fakultetining rasmiy sahifalari 🔹Telegram | 🔹Instagram
Live stream finished (1 hour)
Savollaringizni ushbu post ostida qoldirishingiz mumkin📌
Live stream started
Live stream scheduled for Jul 30 at 16:00
🔊🔊🔊🔊 Hurmatli Huquq-iqtisod fakulteti talabalari! Sizlarni "Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish" mavzusida tashkil etiladigan ochiq suhbatga taklif etamiz. 🗓 Sana: 30-iyul 🕘 Vaqt: 21:00 Mazkur uchrashuvda profilaktika inspektorlari, fakultet dekani, tyutorlar ishtirok etadilar. Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunlarga hurmat, shaxsiy xavfsizlik, javobgarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha muhim tavsiyalar hamda amaliy tushuntirishlar beriladi. ✅ Barcha talabalar chat suhbati uchun ushbu guruhga oʻtishlari hamda faol boʻlishlari soʻraladi. https://t.me/huquq_iqtisodbilimdonlari Huquq-iqtisod fakultetining rasmiy sahifalari 🔹Telegram | 🔹Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 🎓 Prezident va nomli davlat stipendiyalari uchun imtihon jarayonlari o‘tkazildi Bugun, 24-iyul kuni Andijon davlat universitetida iqtidorli va salohiyatli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy, ijodiy hamda akademik yutuqlarini munosib rag‘batlantirish, shuningdek, Prezident va nomli davlat stipendiyalariga munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida mazkur stipendiyalar uchun da’vogar talabalar ishtirokida imtihon jarayonlari o‘tkazildi. Jarayon davomida Prezident va nomli davlat stipendiyalariga da’vogarlik qilayotgan barcha talabalar bilan belgilangan tartibda suhbatlar tashkil etilib, ularning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati, erishgan yutuqlari hamda bilim va salohiyati atroflicha o‘rganildi. Suhbat davomida talabalar o‘zlarining ilmiy izlanishlari, erishgan natijalari va kelgusidagi maqsadlari haqida fikr bildirdilar. Imtihon jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida da’vogar talabalar bilan o‘tkazilgan suhbatlar jonli kameralar orqali kuzatib borildi. Mazkur amaliyot tanlov jarayonlarining xolis va adolatli tashkil etilishini ta’minlash bilan birga, jamoatchilikka jarayonlarni bevosita kuzatish imkonini berdi. ⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz ⭐️ Veb−sayt ⭐️ Telegram ⭐️ Facebook ⭐️ Instagram
#BizningPrezident TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, HURMATLI PREZIDENT! Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar. Prezidentimizning yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yoshlar kelajagi yo‘lida olib borayotgan fidokorona faoliyatlari yuksak e’tirofga sazovordir. Muhtaram Prezident, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr hamda Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Huquq-iqtisod fakultetining rasmiy sahifalari 🔹Telegram | 🔹Instagram