tgindex
Ijtimoiy ish: turli sohalar

Ijtimoiy ish: turli sohalar

Статистика
@ijtimoiyishузбекский

©Siz ushbu kanal orqali Ijtimoiy ishga doir ma‘lumotlarni olishingiz mumkin.🔖

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
176
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
496
23 постов
Вовлечённость
281,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
71
1/48двое суток
81
1/72трое суток
87

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 📌 REPARTIATSIYA NIMA? Repatriatsiya — bu fuqaroning boshqa davlatdan o‘z vataniga qaytishi demakdir. 🔹 Chet elda yashayotgan yoki majburiy ketgan shaxslar 🔹 Urush, muammo yoki boshqa sabab bilan chiqib ketganlar 🔹 Keyinchalik davlat yordamida yoki o‘z ixtiyori bilan qaytganlar ➡️ Bularning barchasi repatriatsiya hisoblanadi

  • 📌 O‘zini o‘zi band qilganlar uchun normativ daromad qanday hisoblanadi? O‘zini o‘zi band qilgan oila a’zolarining daromadi davlat tomonidan eng kam ish haqi asosida koeffitsiyentlar orqali hisoblab chiqiladi. 💰 Agar MHEKM = 1 271 000 so‘m bo‘lsa: 👨‍🔧 Erkaklar uchun: • Toshkent shahri — 3 431 700 so‘m (2.7 baravar) • Viloyat markazlari — 3 050 400 so‘m (2.4 baravar) • Boshqa shaharlar — 2 669 100 so‘m (2.1 baravar) • Qishloq hududlar — 2 287 800 so‘m (1.8 baravar) 👩‍💼 Ayollar uchun: • Toshkent shahri — 2 923 300 so‘m (2.3 baravar) • Viloyat markazlari — 2 542 000 so‘m (2.0 baravar) • Boshqa shaharlar — 2 160 700 so‘m (1.7 baravar) • Qishloq hududlar — 1 779 400 so‘m (1.4 baravar) 📊 Eslatma: Bu summalar haqiqiy daromad emas, balki ijtimoiy yordam, subsidiya va nafaqa hisoblash uchun shartli (normativ) daromad hisoblanadi. ✅ Ya’ni, sizning daromadingiz kam bo‘lsa ham, hisob-kitobda yuqoridagi miqdorlar inobatga olinadi.

  • 📌 IJTIMOIY ISH KASBINING ASOSLARI Ijtimoiy ish — insonlarga yordam berishga qaratilgan muhim kasb bo‘lib, u bir nechta fanlarga tayanadi: 🧠 Psixologiya — inson ruhiyatini tushunish uchun 👥 Sotsiologiya — jamiyat va ijtimoiy munosabatlarni anglash uchun ⚖️ Huquq — inson huquqlarini himoya qilish uchun 📜 Etika — to‘g‘ri kasbiy xulq-atvorni ta’minlash uchun 💡 Ushbu fanlar ijtimoiy ishning asosiy ilmiy poydevori hisoblanadi. 🤝 Jamiyatga foyda keltirish — har birimizning qo‘limizdan keladi!

  • 12 сент. 2025 г.511из huquqplus

    🧑🏻‍🦯🦶🏻 “Faol hayotga qadam” dasturi nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday xizmatlar va imkoniyatlarni taqdim qiladi? 🔹Dastur doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday ijtimoiy xizmatlar taqdim etiladi? 🔹Kimlar ushbu ijtimoiy xizmatlardan foydalana oladi? 🔹Xizmatlar bepulmi? Xarajatlarni kim to‘laydi? 🔹Ijtimoiy xizmatlar vaucheri qanday olinadi va undan qanday foydalaniladi? 🔹Xizmatlar qancha vaqt davomida ko‘rsatiladi? 💁🏻‍♀️ HuquqPlus.uz loyihasi huquqshunosi Sevaraxon Fatxullayeva tayyorlagan huquqiy maqolada barcha javoblarni topasiz. Batafsil havolaga bosib o’qing: 👉 Batafsil 👈 🤖 Bepul huquqiy maslahat uchun: https://t.me/huquqplus_bot Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #ijtimoiyxizmatlar #vaucher

  • 📄 Yangi Hukumat Qarori: Ijtimoiy yordam tizimi takomillashtiriladi 🗓 2025-yil 23-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining 462-sonli qarori qabul qilindi. Qaror “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan. 🔹 Yordamlar aniqligi va manzilliligi oshiriladi 🔹 Yordam ko‘rsatish mezonlari qayta ko‘rib chiqiladi 🔹 Mahallalarda monitoring kuchaytiriladi ✅ Qaror ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda yangi bosqichni boshlab beradi. 📎 Batafsil qaror matni bilan tanishing:

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 17 авг. 2025 г.4964из ijtimoiyhimoya_agentligi

    O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligida UNICEF,GIZ,UNESCO, Jahon banki vakillari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek, “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida ta’lim berayotgan 17 ta oliy ta’lim muassasasi rektorlari hamda prorektorlari, Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ijtimoiy ish sohasida kadrlar tayyorlash holati va istiqbollari, ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari hamda ijtimoiy himoya tizimi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda quyidagi amaliy takliflar ilgari surildi: ✅o‘quv dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash; ✅turdosh soha mutaxassislarini qayta tayyorlash tizimini yaratish; ✅professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda superviziya tizimini joriy etish; ✅talabalar amaliyotini “Inson” markazlari va boshqa ijtimoiy xizmat muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etish; ✅“Ijtimoiy ish” yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya joriy etish. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 10 авг. 2025 г.37952из ijtimoiyhimoya_agentligi

    🎙 E’lon: “Tajribaga qadam” – stajirovka imkoniyati! 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “ijtimoiy ish”, “psixologiya” va “yurisprudensiya” yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarda stajirovka o‘tash imkoniyati yaratiladi. ✅ Dasturdan ko‘zlangan maqsad: Nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish Agentlik uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish 👥 Ishtirok etish shartlari: ✅ “Ijtimoiy ish”, “psixologiya” yoki “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi 3 va 4-bosqich talabasi bo‘lish ✅ O‘quv ko‘rsatkichlari – kamida 71% ✅ (Afzallik) Chet tili sertifikatiga ega bo‘lish 🖋 Ariza topshirish muddati: 🖋 2025-yil 25-avgustgacha 🎖 Platforma: https://internship.ihma.uz ↗️ Tanlov bosqichlari: 1️⃣ Arizalarni saralash 2️⃣ Yakka tartibdagi suhbat (intervyu) ❗️ G‘oliblarga imkoniyatlar: 😯 Agentlik tizimida stajirovka o‘tash 😯 Maxsus sertifikat 😯 Ishga joylashish imkoniyati ↗️ Kelajagingiz sari birinchi qadamingizni tashlang! 📝 Ariza topshirish yo'riqnomasi quyidagi havola orqali. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

  • 9 авг. 2025 г.353из ibratfarzandlari

    🤓 Davlat madhiyasi imo-ishora tilida qanday bo'lgan bo'lar edi? 🔴 YouTube sahifamizda batafsil tomosha qiling: https://youtu.be/BDGZ5X4RDck?si=F275VJoDbgQaC-6f

  • 🎯VIKTIM XULQ NIMA? Odam nega doimiy jabrlanuvchiga aylanadi? 🧠 “Viktim xulq” — bu inson o‘zini ongli yoki ongsiz ravishda shunday tutadiki, u zo‘ravonlar uchun qulay nishonga aylanadi. Bu xulq unga bolalikdan, muhitdan yoki oldingi tajribalardan shakllanadi. ⸻ 🔍 Viktim xulq belgilariga nimalar kiradi? 1️⃣Doim “ayb menda” deb o‘zini ayblash 2️⃣ Haddan ortiq itoatkorlik, bo‘ysunishga odatlanish 3️⃣ Zo‘ravonlikdan keyin ham kechira verish 4️⃣“Yaxshilab muomala qilsam, o‘zgaradi” degan umidga yopishib olish 5️⃣O‘z fikrini aytolmaslik, “yo‘q” deyolmaslik 6️⃣Doim o‘zini past baholash — “Men bunga loyiq emasman” 😔 7️⃣Zo‘ravonni oqlashga urinish — “Aslida u yaxshi odam, shunchaki g‘azablandi” ⸻ 🚨 Nega bu xavfli? Zo‘ravonlar ana shunday insonlarni osongina tanib olishadi. Ular zaif tomonlardan foydalanib, nazoratni qo‘lga oladi. 👉 Natijada, inson yana va yana zo’ravinlik qurboniga aylanadi.

  • Eybilizm (Ableism) — Nogironligi bor shaxslarni inson sifatida to‘liq va teng deb hisoblamaslik, ularni kamsitish, yetarli imkoniyat va xizmatlarni rad etish, jismoniy yoki aqliy nogironliklari bor deb noto‘g‘ri fikr yuritish shaklidagi diskriminatsiyadir. ❗Bu nafaqat shaxsiy munosabatda, balki ta’lim, ish, sog‘liqni saqlash va jamoat joylarida ham ko‘rinadi. 🔎 Misollar: – Poyezd yoki bino eshiklarida pandus (nogironlar uchun yo‘lak) yo‘qligi – Nogironligi bor insonlarning fikrini inobatga olmaslik – Ularga ish imkoniyatlarining bermasligi 📢 Eybilizmga qarshi kurash – inkluziv jamiyat sari muhim qadam!

  • 🧘‍♂️ Autogen mashq nima? Autogen mashq — bu insonning o‘zini o‘zi ruhiy jihatdan tinchlantirishi, bosh miyani dam oldirish orqali stressdan chiqib ketishga yordam beradigan psixoterapevtik usuldir. U orqali inson: ✔️ Ichki a’zolar faoliyatini yaxshilaydi ✔️ Asab tizimini tinchlantiradi ✔️ O‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini rivojlantiradi ✔️ Ruhiy muvozanatni saqlaydi 📌 Bu usul birinchi bo‘lib nemis olimi Iogann Shults tomonidan ishlab chiqilgan. 🧠 Uzoq muddatli stress, xavotir va asabiylik holatlarida autogen trening samarali vosita hisoblanadi.

  • 🌀 Illuziya nima? Illuziya — bu real mavjud bo‘lgan narsani ongimizda noto‘g‘ri tasavvur qilishdir. Ya’ni, inson sezgi organlari orqali olgan axborotni xato qabul qiladi. Narsa yoki hodisa haqiqiy bo‘lsa ham, uni noto‘g‘ri ko‘ramiz, eshitamiz yoki his qilamiz. 🔹 Optik illuziya — ko‘z bilan bog‘liq aldov. Masalan, bir xil uzunlikdagi chiziqlar turlicha ko‘rinadi. 🔹 Eshitish illuziyasi — real bo‘lmagan tovushlarni eshitgandek bo‘lish. 🔹 Taktik illuziya — nimagadir tegmaganimiz holda, u yerda nima bordek his qilish. ‼️Illuziya bilan gallyutsinatsiya farq qiladi: — Illuziya — narsa bor, lekin biz uni noto‘g‘ri qabul qilamiz. — Gallyutsinatsiya — umuman mavjud bo‘lmagan narsani “bor” deb his qilishdir.

  • ❗️O‘zbekistonda kambag‘al oilalar toifalarga ajratiladi Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar 🔴“qizil”, 🟡“sariq” va 🟢“yashil” toifalarga…

  • ❗️O‘zbekistonda kambag‘al oilalar toifalarga ajratiladi Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar 🔴“qizil”, 🟡“sariq” va 🟢“yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi. 🔴 “Qizil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan (669 ming so‘m) kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi: ▪️ a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan; ▪️ parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan; ▪️ o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan; ▪️ boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila. 🟡 “Sariq” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan hamda a’zolari sog‘lig‘i holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan oilalar kiritiladi. 🟢 “Yashil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha (669 ming so‘mdan 1 mln 3 ming 500 so‘mgacha) bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi: ▪️ oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan bo‘lsa; ▪️ oilaning Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilishi ehtimoli yuqori bo‘lsa.