Ilhomjon Ibragimov
СтатистикаIlm-u fan — dengiz, ko‘rinmas unda had, tolibi ilm unda g‘avvosdir abad. 📩 @Ilkhomjoon 🔗 @miraclesofnaature
- Последний пост
- 26 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Avvaliga kreditlar, endi esa kredit kartalar... Bugungi kunda O‘zbekistonda kredit kartalar ommalashib bormoqda. Xo‘sh, kredit karta o‘zi nima? Hozir barchamiz ishlatadigan odatiy plastik kartalar — bu debet kartalar hisoblanadi. Undan faqat hisobingizda pul bor bo‘lgandagina foydalana olasiz. Kredit kartalar esa o‘z nomidan ko‘rinib turganidek, mutlaqo boshqacha ishlaydi. Bank sizga ma’lum bir limitgacha qarz mablag‘idan foydalanish imkonini beradi. Agar belgilangan imtiyozli muddat (odatda 30-50 kun) ichida ishlatilgan pulni joyiga qaytarib qo‘ysangiz, hech qanday ortiqcha foiz to‘lamaysiz. Ammo mablag‘ni vaqtida qaytarmasangiz, kechiktirilgan har bir kun uchun yaxshigina foiz va penya hisoblana boshlaydi. Xalqimizga avvaliga kredit olish madaniyati singdirilgan edi, mana endi kredit kartalar ommalashmoqda. Bozorda TBCning Osmon kartasidan tashqari, yaqinda Tez kabi yangi kredit karta ham paydo bo‘libdi. Kredit kartadan foydalanishning nimasi yomon, deb o‘ylashingiz mumkin. Pul kerak bo‘lganda bemalol ishlatib, maosh tushganda joyiga qo‘yaman, degan o‘y ko‘pchilikni chalg‘itadi. Biroq daromad kelganda, siz uni o‘z ehtiyojlaringizga emas, kredit kartani yopishga sarflaysiz. Natijada keyingi oy uchun yana pul yetishmaydi va siz yana qarz kartasiga tayanishga majbur bo‘lasiz. Bu zanjir sizni oxir-oqibat chiqib bo‘lmas moliyaviy girdobga (dovulga) tortib ketadi. Bu fikrlarni yozishimga kecha bir tanishim bilan bo‘lgan suhbat sabab bo‘ldi. U Tez kartasiga buyurtma beribdi. Bu uning hisobidan ikkinchi kredit kartasi ekan. Hozir pul zarurligini, lekin muddati kelguncha bemalol qaytarib qo‘yishiga ko‘zi yetishini aytdi. Vaholanki, bu tanishimning oylik daromadi bir necha o‘n million so‘mdan iborat. Shuncha pul topsa ham, unga umumiy limiti 100 million so‘mlik yana ikkita kredit karta kerak bo‘lmoqda. Yana bir boshqa tanishim ehtiyoji bo‘lmagan narsaga kredit olganda, buning xatoligini tushuntirgan edim. Shunda u: "Inson kreditni faqat yetishmovchilikdan oladi, daromadi yaxshi bo‘lsa, bunaqa qilmaydi", deb javob berdi. Holbuki, uning yashash tarzi yomon emas, o‘rta hol, tagida mashinasi ham bor edi. Unga bu fikri xato ekanligini, hatto oyiga 50-60 million topadigan insonlar haligacha kredit va kredit kartalardan foydalanishini aytgandim va gap bu yerda daromadni oz yoki ko’pligida emasligini tushuntirishga harakat qilganimda, u tushunishni xohlamagandi. Inson nafsi shunday — unga bir tog‘ oltin bersangiz, ikkinchisini xohlaydi. Shunday ekan, muammo topilayotgan pulning kamligida emas. Inson birinchi navbatda o‘z nafsini jilovlashi va pulga bo‘lgan psixologiyasini o‘zgartirishi kerak hamda CREDIT so’zi ishlatilgan jamiyki bor narsadan uzoqroq yurishi kerak, banklar hech qachon insonlaning foydasini o’ylamaydi aksincha ularning zaif nuqtasidan foydalanadi. Ilhomjon Ibragimov
без подписи
без подписи
без подписи
O‘zbekistonda sarmoya (investitsiya) tushunchasi hali ham ko‘plab insonlarimiz uchun begona. Sababi, yurtimiz uzoq yillar davomida mustamlaka bo‘lgani va rejaviy iqtisodiyot tizimida yashagani bois, oddiy odamlar ongiga bu termin kirib bormagan. Ammo bugun vaziyat tubdan o‘zgarmoqda: endilikda investitsiya bilan faqat yirik biznesmenlar emas, balki oddiy insonlar ham shug‘ullanib, o‘z kapitallarini ko‘paytirishlari mumkin. Quvonarlisi, yurtimizda sarmoya kiritish vositalari tobora ko‘payib bormoqda. Avvallari faqat bankka omonat qo‘yish imkoniyati mavjud edi, biroq bu yo‘l ko‘pchilik yurtdoshlarimiz uchun e’tiqod jihatidan to‘g‘ri kelmasdi. Lekin oxirgi vaqtlarda bozorimizga Asaxiy Invest, Iman Invest, Way II hamda Hyssa singari islomiy tamoyillarga to‘liq mos keluvchi, halol investitsiya platformalari kirib kela boshladi. Kuni kecha Asaxiy Invest jamoasi JW Marriott mehmonxonasida o‘zining ilk Investorlar kuni deb nomlangan ochiq tadbirini o‘tkazdi. Unga kompaniyaning o‘rta va yirik sarmoyadorlari taklif etildi. Tadbir davomida tashkilotchilar yig‘ilgan mablag‘lar biznesda qanday aylanayotgani, Asaxiy ekotizimining ichki jarayonlari hamda bu amaliyotlarning halolligini nazorat qiluvchi Mezon shar’iy kengashining xulosalari bilan o‘rtoqlashishdi. Bizga ko‘proq Asaxiy Books orqali tanish bo‘lgan Asaxiy holding asoschisi Firuz Allayevni ancha vaqtdan beri kuzatib kelaman. Ushbu tadbirda ular bilan yaqindan tanishishga va ma’lumotlarni qayta ishlash orqali biznesni tahlil qilish masalalarida fikr almashishga muvaffaq bo‘ldim. Kim bilsin, balki kelajakda ular bilan hamkorlik qilib, ushbu yo‘nalishda o‘z yechimlarimni taklif qilarman. Ko’plab o’zim singari yosh dasturchilarni ko’rdim, bu juda odamni quvontirdi! Ilhomjon Ibragimov
Atrofimga qarayman, juda ko‘p insonlar nafaqa yoshigacha ishlab, undan keyin davlat beradigan nafaqani olishni o‘ylab umr o‘tkazishadi. Ammo achchiq haqiqat shundaki, nafaqa yoshiga yetib borganingizda, bu hayotda zavq va shavq bilan yashashga na shijoat qoladi, na kuch. Konsta aytganidek — "Bir umr steyk yegim keldi, endi tish qolmadi..." Afsuski, jamiyatimizda moliyaviy savodxonlik madaniyati hali shakllanmagan. Ko‘pchilik bir umr maoshli ishda ishlab, shu tizimning asiri bo‘lib qolishga rozi. Lekin bir haqiqatni anglash zarur: ko‘p pul topish — hali boy bo‘lish degani emas. Agar inson topganidan ko‘proq sarflasa yoki bor daromadini faqat bugungi ehtiyojlari uchun sovursa, u qancha topishidan qat’i nazar, baribir moliyaviy qaramligicha qolaveradi. Aslida, bugungi kunda har bir inson o‘zini-o‘zi nafaqaga chiqarish imkoniga ega, faqat buning uchun chuqur moliyaviy bilim va intizom kerak. Agar inson nasiya savdo yoki kreditlarga oson aldanib qolsa, bu uning intellektual salohiyatidan qat’i nazar, moliyaviy bilimlari o‘ta darajada yetishmasligini bildiradi. Bugungi kunda bir gap tobora haqiqatga aylanib bormoqda: “Krediti yo‘q inson — boy inson”. Ingliz tilida FIRE (Financial Independence, Retire Early) degan tushuncha bor, ya’ni "Moliyaviy mustaqillik va erta nafaqaga chiqish". Kuzatadigan insonlarim orasida 35–40 yoshlarida o‘zlarini FIRE qiladiganlar (erkinlikka erishadiganlar) mavjud. Bu nima degani? Bu insonlar o‘zlari belgilagan yoshgacha maksimal harakat qilib pul topishadi va topgan pullarini “yostiq ostida” saqlamasdan, ularni ishlashga majbur qilishadi. Yakunda ma’lum bir yoshga yetganda o‘zlarini nafaqaga chiqarishadi va o‘sha investitsiya qilingan mablag‘lar keyingi hayotda ularga moliyaviy ko‘makchi bo‘ladi. Tushunaman, yuqoridagi gaplarim biroz tushunarsiz tuyulishi mumkin. "Pullar qanaqasiga inson uchun ishlashi mumkin?" dersiz balki. Bu juda oddiy: pullarni to‘g‘ri investitsiya qilish orqali ularni o‘zingiz uchun xizmat qildira olasiz. Bularning barchasi borib moliyaviy savodxonlikka taqaladi. Oxirgi bir yil davomida ushbu bilimlarni o‘rganib kelayotgan inson sifatida aytamanki, atrofimdagi insonlarning pulga bo‘lgan munosabatini ko‘rib, shunchaki achinaman. Ularda pul bor, lekin bu pullari ularning bugungi kuni uchun xolos va ular shu buguni uchun umrlarining oxirgacha ishlab o’tishga mahkum bo’lishlari haqida o’ylab ham ko’rishmaydi. Moliyaviy bilimlar va tushunchalarni tushunib borish uchun sizlarga quyidagi tavsiyalarni bermoqchiman. “Vavilonlik eng boy odam" kitobi: Birinchi navbatda shu kitobni o‘qishingiz kerak. Undan faqat asosiy mohiyatni tushunib oling. Unda keltirilgan ayrim usullar shariatimizga mos kelmasligi mumkin, lekin moliyaviy tamoyillarni anglab, ularni to‘g‘ri yo‘lda qo‘llash mumkin. “Latte omili” kitobi: Bu kitob oddiy inson e’tibor bermaydigan kichik xarajatlarning qudrati haqida tushuncha beradi. Uni o‘qigach, pullarni shunchaki saqlash emas, balki investitsiya qilish orqali qanday ko‘paytirishni anglab yetasiz. Investitsiya qilish aslida tavakkalchilikka asoslangan ish hisoblanadi va duch kelgan loyihaga sarmoya kiritish sizni bir zumda kasod qilishi mumkin. Shu sababli, ushbu bilimlarni chuqurroq egallashda sizga Mufeed Moliya kanali yordam beradi. FIRE mavzusida esa Bek Olimjon akaning kanallarini tavsiya qilaman. Ular hozir 39 yoshda va bir yildan keyin o‘zlarini nafaqaga chiqarishni reja qilgan. Bilim oling, u ko‘nikmaga aylansin. Ko‘nikma natijaga, natijalar esa hayotingizni yaxshilashga xizmat qilsin! Ilhomjon Ibragimov
Dunyoda yo'llar ko’p, ammo ularning hammasi ham bizga tegishli emas. Eng qiyini — minglab chiroyli manzillar ichidan o’zimiznikini topish… Ilhomjon Ibragimov
So’ngi paytlarda deyarli fikrlarimni bo’lishmay qo’ydim. Sababi juda oddiy universitetdan so’ng birinchi marta muntazam ishlashni boshladim va bu o’ziga yarasha hayotimni o’zgartirib yubordi. O’tgan bir yil ichida juda ham ko’p narsalarga e’tibor berdim…
So’ngi paytlarda deyarli fikrlarimni bo’lishmay qo’ydim. Sababi juda oddiy universitetdan so’ng birinchi marta muntazam ishlashni boshladim va bu o’ziga yarasha hayotimni o’zgartirib yubordi. O’tgan bir yil ichida juda ham ko’p narsalarga e’tibor berdim va fikr yuritdim. Shular borasida endi sekin o’tirib tahlil qilib yozib bormoqchiman. Mani ko’p o’ylantirgan mavzular — Insonlarda moliyaviy savodxonlikning umuman yo’qligi, nima uchun insonlar bir ishda juda ko’p ishlab “qulay muxitidan” chiqishga qo’rqishligi, inson ish va shaxsiy hayoti o’rtasida muvozanat o’rnata olmasligi va ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatga ta’siri. Ilhomjon Ibragimov
Anchadan beri podcast tavsiya qilmagandim... NQE podcastining navbatdagi sonida ustozim Barno Muqimova ishtirok etibdilar. Ochig‘i, bu — shu paytgacha ko‘rgan podcastlarim ichida eng kuchlisi. Manga yaqin insonlar bilishadiki, kimga Barno Muqimovani tariflab berganimda ularni doim faylasuf deb e'tirof qilganman, Chunki 2018-yildan beri bu insonni kuzatib, ulardagi o‘zgacha fikrlash, hayotni chuqur tahlil qilish salohiyatiga guvoh bo‘lganman. Bu inson haqiqatda misli ko'rilmagan xazinaga ega, yaqinda YouTubeda ham bir videolarini ko'rganimdan keyin o'zlariga quyidagicha xulosalarimni yozgandim: Siz shunchaki ingliz tilidagi auditoriya bilan cheklanib qolyapsiz. Siz butun xalq uchun zarursiz. Siz jamiyatni o‘zgartirishga qodirsiz. Mana oradan ikki oy o‘tmay, ular ham xuddi shu haqida o‘zlari fikr bildirayotganlarini eshitdim. Podcast esa shunchaki tinglab o‘tish uchun emas. U hayotingizni mushohada qilishga undaydi. O‘zingiz bilan o‘zingizni gaplashtiradi. O‘ylantiradi... 🎧 Podcast havolasi Ilhomjon Ibragimov
Vaqt o‘tgan sayin, yoshim ulg‘aygani sari anglayapmanki, chinakam qiymat biz odamlar qadrlashga odatlangan moddiy ne’matlarda emas, balki lahzalar go‘zalligi va qalb halovatida. Inson qanchalik moddiyatni ustun bilsa, uning tanazzuli muqarrar. Ilhomjon Ibragimov
без подписи
без подписи
без подписи
Kecha 5 kmlik trail yugurish marafonida ishtirok etdim. Trail yugurish odatdagi marafonlardan farqli ravishda balandlik-pastliklarga to‘la tog‘ va notekis yo‘llarda o‘tadi. Bu birinchi marotaba marafonda yugurib ko‘rishim. Ko‘p vaqtdan beri o‘z irodasini va intizomini mustahkamlash yo‘lida 21 yoki 42 km marafonlarda yuguradigan insonlarni kuzatib, man ham shunday chaqiriqlarni (challenge) o’zimga vazifa o’laroq qo’yishni o’ylab, reja qilib kelayotgan edim. Va nihoyat, boshlab oldim! O‘ylaymanki, inson hayotida qulay muhit (comfort zone)ga tushib qolmaslik uchun vaqti-vaqti bilan o‘zini noodatiy sinovlar orqali sinab ko‘rishi kerak. Ilhomjon Ibragimov
без подписи
Yaqinda LinkedIn’da yuqoridagi post e’tiborimni tortdi. Unda bir qozoq qiz yozmoqda: “Men odatda Harvard universitetida o‘qish, tajriba va boshqa jihatlar haqida o‘z fikrlarini baham ko‘radigan bir o‘zbek yigit yuritayotgan Telegram kanalini kuzatib boraman. Shuncha vaqt davomida u hech qachon rus tilidan foydalanmagan. Keyin yana bir o‘zbek foydalanuvchisini topdim — u ham xuddi shunday: faqat o‘zbekcha va inglizcha, rus tilida esa biror so‘z yo‘q edi. O‘zbeklar mening chuqur hurmatimga sazovor.” *Ingliz tilidan tarjima Tilmoch.ai orqali qilindi (milliy tarjimon). Bu fikrlar manga juda ta’sir qildi. O‘zbekistonliklarning o‘z tiliga, madaniyatiga va milliyligiga bo‘lgan hurmati oshib borayotganini ko‘rib quvonaman. Atrofimdagi ko‘plab insonlarda ham shu o‘zgarishni kuzatyapman, o‘zini va millatini qadrlaydigan har qanday inson, albatta, o‘z tilini ham qadrlaydi. Kecha Activist ko‘targan mavzu aynan yurtimizdagi og‘riqli haqiqatlardan birini ochib berdi. Ha, bugungi Toshkentda biror joyga ishga kirish yoki xizmatdan foydalanish uchun kirganingizda, deyarli har doim rus tilini bilish talabi qo‘yiladi. Ammo savol tug‘iladi: biz o‘zbek bo‘la turib, nega rus tilida gapirishimiz kerak? Rus “og‘alar” bizga buning uchun rahmat aytadimi yoki muhojirlarimizga insoniy munosabatda bo‘lmagani uchun biz ularning tilini e’zozlashimiz kerakmi? To‘g‘ri, kimlar uchundir rus tili ong tili bo‘lishi mumkin, ammo bu holat hech kimga — o‘zbek bo‘lib, o‘z tilida so‘zlagan kishini “millatchi” deb ayblash huquqini bermaydi. Bugun jamiyatimizda o‘zbek tiliga bo‘lgan yondashuv ijobiy tomonga o‘zgaryapti. Ayniqsa, yirik kompaniyalarda yuqori lavozimlarda ishlayotgan vatandoshlarimizdan: “Biz nega o‘zbek tilida yozmasligimiz kerak? Nega tilimizni rivojlantirmasligimiz kerak?” degan chaqiriqlar chiqyapti. Yer yuzida 50 milliondan ortiq kishi o‘zbek tilida so‘zlashadi — bu e’tiborga molik raqam. Shunday ekan, tilimiz Instagram, YouTube, Facebook va boshqa shu kabi global platformalarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi shart. O‘zgarishlar allaqachon boshlangan, va hatto qo’shni qardoshlarimiz ham bunga guvohlik berishmoqda. Ammo bu jarayonni tezlashtirish uchun biz har birimiz isloh qilishni o‘zimizdan boshlashimiz va o‘z tilimizga hurmat bilan qarashimiz lozim. Ilhomjon Ibragimov
Hayit ayyomi muborak!🌙
“Ёдгорлик” 2200 йил. Ердаги охирги дарахт Чиланзорда махсус капсула ичида сақланмоқда. Ҳар бир инсон ҳаётида фақат бир марта уни кўриш ҳуқуқига эга. Мен кўрдим. Ундан ҳид келарди — нафақат ёшлик, балки инсониятнинг гуноҳлари ҳам.
O‘ylab qoldim, bugungi kunda internetdan foydalanish tobora osonlashib, hayotimizni tubdan o‘zgartirib yubordi. U ba’zi jihatlarda foydali bo‘lsa-da, ko‘proq ma’lumot olishimizni tezlashtirgan bo‘lsa-da, ammo uning eng katta salbiy tomoni nimada? Aytishim mumkinki, 2005-yilgacha tug‘ilgan insonlarning bolalik xotiralari 2005-yildan keyin tug‘ilgan bolalarning xotiralaridan tubdan farq qiladi. Balki hozirgi bolalarda xotiralarning o‘zi ham shakllanmayotgandir... Instagramda eski davrda ishlatgan buyumlarimiz, tomosha qilgan multfilmlarimiz yoki o‘ynagan o‘yinlarimiz haqida videolarni ko‘rib qolsam, fikrlar bo‘limida odamlar o‘z bolaligini eslab, ma’lum bir avlodning aynan shu narsalar bilan ulg‘ayganini yozishadi. Internet paydo bo‘lishidan oldin odamlar bir-biri bilan ko‘proq jonli muloqot qilgan, har xil o‘yinlarni o‘ynagan va real hayot bilan yashagan. Shu sababli, bolaligimiz bilan bog‘liq narsalarni ko‘rsak, go’yoki o’sha davrlar ko’z oldimizda gavdalanib o'sha shirin xotiralar qariga sho’ng’ib ketamiz. Meni o‘ylantirayotgan narsa esa – hozirgi bolalarda bunday xotiralarning umuman yo‘qligi. Afsuski, bola hali to‘g‘ri gapira olmasidanoq internet va telefonga qaram bo‘lib ulg‘aymoqda. Fikrimcha, ular zombilar kabi o‘sishyapti, chunki ularning real hayoti asta-sekin virtual hayotga ko‘chib bormoqda. Atrofimda shunday insonlarni bilamanki, ular kuniga kamida 8 soat telefon ishlatadi! Bu juda jiddiy xavf! Ilhomjon Ibragimov