tgindex
Najot ilmdir
@ilm_kitobxonlikузбекский

Bu kanalda men o'rgangan va endilikda o'rganayotgan bilimlarni bo'lishib boraman. Kitobxonlik bo'yicha musobaqalar ham kanalda bo'lib o'tadi. Founder: @davronbekboltayev

Последний пост
19 дек.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
68
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
376
20 постов
Вовлечённость
552,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • 📚 Falastin: Agar oʻlishim lozim boʻlsa... ✍️ Nadejda Kevorokova Rahmat demoqchi bo'lsangiz "💗" reaksiyasini bosib ketishingiz mumkin! • •📚

  • 📚 Falastin: Agar oʻlishim lozim boʻlsa... ✍️ Nadejda Kevorokova • •📚

  • G’alabaga erishish uchun kerak bo’lgan fazilat maqsadning aniqligi, nimani istayotganingizni bilish va unga erishish yo’lida sobitqadamlikdir. Napaleon Hill

  • - "Keyin tushuntiraman" deb hech aytilmagan hikoyalar bor... - Qaysilari? - Keyin aytaman. Choyimizni ichaylik..)

  • Boy bo'lsangu yaxshi noming bo'lsa, ko'rinishing ko'rkam, yaxshi ma'lumotli, ancha aqlli, hatto oqko'ngil bo'lsangu shu bilan birga hech qanday qobiliyating, hech qanday o'ziga xosliging, hatto g'alati bir xususiyatlaring, o'zing to'qib chiqargan bironta fikring bo'lmasa, faqat va faqat "boshqalarga o'xshab" qolsang, shundan alamliroq narsa bormikin jahonda? "Telba"🌹

  • "Qiziq, odamlar hammadan koʻproq nimadan qoʻrqadilar? Bir yangi ishni hazm qilishdan, bir yangi soʻz aytishdan hammadan koʻra koʻproq qoʻrqadilar" "Jinoyat va Jazo"

  • 23/30 🌙🕋

  • 🤩Yolg'onlarimiz fosh bo'lmaguncha hammamiz halol odamlarmiz!

  • حقا سوف يكافأ صبرك بالسعادة Бу қилаётган сабрингиз учун албатта бир кун бахт билан мукофотланасиз…!؟ @ilm_kitobxonlik💙✅

  • 16/30 🕋🌙

  • 💙Boshqalar nima derkin, deb o'tirish ojizlikning eng birinchi belgisidir! "Jinoyat va jazo"🤩

  • Ёлғонларимиз фош бўлмагунча ҳаммамиз ҳалол одамлармиз. Фёдор Достоевский

  • Nafs – insonni tejashga undab, so‘ng beixtiyor sarf-xarajatga yetaklovchi kuch. Pulni tejash maqsadida avtobusni tanladim, chunki u atigi 5 ming so‘m edi, yengil mashina esa 10 ming so‘m turardi. Ammo avtobusga chiqishdan oldin, beixtiyor 7 ming so‘mga "Snickers" xarid qildim. O‘sha lahzada angladim: tejash niqobi ostida aslida nafsimga yutqazgan ekanman.

  • #to'g'ri javob Buzurgmehr otboqarga qarab shunday deydi. "Sening eng katta aybing shundaki, sen sababli odil podshohimizning sha'niga dog' tushadi, u tarixda "Bitta hayvonni deb bir insonni o'ldirgan zolim hukmdor" sifatida nom qoldiradi". Bu gapdan sergak tortgan Anushervon otboqarni kechiradi.

  • #fikrlash Qadimgi Ajam hukmronlaridan biri Anushervon o'zining odilligi va raiyatparvarligi bilan nom chiqargandi. Anushervonning bir uchqur oti bor edi. U ushbu otini juda ham yoqtirar, ovga yo safarga chiqqanida albatta uni minib chiqar, otboqariga unga alohida g'amxo'rlik ko'rsatishni topshirgandi. Otboqar ham bu ot uchun javobgarlikni chuqur his etar, tunu kun shu otga ko'z-quloq edi. Biroq, asragan ko'zga cho'p tushadi, deb bejiz aytishmagan. Nimadir bo'ldiyu, aynan shohning sevimli oti kasallanib qoldi. Otboqar oyog'ini qo'lga olib, jonivorning oyoqqa turishi uchun qo'lidan kelganini qildi. Otning ahvoli o'nglanmagach, bu haqda shohga ham xabar qildi. Sevimli arg'umog'ining ahvolidan xabar topgan shoh o'zini qo'yarga joy topa olmadi: Quloq sol, dedi u otboqarini yoniga chaqirib. -Shu ot uchun sen javobgarsan. Unga qarashing uchun senga katta maosh to'lab keldim. Bordiyu, otimga bir gap bo'lsa, dorga osilasan. Shoh amri vojib ekanini otboqar yaxshi bilardi. Biroq, sho'rlik otboqarning hamma harakatlari zoye ketdi. Noma'lum xastalikka yo'liqqan tulpor tipirchilab-tipirchilab jon berdi. Otboqar uning tepasida ko'z yosh to'kkancha qolaverdi Otning o'limidan xabar topgan Anushervonning tepa sochi tikka bo'ldi. Darhol saroy a'yonlarini to'pladi. Otning o'limida aybdor deb topilgan otboqarni ham oyog'ini yerga tekkizmay shohning huzuriga olib kelishdi. Jonidan boshqa narsa ko'ziga ko'rinmagan otboqarning rangida qon qolmagandi. Kela solib, o'zini shohning oyoqlari ostiga tashladi: Olampanoh, bir qoshiq qonimdan keching Hamma aybimga iqrorman. Faqat yosh bolalarimga rahm qiling. Meni o'ldirsangiz, ularning holi ne kechadi. Anushervon har qancha odil bo'lmasin, ayni chog'da u g'azabini boshqara oladigan holatda emasdi. Chunki, u o'z otini jonidan ortiq ko'rardida: Qolaversa, u otimga bir gap bo'lsa, seni o'ldiraman deb ko'pchilikning oldida so'z bergan. Lafzidan qaytish shohga yarashmaydi. Shu bois, saroy a'yonlari Anushervondan sho'rlik otboqarga shafqat qilishni so'rashga jur'at etolmay turishardi. Shohning donolikda tengsiz Buzurgmehr ismli vaziri bor edi. Shoh hech kimga quloq solmagan taqdirda ham uning maslahatlariga amal qilardi. Ammo u ham ayni paytda otboqarni afu ettirish vakolatiga ega emasdi. Axir shohning amri vojib. Unga qarshi borish ham osiylik! Buzurgmehr xiyla o'yga toldi. Nihoyat, soqolini tutamlab, so'z boshladi. Olampanoh, bu yaramas otboqar sizning jahonda tengsiz tulporingizning o'limiga sabab bo'lgani uchun qatl etilishi lozim. O'lim uning uchun g'oyat haqli jazo. Ammo u bundan ming karra og'irroq bo'lgan yana bir jinoyatga qo'l urmoqdaki, unga qanday jazo be-rish kerakligini o'ylab o'yimga yetolmayapman. Saroy ahli sergak tortdi. Qiziq: Bu sho'rlik otboqar yana qanday noo'rin ishga qo'l urdiykin? Buzurgmehr otboqarga yuklagan aybni eshitib, Anushervon ham bir zumga o'yga toldi. Kutilmaganda u o'z ahdidan qaytdi va otboqarni ozod qilib yubordi. O'ylab ko'ring-chi, vazir mahkumga yuklagan qanday ayb uni jazodan ozod etgan bo'lishi mumkin?‌‌

  • #to'g'ri javob Quyosh bu - Geliyni anglatadi, yangi- neon,dangasa-argon, yashirin-kripton,begona-ksenon, nurli- radonni bildiradi.Bu guruh Ustozi Dmitriy Ivanovich Mendeleyev edi.Kimyoviy elementlar nomining o'zbekcha atamalari edi.

  • #fikrlash Quyidagi so'zlarga e'tibor bering: Quyosh,yangi,dangasa,yashirin, begona,nurli. Agar yuqoridagilar bir guruh o'quvchilar desak, bu o'quvchilar Ustozi Kim bo'lgan?

  • Bitta umumiy savol! Inson hobbiylari orqali ham mashhur bo'lishi yoki yaxshi hayot kechirishi mumkinmi?

  • Kimdir sizni juda ko'p bezovta qilayotgan bo'lsa unga qarz bering, shunda uning oldingizga kelishi kamayib qoladi. Albatta bu hayotimizda ko'p uchraydigan holat😔