tgindex
Ilmiy Manba
@ilmiymanba_uzузбекский

📚 Ilmiy maqola yozishni 0 dan o‘rganing Template, IMRAD, AI promptlar — bepul Talabalar, magistrlar va tadqiqotchilar uchun Kanal admini: @baxtishodovna

Последний пост
7 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
17
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
196
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
348
17 постов
Вовлечённость
177,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 17
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙 ❗️15-iyuldan o‘qishni ko‘chirishga arizalar qabul qilish boshlanadi Yaqinda 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlanadi. “Perevod” jarayonida talabalarda paydo bo‘ladigan savollarga quyida batafsil javob olish mumkin. 1️⃣ Davlat oliygohlariaro o‘qishni ko‘chirish O‘zbekistondagi bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga faqat 2 holatda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi: 1) talaba oila qurganda va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTTga ko‘chmoqchi bo‘lganda; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chganda va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lganda (ishga kirgan vazirlik xati asosida). 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda talaba mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshirishi kerak. Shu bilan birga, talaba Bilim va malakalarni baholash agentligi imtihonidan o‘tish ballini to‘plashi kerak. Bu yerda talaba uchun qo‘shimcha imkoniyat bor. Agar u belgilangan ballni to‘play olmasa, super-kontraktni to‘lab ham o‘qishni ko‘chirishi mumkin. Biroq bu tartib faqat mos va turdosh yo‘nalish talablari uchun amal qiladi. Xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTTdan o‘qishni ko‘chirish Bunda talaba mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi va o‘tish ballini ham to‘plashi kerak bo‘ladi. Bunday talaba o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishiga ruxsat beriladi. Shu yerda muhim jihat: mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik super-kontrakt to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. ❌ Bu tartib xorijiy davlatdan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishi uchun amal qilmaydi. Quyidagilarni davlat nazorat qilmaydi, ko‘chirish shartlarini nodavlat OTTning o‘zi belgilaydi: ➖ davlat OTTdan nodavlat OTTga o‘qishni ko‘chirish tartibini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zi mustaqil belgilaydi; ➖ nodavlat OTTdan nodavlat OTTga o‘qishni ko‘chirish; ➖ xorijdan nodavlat OTTga o‘qishni ko‘chirish. Quyidagilar OTT rektori tomonidan hal qilinadi: ➖ davlat OTT ichida bir yo‘nalish yoki fakultetdan boshqa yo‘nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish; ➖ bir OTT va hatto bir yo‘nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o‘zgartirish. 📝 Arizalar qabuli Respublikadagi bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar transfer.edu.uz sayti orqali ariza topshirishi mumkin. Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTTga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar esa my.uzbmb.uz sayti orqali hujjat topshirishlari mumkin. 📋 Ariza topshirish jarayonida talabadan quyidagi hujjatlar talab qilinadi: 🔹 ariza (onlayn tarzda); 🔹 transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli); 🔹 akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). ℹ️ Ma’lumot uchun, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tgan o‘quv yili ballari asosida o‘tish ballarining to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. O‘tgan yili eng yuqori o‘tish bali huquq sohasi uchun belgilangan – 165 ball. Keyingi yuqori balli yo‘nalish – sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar kamida 129 ball to‘plashi talab etiladi. 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling � Kanal: @ilmiymanba_uz

  • 4 июл.147216из research_avenue

    🤖 MAQOLANI AI YORDAMIDA TAHRIRLASH — TAYYOR PROMPTLAR TO'PLAMI O'tgan hafta C toifa jurnallar haqida gaplashgan edik, eslaysizmi? 😊 A,B,C toifa jurnallarga o'z maqolangizni AI yordamida kuchaytiring hamda kamchiliklarni to'g'rlash orqali maqolangizni muvaffaqiyatli e'lon qiling 📊 Maqolani to'liq baholatasiz (kuchli/zaif tomonlar) 📈 Introduction va Research Gap'ni kuchaytirasiz 💳 Literature Review'ni "sanab o'tish"dan tahlilga aylantirasiz 📊 Methodology va Results and Discussion'ni reviewer talabiga moslaysiz 🧩Abstract, Keywords va Academic English'ni sayqallaysiz 💬 Reviewer'larga professional javob yozasiz ⛏ Submission'dan oldin so'nggi tekshiruvdan o'tkazasiz Har bir prompt tayyor holda — shunchaki nusxa oling, o'z matningizni joylashtiring va natijani ko'ring ✅ 📎 Faylni yuklab oling va saqlab qo'ying, va kerakli insonga jo'nating 👉 @research_avenue

  • 27 июн.1991из research_avenue

    ⁉️ C toifa jurnallarda maqola chiqarish mumkinmi? Ko'pchilik menga aynan shu savol bilan murojaat qildi 👇 "C toifa jurnallar bormi? Maqola chiqara olamizmi?" Javobim — HA! Albatta chiqarsa bo'ladi ✅ Shu sababli bugundan boshlab 1 hafta davomida C toifa jurnallar haqida to'liq ma'lumot berib boraman: 📍 C toifa jurnal nima? 📍 Qanday talablar qo'yiladi? 📍 Qaysi jurnallarni tanlash to'g'ri? 📍 Maqolani qanday tahlash kerak? 📍 Xatolardan qanday qochish mumkin? 🎯 Maqola chiqarmoqchi bo'lganlar - kuzatib boring! Har kuni yangi ma'lumot bo'ladi 🔔 Barcha savollar va maqola tayyorlash bo'yicha yordam uchun: 👉 @research_avenue

  • 📈 Siz ChatGPT’ni faqat savol - javob uchun ishlatyapsizmi? Unda siz ko‘p narsani o‘tkazib yuboryapsiz… ChatGPT nafaqat oddiy savollarga javob beradi. U sizga: ✅ kundalik topshiriqlarni bajarishda ✅ matn tahrirlash va g‘oya topishda katta yordam bera oladi. Lekin eng qiziq joyi bu emas 💡 ✨ Siz bilarmidingiz? ChatGPT endi Canva bilan integratsiya qilingan! (havolani bosing) https://chatgpt.com/g/g-alKfVrz9K-canva Endi siz: ✅ Oddiy matn yuborasiz → tayyor prezentatsiya chiqadi ✅ Slayd tekstini berasiz → dizayn + struktura avtomatik bo‘ladi ✅ Va natija — professional darajada tayyor PPT 🎓 Masalan: Siz shunchaki: “Shu tekstdan prezentatsiya qilib ber” desangiz ChatGPT sizga ideal strukturali, zamonaviy dizaynli slaydlar tayyorlab beradi. ⚡️ Endi prezentatsiya qilish uchun soatlab o‘tirish shart emas! 📌 Aqlli ishlang — texnologiyani ishlating. 😁Postni kerakli insonga yuboring ➡️ @ilmiymanba_uz➡️

  • 18 апр.1 062821

    📈 Ilmiy maqola nashr ettirmoqchimisiz? 2024-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan faqat 27 ta nufuzli ilmiy baza rasmiy tan olinadi. 👉 Endilikda: Dissertatsiya himoyasi PhD / DSc talablari KPI va yillik hisobotlar uchun maqolangiz albatta shu bazalardan birida indekslangan bo‘lishi VA impact-factorga ega bo‘lishi shart. ⚠️ MUHIM! ❌ Noto‘g‘ri jurnal tanlash = ⏳ vaqt yo‘qotish 💸 ortiqcha xarajat 📉 natijaning bekor bo‘lishi 👉 Shu sababli maqola topshirishdan oldin jurnalni tekshirish — majburiy bosqich! ✅ OAK tan oladigan asosiy ilmiy bazalar: ✅Web of Science ✅Scopus ✅Journal Citation Reports (JCR) ✅AGRIS ✅Chemical Abstracts Service ✅GeoRef ✅PubMed ✅Springer ✅Index Copernicus ✅BASE ✅ResearchBib ✅CiteFactor ✅Ulrich’s Periodicals Directory ✅DOAJ ✅Compendex ✅CrossRef ✅SCImago Journal Rank ✅SciSearch (va boshqa jami 27 ta rasmiy baza) 🇺🇿 Rasmiy asos: — OAK Rayosatining 2024-yil 30-martdagi 352/4-son qarori — Rasmiy manba: https://oak.uz/pages/17522 📤Kerakli insonga ulashing 🔗 Kanal: @ilmiymanba_uz

  • 9 апр.1 2341030

    ➡️Deyarli barcha tadqiqotchilar ilmiy maqola tayyorlash jarayonida UDK (Universal o‘nlik klassifikatsiyasi) raqamini tez va qulay tarzda aniqlash masalasiga duch keladilar. 💡Mazkur ehtiyojni inobatga olgan holda, maqolangiz uchun UDK raqamini bepul va onlayn shaklda aniqlash imkonini beruvchi quyidagi resursdan foydalanishingiz mumkin: ✈️Havola: https://teacode.com/online/udc ✈️Ushbu platforma orqali tadqiqot yo‘nalishingizga mos UDK indeksini qisqa vaqt ichida aniqlab, ilmiy ishlaringizni rasmiy talablar asosida rasmiylashtirishingiz mumkin. 📤Kerakli insonga ulashing 🔗 Kanal: @ilmiymanba_uz

  • 8 апр.5411118

    🧾Keling bugun sizlar bilan Zotero'da ishlashni o'rganamiz! 💡 Zotero — bu bepul dastur bo‘lib, sizga barcha ilmiy manbalarni boshqarishda yordam beradi. 📤 Ilmiy maqola yozishda eng katta muammo: manbalarni yig‘ish va reference yozish. 📉 Zotero imkoniyatlari: 🛡 Maqolalar va kitoblarni saqlaydi 🛡 Avtomatik citation (APA, IEEE va boshqalar) qiladi 🛡 Word bilan ishlaydi (Insert Citation) 🛡 PDF fayllarni tartibga soladi 🛡 Bibliography ni 1 klikda chiqaradi 🔍🔍🔍🔍🔍 QAYERDAN YUKLAB OLISH? 🔗 Rasmiy sayt: https://www.zotero.org 👉 Saytga kiring → Download tugmasini bosing 👉 O‘zingizga mos versiyani tanlang: 📌 Keyin yana Zotero Connector (Chrome/Edge uchun) ni ham yuklab oling — bu internetdan maqolalarni 1 klikda saqlash uchun kerak QANDAY O‘RNATILADI? Yuklab olingan faylni oching “Install” ni bosing Dastur ochiladi (Ixtiyoriy) account oching — ma’lumotlar saqlanadi QANDAY ISHLATILADI? 📌 1-usul: Qo‘lda qo‘shish 👉 “+” tugmasini bosing 👉 Kitob, maqola yoki sayt ma’lumotini kiriting Internetdan 1 klikda (ENG QULAY) 👉 Google Scholar yoki saytda maqola oching 👉 Brauzerdagi Zotero ikonkasini bosing 👉 Maqola avtomatik saqlanadi PDF orqali 👉 PDF faylni Zotero ichiga tashlang 👉 O‘zi metadata topadi (nomi, muallif va h.k.) WORD BILAN ISHLASH 👉 Word oching → yuqorida Zotero menyusi chiqadi ✔️ Add Citation — matnga ссылка qo‘shadi ✔️ Add Bibliography — oxirida reference chiqaradi 🛡 Eng zo‘ri: 👉 Style tanlaysiz (APA, IEEE, Chicago) 👉 Hammasini avtomatik format qiladi To'liq video: https://youtu.be/gMGrWBkB7wE?si=-VlAiPUte5LsMpyz 🔗 Kanal: @ilmiymanba_uz

  • 7 апр.17882из research_avenue

    💡 5 KUNLIK MAXSUS AKSIYA! Ilmiy maqola yoki tezisingizni ⌛️ BEPUL TARJIMA qilib beramiz! 📌 Shart juda oddiy: 1️⃣ Quyidagi 3 ta kanalga obuna bo‘ling 📱 @ilmiymanba_uz 📱 @research_avenue 📱 @jurnallarOAK 2️⃣ Skrinshotni yuboring 3️⃣ Maqolangizni jo‘nating — biz bepul tarjima qilib beramiz! 📥 Aksiya faqat 5 kun davom etadi! 🛡 Eslatma 1 muallif 1 ta maqolasini tarjima uchun topshirsa bo'ladi 💻Murojaat uchun: @research_avenue_official

  • ✨ ILMIY ISHDA ENG KO‘P QILINADIGAN XATO! Nega metodologiya noto‘g‘ri tanlanadi? Nega ish kuchsiz chiqadi, garchi mavzu yaxshi bo‘lsa ham? Ushbu videoda Quantitative va Qualitative research o‘rtasidagi ENG MUHIM farq oddiy misollar bilan tushuntiriladi. Quantitative research — bu raqamlar va statistika. Masalan: 2024-yilda O‘zbekistonga kelgan turistlar soni, foizlar, o‘sish ko‘rsatkichlari. Bu usul sizga “NIMA bo‘layotganini” ko‘rsatadi. Qualitative research — bu odamlarning fikri va tajribasi. Masalan: so‘rovnomalar, intervyular, fikrlar tahlili. Bu usul “NEGA shunday bo‘layotganini” tushuntiradi. Videodagi asosiy g‘oya: Kuchli ilmiy ish faqat bittasiga tayanmaydi. Faqat raqam — yetarli emas Faqat fikr — asos bo‘la olmaydi To‘g‘ri metodologiya = Quantitative + Qualitative 🔗 Kanal: @ilmiymanba_uz

  • 📈 Maqolaning Methodology (Metodologiya) bo‘limini akademik jihatdan yozish tartibi ➡️ Oldingi postlarda maqolaning boshqa bo‘limlari haqida to‘xtalib o‘tilgan edi. Ushbu postda esa Methodology bo‘limi qanday mantiqiy va ilmiy asoslangan tarzda tuzilishi kerakligi real ilmiy maqola namunasi asosida ko‘rsatib beriladi. ✅Methodology bo‘limida odatda quyidagi asosiy elementlar bo‘ladi: ✅ Tadqiqot dizayni va yondashuvning ilmiy asoslari ✅ Ma’lumotlar manbai va tanlama mezonlari ✅ Tadqiqot jarayoni (bosqichma-bosqich tavsif) ✅ Qo‘llanilgan metodlar va ularning tanlanish sabablari ✅ Ma’lumotlarni tahlil qilish usullari va yondashuvlar ✅ Etik masalalar va ruxsatlar (zarur bo‘lsa) ✅ Metodologiyaning cheklovlari (*limitations*) 🚀 Rasm orqali quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 🔗 Metodlar ketma-ketligi va ularning mantiqiy bog‘lanishi 🔗 “We then…”, “Further tested…” kabi iboralarning metodlarni tushuntirishdagi roli 🔗 Etik bayonotning maqola ichidagi joylashuvi 🔗 Metod tanlash sabablarini ilmiy asoslash usuli🔎 Muhim jihat: Methodology bo‘limi faqat nima qilinganini emas, balki (nima sababdan aynan shu yondashuv tanlanganini) ham aniq va ilmiy asoslangan tarzda tushuntirishi lozim. Aynan shu jihat reviewerlar tomonidan eng ko‘p baholanadi. 🤖AI yordamida Methodology bo‘limini yaxshilash uchun PROMPT: Act as an academic editor specializing in research methodology. Review my Methodology section and rewrite it to ensure: – Clear and logical structure from research design to data analysis – Explicit justification for each method used – Proper description of data sources, sampling, and ethical considerations – Concise explanation of limitations – Formal academic English and coherent flow Return only the revised Methodology section, without adding new data.✅ Ilmiy yozish bo‘yicha foydali postlar: 📱 @research_avenue

  • 📈 Introduction yozishda 5 ta muhim qoida 📝 Kirish (Introduction) ilmiy maqolaning eng muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, tadqiqotning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va o‘quvchini mavzuga olib kiradi. Ushbu bo‘limda tadqiqotning dolzarbligi, muammosi va maqsadi mantiqiy ketma-ketlikda yoritilishi lozim. ❔ Kirish qismi nechta so‘zdan iborat bo‘lishi kerak? Ko‘pgina ilmiy jurnallar tavsiyasiga ko‘ra: Qisqa maqolalar uchun: 600–800 so‘z O‘rtacha hajmdagi maqolalar uchun: 800–1200 so‘z Review maqolalar uchun: 1200–1500 so‘z📌 Odatda Kirish qismi butun maqola hajmining 15–20 % ini tashkil etadi. ✅ Mavzuni tushuntirish ➕ Tadqiqot mavzusining umumiy mazmuni ochib beriladi, uning ilmiy va amaliy ahamiyati, dolzarbligi hamda nima sababdan tanlangani asoslanadi. ✅ Muammoni aniqlash ➕Tadqiqot doirasida ko‘rib chiqiladigan asosiy muammo yoki aniq shakllantirilgan tadqiqot savoli ifodalanadi. ✅ Mavzuga oid adabiyotlarni qisqacha tahlil qilish ➕ Oldingi tadqiqotlar umumlashtiriladi, mavjud yondashuvlar ko‘rsatiladi va hal etilmay qolgan masalalar (research gap) aniqlanadi. ✅ Tadqiqot maqsadi va natijalari ➕ Tadqiqotning aniq belgilangan maqsadi, shuningdek, erishilgan asosiy natijalar qisqacha yoritiladi. Natijalarga erishish uchun bajarilgan ishlar va kutilgan maqsadga erishilgan-erishilmaganligi ko‘rsatib beriladi.🔔 Muhim eslatma: Kirish qismida kichik sarlavhali bo‘limlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Matn abzatslar ketma-ketligi asosida, umumiydan aniqga tomon harakatlanadigan mantiqiy oqimda yozilishi kerak.🤖 Tayyor maqolani AI yordamida yaxshilash uchun PROMPT Act as an academic editor. I have already completed my research paper. Based on the full paper content, rewrite ONLY the Introduction section. The Introduction must be written as continuous paragraphs (no subheadings) and include: - Clear background and context of the topic - Explicit identification of the research problem - Brief overview of existing knowledge and the knowledge gap - Clear research objective - Short mention of methods and key findings (1–2 sentences only) Requirements: - One coherent academic section - Logical flow from general context to specific objective - Formal academic English - Approximately 800–1000 words - Do NOT add new data, results, or references - Preserve the author’s original meaning and voice - Ensure consistency with the rest of the article Return only the revised Introduction.📱 Murojaat uchun: @baxtishodovna 🔔 Biz bilan birga bo‘ling: 📢 Kanal: @research_avenue 👥 Guruh: @ilmiyjurnallarva_konferensiyal

  • 📈 Maqolangizni topiladigan va iqtibos olinadigan qiladigan 3 muhim element 1. Maqola mavzusi (Title) Mavzu tadqiqot mazmuniga aniq va tor mos bo‘lishi kerak. Aksar jurnallarda mavzu 20 so‘zdan oshmasligi, vaqt, joy va obyektni ko‘rsatishi talab etiladi. Sun’iy intellektning iqtisodiyotga ta’siri — juda umumiy. 2020–2024 yillarda O‘zbekistonda bank sektorida AI modellaridan foydalanish samaradorligi — aniq va maqsadli. Tavsiya: maqola mavzusini tadqiqot yakunlangach tanlash ma’qul. 2. Annotatsiya (Abstract) Annotatsiya maqolaning qisqacha mazmuni bo‘lib, unda: – maqsad; – metodologiya; – asosiy natijalar; – xulosalar jamlanadi. O‘rtacha hajm: 250–300 so‘z. Ko‘pchilik maqolani aynan annotatsiya asosida tanlaydi. 3. Kalit so‘zlar (Keywords) Maqola mazmunini ifodalovchi 4–6 ta ilmiy atama. To‘g‘ri kalit so‘zlar maqolaning topilishi va iqtibosini oshiradi. Saqlab qo‘ying va ilm bilan shug‘ullanuvchi do‘stlaringizga ham ulashing! 📱 Murojaat uchun: @baxtishodovna 🔔 Biz bilan birga bo‘ling: 📢 Kanal: @research_avenue 👥 Guruh: @ilmiyjurnallarva_konferensiyal

  • Ilmiy izlanish jarayonini tezlashtiradigan va osonlashtiradigan 8 ta AI dastur 👇💡 Elicit elicit.org • Tadqiqot savollari (Research questions)ni shakllantirishga yordam beradi • Savolingizga mos ilmiy maqolalarni topib beradi Litmaps litmaps.com • Maqolangizga oid adabiyotlar xaritasini yaratadi (bibliometrik analizda juda qo'l keladi) • Mavzuingiz bo‘yicha yangi ilmiy ishlarni topishda yordam beradi Inciteful inciteful.xyz • Maqolalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni interaktiv grafik ko‘rinishda beradi • Soha bo‘yicha yetakchi tadqiqotchilar va eng so‘nggi maqolalarni topib beradi Scite scite.ai Eng kuchli vositalardan biri 🔥 Maqolaning nechta marta iqtibos qilinganini topish oson. Ammo asosiy savol boshqa: Ushbu iqtiboslar muallif talabini qo‘llab-quvvatlaydimi yoki rad etadimi? (ya'ni tadqiqotiga mos keladimi yoki yo'q) Scite — aynan shuni aniqlab beradigan kuchli AI vosita. • Iqtiboslar da’voni qo‘llaganmi yoki inkor qilganini ko‘rsatadi • Buni bir necha daqiqada aniqlash imkonini beradi Research Rabbit researchrabbitapp.com • Literature review jarayonini tezlashtiradi • Maqolalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni vizual ko‘rinishda beradi (bibliometrik tahlilda ajoyib vosita) Paperpal paperpal.com • Akademik yozish bo‘yicha yordamchi • Butun ilmiy ishni tahlil qilib, takliflar beradi Connected Papers connectedpapers.com • Bir maqolaning boshqa maqolalar bilan bog‘liqligini xarita shaklida ko‘rsatadi • Oldingi va keyingi (derivative) ishlar ro‘yxatini taqdim etadi SciSpace typeset.io • Murakkab akademik matnlarni sodda tilda tushuntirib beradi • Tushunmagan joyingiz bo‘lsa, qo‘shimcha savol berish imkonini beradi Ushbu vositalar: Tadqiqot savolini aniqlash Adabiyotlar sharhini tezlashtirish Iqtiboslarni tahlil qilish Maqola yozishni yaxshilash jarayonlarini bir necha baravar osonlashtiradi. 📱Kanal: @ilmiymanba_uz

  • 🎓 Magistratura va doktorantura uchun til sertifikatlari Qaysi yo‘nalishga qanday daraja kerak? ➖ C1 – xorijiy tillar yo‘nalishlari ➖ B2 – gumanitar, ijtimoiy, iqtisod, IT va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar ➖ B1 – qolgan yo‘nalishlar, madaniyat va sport 📌 Eslatma: o‘zbek, rus va qardosh tillar uchun kamida B2 daraja talab etiladi. 📄 Batafsil ro‘yxat hujjatda berilgan 👇 📢 Abituriyent do‘stlaringizga ham ulashing! 🔗 Kanal: @ilmiymanba_uz

  • 🎓 Ilmiy ishlar uchun plagiat tekshiruv saytlari Dissertatsiya, maqola yoki boshqa ilmiy hujjat yozayotganda quyidagi saytlar yordam beradi: 1. DupliChecker 2. Plagiarismsoftware 3. PlagiarismCheckerX 4. PlagScan 5. Plagramme 6. SmallSEOTools 7. Plagiarisma 8. Quetext 9. EasyBib 10. Noplag 📌 Matningizni tekshirib, o‘xshashlik darajasini bilib oling. 📢 Ilmiy izlanayotgan do‘stlaringizga ham ulashing! 🔗 Kanal: @ilmiymanba_uz

  • Assalomu alaykum 🔼 Men — Sabirova Jasmina. Ushbu "lmiy Manba” kanalini ilmiy izlanish qilayotgan har bir inson uchun yaratdim. 🧲Bugungi kunda ko‘pchilik: ilmiy maqola yozishda qiynaladi, qayerdan boshlashni bilmaydi, IMRAD strukturasini tushunmaydi, hatto oddiy abstract yozish ham muammo bo‘lib qoladi. Va aynan shu muammolarni yengish uchun bu kanalni ochdim. Bu yerda siz: ✅Ilmiy maqola yozish bo‘yicha sodda tushuntirishlar ✅ Tayyor template va andozalar ✅ IMRAD strukturasi bo‘yicha aniq yo‘riqnomalar ✅AI (ChatGPT) orqali maqola yozish usullari ✅Real misollar va amaliy maslahatlar olishingiz mumkin. 🛡Maqsadim — sizga shunchaki nazariya emas, balki amalda ishlaydigan bilim berish. Agar siz: 📍ilmiy maqola yozishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, yoki ilmiy faoliyatingizni rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz — siz aynan to‘g‘ri joydasiz. 📱 Kanalni kuzatib boring — foydali postlar hali oldinda!

  • Channel created