Jalaquduq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
СтатистикаIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jalaquduq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi Murojaat uchun telefon raqamlar: +998 99 864 17 26 +998 99 900 07 74 +998 33 403 03 43
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 41
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 466
- 1/48двое суток
- 534
- 1/72трое суток
- 575
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Mustaqillik — xalqimiz uchun eng ulug‘ va bebaho ne’mat. U bizga erkin va farovon hayot, o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini berdi. Bugun biz tinch osmon ostida ta’lim olayotganimiz, orzu va maqsadlar sari dadil intilayotganimiz — Mustaqillikning buyuk ne’matidir. Jalaquduq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari nomidan barchangizni Mustaqillikning 35 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿
без подписи
без подписи
🏫 Jalaquduq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari Jalaquduq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada kutib olish maqsadida maktab hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. 🌿 Maktabning old qismi, hovli va ichki hududlarida tozalik hamda obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, hududning yanada chiroyli va fayzli ko‘rinishga keltirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 📚 Yangi o‘quv yilini ozoda, obod va ko‘rkam muhitda boshlash uchun tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
без подписи
без подписи
#Jalaquduq_tuman_IM #Faoliyatimiz 🇺🇿 "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" 🏢 Jalaquduq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan maktab hududiga o‘quvchilarni vatanga sadoqat, ilm-fan, birlik va bunyodkorlik ruhida tarbiyalovchi mazmunli shiorlar ilindi.
"Yozgi ta'tilda vaqtingizni bekorga sarflamang! Jalaquduq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida qiziqarli to'garaklar muntazam tashkil etilmoqda. Farzandingizni bilim va iste'dod sari yetaklang. Zero, yoshlikda olingan bilim — toshga o'yilgan naqsh!"
Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar! Farzandingizning porloq kelajagi, mustahkam bilimi va yuksak salohiyati uchun bugundan to'g'ri tanlov qiling. Zamonaviy ta'lim, tajribali pedagoglar va keng imkoniyatlar maskani — Jalaquduq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi. Kelajakka ishonchli qadamni biz bilan boshlang! 🌟
#OAV_biz_haqimizda 🎓 Andijon shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Behruzbek Xoldarov "El-yurt umidi" jamg‘armasining 2026-yilgi stipendiyasi sohibiga aylandi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Jalaquduq tumani "Kelajak" markazida maktab maslahatchilari ishtirokida navbatdagi har chorshanba metod kunida o'tkiziladigon yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda yangi tavsiyasi chiqqan maktablar oldingi tavsiyasi chiqqan maktablarga biriktirildi. Iqtisoslashgan maktab maslahatchisi G'ulomov Abdulhalim tomonidan "Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturi bo'yicha amaliy uslubiy tushunchalar berildi. 📲 Bizni kuzatishda davom eting:
📚 ONLAYN DARSGA TAKLIF! 🎓 🗓 Sana: 2026-yil 28-iyul (seshanba) 🕣 Vaqt: 20:30 Mavzu: 🧠 11–12 va 14–15 yoshli o‘smirlar psixologiyasi hamda ularda namoyon bo‘ladigan psixotiplar Ushbu darsda quyidagi mavzular yoritiladi: ✅ O‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari; ✅ 11–12 va 14–15 yosh davrlarining o‘ziga xos farqlari; ✅ O‘smirlarda uchraydigan psixotiplar va ularning belgilari; ✅ Har bir psixotip bilan to‘g‘ri muloqot qilish usullari; ✅ Ota-onalar, pedagoglar va psixologlar uchun amaliy tavsiyalar. 🎯 Ushbu dars ota-onalar, pedagoglar, psixologlar hamda o‘smirlar bilan ishlovchi barcha mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi. 📍Sizni onlayn darsimizda kutamiz! Hurmat bilan, Psixolog Zulunova O‘lmasxon. Dars shu manzilda bo‘lib o‘tadi. https://t.me/+BR1kzlwwlEZhOTRi
📢 DIQQAT E'LON! Hurmatli ota-onalar! Imtihon natijalari bosqichma-bosqich e'lon qilinmoqda. Ayni paytda natijalarni ko'rish uchun mo‘ljallangan saytda texnik nosozliklar kuzatilayotgani sababli, tizim sekin ishlashi yoki vaqtincha ochilmasligi mumkin. Shu sababli, iltimos, xavotir olmang. 1–2 soatdan so‘ng saytga qayta kirib, natijalarni yana bir bor tekshirib ko‘ring. Tushunganingiz va sabringiz uchun rahmat!
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Hurmatli Prezidentimiz! Sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Jalaquduq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz taraqqiyoti, taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, yosh avlodning zamonaviy bilim va yuksak salohiyat egasi boʻlib kamol topishi yoʻlida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi xayrli ishlaringiz bardavom boʻlsin. Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin! Hurmat bilan, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Jalaquduq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
Андижон вилояти прокурори М.Абдухакимов Жалақудуқ туманидаги Ихтисослаштирилган мактабда оғир тоифадаги, оталиққа олинган, ишсиз ҳамда уюшмаган ёшлар билан очиқ мулоқот ўтказди. Учрашув давомида мамлакатимизда ёшларга оид давлат сиёсати доирасида амалга оширилаётган ислоҳотлар, прокуратура органлари зиммасига юклатилган вазифалар, қонунийликни таъминлашнинг устувор йўналишлари, шунингдек, ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш борасида амалга оширилаётган ишлар хусусида атрофлича сўз юритилди. Тадбирда жами 200 нафар ёш иштирок этди. Улардан 140 нафари оталиққа олинган ёшлар, 35 нафари уюшмаган ёшлар ҳамда 25 нафари ишсиз ёшлардан иборат бўлди. Очиқ мулоқот давомида 36 нафар ёшнинг мурожаат ва таклифлари кўриб чиқилди. Шундан 12 нафар ёшнинг масалалари жойида ижобий ҳал этилди, қолган 24 нафарнинг мурожаатлари тегишли масъулларга йўналтирилиб, уларнинг ижроси назоратга олинди. 🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг! Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Veb-sayt
#imtihon_natijalari_2026 🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoqda! 🖌 Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz ✅“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan: 🖱️ Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi. ✅ Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi: 🖱️ C toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich. Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng bo‘lganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Xabaringiz bor 29-iyunda ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari hamda 5-iyulda tayanch ixtisoslashtirilgan (al-Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, ibn-Sino) maktablari imtihonlari bo’lib o’tdi. Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoniga 22-kun bo’lgan bo’lsa ham hali natijalar chiqqani yo’q va ko’pchilikni natijalar qachon chiqishi juda ham ko’p qiziqtirmoqda. 1206 raqami bilan kecha ham bugun ham gaplashganimizda imtihon natijalari shu hafta davomida chiqishi aytilmoqda va aniq sanasi ma’lum emas. Bunga sabab shu yil topshiruvchi talabgorlar soni ko’p bo’lgan. Katta ehtimol bilan xuddi o’tgan yilgidek ixtisoslashtirilgan hamda tayanch ixtisoslashtirilgan maktab natijalari bir kunda e’lon qilinishi mumkin. Taxminan 24-25-iyul sanalariga to’g’ri keladi. Yana ozgina kutamiz. Barcha do’stlaringizga yuboring👨🏻🎓🧑🏻🎓 🔔Kanalga obuna bo’lib qo’ying. Telegram kanal👇👇👇 ✅@piima_tests_uzb ✅@piima_tests_uzb ✅@piima_tests_uzb
❗️Олий тоифали ўқитувчилар учун мақсадли магистратура қабули бошланди Умумий ўрта таълим мактабларида фаолият юритаётган олий малака тоифасига эга педагоглар педагогика йўналишидаги мақсадли магистратурага ҳужжат топширишлари мумкин. 📅 Аризалар 30 июлга қадар (шу куни ҳам) my.edu.uz портали орқали қабул қилинади. Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga 43 kun qoldi! Mustaqilligimizning har bir kuni – yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yanada mazmun kasb etmoqda. Yagona maqsad yo‘lida birlashib, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi uchun sidqidildan xizmat qilish barchamizning sharafli burchimizdir. Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch va obod bo‘lsin! @jalaquduqpress