Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
СтатистикаIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy kanali
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 71
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Языки (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 811
- 1/48двое суток
- 929
- 1/72трое суток
- 1 002
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🇺🇿 MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT! 🇺🇿 Yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🎉 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi tomonidan Vatanimizning shonli bayramiga bag‘ishlangan ushbu videorolikni e’tiboringizga havola etamiz. 🇺🇿 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin! ❤️💙💚 @ima_kitobimi
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🌿🏅 “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasida munosib ishtirok va e’tirof “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida tashkil etilgan yozgi ta’lim oromgohi yakunlanib, ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi. 📍 Mazkur nufuzli loyihada Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o‘qituvchisi, mentor pedagog Baxriddinova Fayoza hamda maktabning 10-sinf o‘quvchisi G’afforov Kamron faol ishtirok etdilar. To‘rt kun davom etgan dastur mobaynida ishtirokchilar ekologik ta’lim, xalqaro “7 qadam” metodologiyasi, liderlik, mentorlik va jamoada samarali ishlash yo‘nalishlarida o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini yanada boyitdilar. 🏅 Loyiha yakunida biologiya fani o‘qituvchisi, mentor pedagog Baxriddinova Fayoza hamda 10-sinf o‘quvchisi G’afforov Kamron loyihadagi faol va samarali ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandilar. @ima_kitobimi
🐾 Mehr-oqibat va mas’uliyat — barkamol avlod tarbiyasining muhim mezoni 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tabiatga, atrof-muhitga hamda barcha tirik mavjudotlarga nisbatan mehr-oqibat, mas’uliyat va g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda mamlakatimizda ham hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatning oldini olish va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash borasida muhim huquqiy choralar ko‘rilmoqda. Joriy yilning 28-iyunidan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik normalari kuchga kirdi. Endilikda bunday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jarimalar miqdori oshirildi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi, takror sodir etilgan holatlar uchun esa jinoiy javobgarlik belgilandi. Mazkur o‘zgarishlar nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlash, balki jamiyatimizda mehr-shafqat, insonparvarlik va barcha tirik mavjudotlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, ezgulik va insonparvarlik oilada boshlanadi, ta’lim muassasasida mustahkamlanadi va jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi. Mehribon, mas’uliyatli va yuksak ma’naviyatli avlodni voyaga yetkazish esa barchamizning umumiy vazifamizdir. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Taqdirlash_marosimi #Eco_schools ✅ Bugun “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi yozgi ta’lim oromgohining yopilish va taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, “Zamin” xalqaro jamoat fondi direktori Aziz Ganiyev so‘zga chiqib, loyihaning ahamiyati va kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritishdi. 🔰 Ta'kidlash joiz, Vazirlik va "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan to‘rt kunlik dasturga mamlakatning barcha hududlaridan jami 128 nafar ishtirokchi - hududiy koordinatorlar, ularning yordamchi o‘quvchilari, mentor pedagoglar va mentor o‘quvchilar ishtirok etishdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - loyihadagi a’zo maktablar o'rtasida tajriba almashish va o'zaro qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan mentorlik tizimini joriy etishdan iborat. 📍Ishtirokchilar loyihaning xalqaro “7 qadam” metodologiyasi bilan chuqur tanishdi, jamoada samarali ishlash, liderlik va mentorlik ko‘nikmalarini rivojlantirdi hamda o‘z tuman va shaharlarida loyihani tizimli boshqarish, muvofiqlashtirish va barqaror rivojlantirish boʻyicha bilim olishdi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#imtihon_natijalari_2026 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Al-Beruniy maktab-internatiga kirish imtihonlari: 2-bosqich natijalari Joriy yilning 23–24-iyul kunlari Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul uchun o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilinmoqda. ✅ Imtihon natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor