Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
СтатистикаIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 62
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 148
- 1/48двое суток
- 169
- 1/72трое суток
- 182
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#OAV_nigohida #Andijon_MTRK 🟦🟦🟦 OAV BIZ HAQIMIZDA | ANDIJON MTRK 🤩 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Kimyo fani oʻqituvchisi, "Yil oʻqituvchisi" musobaqasi gʻolibi Axmedov Mansurbek Murodjon oʻgʻli Andijon MTRKning "Andijon nafasi" koʻrsatuvi mehmoni boʻldi. Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | Threads
#xushxabar YIL O‘QITUVCHISI GʻOLIBI 🤩 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Kimyo fani oʻqituvchisi Axmedov Mansurbek Murodjon oʻgʻli "Yil oʻqituvchisi" koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻolibi boʻldi Ushbu yuksak natija ustozning kasbiy mahorati, fidoyiligi hamda taʼlim sifatini oshirish yoʻlidagi samarali mehnatining munosib eʼtirofidir. 🎉 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi nomidan Axmedov Mansurbek Murodjon oʻgʻlini ushbu munosib gʻalaba bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatida ham ulkan zafarlar, mustahkam sogʻlik va yangi yutuqlar tilaymiz. Ustozlarimizning muvaffaqiyati — maktabimiz faxri va taʼlim taraqqiyotining yorqin ifodasidir! Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | Threads
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#BizningPrezident 🇺🇿 Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi shakllandi. Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ining kengayishi, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturi, "Renessans" oromgohi hamda zamonaviy ta’lim loyihalari ana shu islohotlarning yorqin amaliy ifodasidir. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi davlatimiz rahbarining yuksak ishonchi va doimiy e’tibori tufayli yoshlar uchun yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni hayotga tatbiq etish yo‘lida mas’uliyat bilan faoliyat olib bormoqda. Bugun xalqaro fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinayotgan yoshlarimiz hamda zamonaviy ta’lim muhitida kamol topayotgan iste’dodlar Prezidentimizning ta’lim sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligining yorqin samarasidir. Muhtaram Prezidentimizni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi, ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti, iqtidorli yoshlar kamoli yo‘lida boshlab bergan ezgu islohotlaringiz izchil davom etib, ulkan natijalar bersin! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#BizningPrezident 🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! ➡️ Rasmiy sahifalar
#imtihon_natijalari_2026 🖌 IJOD MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026 🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoqda! 🖌 Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz ✅“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan: 🖱️ Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi. ✅ Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi: 🖱️ C toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich. Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng bo‘lganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
UCHINCHI RENESSANS YOSHLARI | 20.07.2026 ULUG'NOR TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O'QUVCHILARI BILAN SUHBAT Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
🔶 Pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi (test) bosqichi: test savollarining tuzilishi va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining ikkinchi bosqichi test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. 📝 Test savollarining tuzilishi ➡️ Test savollari ko‘p variantli (multiple choice) shaklda tuziladi. ➡️ Test jami 40 ta savoldan iborat bo‘ladi. ➡️ Savollar nomzodning: o‘quv fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari; mantiqiy fikrlash darajasini aniqlashga qaratiladi. ⏱ Test uchun ajratilgan vaqt ➡️ Aniq va tabiiy fanlar (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) uchun — 90 daqiqa. ➡️ Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun — 60 daqiqa. 📊 Baholash mezonlari ➡️ Har bir to‘g‘ri javob 2,5 ball bilan baholanadi. ➡️ 40 ta savol × 2,5 ball = 100 ball. ➡️ Demak, ikkinchi (test) bosqichida olinishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 100 ball. 🏆 Suhbat bosqichiga kimlar o‘tadi? Test natijalariga ko‘ra, har bir bo‘sh ish o‘rni uchun eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod (ballar ketma-ketligida) suhbat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. ❌ Testdan chetlashtirishga asos bo‘ladigan holatlar Quyidagi holatlarda nomzod test jarayonidan chetlashtiriladi: ➡️ qonunchilik hujjatlarida, ma’lumot beruvchi adabiyotlarda yoki boshqa materiallardan foydalanish; ➡️ texnik vositalardan foydalanish; ➡️ boshqa shaxslar bilan suhbatlashish; ➡️ test yakunlanmasdan auditoriyani ruxsatsiz tark etish. Bunday holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 📚 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17–24-bandlari. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🖱️ Test sinovlari: 🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil 🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda 🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi. Hurmatli nomzodlar! Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o‘zingiz bilan olib kelishingiz so‘raladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔴DIQQAT, E’LON! ✅ RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARNI TANLOV ASOSIDA ISHGA QABUL QILISH TARTIBI YANGILANDI 🖌 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar, mahalliy hamda xorijiy pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilishga oid yangi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi. Mazkur hujjat ta’lim tizimiga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori salohiyatli rahbar va pedagog kadrlarni ochiq hamda shaffof tanlov asosida saralashning yangi mexanizmlarini belgilaydi. Buyruq bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi: ✅ Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun pedagog kadrlarni tanlash, baholash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Xorijiy mutaxassislarni tanlash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Tayanch, hududiy hamda muhandislik yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun rahbar kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Mazkur maktablar uchun pedagog kadrlarni tanlash, baholash va tavsiya etish tartibi. Yangi nizomning muhim yangiliklaridan biri – tanlov jarayonlarini yanada shaffof, tezkor va sifatli tashkil etish maqsadida markaziy tanlov komissiyasi bilan bir qatorda hududlarda ham hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu ishchi guruhlar tanlov bosqichlarini tashkil etish, baholash jarayonlarini sifatli o‘tkazish hamda nomzodlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, buyruqqa muvofiq ishchi guruhlar va tanlov komissiyalari tarkibi tasdiqlanishi belgilangan. 🖌 Pedagog kadrlar tanlovi 3 bosqichda, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Hujjatlarni saralash; 2️⃣ Test sinovi; 3️⃣ Sinov (ochiq) darsi (faqat xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun); 4️⃣ Suhbat bosqichi. Tanlovlar adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillari asosida tashkil etiladi. Barcha nomzodlar uchun teng imkoniyatlar yaratiladi, baholash mezonlari ochiq e’lon qilinadi va yakuniy qarorlar komissiya tomonidan qabul qilinadi. Nomzodlar hujjatlarini vacancy.piima.uz platformasi orqali onlayn topshiradilar. Arizalar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 15 ish kuni davomida qabul qilinadi. ✅ Mazkur nizom ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida rahbar va pedagog kadrlarni tanlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda tanlov jarayonlarini yanada samarali tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Axborot24 #IChO2026 🧪58-Xalqaro kimyo olimpiadasining nazariy imtihon jarayonlaridan reportaj ✅ Rasmiy sahifalar
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! ✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/ Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#IChO_2026 #OAV_biz_haqimizda 🧪 Bugun, Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi dunyoning eng nufuzli fan musobaqalaridan biri — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) tantanali ochilish marosimi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tdi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#OAV_nigohida 🇺🇿Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи