tgindex
Imtihon markazi

Imtihon markazi

Статистика
@imtihonmarkaziузбекский

🔎 Abituriyentlar imtihon markazi *️⃣ Kirish imtihonlariga tayyorlanyapsizmi? *️⃣ O'z bilimingizni sinamoqchimisiz? *️⃣ Yangi testlar izlayapsizmi? 😎 Unda siz to'g'ri kanaldasiz, ishonavering! Testlar: @imtihonmarkazibot Reklama: @testolog_murojaatbot

Последний пост
1 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
27 120
−170 за 2 дн.
Сутки
−84
−0,31%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 413
26 постов
Вовлечённость
12,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 803
1/48двое суток
2 066
1/72трое суток
2 228

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 1 авг.1 465924

    ❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. ✅ @imtihonmarkazi

  • 1 авг.1 3405

    📚 O‘qish mavsumi yaqin! Smartfoningizni yangilashning ayni vaqti. 1-avgustdan 15-sentyabrgacha HONOR “Foydali xaridlar mavsumi” aksiyasini o’tkazmoqda. Aksiyada ishtirok etayotgan HONOR smartfonlaridan birini xarid qilsangiz, yoqimli sovg‘aga ega bo‘lasiz — aqlli soat, simsiz quloqchin, ryukzak va boshqa aksessuarlar (tanlangan modelga qarab). Batafsil

  • 27 июл.1 96546

    #Qabul2026 #Grant #Nodavlat Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 452 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Eslatib o‘tamiz, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari iyun–sentyabr oylari davomida bo‘lib o‘tadi. Qabul to‘liq yakunlangach, muayyan xorijiy va nodavlat OTTga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun davlat granti ajratilgan ta’lim sohalari bo‘yicha tanlovda qatnashish imkoniyati yaratiladi. 📝 Tanlov tartibi: 🔹 To‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar grant o‘rinlari uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tadilar (PQ–4319-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi); 🔹 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun alohida test sinovlari tashkil etiladi; 🔹 Test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballar ketma-ketligi bo‘yicha shakllantirilgan ro‘yxat tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi. Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham to‘plagan ballari asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ushbu grant tanlovida ishtirok etish huquqi beriladi. ℹ️ Test sinovlarini o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tishning aniq muddatlari qabul jarayonlari to‘liq yakunlangach qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. ✅ @imtihonmarkazi

  • 22 июл.2 607920

    ❓Kontraktga kirganlar yaxshi o'qisa 2-kursdan grantga o'tishi mumkinmi? ✅ JAVOB: Ha, mumkin! Grantga kirgan talabalarga grant maqomi faqatgina 1 o'quv yili uchun qo'llaniladi. Yil davomidagi o'zlashtirishiga qarab o'z maqomini saqlab qolishi yoki yo'qotishi (kontraktga tushishi) mumkin. Grant taqsimlashda eng avvalo o‘zlashtirishga qaraladi va buning uchun eng ko‘p ball beriladi. Quyidagilarga bu tartib aloqador emas: ❌ Imtiyoz asosida grantga kirganlarga; ❌ Maqsadli qabul asosida grantga kirganlarga. Abituriyentlarga yuborib qo'ying! ✅ @imtihonmarkazi

  • 22 июл.2 736632

    ❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ 3 yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. ☝️Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Mandat o’tgan yili 13-avgustda chiqqan edi, joriy yilda ham shu atrofda chiqsa kerak. Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. ✅ @imtihonmarkazi

  • 19 июл.2 49018

    ⚡️Beshinchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 18-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot ✅ @imtihonmarkazi

  • 18 июл.2 473810

    Davlat_granti_kvotasi_ulushining_chegarasi_2026.pdf

  • 18 июл.1 70237

    ⚡️KVOTA-2026 #abituriyent ✅ Davlat granti kvotasi ulushi (foizda) 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. ❓Davlat granti ulushi uchun chegara nima degani? ✅ @imtihonmarkazi

  • 17 июл.2 10252

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 UCHINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot ✅ @imtihonmarkazi

  • 17 июл.1 88652

    📌Toshkentda yengil sanoat va tadbirkorlik bo‘yicha yangi davlat universiteti tashkil etiladi Prezident qarori bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti negizida Toshkent davlat yengil sanoat va tadbirkorlik universiteti tashkil etilishi kutilmoqda. Ushbu institutda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini universitetda davom ettiradi va 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi. ✅ @imtihonmarkazi

  • 16 июл.2 111812

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 IKKINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot ✅ @imtihonmarkazi

  • 16 июл.1 97341

    ❗️Abituriyent qalbaki hujjatlar bilan qo‘lga tushsa nima bo‘ladi? Agar abituriyentlar hujjatlarining qalbakiligi aniqlansa, quyidagi choralarni qo‘llash belgilangan: ✅Abituriyent kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi; ✅hujjatlarning qalbakiligi abituriyent o‘qishga kirganidan keyin aniqlansa, o‘qishdan haydaladi; ✅qalbaki hujjat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilinadi. Shu bilan birga, Jinoyat kodeksida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish, ularni sotish bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. ❗️Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish esa BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan qilish bilan jazolanadi. ✅ @imtihonmarkazi

  • 16 июл.1 869112

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 "Test materiallaridan foydalanish" tartibi haqida tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.   Mazkur videoqo‘llanmada abituriyenlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.   ❗️ Test sinoviga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. ✅ @imtihonmarkazi

  • 16 июл.1 95120

    ⚡️Rasman: Abituriyentlar imtihonlar toʻliq tugagach 5 ta yoʻnalish tanlaydi! Faqat...❗️ Abituriyentlar hujjat topshirayotganda yo‘nalish emas❌, shunchaki fanlar majmuasini tanladi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgiladingiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi. ‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2026 #Abituriyent2026 #abituriyent ✅ @imtihonmarkazi

  • 15 июл.2 2812

    #Qabul2024 #Abituriyent2024 ❔ SAVOL: Matematika va ba’zi fanlarda kerakli formulalar beriladimi? ✅ Ushbu savolga Bilimni baholash agentligining Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshidbek Odilov javob berildi: 💡 JAVOB: Joriy yilgi OTMlarga kirish test sinovlarida ham abituriyentlarga fanlar majmuasidan kelib chiqqan holda quyidagi jadvallarni berish rejalashtirilmoqda: 🔹 kimyo fanidan kimyoviy elementlar davriy jadvali; 🔹 fizika fanidan doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali; 🔹 kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali. ✅ @imtihonmarkazi

  • 15 июл.2 368651

    ❗️Imtihonga oid muddatlar: #abituriyent 14-23-iyul — test jarayonlari; 25-iyuldan 8-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin); 8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat); 17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat); 18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat). *** ℹ️ Ma’lumot uchun, o‘tgan yili mandat 13-avgust kuni chiqqan edi. Ya’ni qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatning oxirigacha taqamasdan, 5 kundayoq mandatni chiqarishgan. Joriy yilda o‘tgan yilgidan ham kamroq abituriyentlar borligini hisobga olsak, mandat bu safar ham ko‘p kuttirmasa kerak. ✅ @imtihonmarkazi

  • 11 июл.3 12387

    Ruxsatnomalar bo’yicha ayrim tushuntirishlar 1️⃣ Barcha fandan milliy sertifikati bor va masalan, oldindan 189 ballni naqd qilib qo’ygan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar chiqmaydi. Chunki ular testga kirmaydi, testga kirmagandan keyin ruxsatnoma ham shartmas; 2️⃣ Lekin SAT sertifikatidan 1200 balldan yuqori olgan abituriyentlar uchun ruxsatnoma chiqqan. Shu ko’pchilikni o’ylantirmoqda. Bu xatolik emas. Bundan maqsad — ushbu toifa abituriyentlarga yana bitta imkoniyat berish. 1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. 2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan. Ya’ni kim xohlasa testga kirsin va 2 ta imkoniyatga ega bo’lsin. Kim xohlamasa testga kirmasin va faqat SAT imtiyoziga umid qilsin. Tavsiyam: SAT bali kamroq bo’lgan abituriyentlar testga kirgani yaxshiroq. BU MUHIM: testga kirsayu, pastroq ball olsa, bu muammoli emas. SAT imtiyozi kuyib ketmaydi. Chunki SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi. ✅ @imtihonmarkazi

  • 11 июл.9 69716

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 июл.11,3 тыс16

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 июл.10,8 тыс16

    видео или голосовое, без подписи