IRA | Tosh vil
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Toshkent viloyati Innovatsion rivojlanish bo’linmasi
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 12
- Всего постов
- 75
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 75
- 1/48двое суток
- 85
- 1/72трое суток
- 92
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Innovator O‘rolbek Umrzoqov yosh innovator, lekin maqsadlari ulkan. “EkoBasket”, “AgroMulch Eco” kabi ekologik startaplar egasi O‘rolbek Orolga qayta hayot baxsh etishga bel bog‘lagan. “Innovator” jurnali ijodkorlarining O‘rolbek bilan kechgan suhbatlarida ekologiya va atrof-muhitni asrash bilan bog‘liq yana ko‘plab masalalar haqida so‘z boradi. Yaxshisi, suhbatni o‘zingiz ko‘ra qoling. 📹 Suhbatni tomosha qilish Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#innovatsion_startap_festivali #TDAUda Dolzarb 90 kun tadbiri doirasida Toshkent davlat agrar universitetida innovatsiya va startap festivali oʻtkazildi. Shuningdek, festivalga 60 ga yaqin yosh startapchilar ariza qoldirgan boʻlib, shundan 30 ga yaqin startapchilar saralab olindi. Ushbu startapchilardan 1-oʻrin Udanboyev Toxirjon 2-oʻrin Yaxshibekova Gulxayo; 3-oʻrin Nurmetova Faridalar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. IRA | Toshkent viloyat innovatsion rivojlanish bo‘linmasi rasmiy kanali
#Mustaqillikka_35_yil Yusupov Ibrohimjon. Yengil atletikaning Bosqon uloqtirish yoʻnalishidan oʻzining ilmiy izlanishlarini olib bordii va ushbu tadqiqod Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining bosqon uloqtruvchilariga joriy qilindi. Shuningdek, olib borilgan tadqiqot natijasida Bosqon uloqtrish yoʻnalishidan Islom oʻyinlari birdamligi, osiyo chempionati, Oʻzbekiston chempionatlarida koʻplab gʻolib va sovrindor sportchilar kashf etildi. Bundan tashqari olib borilgan tadqiqotda qoʻllanilgan metod Para yengil atletikaning disk va Yadro uloqtirish turlariga ham tadbiq qilindi. Natijada Olimpiada oʻyinlarida bitta oltin va bitta bronza medali qoʻlga kiritildi hamda Paraosiyo, Parajaxon chempionatlarida yurtimiz bayrogʻini balandlarga koʻtaruvchi sportchilar kashf etildi. IRA | Toshkent viloyat innovatsion rivojlanish bo‘linmasi rasmiy kanali
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#seminar Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va patentlashtirish bo‘yicha amaliy maslahat-trening o‘tkazildi Olmaliq davlat texnika institutida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va patentlashtirish, shuningdek, xalqaro ilmiy bazalarda maqolalar chop etish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy maslahat-trening o‘tkazildi. IRA | Toshkent viloyat innovatsion rivojlanish bo‘linmasi rasmiy kanali
#diqqat_tanlov Quyidagi tanlovlar 2026-yil 30-avgustda yakunlanadi. 📥AQShning "Texas A&M" Universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov 📥Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov 📥Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn