INTER-EXCHANGE
СтатистикаYaponiyada 👩🔧Internship 🧑⚖️Summer job 🧑🎓Talabalar almashuniv dasturlari 🇯🇵J-cert 生活・職能日本語検定 Yapon tili bilish darajasini baholash va sertifikatlash markazi 🌐 https://jcertuz.wordpress.com/
- Последний пост
- 20 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 89
- 1/48двое суток
- 101
- 1/72трое суток
- 110
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi amaliyot mazmuni haqida qisqacha ma'lumot beramiz! Ko'pchilik talabalar va nomzodlarda qishloq xo'jaligi deyilsa, "og'ir yuk ko'tarish, issiqda dalada ishlash" deb tushunishadi. Aslida esa, Yaponiyada qishloq xo'jaligi sohasi texnikalashtirilgan. Albatta, texnika ham inson nazoratisiz va inson tomonidan bajariladigan sifat nazorati kabi ishlarni bajara olmaydi. Bu safargi amaliyotda talabalar sabzavotlar (piyoz, karam)ga ishlov berish zavodida sabzavotlarni postini archish ma'suliyati yuklatiladi. Ish mazmuni ham deyarli o'zgarmas bo'lgani uchun ham yuqori til bilish qobiliyati talab etilmaydi! Shu sababli yuqoridagi sohalarda ta'lim olayotgan talabalarni imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqiramiz. t.me/inter_exchange
Vanihoyat, hujjatlashtirish bosqichini tugatib, amaliy harakatlarni boshladik! ◎ Oziq-ovqat texnologiyalari ◎ Qishloq xo'jaligi yo'nalishida o'qiyotgan talabalar uchun 6 oydan 1 yilgacha pulli amaliyot o'tash imkoniyati! Talablar > Ayni damda talaba maqomida bo'lishi > 2 oylik yapon tili kursini olishga tayyor bo'lish Yaponiyaga borish vaqti: OKTABR Ro'yxatdan o'tish uchun @jcert_uz ga murojaat qiling t.me/inter_exchange
🇯🇵 TIIU va Yaponiyaning yetakchi tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik! Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti hamda Japan Interexchange va Japan Internship Support Association o‘rtasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi! ✅ Ushbu hamkorlik quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: ✅Talabalar uchun Yaponiyada Work and Travel dasturida qatnashish imkoniyati ✅Talaba almashinuv dasturlari orqali ikki davlat o‘rtasida o‘qish va tajriba almashish ✅Yapon tilini biladiganlar uchun ustunlik beriladi ❗️ Talabalar Yaponiyaning turli kompaniyalarida malaka oshirib, xalqaro darajadagi tajribaga ega bo‘lishlari mumkin 📢 Bo‘lajak talabalar diqqatiga! Agar siz ham kelajakda shunday imkoniyatlardan foydalanishni istasangiz — bugunoq TIIUga hujjat topshiring! 📥 Hujjat topshirish: 🌐 admission.tiiu.uz 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 78 113 1717 | @tiiuadmin
🎓 Turan International University talabalari uchun navbatdagi intervyu tayyorgarlik bosqichi bo'lib o'tdi! Siz Yapon tilini N4 darajasida bilasizmi? Unda sizda: ✅ Yaponiyaga amaliyotga borish imkoniyati ✅ Ish beruvchilar bilan intervyu o‘tish ko‘nikmasi ✅ Ketish oldi tayyorgarlik (hujjatlar, madaniyat, suhbatlashish ko'nikmasi) ✅ Haq to‘lanadigan internship dasturlarida ishtirok etish imkoniyati mavjud! 📌 Japan Inter-Exchange yapon tilini biladigan va Yaponiyada ishlash, tajriba orttirishni istagan talabalar uchun: 🔹 Suhbat (intervyu) tayyorlov bosqichi 🔹 Yaponiyadagi ish joylariga yo‘naltirish 🔹 Yashash va ishlash bo‘yicha maslahatlar 🔹 Hujjatlar bilan yordam 🎯 Bu dastur siz uchun yangi IMKONIYATLAR eshigini ochishi ANIQ! 🧳 Amaliyotchi talabalar safidan joy olishni istaysizmi? Unda bizga qo‘shiling! t.me/inter_exchange
すぐに手放したい考え方 🔹 Darhol tark etish kerak bo'lgan qarashlar 🔹 📖 Sahifa: 002 | Manba: “いつも幸せはそばにある” ▪️Xatoga yo'l qo'ymaslik kerak ▪️Atrofdagilarga tayanish kerak emas ▪️Negativlik yaxshi emas ▪️O'zim qila olmayman ▪️Hammasiga o'zim aybdorman ▪️Shunday bo'lishi kerak edi ▪️Boshqalar nima deb o'ylaydi ▪️O'zim chidab tursam bas ▪️Men qila olganim uchun u ham qila oladi ▪️Ota-onani aytgani hammasi to'gri ▪️Dostlar ko'p bo'lgani yaxshi ▪️Orzu bo'lgani yaxshi ▪️Bor natija shu t.me/inter_exchange
考えすぎない方がいいこと 🔹 Haddan tashqari o‘ylamaslik kerak bo‘lgan narsalar 🔹 📖 Sahifa: 010 | Manba: “いつも幸せはそばにある” ▪️Inson tuyg'ulari ▪️Sobiq sevgilingiz ▪️O‘tmishda qilgan xatolaringiz va kelajagingiz ▪️Sizni yomon ko'radigan yoki ozor bergan insoningiz ▪️Odamlarning siz haqingizdagi fikri ▪️O‘tmishda aytib yuborgan gaplaringiz ▪️Hayotning ma’nosi ▪️O‘limdan keyin nima bo‘lishi ▪️Tana vazningiz ▪️Tugagan muhabbat ▪️Kelajakda turmush qurishingiz yoki qurmasligingiz ▪️Farzandingizning testdagi ballari ▪️LINEdagi javobsiz xabarlar ▪️O‘zingiz hal qila olmaydigan narsalar 🖋 Agarda sizda ham JLPT yoki CEFR testlari siz kutgandek bo'lmagan bo'lsa, uni chuqur tahlil qilib, alam bilan o'zingizni azoblashingiz shart emas. Shunchaki bor imkoniyatlar foydalanib yana boshqasiga topshirib ko'ring! Bilimingizni boshqacha isbotlash imkoniyatlari hali bor! Qolganini VAQTGA QO'YIB BERING! J-CERT testiga ro'yhatdan o'tishning oxirgi kuni BUGUN 17:00 da QABUL YOPILADI! Ro'yhatdan o'tish uchun: @jcert_uz ga murojaat qiling Tanlov va imkoniyat yaratish o'z qo'lingizda! Tg I Insta I Fc I J-cert.uz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🇯🇵✈️ YAPONIYADA HAQ TO‘LANADIGAN AMALIYOT – YANA BIR YANGI HAMKORLIK 🤝📃Turan Xalqaro Universiteti va Japan Inter-Exchange o‘rtasida yangi hamkorlik memorandumi imzolandi. 🤯Unga asosan talabalarimiz Yaponiyada 3 oydan 1 yilgacha HAQ TO‘LANADIGAN AMALIYOT o‘tash imkoniyatiga ega! Amaliyot davomida talabalar nafaqat xalqaro tajriba orttiradilar, balki o‘z sohalarida ishlash orqali daromad ham topadilar. ❌ Bu shunchaki reklama emas. Turan Xalqaro Universiteti allaqachon ikki guruh talabalarni HAQ TO‘LANADIGAN AMALIYOT uchun Yaponiyaga yuborgan. Bu imkoniyat siz uchun ham ochiq. 🌐Hujjat topshirish 📞+998999210055 📍 Manzil: (Namangan shahri, Q. Mamarasulov ko’chasi, 10-D uy) 📚Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram Website | YouTube
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇯🇵🤝🇺🇿 Japan Inter-Exchange va Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik doirasida talabalar uchun Yaponiyada 3 oydan 1 yilgacha haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash imkoniyati yaratiladi. Amaliyot davomida talabalar o‘z kasbiy ko‘nikmalarini yetakchi tashkilotlarda mustahkamlashadi, chet tilini rivojlantirishadi va xalqaro tajribaga ega bo‘lishadi. Shuningdek, J-CERT yapon tili bilim darajasini aniqlash testi endilikda Farg‘ona viloyatida aynan shu institutda o‘tkaziladi. Bu esa viloyat aholisi uchun qulaylik yaratadi. @Inter_Exchange
TURAN INTERNATIONAL UNIVERSITY talabalari uchun 1-bosqich suhbati tashkil etildi. Suhbatda mazkur OTMning 10 dan ortiq talabalari birma-bir suhbatda ishtirok etishdi. Ilk suhbatda talabalarning qiziqishlari, kelgusidagi rejalariga mos internship sohalari haqida ma'lumotlar berildi. 2-bosqich suhbatidan muvafaqqiyatli o'tgan talabalarning hujjatlar rasmiylashuvi boshlanadi. Eslatib o'tamiz, rasmiy internshipda qatnashish uchun talabalardan J-CERT 2.2・B1 / JLPT N4・N3 daraja bo'lishi talab etiladi. Shundan kelib chiqib, kelgusida internshipda qatnashish niyatida bo'lgan barcha OTM talabalariga yuqoridagi sertifikatlarni oldindan qo'lga kiritishlarini tavsiya qilamiz! @Inter_Exchange
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi O‘zbek va sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi Baqoyev Navro‘zjonning tashabbusi bilan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga Yaponiyaning mashhur mehmonxonalaridan birining ta’sischisi hamda 株式会社ワイテック kompaniyasi rahbari xonim tashrif buyurdi. Mehmonni Filologiya fakulteti dekani E.Isomiddinov, kafedra mudiri U.Abdrasulova hamda yapon tili o‘qituvchisi N.Baqoyevlar kutib olishdi. Uchrashuv doirasida institut talabalari uchun Yaponiyaning mehmonxona biznesi sohasida amaliyot o‘tash imkoniyatlari muhokama qilindi va muhim kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Japan Global Service kompaniyasi rahbari Takayama Munenori va Japan Inter-Exchange MJCH rahbari Ahmedov Asilbek bilan hamkorlikda talabalarni Yaponiyadagi turli tashkilotlarga yuborish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashrif talabalarga: ⌨xalqaro mehnat bozori bilan yaqindan tanishish, ⌨madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, ⌨sohaga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarni oshirish imkonini beradi. Yaponiyadek taraqqiy etgan davlat bilan bunday hamkorliklar institutimiz xalqaro aloqalar salohiyatining kengayib borayotganidan dalolat beradi. 🏛 Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati 🔹Bizni kuzatishda davom eting 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Youtube 🔹Web-sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Japan Inter-Exchange va Namangan davlat chet tillari instituti rahbariyati o’rtasida muzokalar o’tkazildi. Uchrashuvda talabalarni Yaponiya mehmonxonalarida qisqa muddatli internshipga jalb etish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish yuzasidan ko’p tomonlama kelishuvlar muhokama qilindi. Shuningdek, intstitut talabalari bilan ham samimiy suhbat tashkil etilib, talabalarning barcha qiziqtirgan savollariga javob berildi. @Inter_Exchange
видео или голосовое, без подписи