- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 112
- 1/48двое суток
- 128
- 1/72трое суток
- 138
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ortiqcha munosabatlar yoʻq. Doʻstlar ham koʻp emas. Ibodatlar vaqtida. Kitob va men. Hech kimdan (sms) xabar ham yoʻq. Shunchaki maqsadlar sari kichik qadamlar... Shunisi qulayroq, shunisi tinchroq, shunisi yaxshiroq...)
Qo'rquv: Ijtimoiy tarmoqqa kirmasam, yangiliklardan qolib ketaman. Qadriyat: Ichki xotirjamlik va diqqatimni buzmaslik uchun ma'lum muddat kirmayman. Qo'rquv: Hamma narsaga ruxsat bersak, bizdan foydalanishadi. Qadriyat: Nima to'g'ri, nima noto'g'riligini o'rgatsak, biz odamlarni, odamlar bizni hurmat qilishadi. Qo'rquv: Bolam hech kimdan kam bo'lmay o'ssin. Qadriyat: Bolam yetim va muhtojlarni his qilsin. Inson qadri boylik va statusda emasligini bilsin. Qo'rquv: Hozir ozgina yolg'on ishlatmasam, zarar ko'raman. Qadriyat: Hozir zarar ko'rsam ham birovga va oxiratimga yolg'on bilan zulm qilmayman. #odatda Qo'rquv nafs obro'si va odamlar nima deyishidan qo'rqishdan kelib chiqadi. Qadriyat odamlar nima desa ham, Allohdan qo'rqishdan kelib chiqadi. ©ULUL Albab yozdi
#duo Allohim qolgan umrimni oʻtib ketgan umrimdan xayrli va barokatli qilgin. Ixlos ila, iymon ila, xayr ila, odob ila. Sen mendan va men sendan rozi boʻlgan holda tugashini nasib qilgin.
-Qara juda tez ketyapti-a..? -Nima? -Umring. -.............
#oxirigacha_õqing 🕊Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishning 40 foydasi: 1. Allohning amriga boʻysungan boʻlasiz: 2. Nabiy alayhissalomga Alloh bilan bir xil salavot aytgan boʻlasiz. 3. Farishtalar bilan bir xil salavot aytgan boʻlasiz. 4. Bir salavot evaziga Allohdan oʻnta salavot olasiz. 5. Oʻn darajaga koʻtarilasiz. 6. Oʻnta hasanot olasiz. 7. Oʻnta yomonligingiz oʻchiriladi. 8. Duolaringiz ijobat boʻladi. 9. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga musharraf boʻlasiz. 10. Gunohlaringiz magʻfirat qilinadi. 11. Eng muhim ishlarda Alloh taoloning Oʻzi kifoya qiladi. 12. Qiyomat kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yaqin boʻlasiz. 13. Tang ahvolda qolgan boʻlsangiz, salavotingiz sadaqaning oʼrniga oʻtadi. 14. Hojatlaringiz baroridan keladi. 15. Alloh va farishtalarning salavotiga muaharraf boʻlasiz. 16. Poklanib, musaffo boʻlasiz. 17. Oʻlim oldidan Jannat bashoratiga sazovor boʻlasiz. 18. Qiyomat kunidagi qoʻrqinchdan qutulasiz. 19. Unutgan narsangiz yodingizga tushadi. 20. Salavotingizga Nabiy sollallohu alayhi vasallam javob qaytaradilar. 21. Majlislaringiz xayrli boʻladi. 22. Kambagʻallikdan qutulasiz. 23. Baxillikdan qutulasiz. 24. Duoibaddan omonda boʻlasiz. 25. Salavot sizni Jannat yoʻliga olib boradi. 26. Alloh va uning Rasuli zikr qilinmaydigan yomon majlisdan omon boʻlasiz. 27. Xutba va boshqa soʻzlaringiz mukammal boʻladi. 28. Sirot koʻprigida nurga musharraf boʻlasiz. 29. Jafodan qutulasiz. 30. Osmonlaru yer ahli orasida Allohning chiroyli maqtoviga sazovor boʻlasiz. 31. Barakot sohibi boʻlasiz. 32. Allohning rahmatiga musharraf boʻlasiz. 33. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muhabbatlariga sazovor boʻlasiz. 34. Nabiy alayhissalomga suyukli boʻlasiz. 35. Salavot sizni hidoyatga eltib, qalbingizni jonlantiradi. 36. Ismingiz Nabiy sollallohu alayhi vasallamga koʻrsatiladi. 37. Sirot koʻprigida sobitqadam boʻlasiz. 38. Nabiy alayhissalomning haqlarini ado qilgan boʻlasiz. 39. Allohni zikr va shukr qilgan boʻlasiz. 40. Salavot duodir, yaʼni Allohdan habibiga maqtov soʻrash yoki banda hojatlarini soʻrashdir. Paygʻambarimizga salovot aytishning shuncha foyda olib kelishini bilgan holingizda endi ham "Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammad" deya olmaysizmi, muslim va muslimalar??? Har kuni kamida 100 marta salovot aytishni oʻzimizga odat qilib olaylik, shoydaki yuqorida sanab oʻtilgan bir-biridan goʻzal va ajiyb foydalardan bu dunyoda ham, Oxiratda ham bahramand boʻlsak. In Shaa Alloh ✨
✨ - Nega uydan ko'chaga chiqmaysan, uyingda nima bor o'zi? - ko'chada yo'q halovat, o'qilmagan kitoblar, ochilmagan ilmlar, chala qolgan darslar, bir necha insonning umidi…
📌Tongda qilish kerak boʻlgan 8 ta odat📌 1. Signalni kechiktirmaslik. Iloji boricha 1-signaldanoq turish. 2. Ertalab uyqudan turib darrov qoʻlga telefon olmaslik. 120-190 daqiqadan soʻng ishlatish tavsiya etiladi. 3. Uygʻongach xonaga yorugʻlik olib kirish, pardalarni koʻtarish. 4. Kunni qahva yoki kofe bilan boshlamaslik kerak. Oʻziga tobe qilib qoʻyadigan odat hisoblanadi. Uni 1-1.5 soatdan keyin nonushta qilib boʻlgach ichish tavsiya etiladi. 5. Toʻshakni yigʻishtirish – kunning ilk muvaffaqiyati oʻlaroq yangi odatdir. U hayotingizga tartib va intizom olib kiradi, shuningdek boshqa biror ishni qilishga nisbatan ishtiyoq uygʻotadi. 6. Nonushta uchun shakarli mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik. 3 ta zararli oq mahsulot bor: shakar, tuz, un. Iloji boricha ulardan juda oz miqdorda, zarurat boʻlmasa umuman isteʼmol qilmaslik lozim. (Nonushta uchun ingliz va turk nonushtalari tavsiya qilinadi) 7. Ertalab murakkab qarorlar qabul qilmang, bu sizga kuchli bosim va stress olib keladi. Tavsiya: uxlashdan oldin ertangi kunni reja qiling. Bu bilan tongni yengil boshlay olasiz. 8. Ertalab tanqidiy yangiliklarni koʻrmaslik(yoxud televizor koʻrmaslik). Sababi siz kun davomida oʻsha yangilikning aurasidan chiqib keta olmaysiz va kuningiz shunchaki barbod boʻladi. • Qoʻshimcha: arablarda shunday maqol bor. "Kun bakiron– nam bakiron"–> "Erta yot va erta tur". Shu maqolni ham dasturilamal tarzida oʻz hayotingizga tatbiq qiling. Tavsiyalar muallifi: © Abdulaziz Muhammad
🕊✨ Qalbingiz og'riganda "Ya Jabbar" deng, chunki U singan qalblarni davolovchidir... Ko'z yoshingiz oqqanda "Ya Latif" deng, chunki U yashirin dardlarni ham davolovchidir... O'zingizni chorasiz his qilsangiz "Ya Vakil" deng, chunki barcha ishlarni Unga topshirish eng go'zal taslimiyatdir... Umidsizlikka tushsangiz "YaFattah" deng, chunki yopiq eshiklarni ochadigan faqat U Zotdir... Va unutmang! Zolimga o'zingizni tushuntirishga urinmang, chunki ularda sizni tushunadigan qalb yo'q. Haqqingizni Allohga topshiring, chunki adolat qalb og’rig’ini davosi va u faqat Robbingizga tegishli.... Har qanday holatda ham Unga yuzlaning. U tinglovchilarning eng yaxshisi, eng mukammali boʻlgan Zotdir.
~ so’lib qolmang, jamiyki insonlar sizni doim gullashingizni ko’rishga o’rganib qolgan - kishisiz.
#yurakka_yaqin Ba'zida eng qimmat uchrashuvlar dabdabali rejalarda yokida qandaydir muhim kunlarda emas, balki eng samimiy, eng joʻshqin va eng yoqimli suhbatlarda yashirin bo'lar ekan. Yaqin insoningizni yo'qlab borish, holidan xabar olish, ko'ziga boqib dildan suhbatlashish, oʻtgan lahzalarni maroq bilan eslash, eng muhimi – diydorlashish va dildan suhbat.... Bularning o'rnini hech narsa bosa olmaydi, ishoning, hech narsa.! Agar hayotingizda shunday insonlaringiz boʻlsa, ularni borida qadrlang, zero baʼzi insonlar bizga neʼmat tarzida beriladi va siz oddiy deb bilgan uchrashuvlar esa kimningdir xotiralarida umr bo'yi yashaydi. Sog'inchdan keyingi diydor qalbimizda uzoq saqlansin.🤍 03.08.2026✨
#eslatma "Ertaga" deb nomlanadigan yo'lni tanlasang, bu yo'l seni "Hech qayer" degan mamlakatga olib borib qo'yadi.
6. Yurakdoshimga🫂❤️ Doʻstlik bu - qalblarni bogʻlagan rishta, Hatto vaqt uzolmas uning iplarin. Pok niyatli doʻsting goʻyo farishta, Qalbingga toʻldirar ezgu hislarin. Eslaysanmi, maktab, begʻubor damlar... Quvonchga limmo-lim shirin onlarni. Birga yozgan…
Bu oyda qandaydir sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishiga umid qilmayman, balki faqat shular uchun harakat qilaman: – ruhiy holatimni yaxshilash; – katta hayot yo‘liga qadam qo‘yishdan oldin maroqli hordiq chiqarish; – maqsadlarimni aniq qilib olish; – o‘zimga ko‘proq ishonishni o‘rganish; – yangi bosqichga ruhan tayyorlanish.
"Zerikarlisan", deyishdi. Chunki ko‘chama-ko‘cha yurmayman, har kim bilan yaqin bo‘lib gaplashib ketmayman, boshqalarning e'tiborini tortish uchun o‘zimni har ko‘yga solmayman.Ha, yaxshiman. Men zerikarli odamman va bu menga yoqadi.
⌛️ "Ertadan boshlayman", demang. Ertani kutib, oylar, yillarni oʻtkazdingiz. Oʻzingiz bilgan qancha odamlar esa "ertaga"ni ham koʻrmadi. Bugundan, hozirdan boshlang. Bugun ham kechagi kunning ertasi-ku.
Tired...??? - Some people are enjoying the pleasant exhaustion that comes after traveling. - Some are tired from studying and working toward their goals. - Others are exhausted from doing household chores. - And some are simply worn out from sitting in front of their phones. - As for me... I'm emotionally and mentally exhausted. I'm tired of the judgements, the endless and unnecessary words.((( I need so much patience right now...!
Yozda qorni sog’indik. Qishda esa issiqni qumsadik. Shaharda tinchlikni istadik. Tinchlik topgach, zerikdik. Och qolganimizda bir burda non eng shirin ne’mat bo’ldi. Suvsiz qolganimizda esa bir qultum suvning qadrini bildik. Inson ko’pincha o’zida bor ne’matning qadrini uni yo’qotgandan keyingina anglaydi. Shukr esa ne’mat yo’qolishidan oldin uning qadrini bilishdir. Balki, ko’proq shukr qilish uchun ba’zan ne’matlardan vaqtincha uzoqlashish kerakdir. Balki, ochlik ro’zaning hikmatlaridan biridir. Balki, ayriliqlar uchrashuvlarning qadrini eslatar. Balki, inson baxtni yangi ne’matlar topishda emas, qo’lidagi ne’matlarni ko’ra olishda
Xayrli boʻlsin)✨
Shunday lahza boʻladi, hech bir insonga gapirgim, hech bir insonni koʻrgim kelmaydi, hech kimni. Bir nuqtaga tikilib oʻtiramanda hech narsani oʻylamayman, umuman. Xuddiki tirik oʻlikdek. Bu hol qancha davom etishi oʻzimga ham qorongʻu, lekin hech kim hatto yaqinlarim ham oʻrnini toʻldira olmaydigan holat bu. Yoʻq yoʻq ulardan ranjiganim emas sababi,aslo unday emas. Xuddiki nimadir yetishmasa shunday boʻladi. Endi bildim bu "Menga qayt" ishorasi ekan, tavba qilish, hammasini Biriga aytish vaqti ekan. Jim boʻlsam, ishora shunga ekan... Har doim ham soʻz bilan tushuntirib bera olmaydigan ruhiy holat bu.
Hulboʻyginam💜💚 Aslida lola, atirgul, pion kabi gullardan koʻra mana shu yalpiz gulning hidi koʻproq yoqadi menga.) Ayniqsa, choy damlaganda 3-4 ta yulib ichiga solib qoʻysangiz, bay-bay-bay, ichmasangiz ham ichgingiz keladida keyin.🫖😁