- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 70
- 1/48двое суток
- 80
- 1/72трое суток
- 86
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://youtu.be/DCcPH9c5BuM?si=TpruuedP9p2BNSzn
Hayirli jumangiz bilan! - Bugungi jumani qaysi masjidda o’qidingiz va juma mav’izasi nima haqida bo’ldi? Bir savolimizga javob izlayotgan edik
📨 Получено сообщение! men seni tomchidan qizg’onganimda 2-qism: Oramizda - ismsiz yillar va milyard odam bor ismli. Oramizda - soqov ko‘ngillar, Oramizda - sershovqin jimlik... Oramizda - visol hadigi, Oramizda - baxt tiklagan dor. Oramizda ko‘pmas... atigi Yigirma tomchilik ko‘zyosh bor... Oramizda qismat sargardon, Oramizda - zerikkan qafas. Oramizda dunyo saqlar jon, Faqat bizga yetmaydi nafas...
Natijalari bilan ko’pchilik maqtanadi - Nafsga yutqazishlarni esa ko’pchilik ham aytavermaydi. - Biri post yozdi. Instagram baxtsiz qilishi, ijtimoiy natijalar bo’rttirilishi, vaqtni uvol qilishi va o’zi ilovani o’chirib yuborgani haqida. Oradan bir hafta o’tib yana u tomondan storeslar atriyadi ish boshladi. Bir hafta ham davom etmaydigan qarorini u post bilan maqtandi - Biri Duolingoda 100 kundan beri shug’ullanib kelayotgani haqida post yozdi 4 kun o’tib Telefoni widgetida bechora Duoni o’lib yotganini ko’rdim. 100 kun shunchaki post uchun bo’lgandek - Zalga chiqishni boshlaganlar esa son minglab topiladi, Kimdir haftada bir marta chiqib ko’proq video rasm olib qo’yib yuradi, Kimdir hamma foydalarini aytib, energiyaga to’lganini, tovuq yeyishni boshlaganiyu Kkalni qanday hisoblashgacha bo’lgan mavzularda storeslar yozadi Ertasiga chiqmaydi - Namozni esa faqat ertadan tuzataman deyishadi. Aslida bu ham nafsni ovozi. U ertaga bunga aniq yo’l qo’ymaydi. @introvert_but
Eplolmayotganim uchun odamlar tutadigan yo’lni tanladim, o’zimni nazoratga topshirdim. Natijalarni hali bilmayman. Bir nechta ishga birdaniga kirishishim va hammasidan yaxshi natijalar ko’rsatishim kerak. Qarang birgina shu gapni o’zi ham buni imkonsizligini hayqirayotgandek bo’ladi. O’zimizga omad, Alloh yo’limizni hayrli, tanlovlarimizni go’zal qilsin. @introvert_but
Antimo'rtlik yoxud zarbatoblarlik atamasi Nassim Talebning "Antifragile" kitobidan so'ng mashhur bo'lib ketdi. Bu yerda menga o'xshagan Nassim Talebni sevib o'qiydigan aka-singillar bor bo'lsa, ajabmas. Bugun shu antimo'rtlik haqida gaplashamiz va uni hayotimizga qanday tadbiq qilishni o'rganamiz. Dunyoda kutilmagan qiyinchiliklar va inqirozlar doim bo'lib kelgan. Biz ko'pincha ulardan qochishga harakat qilamiz. Ha, o'ldirmasa, shu janavarlardan qochishning o'rniga ularni quchoq ochib kutib olsak-chi?! Axir Nitsshe qalinmo'ylov aytadi-ku, bizni o'ldirmagan narsa kuchliroq qiladi, deb. Hayotdagi holatlarni uchga bo'lish mumkin. Birinchisi — mo'rtlik. Masalan, shisha idish. Yerga tushib ketsa, chilparchin bo'ladi. Faqat bitta maoshga qarab yashaydigan yoki katta qarzga botgan insonning hayoti aynan shunday mo'rt. Kichik moliyaviy inqiroz uni tang ahvolga solib qo'yadi. Ikkinchisi — chidamlilik. Toshni yerga ursangiz sinmaydi. Qiyinchiliklarga sabr bilan chidaydigan odamlar xuddi shu toshga o'xshaydi. Ular zarbalarga dosh beradi, lekin foyda ham topmaydi. Uchinchisi — antimo'rtlik. Bunga misollar talaygina: mushaklarimiz, immunitet tizimi, texnologik innovatsiyalar, madaniyatlar, siyosiy g'oyalar va hatto biz insonlar ham. Bular tashqi stress hisobiga yanada yaxshilanadi. Antimo'rtlik — bu inqiroz va qiyinchiliklardan oziqlanib, o'sish degani. Uni Behalovat avlodning tarjimonlari "zarbatoblarlik" deb ham o'zbekchaga kiritishibdi. Qoyil lekin! Xo'sh, bu g'oyani amalda qanday ishlatamiz? Taleb amaki dastavval shtanga qoidasini ilgari suradi. Moliyaviy va hayotiy qarorlarda o'rtamiyonalikdan qochish kerak. Masalan, jamg'armangizning katta qismini eng xavfsiz joyda saqlang. Bu, misol uchun, tillaga tikilgan sarmoya bo'lishi mumkin. Kichik bir qismini esa riski yuqori, ammo daromadi juda katta bo'lishi mumkin bo'lgan g'oyalarga yo'naltiring. Shunda yo'qotsangiz kam yo'qotasiz, yutsangiz ko'p yutasiz. O'qishga kelsak, mumtoz adabiyotlardan uzilmang. Vaqt sinovidan o'tgan va hali ham aktual kitoblarni o'qing. Va shu bilan birga, texnik dokumentlar va nish adabiyotlar ham o'qing. Mana shular 80/20 shtanga strategiyasiga misollar bo'la oladi. Keyingisi, qomusiylik. O'zingizni bitta tanlovga qamab qo'ymang. Asosiy ishingiz yoniga yana foydali ko'nikmalarni o'rganing. Buni Hormozi "skill-stacking" deydi. Naval ham buni bozorda boshqalardan ajrab turish uchun maslahat beradi. Xullas, inqiroz kelib, bitta eshik yopsa, zaxiradagi ko'nikmalaringiz boshqa eshiklarni ochadi. Yoki sizni alishtirish juda qiyin bo'ladi. Chunki siz faqat bitta emas, bir nechta ko'nikmaga ega asset'ga aylanasiz. Uchinchisi, Via Negativa. Tizimni yoki umuman hayotni yaxshilash uchun unga doim nimanidir qo'shish shartmas. Avval sizni orqaga tortayotgan narsalarni olib tashlang. Nosog'lom odatlar, ortiqcha ma'lumotlar va keraksiz qarzlardan voz kechishning o'zi hayotingizni aaaancha yaxshilaydi. Mikelanjelo ham David haykalini qanday yasagani haqida so'ralganida "Davidga tegishli bo'lmagan qismlarini olib tashladim" deganga o'xshash gap aytgan axir. Va nihoyat, muntazam kichik stresslar. Qulaylik insonni bo'shashtiradi. Comfort zone kills you deb bejiz aytishmaydi mashoyiqlarimiz. O'zingizni atayin kichik noqulayliklarga o'rgating. Zal, yugurish, ro'za, sovuq dush, uzoq soatli chuqur fokus, noma'lumlik darajasi yuqori bo'lgan yerlarga safarlar va hokazo. Asta-sekin oshirib boriladigan yuklamalar yoki notanish muhit kabi kichik stresslar sizni kelajakdagi haqiqiy zarbalarga tayyorlaydi. Shunaqa gaplaaar. Bu gaplarni yana bitta qayta o'qib, hayotga tadbiq qilish kerak. Telegram uchun yozganimga, qisqa-qisqa qilib yozaverdim. Menimcha, bitta boshqa uzun formatda ham olib chiqaman. In shaa Allah. Xullas, stresslarga ochiqmiz. Noma'lumliklarga ham. Xatolarga ham. Mag'lubiyatlarga ham. Lekin bu gaplarimdan keyin ulardan yutib chiqmagan kal bo'ladi. Hammaga antimo'rtlik tilab, Solief Aytgancha, postni shunday gaplarni tushunadigan o'rtoqlaringiz bilan bo'lishib tashlang! @soliefs
без подписи
Avval serialini oxirigacha ko’rib chiqsam bo’lardi, hech bo’lmasa a
23
Erkaklar- Kun keladi siz shu barvasta gavdangiz toza kiyimlaringiz bilan kechki 22:30-23:00da metroda xorib charchab ishdan qaytayotgan mehnati og’ir bo’lgan kiyimlari chang, sochlarini yarmi oqarganu yarmi to’kilgan insonga qattiq havas bilan qaraysiz - Bungacha siz qarzga botgan, yaqin do’stingiz beburtlikda ayblagan, ayolingiz sandek erkakka tegib nima ko’rdim degan Otangiz esa sani boqqunimcha it boqsam bo’lmasmidi degan bo’ladi Qizlar- Kun keladi ko’chada sochlari bir axvol, ikki katta kichik farzandni yetaklagan bir eplab bir eplolmayotgan onani ko’rasiz. Garchi farzandlari chanqasa ichiraman deb suvni uydan to’latib chiqqan bolsa ham, bolalarini kiyimlari allaqachon kichkina bo’lib qolgan bo’lsa ham, tinimsiz shovqin qilib ko’chani boshlariga ko’tatib kelayotgan bo’lishsa ham u ayolga juda katta havas bilan qaraysiz - Bungacha siz 6-8 yil farzandsizlil dog’ini his qilgan bo’lasiz Alloh siz havas qiladiganlarni yo’lingizdan chiqaradi, hozir nazaringiz ilmagan narsa indinga ushalmas orzuga aylanib qolishi mumkin. @introvert_but
https://youtu.be/Jb6DcwN6mTg?si=EFGYnX-AVs4Tcobm
без подписи
Kam o’qiyapman. Bir kitobni izlab kechadan beri 5ta do’konni aylanib chiqdim, lekin topilmadi. O’rniga buni oldim.
Kechasi uyg’onib ketib qarasam qornim ooch. Tayyor yegani hech narsa topilmadi, keyin jiddiy kirishdim. Yog’ yog’akan uyda qizig’i, buni Presidentni eritvorib qovurdm. Yumshoq, zo’r tamli bo’p pishgandi, qalampir bilan rozmarin yanayam yaxshilagan Endi oshqozonim mani tinch qo’yib xotirjam uxlaymanmi desam yana bir nimalar miyyamda aylanib uxlatmayapti Manimcha energiyani kegan vaqti ishlatvolish kerak Shaharni narigi chetiga shunchaki borib kelish, Eski ishxonamni ziyorat qilish, yoki qayerdadir fast food restoranda nimadir yozib chizib o’tirsam kerak (Nega fast food restoran? Nimaga Sofia, Costa, Bon yoki boshqa tinchroq joyda emas? Buni javobini topingchi)
Manda hammasi yaxshi (chap yelkamni qo’shmasak) Sizlarda nima yangiliklar?
- Matohingizni ko’z-ko’z qilib faqatgina matohi yo’qlarni hayron qoldirasiz.
- Qurbonliging yashashdan afzal vaqtlar keladi. Shu muddatlarga tayyor tur, o’zingni tayyorla o’zingdan voz kecha olishga. @introvert_but
Masalan hozir o’lishingiz mumkin, lekin agar ertaga o’lsangiz hozir baxtli bo’lishni va shukur qilishni ayni vaqti Siz kelayotgan yakshanbada o’lishingiz mumkin, demak tavbalar va diydorlar uchun eng maqul vaqtlar bugun va ertaga Siz unashtirilganingizdan bir o’y o’tib o’lishingiz mumkin Siz to’yingizdan bir necha soat oldin ham o’lishingiz mumkin Sizni zino ustida joningiz olinishi ham Allohni irodasi Rafiqangiz bo’lajak farzandingizni dunyoga keltirishiga sanoqli haftalar qolganida ham dunyoni tark etishingiz mumkin Balki farzandingizni endi tili chiqqanida yoki 1-sinfga borishni boshlaganida bu hayotni tark etarsiz. Qaysi vaqtda, qaysi o’rinda bo’lsangiz ham unutmang yigirilgan ip oxiri tugaydi, Odimlayotgan oyoqlaringizni izini sizdan keyin o’limingiz bosib boradi. U har doim sizga eng yaqinda turadi. Qarorlaringizni o’ylab qabul qiling, siz ojiz emassiz. Nafsingizga ham muhitingizga ham kuchingiz yetadi. Hisob kunida bahonalarsiz yolg’iz qolasiz (Ortingizga qarang, o’limingiz turibdi sizni kutib. Qanday ko’rinishda tasavvur qilishni o’zingiz xal qiling. Xohlasangiz Yovuz arvoh xohlasangiz ko’rkam erkak yoki 10-12 yoshlardagi bola debmi. Va u bilan maslaxatlashing. Savol bering qarashlari bilanoq sizga to’g’ri javobni aytadi m.s -Bu odam manga to’gri tanlovmi? O’limingiz esa qarashlari bilanoq sizga to’g’ri javobni beradi - Ikkimiz ham bilamiz, bir-ikkita kichkina talablaringni bajarishga qudrati bolgani uchungina uni tanlading, lekin hali na topish tutishi halolligini va na ilmi to’ksligi haqida hech narsa bilmaysan. Manga ishonaver u sani boshqa kimdandir 3x 4x marta ko’proq restoranlarga olib borolishi mumkin Lekin o’ziga o’xshatadi, oxiratingni yo’qottiradi. Tayyormisan shunga?.. Va suhbat yakunlanadi) 01:51 yaxshi yashanglar | @introvert_but
без подписи
без подписи