tgindex
I
@iqro34узбекский

Hayotdagi qiziq voqealarni, taassurotlarimni, fikr va xulosalarimni yozib boraman.

Последний пост
26 июн.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
70
−1 за 2 дн.
Сутки
−1
−1,41%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
215
21 постов
Вовлечённость
307,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Ibn Abbos roziyallohu anhuning yonlariga bir kishi kelib: “Men bir ayolga sovchi qo‘ydim. U men bilan nikohlanishdan bosh tortdi. Boshqa bir kishi sovchi qo‘ygan edi, u bilan nikohlanishni ma’qul ko‘rdi. Rashkim kelib, o‘sha ayolni o‘ldirib qo‘ydim. Menga biror tavba qilish (imkoni) bormi?”, dedi. Shunda u zot: “Onang hayotmi?”, dedilar. U: “Yo‘q”, dedi. U zot: “Alloh Azza va Jallaga tavba qil va Unga muqarrab bo‘l”, dedilar. U kishi ketdi. Ato aytadi: Ibn Abbosdan o‘sha kishining onasi hayotmi, deb nega so‘raganlarini so‘radim. U zot: “Men onaga yaxshilik qilishdan ko‘ra Allohga muqarrabroq biror amalni bilmayman”, deb javob berdilar. Buxoriy “Adabul Mufrad”da rivoyat qilgan. IQRO📚

  • Xo‘sh, natija nima? Maqsadga erishilgach, kutilgan o‘sha cheksiz baxt kelmaydi. Ruhning ehtiyoji moddiyat bilan qonmaydi. "Negativga e’tibor bermayman" degan gaplar esa ko‘pincha anglanmagan haqiqatdan qochish, o‘zini aldashdir. Biz ashyolardan foydalanishimiz va insonlarni qadrlashimiz kerak bo‘lgan dunyoda, teskari proporsiyaga — insonlardan foydalanib, ashyolarni qadrlashga o‘tib ketdik. Bugun maqsadlaringiz ro‘yxatini bir ko‘zdan kechiring: ular haqiqatdan ham siznikimi yoki siz shunchaki propaganda qurboni bo‘lib, birovlarning orzusini o‘zingizniki deb o‘ylayapsizmi? Maqsadlar noto‘g‘ri-da, andozalar noto‘g‘ri… IQRO📚

  • Nega biz o‘zimizga emas, ashyolarga xizmat qilyapmiz? Keling, pardani biroz ko‘taramiz: Brendlar propagandasi: Endi kompaniyalar sifatli mahsulot emas, balki "status" (ijtimoiy mavqe) sotmoqda. Ular inson ongiga "Agar senda ushbu brend bo‘lmasa, sen muvaffaqiyatsizsan" degan g‘oyani ustalik bilan joylashtirdi. Behaq agentlar: Eng achinarlisi — endi brendlarning o‘zi harakat qilishi shart emas. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z mashinasi yoki soati( va hokazo) bilan maqtanayotgan har bir inson, aslida o‘sha kompaniyaning bepul reklamachisiga aylanib bo‘lgan. Insonlar o‘z maqsadiga erishganini faqat moddiy buyum orqali isbotlashga urinishi — tafakkurning naqadar torayganidan dalolat. IQRO📚

  • Muvaffaqiyat illyuziyasi: Hashamat asirligidagi tafakkur Bugun jamiyatda insonning qadri uning tafakkuri yoki axloqi bilan emas, balki “bilagidagi soatining narxi” bilan o‘lchanadigan bo‘lib qoldi. Hashamat shunchaki qulaylik emas, balki "muvaffaqiyat" deb ataluvchi yangi ijtimoiy dinning asosiy shartiga aylandi. Insoniyat tarixida yashashdan maqsad doimo oliy g’oyalar bilan bog‘langan. Bugun esa insonlar hayot mazmunini hashamatga shunchalik qattiq bog‘lab qo‘yishganki, ashyo shunchaki vosita emas, balki oliy maqsadga aylandi. IQRO📚

  • видео или голосовое, без подписи

  • Qonunchiligimizga ko‘ra, diniy materiallarni (hatto rasmiy materiallarni ham, ya’ni qonunning o‘zi ruxsat bergan materiallarni ham) tegishli ekspertiza ruxsatisiz tarqatish taqiqlanadi. Masalan: — Hasanxon Yahyo domlaning juma ma’ruzasini ulashgan bir yigit jarimaga tortilgani, — Mubashshir Ahmad ustozning qamalishi kabi holatlar ham bunga misol. 1-videodagi shaxs, adashmasam, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili. 2-videoda esa Rasul Kusherboyev jamiyatdagi ayrim o‘rinli e’tirozlarni tilga olibdi. (Albatta ko‘ring. Menimcha, bunday fikrlarni qo‘llab-quvvatlash kerak.) IQRO📚

  • Jeffri Epshteyn. Videoni, albatta, ko’ring! Kuch nazoratsiz qolsa, axloq birinchi bo‘lib yemiriladi. Bugun fosh bo‘layotganlar — tasodif emas, ogohlantirish. Ertaga bunday zulm qaytmasligi uchun bugun nimani o‘zgartiramiz? Jeffri Epshteyn haqida kun.uz ham video tayyorladi, ko’rishni maslahat beraman. IQRO📚

  • 8 янв.459125

    Mubashshir Ahmad ustozning ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Mubashshir Ahmad ustozga davolanish uchun dori vositalari berilmayotgani va ahvoli og‘ir bo‘lsa ham g‘isht savodida majburan ishlatilayotgani aytilmoqda. (Batafsil videoda) Inson sog‘lig‘i – siyosiy masala emas! Davolanish huquqi so‘rab olinmaydi, u berilishi kerak. Ko‘plab fikr yetakchilari, ustozni salomatligini hisobga olgan holda ozodlikka chiqarilishini, davolanishga sharoit yaratib berilishini so‘rashmoqda(qonunda belgilab qo’yilgan holda). IQRO📚

  • Mitti blogerlar Kanal kichik bo‘lishi ayb emas. G‘oya kichik bo‘lishi — muammo. Blog kundalik emas. Nima yeding, nimadan zerikding, kayfiyating qanday — bular sen uchun muhim, boshqalar uchun esa majburiyat emas. Post yozishdan oldin bitta savol berilmasa, matn ko‘payadi, lekin qiymat ortmaydi: bu kimga va nima foyda? Blogerlikka qarshi emasman. Har kim o‘z blogini yuritishi mumkin. Lekin har ishda niyat va maqsad bo‘lishi kerak. Xo‘sh, kanaling hozir kimga va nima foyda beryapti — u yo‘qolib qolsa, kimdir nimanidir yutqazadimi? IQRO📚

  • Biz ba’zan tanqidni dushmanlik, sukutni esa donolik deb o‘ylab adashamiz. Islomning tanqidga munosabati — aslida qanday? Men bu mavzuni ilgari to‘liq tushunmasdim. Shu uchun izlab ko‘rdim, o‘rgandim — topganlarim shuni ko‘rsatdi: Islomda tanqid — jim turish emas, isloh yo‘lidir. Ko‘p odam “jim bo‘lsang yaxshi” deydi. Lekin haqiqatda ba’zan jim turish — sukut emas, zulmni tasdiqlash bo‘ladi. Islomda tanqid uch mezon bilan baholanadi: 1. Haqni tiklash 2. Zulmni to‘xtatish 3. Birodarning kamchiligini tuzatish Rasululloh ﷺ aytdilar: “Kim bir yomonlikni ko‘rsa, uni qo‘li bilan to‘xtatsin; bunga qurbi yetmasa — tili bilan; bunga ham qurbi yetmasa — qalbi bilan inkor etsin.” (Muslim) Bu — tanqidning o‘zi zulmga befarq bo‘lmaslik ekanini bildiradi. Qur’onda esa shunday deyiladi: “Sizga bir xabar kelsa, uni tekshirib ko‘ring.” (Hujurot, 6) Demak, tanqid — dushmanlik emas, nasihat, adolat va pok niyatdir. Ammo tanqidning o‘zi ham odob istaydi: — Yumshoqlik bilan — Dalil bilan — Ixlos bilan — Shaxsga emas, amalga yoki g’oyaga qaratilib. Xulosa: Tanqid — sindirish uchun emas, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun mavjud. Siz tanqidni qanday tushunasiz? IQRO📚

  • Maqsad bitta — ayrim kimsalar bunday imkoniyatdan foydalanib, o‘z kanallariga obunachi yig‘ish. Ular “so‘rovnoma” o‘tkazishadi va unda “g‘olib” chiqqanlarga go‘yoki yutuqlar va’da qilishadi. So‘rovnoma ishtirokchilari esa, odatda, amaldorlar bo‘ladi. Go‘yo, so‘rovnomada yutqazib qo‘ysa, amaldorning obro‘si tushib ketadigandek. Shu sababli amaldor (yoki uning o‘rinbosarlari) barcha qo‘l ostidagilarga: “Menga ovoz beringlar!” — deb majburlaydi. Ovoz berish uchun esa bir nechta kanallarga a’zo bo‘lish talab qilinadi. Shu tariqa kanallar obunachi yig‘ishadi. Yutuq esa, amaldorning ikki-uch kunda topadigan puliga ham arzimas — televizor, noutbuk yoki undan ham arzon sovg‘alar bo‘ladi. Bu turdagi “so‘rovnomalar” aslida jamiyatda manipulyatsiya va majburlash madaniyati qanchalik ildiz otganini ko‘rsatadi Eng kulgilisi — bu so‘rovnomalar rasmiy ham emas! Hech qanday huquqiy kuchga ega emas, lekin baribir “davlat darajasida”dek ko‘rsatishadi. Ahmoqgarchilikning chegarasi yo‘q… IQRO📚

  • видео или голосовое, без подписи

  • Shunga o‘xshash so‘rovnomalarga ko‘p ko‘zim tushadi (albatta, majburan). Shunga o‘xshash “so‘rovnomalar”ga siz ham duch kelganmisiz?.. Shu kabi so‘rovnomalarni o‘tkazishdan maqsadni bilasizmi? IQRO📚

  • Afsus! Ustoz Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Manba

  • Afsus! Ustoz Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Manba

  • видео или голосовое, без подписи

  • 3 окт. 2025 г.28151из birgap

    Birinchi rasmni oʻzingiz ham tushunib turibsiz. Ikkinchi rasmda SSSR tiklanishi tarafdori, odamlarni haqorat qilgani uchun sudlanayotgan Komrad taxallusli blogerni himoya qilayotganlar. Ular Putin bizga ham hujum qilishini soʻramoqda. Diniy ulamolarni, qaysidir domlaga layk bosganlarni emas, mana shularni qamash kerak, asl xavf shular. Tasavvur qilyapsizmi, Rossiya bizga hujum boshlashini soʻrashyapti, Kreml, Qizil maydon, prezidentiMIZ Putin haqida gapirishyapti (bolalaringni bermanglar shu oʻris maktablarga). @birgap

  • Tushunmaganlar uchun. Ustoz “milliyligimiz” deganda, SSSR bizga kiydirib qo‘ygan paxtagulli do‘ppini nazarda tutadi, shekilli. Aslida esa, SSSR bizning milliyligimizni yo‘qotish uchun juda ko‘p harakat qilgan, uning oqibatlari hanuz ko‘zga tashlanib turibdi, afsus. Umuman olganda, demokratik davlatda e’tiqod erkinligi mavjud bo‘ladi. Xususan, O‘zbekistonda ham shunday. Bu esa noqonuniy ish qilib, ustiga-ustak uni “osonroq yo‘l” bilan bajarish to‘g‘ri degani emas. Gapirgan so‘zlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish ham mumkin. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik kafolatlangan (Konstitutsiya, 31-modda). IQRO📚

  • Shu voqealardan biri: Ustoz: Shaxsan men hijobni yechdirish reydlarida ishtirok etganman. To‘g‘risi, rosa bo‘g‘ildim. Har bir maktabga borib, o‘quvchi va o‘qituvchilarga bosim o‘tkazib, ro‘molini yechdirish kerak edi. Oxirida boshlig‘imizga aytdim: “Bu arablarning milliy kiyimi, u yerdan kelmoqda. Shuning importini yopib qo‘yinglar, bo‘ldi.” Men: Ustoz, hijob bizning ham milliy kiyimimiz tarkibiga kiradi. SSSR bizni bosib olgandan so‘ng, milliy ruhimizni sindirish maqsadida paranji va hijobni majburan yechdirgan. Undan avval esa barcha ayollar paranjida yurgan… Ustoz: “Endi-chi…” — deya mavzuni boshqa tomonga burib yubordi va meni yana shu mavzuga qaytib qolishimdan qo‘rqib, boshqa mavzu haqida tinmay gapira boshladi. Bu ustoz xalq ta’limida ishlaydi, hatto oliy ta’limda ham dars beradi! Oliy ta’limda shunday saviyadagi insonlar ishlashga loyiqmi? IQRO📚

  • Oxirgi paytlarda vaqtim shu qadar tig‘iz bo‘lyaptiki, post yozishga ham imkon topolmayapman. Lekin jamiyatimizda kechayotgan shunday voqea-hodisalar borki, ular ichimni tirnab tashlaydi. IQRO📚

Iqro — tgindex