tgindex
Islom banklari | Ислом банклари

Islom banklari | Ислом банклари

Статистика
@islom_banklari_uzузбекский

Islom banklari to'g'risida: - fundamental bilimlar; - so'nggi yangiliklar; - Ulamolar va ekspertlar biografiyasi; - O'zb.dagi mavjud islom moliya mahsulotlari va - boshqa asosiy ma'lumotlar... Bog'lanish uchun: @AAOIFI_exams

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
18
Всего постов
121
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 580
+13 за 2 дн.
Сутки
+4
+0,25%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
795
40 постов
Вовлечённость
50,3%
к подписчикам
Постов в день
2,6
всего 121
Упоминаний
16
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
540
1/48двое суток
618
1/72трое суток
667

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #AAOIFI #Shariat_standartlari Shariat standartlarining Shariat kengashlari va moliya muassasalaridagi mavqei ☪️ Islom moliya muassasalari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) tomonidan ishlab chiqilgan Shariat standartlari yuksak mavqega ega bo‘lib, xalqaro miqyosda islomiy moliya sohasining eng asosiy qo‘llanmasi va bosh manbaiga aylandi. Bu standartlardan nafaqat islomiy bank va moliya tashkilotlari Shariat kengashlari, balki Markaziy banklar, nazorat organlari, sudlar va oliy ta’lim muassasalari ham keng foydalanmoqda. Bu esa mazkur standartlarga bo‘lgan yuksak ishonchga dalolat qiladi. ✅Shariat standartlarining nufuzini quyidagi 4 ta asosiy yo‘nalishda ko‘rish mumkin: 1️⃣ Nazorat va qonunchilik darajasida: Ko‘pgina davlatlarning Markaziy banklari va tartibga soluvchi organlari ushbu standartlarni majburiy qilib belgilagan. Bunga Bahrayn, BAA, Iroq, Pokiston, Sudan va Iordaniya kabi davlatlarni misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, boshqa davlatlar ham o‘z milliy qonunchiligini yaratishda va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda AAOIFI standartlaridan asosiy yo‘naltiruvchi manba sifatida foydalangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 26 ta davlatdagi 37 ta tartibga soluvchi/nazorat organi ushbu standartlarni rasman qabul qilgan. O'zbekistonda ham milliy darajada islomiy moliya standartlarini ishlab chiqishda AAOIFI standartlari asosiy andoza bo'lib xizmat qilmoqda. 2️⃣ Institutsional darajada: Yetakchi islom moliya muassasalari Shariat standartlarini qabul qilib, ularni o‘zlarining ichki siyosatlari va nizomlariga kiritishgan. ✨ Shuningdek, xalqaro shartnomalarda biron-bir kelishmovchilik yoki tushunmovchilik yuzaga kelsa, aynan AAOIFI Shariat standartlariga tayanish va murojaat qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilab qo‘yilmoqda. Natijada bu standartlar ko‘plab islomiy moliyalashtirish shartnomalarida asosiy va hal qiluvchi referens manba maqomini egalladi. 3️⃣ Sud va arbitraj darajasida: Sudlar va hakamlik (arbitraj) markazlari islomiy moliya bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda mazkur standartlarga tayanmoqda. Chunki ular puxta huquqiy tilda yozilgan, mustahkam fiqhiy asosga ega va zamonaviy moliyaviy masalalarga aniq yechim bera oladi. 4️⃣ Kasbiy va akademik darajada: Shariat standartlari, ayniqsa, islomiy moliya bo‘yicha ixtisoslashgan oliy ta’lim va magistratura dasturlarining muhim qismiga aylandi. Shuningdek, ular huquqshunoslar, buxgalterlar, moliyaviy maslahatchilar, Shariat kengashi a’zolari va Shariat auditorlari uchun birlamchi qo‘llanma hisoblanadi. 📚 Bu yuksak mavqe o‘z-o‘zidan yuzaga kelmagan. U Shariat olimlari, ekspertlar va mutaxassislarning katta ilmiy va institutsional sa’y-harakatlari natijasidir. Shu tariqa AAOIFI Shariat standartlari islom moliya sanoatining eng muhim yutuqlaridan biri hamda geografik chegaralardan xoli va to'rt mazhab doirasida keng ishonch qozongan jamoaviy ijtihod namunasiga aylandi. 📚Bugungi kunda Shariat standartlari islom moliya sanoatining barqarorligi va amaliyotlarini bir xillashtirishga xizmat qiluvchi eng muhim tayanchlaridan desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. ✈️ Islom banklari telegram kanali

  • #yangilik 🏦 Openbank ITFC bilan qo‘shimcha 10 mln dollarlik moliyalashtirish bitimini tuzdi Openbank va Xalqaro Savdoni Moliyalashtirish Islom Korporatsiyasi (ITFC) o‘rtasida qo‘shimcha 10 million AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish liniyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Natijada Openbank va ITFC o‘rtasidagi umumiy moliyalashtirish hajmi 35 million AQSh dollariga yetdi. Kengaytirilgan hamkorlik Openbank’ning rivojlanish yo‘lidagi barqarorligini hamda o'z mijozlariga Islomiy moliya tamoyillariga muvofiq xizmatlar ko‘rsatishni jadallashtirayotganini ifoda qiladi. ❓ Openbank qanday islomiy mahsulotlarni taqdim etmoqda? Hozirgi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Openbank’ning islomiy moliya yo‘nalishida ITFC liniyalari asosida bizneslarni moliyalashtirmoqda. Bank Tadbirkorlarga: ✅uskuna xarid qilish; ✅texnika xarid qilish; ✅xomashyo xarid qilish uchun islomiy moliyalashtirish taklif qilinmoqda. 💰 Moliyalashtirish miqdori: $5 mln gacha; 📝 muddat: 12 yoki 18 oy; Bu mexanizm savdoga asoslangan islomiy moliyalashtirish — Murabaha hisoblanadi. 🟢 Openbank bilan qanday bog‘lanish mumkin? 📞 1377 📞 +998 (78) 777-13-77 💬 Telegram: @Onlinehelpcenterbot 📧 info@openbank.uz ✈️ Islom banklari telegram kanali

  • #elon 📢 Sentyabr oyida AAOIFI CPSS imtihoni o'tkazilishi reja qilinmoqda! Odatda, AAOIFI ning CPSS, CPFAS, CPAAGE imtihonlar bahor, yoz va qish oylarida; CSE imtihoni esa kuzda, sentyabr oyida o'tkazilar edi. Bu yil islomiy banklar faoliyati yo'lga qo'yilishi sababidan CPSS imtihonini sentyabr oxirlarida o'tkazish bo'yicha talab o'rganilmoqda. ✅Agar siz ham CPSS imtihonini topshirishni xohlasangiz, bizga aloqaga chiqing: ➖@AAOIFI_exam 💳 Imtihon uchun to'lov miqdori: 💰 315 AQSh dollari 📄 Imtihon formati: ✅ 84 talik test to'plami ✈️ Islom banklari telegram kanali

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 13 авг.5951721

    #kitoblar #tavsiya ⚡️ Tadbirkorlar o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblar 🟢 Tadbirkorlar yoki tadbirkorlikni boshlayotganlar uchun Hilol Nashr jamoasi ushbu kitoblarni o‘qishni tavsiya qiladi: 1⃣ «Bozor va unga bog‘liq masalalar» – 19 000 so'm 2⃣ «Hadis va Hayot» 11-juz. Savdo, ziroat va vaqf kitobi – 48 000 so'm 3⃣ «Savdogar sahobalar yoxud saodat asrida tijorat» – 59 500 so'm 5⃣ «Millioner sahobalar» – 57 000 so'm 5⃣ «Musulmon tadbirkor» – 29 000 so'm 📍 HILOL NASHR do'konlari manzillari 📞 +998-71-217-59-99 💬 @hilol_reception ✈️ Islom banklari kanali

  • #yangilik “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi ✅ 2026-yil 25-iyuldan O‘RQ-1158-sonli Konstitutsiyaviy qonun kuchga kirdi. Qonun bilan Toshkent xalqaro moliya markazi hududida maxsus huquqiy rejim joriy etildi. Xabaringiz bor, 2026-yil bahorida islomiy bank to'g'risida qonun qabul qilingan edi. ❓ Bu qonunning islom moliyasi uchun ahamiyati qanday? 1️⃣ Xalqaro huquqiy muhit va sud ishonchi. Ingliz huquq rejimi va mustaqil Toshkent xalqaro tijorat sudi — Fors ko'rfazi va Malayziya investorlari uchun eng muhim omil. Islomiy shartnomalar (murobaha, ijara, mushoraka) odatda ingliz huquqi standartlariga tayangan hujjatlar asosida tuziladi; nizolar milliy sudda emas, tanish tartibda ko'rilishi kapital narxini pasaytiradi. 2️⃣ Sukuk bozori uchun maydon. Qonunda sukuk alohida ko'rsatilgani muhim — sukuk aslida qimmatli qog'oz emas, aktivga egalik ulushi, shuning uchun oddiy soliq tizimida ikki marta QQS va boj chiqadi. Markaz doirasidagi QQS va foyda solig'i imtiyozlari (2076-yilgacha) aynan shu "soliq jarimasi"ni yo'q qiladi. Bu Nasdaq Dubai va AIFC (Astana) modeli. 3️⃣ Valyuta rejimi. Soddalashtirilgan valyuta operatsiyalari — Islom taraqqiyot banki, ICD, Ko'rfaz fondlari dollarda mablag' kiritib, erkin chiqara olishini anglatadi. Ilgari bu asosiy to'siqlardan biri edi. 4️⃣ Ekotizim — faqat bank bilan cheklanmaydi. Islomiy sug'urta (takoful), fond bozori, raqamli aktivlar bir hududda yig'ilishi — islom moliyasi ishlashi uchun shariat kengashlari, auditorlar, huquqshunoslar, reyting agentliklari lozim bo'ladi. Ushbu Markaz mana shunday kadrlar va xizmatlarni bir joyga jamlaydi. 5️⃣ Ikki pog'onali tizim. Ichkarida — Markaziy bank litsenziyasi ostidagi islomiy banklar va «islomiy darchalar» (2026–2030 yillarda ~$1 mlrd jalb qilish rejasi bor), tashqarida — markaz orqali xalqaro sukuk va investitsiya. Bular bir-birini to'ldiradi, albatta. Ehtiyot bo'ladigan tomoni: AIFC tajribasi shuni ko'rsatadiki, huquqiy rejimning o'zi mamlakatga kapital keltirmaydi — real bitimlar oqimi, malakali kadrlar va markaz ichidagi tuzilmalar milliy iqtisodiyot bilan qanchalik bog'lanishi bu jarayonda hal qiluvchi omil bo'ladi. 🆔 Manba: Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida Yangi ta'sis etilgan markaz yurtimizga va yurtdoshlarimizga xayrli va manfaatli bo'lsin! ✈️ Islom banklari kanali

  • 12 авг.2 212944

    видео или голосовое, без подписи

  • 12 авг.503910из TheIslamicEconomicsandFinance

    #ЭЪЛОН_КОНФЕРЕНЦИЯ 🎓 ҲАРВАРД (HARVARD) ИСЛОМ МОЛИЯСИ КОНФЕРЕНЦИЯСИ — 2026 Дунёдаги энг узоқ тарихга эга университет миқёсидаги ислом молияси конференциясининг 29-нашри 2026 йил 25–26 сентябрь кунлари Ҳарвард университетида бўлиб ўтади! 🌍 Бу йилги мавзу: «Глобал молия трансформация жараёнида: барқарорлик, плюрализм ва ислом молиясининг ўрни» Икки кун давомида жаҳоннинг турли мамлакатларидан ташриф буюрадиган таниқли олимлар, амалиётчилар, сиёсат ишлаб чиқувчилар ва талабалар иштирокида қуйидаги йўналишлар муҳокама қилинади: 🔹 қадриятларга асосланган молия; 🔹 сунъий интеллект ва блокчейн; 🔹 тадбиркорлик ва инновациялар; 🔹 ислом молиясининг глобал бозорлар келажагидаги ўрни. 📌 Рўйхатдан ўтиш бошланди! 🔗 Рўйхатдан ўтиш: ifcharvard.org #Harvard #IslamicFinance #HIFC2026 #ИсломМолияси #ГлобалМолия EcoFin-i Ислом иқтисодиёти ва молияси канали

  • #AAOIFI AAOIFI ning Shariat Kengashlari anjumani oktaybr oyida o'tkaziladi Joriy yilning 11—12 oktaybr kunlari Bahrayn qirolligida AAOIFI tashkiloti Bahrayn Markaziy Banki ko‘magida 24-yillik Shariat Kengashlari Konferensiyasini tashkil qilmoqda. Tadbir Bahrayndagi Crowne Plaza mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Konferensiyada yuqori darajadagi xalqaro ishtirok kutilmoqda. U dunyoning turli burchaklaridan kelgan taniqli shariat olimlari, tartibga soluvchi organlar vakillari hamda islom moliyasi sohasi mutaxassislarini bir joyga jamlaydi. ◾️Islom moliyasi sohasida eng nufuzli va mustahkam platformalardan biri sifatida ushbu konferensiya yigirma yildan ortiq vaqt davomida islom huquqiy qarashlarini uyg‘unlashtirish hamda islom moliyaviy xizmatlari sohasida shariat boshqaruvini takomillashtirish uchun asosiy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. ◾️Konferensiya kun tartibi amaldagi dolzarb fiqhiy va texnik masalalarga bag‘ishlangan to‘rtta ixtisoslashtirilgan sessiyani o‘z ichiga oladi, jumladan: ✅Iqrad (qarz berish)ning bevosita haqiqiy xarajatlarini baholash; ✅ islomiy va an’anaviy moliyalashtirish yo‘nalishlari alohida yuritiladigan ikki yo‘nalishli sindikatlashgan moliyalashtirishni tartibga soluvchi nazorat mexanizmlari; ✅faoliyat turi aralash bo‘lgan kompaniyalarning aksiyalariga investitsiya kiritish; ✅qiymatning majburiy kuchga ega bo‘lgan va’daga qarshi almashinuvi joizligi. AAOIFI Vasiylik kengashi raisi, Shayx Ibrohim bin Xalifa Ol Xalifa jabonlari boshchiligda tashkil etilayotgan Shariat Kengashlari anjumani AAOIFI tashkil etilganining 35 yillik yubileyi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Turli auditoriyalar uchun inklyuzivlik va qulaylikni ta'minlash maqsadida konferensiya sessiyalari arab va ingliz tillarida sinxron tarjima bilan taqdim etiladi. Shuningdek, konferensiya AAOIFI'ning raqamli platformalari, jumladan Zoom, YouTube va LinkedIn orqali jonli ravishda translyatsiya qilinadi. ◾️AAOIFI shaxsan yoki masofaviy tarzda ishtirok etishga qiziquvchilarni rasmiy veb-sayti orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishga taklif qiladi: ➡️ www.aaoifi.com ✈️ Islom banklari telegram kanali

  • #yangilik 💀O‘zbekistonda sukuk bozorini rivojlantirish uchun huquqiy asoslar yaratiladi ⚖️"Kapital bozori to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi mamlakatimizda islom moliyasi instrumentlarini keng joriy etishga xizmat qiladi. Unga ko‘ra: ✅sukuk chiqarish tartibi belgilanadi; ✅maxsus moliya kompaniyalari faoliyati huquqiy jihatdan tartibga solinadi; ✅sukuk egalari huquqlarini himoya qilish mexanizmlari joriy qilinadi; ✅davlat tomonidan suveren sukuk chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu nafaqat mahalliy, balki islom moliyasiga qiziquvchi xalqaro investorlarni jalb qilish uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi. ⏺Manba ✈️ Islom banklari telegram kanali

  • 10 авг.1 046533

    🕌 Islom bankida ishlashni xohlaysiz-u, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Soha jadal rivojlanmoqda, ammo sifatli va amaliy bilimga ega mutaxassislar hali juda kam. 🔹 UDEA'dagi MBA - Islamic Finance dasturi sizga bu sohada yetakchi ekspert bo‘lish imkonini beradi. 💡 Ushbu dasturda siz shunchaki nazariya emas, amaliy instrumentlarni o‘rganasiz: ✅ Islomiy shartnomalar (murobaha, mushoraka, mudoraba, salam, istisna va boshqalar) ✅ Islom moliya xizmatini ko'rsatuvchi tashkilotlarda korporativ boshqaruv ✅ Islomiy buxgalteriya hisobi ✅ Sharia audit va komplayens Kelajagingizni tasavvur qiling: 1-2 yildan so‘ng siz ushbu tez o‘sayotgan sohaning eng talabgir mutaxassislaridan biriga aylanasiz! ⚠️ Joylar soni cheklangan! 🎓 UDEA — Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz! Batafsil ma’lumot uchun: 📞 +998 78 888 08 00 📱 @udeahelp 📍 Boshliq ko‘chasi, 3-uy, Toshkent ✈️ Islom banklari telegram kanali

  • #INCOTERMS 📢Islom Moliyasi va Biznesni Rivojlantirish Assotsiatsiyasi (IMBRA) tomonidan Incotems 2020 bo'yicha maxsus kurs tashkil qilinmoqda! IMBRA tashkiloti tijorat banklari va nobank mikromoliya tashkilotlarining xalqaro savdoni moliyalashtirish sohasida…

  • #INCOTERMS 📢Islom Moliyasi va Biznesni Rivojlantirish Assotsiatsiyasi (IMBRA) tomonidan Incotems 2020 bo'yicha maxsus kurs tashkil qilinmoqda! IMBRA tashkiloti tijorat banklari va nobank mikromoliya tashkilotlarining xalqaro savdoni moliyalashtirish sohasida faoliyat yurituvchi ekspert-mutaxassislari uchun maxsus xalqaro o'quv seminar-treningi tashkil etmoqda. 🟡 "Incotems 2020 from Trade Finance Banker´s Perspective & Trade Finance Services" mavzusida bo'lib o'tadigan 5 kunlik chuqurlashtirilgan seminar-treningda xalqaro savdo shartnomalari, xalqaro to'lovlar, hujjatli akkreditivlar va bank kafolatlarini amaliyotda to'g'ri qo'llash, bank mutaxassislariga xavf-xatarlarni to'g'ri baholash hamda korporativ mijozlarga aniq va ishonchli yechimlar taklif qilishda yuksak amaliy ahamiyatga ega. ✅ Seminar-trening yakunida ishtirokchilarga Xalqaro Savdo Palatasining (ICC) «Incotems 2020 savdoni moliyalashtirish, hujjatli akkreditivlar amaliyoti» talablariga asosan faoliyat yuritish huquqini beruvchi sertifikatlar taqdim etiladi. Banklardagi SWIFT bilan ishlovchi xodimlar uchun bunday sertifikat majburiy hisoblanadi. ✅ Trener haqida ma'lumot: Dastur xalqaro miqyosda tan olingan ekspert — Janob Pavel Andrle tomonidan olib boriladi. U Xalqaro Savdo Palatasining (ICC) Chexiya Respublikasidagi Bank komissiyasi kotibi, Incoterms 2020 bo'yicha sertifikatlangan ICC treneri va Parijdagi ICC Xalqaro arbitraj sudi eksperti hisoblanadi. Janob Andrle 65 dan ortiq davlatlarda seminar o'tkazgan hamda "Hujjatli akkreditivlar amaliyoti" bo'yicha xalqaro miqyosda eng ko'p sotilgan kitoblar muallifidir. 🔘Joylar soni qat'iy cheklangan (jami 20 ta o'rin) Qo'shimcha ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi aloqa vositalari orqali bog'lanishingiz mumkin: 📞 +998946361147 📧 info@imbra.uz ✈️ Islom banklari kanali

  • #savol_javob SHERIKCHILIKDA FOYDA VA ZARARNI BOSHQALARDAN KO‘RA KO‘PROQ OLISH MUMKINMI? ❓ SAVOL: Men bir tanishim bilan o‘rtaga pul tashlab ish boshlamoqchimiz. Foyda-zararni o‘rtada qilmoqchi edik, ammo tanishim men zararning ko‘prog‘ini bo‘ynimga olaman, shu sababli foydadan ham ko‘proq olmoqchiman, deyapti. Agar men uning bu taklifiga rozi bo‘lsam, qilgan ishimiz to‘g‘ri bo‘ladimi? 💬 JAVOB: Bismillahir rohmanir rohim. Sherikchilikda foyda kelishuvga qarab, zarar ulushga qarab bo‘ladi. Foydani tomonlar o‘zaro kelishgan holda turli nisbatda qilishlari joiz. Ammo zararni ko‘tarish ulushga qarab bo‘ladi. Undan ko‘p yoki kamiga rozi bo‘lsalar, kelishuv nojoiz hisoblanadi. Shu sababli sizlar foydadagi nisbatni o‘zaro kelishishingiz mumkin, ammo zararni ko‘tarishda bunday qila olmaysizlar. Bu haqda “Islom moliyasiga kirish” kitobida quyidagilar aytilgan: أمّا فـي حالة الخسارة، فإنّ الفقهاء متفقون أنّ كل شريك يتحمل الخسارة بنسبة استثماره تمامًا. لذلك، إذا استثمر أحد الشركاء 40 % من رأس المال، فـيجب أن يتحمل 40 % من الخسارة، لا أكثر ولا أقل، وأيّ شرط بخلاف ذلك يجعل العقد باطلًا. وهناك إجماع تام بين الفقهاء على هذا المبدأ “Ammo zarar ko‘rilgan holatda, har bir sherik zararni o‘z investisiyasi miqdoriga ko‘ra ko‘tarishi borasida faqihlar ittifoq qilganlar. Shuning uchun agar sheriklardan biri kapitalning 40 foizini kiritgan bo‘lsa, zararning ham aynan 40 foizini ko‘tarishi shart, undan ortiq yoki kam emas. Bundan boshqa har qanday shart shartnomani botil qiladi. Bu qoida borasida faqihlar o‘rtasida yakdil ijmo mavjud”. Alloma Ibn Qudoma rahimahulloh shunday deganlar: قال: (والْوَضِيعَةُ عَلَى قَدْرِ الْمَالِ) يَعْنِى الخُسْرَانَ في الشَّرِكَةِ على كلِّ واحدٍ منهما بقَدْرِ مَالِه، فإن كان مالُهما مُتَسَاوِيًا في القَدْرِ، فالخُسْرَانُ بينهما نِصْفَيْنِ، وإن كان أثْلَاثًا، فالوَضِيعَةُ أثْلاثًا. لا نَعْلَمُ فى هذا خِلَافًا بين أهْلِ العِلْمِ. وبه يقول  أبو حنيفةَ، والشَّافِعِىُّ وغيرُهما. “Zarar kiritilgan mablag‘ga qarab bo‘ladi. Ya’ni shirkatdagi zarar ikkovidan har biriga o‘z moli miqdoricha bo‘ladi. Agar ikkovining molining miqdori teng bo‘lsa, zarar ikkovi orasida teng ikkiga bo‘linadi. Agar (mollar) uchdan bir miqdorlarda bo‘lsa, zarar ham uchdan bir miqdorda bo‘ladi. Bu masalada ilm ahllari orasida xilof borligini bilmaymiz. Abu Hanifa, Shofe’iy va boshqalar ham shunday deyishgan” (“Al-Mug‘niy” kitobi). Vallohu a’lam. ◾️ Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ✈️ Islom banklari kanali

  • 10 авг.1 578913

    #yangilik #news AAOIFI va YeTB Markaziy Osiyoda islomiy moliyani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqda Islomiy banklar to'g'risidagi qonun ortidan O'zbekistonga va Markaziy Osiyoga Islom moliya muassasalarining e'tibori oshib bormoqda Qozoqistonning Olmata shahrida Yevroosiyo Taraqqiyot Banki (EDB) va Islomiy moliya institutlari uchun Buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti — AAOIFI o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandumni EDB Boshqaruvi raisi Nikolai Podguzov va AAOIFI Vasiylar kengashi raisi Shayx Ibrohim bin Xalifa Al Xalifa imzoladi. 🤝 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: ✨ Markaziy Osiyoga islomiy moliya orqali investitsiyalarni jalb qilish; ✨ Shariatga muvofiq yangi moliyaviy mahsulotlarni birgalikda rivojlantirish; ✨ Islomiy moliya sohasidagi institutlar va mutaxassislarning malakasini oshirish; ✨ Islomiy moliya standartlarini takomillashtirish va amaliyotda qo‘llashni kengaytirish; ✨ Mintaqada islomiy moliya uchun yagona va xalqaro miqyosda tan olingan yondashuvlarni shakllantirish. ◾️ Bu kelishuvning ahamiyati nimada? EDBning AAOIFI bilan hamkorligi Markaziy Osiyoda islomiy moliya ekotizimini rivojlantirish uchun muhim institutsional qadam hisoblanadi. EDB AAOIFIning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkori sifatidagi rolini ham mustahkamlamoqda. ⬆️ EDB ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda islomiy bank aktivlari 2033-yilga borib 6,3 mlrd AQSh dollariga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu esa mintaqada islomiy moliyaga bo‘lgan talab va investitsion imkoniyatlar sezilarli darajada oshishi mumkinligini ko‘rsatadi. 📚 Yana bir muhim qadam: 2026-yil fevral oyida EDB ko‘magida AAOIFI Shariat standartlarining rasmiy rus tilidagi yangi nashri e’lon qilindi. Unda 1–61-sonli Shariat standartlari qamrab olingan bo‘lib, ushbu nashr MDH va Markaziy Osiyo davlatlaridagi banklar, investitsiya fondlari, fintech kompaniyalari va mutaxassislar uchun muhim manba sifatida taqdim etilgan. 🇺🇿 O‘zbekiston uchun ham bu jarayon alohida ahamiyatga ega. 2026-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki AAOIFIga regulyator a’zo sifatida qo‘shildi. Shuningdek, iyun oyida AAOIFI Markazi va Mezon Kengashi o‘rtasida AAOIFI Shariat standartlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Shunday qilib, Markaziy Osiyoda islomiy moliya bo‘yicha standartlashtirish → mutaxassislarni tayyorlash → regulyatorlar ishtiroki → investitsiyalar → amaliy moliyaviy mahsulotlar zanjiri tobora shakllanib bormoqda. Bu jarayon kelgusida O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida islomiy bank, sukuk, takaful, islomiy investitsiya va boshqa Shariatga muvofiq moliyaviy instrumentlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin. #IslamicFinance #AAOIFI #EDB #CentralAsia #IslomiyMoliya #Uzbekistan #IslamicBanking ✈️ Islom banklari kanali

  • 8 авг.1 0592148

    #AAOIFI #kurslar Assalomu alaykum, do'stlar! AL-AQD ISLOMIY MOLIYA BILIM MARKAZI — AAOIFI ning uchta imtihoniga o'zbek tilida tayyorlashga ixtisoslashgan O'zbekistondagi birinchi va yagona o'quv dargohi hisoblanadi. Qisqa vaqt ichida, ya'ni 2026-yilning birinchi yarmida MARKAZIMIZning ✅40 nafar bitiruvchisi nufuzli AAOIFI tashkilotining CPSS, CPAAGE, va CPFAS imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib xalqaro darajadagi sertifikat sohibiga aylanishdi. Xususan, 1⃣ CPSS — Shariat standartlari bo‘yicha malaka sertifikati imtihonidan 33 nafar bitiruvchimiz muvaffaqiyatli o'tdi (jami imtihon topshirganlardan 70% dan ortig'i sertifikat olishdi) 2⃣CPAAGE — Shar'iy audit, korporativ boshqaruv va axloq bo‘yicha malaka sertifikati imtihonidan 5 nafar bitiruvchimiz muvaffaqiyatli o'tdi (6 kishidan 5 kishi, ko'rsatkich: 83%) 3⃣ CPFAS — Moliyaviy hisobot bo‘yicha hisob standartlari bo‘yicha malaka sertifikati imtihonidan 2 nafar tinglovchi muvaffaqiyatli o'tdi (100% lik natija) Albatta, kursda o'qishning o'zi 100% sertifikat olasiz, degan kafolat bermaydi hech qachon. Bu yerda har bir o'quvchining bedor o'tgazadigan necha-necha tunlari, tinmay qilgan mehnatlari ham asosiy rol o'ynaydi. Markazimiz o'z tinglovchilariga AAOIFI standartlariga doir asosiy bilimlarni berish va imtihondan muvaffaqiyatli o'tish yo'l-yo'riqlarini tizimli berib borishga mo'ljallangan platforma vazifasini bajaradi. 🟢Kechadan boshlab 7—9 dekabrda o'tkaziladigan AAOIFI imtihonlariga tayyorlov kurslarimizga qabulni boshladik. Bu gal o'z oldimizga yanada katta marrani qo'ymoqdamiz — AAOIFI sertifikati sohiblari sonini 40 tadan 💯 nafarga yetkazish, Alloh taolo bunga qodir qilsin, ilohim! 🟡Agar siz ham AAOIFI tayyorlov kurslamizda o'qishni xohlasangiz quyidagi akkauntga aloqaga chiqishingiz mumkin: ➖ @AAOIFI_exams ✈️ Islom banklari kanali

  • 8 авг.9771878

    #AAOIFI #English ☪️ AAOIFI SHARI'AH STANDARDS 1—61 (2026 version) ✈️ Islom banklari kanali