tgindex
Ismoil Isroilov | Edu Davra

Ismoil Isroilov | Edu Davra

Статистика
@ismoil_eduанглийский

🚀 A hopeful dreamer and active builder of better education in Central Asia. - I have been in education for 5 years and co-founded @weteach_ca. I have never been able. I was always enabled.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
19:41
Постов за неделю
1
Всего постов
33
Тип
открытый
Язык
английский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
303
0 за 4 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
615
33 постов
Вовлечённость
203,0%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 33
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
130
1/48двое суток
148
1/72трое суток
160

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Ta'lim bozorida ham butun mamlakat bo'ylab huddi shunga o'xshash muammo. Ota-onalar, talabalar yaxshi ta'limni nimaligini bilishmagani uchun, o'zini yaxshiman deb ko'rsatgan yomonlar bozorni egalladi. Bitta daraja kamida 6-12 davomida o'qitilish kerakligi bilamiz lekin aytsak mijoz ketadi. Faqat 1% talaba 7+ olayotganini bilamiz, aytolmaymiz. Maktablar berayotgan va'dalarni 50% va undan ko'pi rost emasligini bilamiz - lekin bozor haqiqatga qiziqmaydi. Ta'limdagi marketing kim ko'proq va yaxshiroq yolg'on gapira oladiga o'tganiga ancha bo'ldi. https://t.me/paiziev24/2333

  • Aytgancha, jamoamiz ham Alloh fazli bilan yurtimizdagi eng kuchli ta'lim hodimlari bilan kengaymoqda. Millat dardi ustida birlashdik - vazifimizda o'zi qodir qilsin. Rivojlanish faqat ilm bilan - eng samarali ta'lim tizimi vazifasi esa bizda. @ismoil_edu

  • #Bismillah Alloh fazli bilan yaxshi yangilik: Kullia (aka WeTeach) Toshkentning yana bir yirik xususiy maktabi va o'quv markazi bilan to'liq hamkorlikni yo'lga qo'ydi. Bozordagi har qanday maktabdan kamida 30 yil oldindagi tizimni ularga ham qurishda yordam beramiz. Insha'Allah bu hamkorlik ummatning yangi oltin davriga qo'yilgan muhim qadamlardan bo'ladi. Kullia maktab va markazlarni to'liq qayta tizimlashtirish va hodimlarni butunlay qayta tayyorlash orqali sifatli ta'limni kengaytirishda davom etadi. Maqsad - xalqaro standartlarga mahalliy maktab va markazlarni yetib oldirish. Samarali va sifatli ingliz tili darslari esa xalqarolashishda birinchi qadam. Alloh fazli bilan Colba Maktabida O'zbekistandagi eng rivojlangan ıngliz tilimini qura oldik va birgalikda filiallar sonini 4taga yetkazdik. Birinchi yilni o'zidayoq 72% o'quvchilar rivojlangan davlatlardagi standartga yetishishdi. Alhamdulillah. Sizda nima yangilik? @ismoil_edu

  • Омма севгиси қоринни тўйдиради, лекин фикрни ўлдиради. @Hamid_Sodiq

  • Vaqtdagi tartibsizlik ko'plab muammolar ildizi. Izohlarda fikr ahli yozganidek yechimlar ham turli xil. Solihlar hayot tarziga qarab, tushunganim - eng yaxshi yechimlardan biri bu jamoat bilan bomdod namozi. Jamoat bilan bomdod o'qish shunchalar buyuk ne'matki, bir kun oldin tartibsiz yashasangiz, kech uxlasangiz yoki gunoh bilan mashg'ul bo'lsangiz, nasib qilmaydi. Shuning uchun jamoat bilan o'qiy olish ham ruhiy ham hayotiy tartibni eng katta belgilaridan. Shunchalar buyuk ne'matki, Alloh hayotingizni tartiblash uchun o'zi Insha'Allah isloh qilib boradi. Siz jamoatga qo'shiling - O'zi tartiblab qo'yadi qolganini. Birinchi va eng katta qadam shu - bomdod va xufton jamoati! Sizni bunga fikringiz qanday? @ismoil_edu

  • Tartibsizlik odatga aylandi. Hayotimizdagi deyarli barcha muammolar fikrlab ko'rilsa aynan vaqtda baraka yo'qligi va tartibsiz hayot tarzi natijasi. Ishimizda unum yo'q, deadline yonyapdi, shaxsiy rivojlanishga vaqt kam - ilm pastni, qiymati past, oilamizda tinchlik yo'q - farzand va ahlimizga vaqt kam. Ro'yhat davom etadi - sabab bitta. Muammo ildizi bitta. Alhamdulillah. Bizni jamiyatda yechim ham bitta ekan - faqat bir amal hayotni butunlay tartibga solishga kifoya. Nima deb o'ylaysiz?

  • Blog maqsadi fikr ahlini jamlash! Odatda postlar yozganimda, o'z fikrimni ulashishdan ko'ra, siz kabi insonlarni fikrlarini bilish, subyektik qarashlarini o'qish va shu orqali fikrimni charxlab borishni hohlayman. Meni haqiqatim tog'ri emas - doim adashaman. O'zaro ilm va konstruktiv suhbatlar orqali esa haqiqatga yaqinlashib boramiz! Faqat o'qimang yoki nima qilayapdi ekan deb kuzatmang - fikrlaringiz orqali o'rtadagi haqiqatni birga topaylik. Keling fikr almashishni sinab ko'ramiz Ushbu g'oyaga fikringiz kerak. Mega ish yarmarkasi. Toshkentning eng yirik 20+ maktab va markazlari. Ishga kirish etaplarining barchasi bir kunni o'zida. 50+ yuqori oylik va professional jamoadagi bosh ish o'rinlar. Top ustoz bo'lish uchun ideal karyera yo'li, ishga topshirish jarayonidagi xalqaro expertlardan training kabi darslar esa barcha nomzodlarga qo'shimcha qiymat beradi. Shunday tadbir o'tkazib ko'rsak nima deysiz shu oy oxirida, Insha'Allah? @ismoil_edu

  • G'oyaga xizmat qiluvchilar bilan egalik va foyda teng bo'linadi. G'oya uchun jamoadan o'zini qurbon qilishi, minimal oylikka ishlashi, oila haqlarini qurbon qilishi kabilar so'ralmaydi Maqsad uchun hech kim qurbon qilinmaydi, har qanday adolatga hiyonat oqlanmaydi - shu g'oyaga ustida birlashganlar bilangina umumiy saodat uchun harakat qilinadi. Holat va muammolar bahona qilib, sifat va vadalardan vaqtinchalik bo'lsada voz kechilmaydi. Ummatimiz eng zo'riga loyiq!

  • G'oya diktatorligi Kullia kabi ulkan ta'lim loyihalarida asosiy maqsad ummat uchun sifatli ta'lim tizimini qurish muhim. Bu o'rinda jamoamiz va asoschilar o'zining manfaati va shaxsiy fikrlaridan voz kechadi va ummat dardi birinchi o'ringa qo'yiladi. Barcha harakatlarda faqatgina bitta filter ishlatiladi - yaxshiroq ta'lim tizimini ummat uchun qurish. Gap biz qilishimiz yoki bizni g'oyaga mos tizim bo'lishi emas - aynan ummatga manfaati bo'lishi muhim. Shu g'oyaga xizmat qiluvchi barcha bilan hamkorlikka tayyor bo'linadi. Shu missiyaga xizmat qilishni to'htatgan har qanday inson, hoh expert hoh asoschidan voz kechiladi. Ummat dardi turganda shaxsiy manfaatlarga o'rin berilmaydi. Yaxshiroq xizmat qiladigon insonlarga o'rnimiz bo'shatib beriladi. Markaz - g'oya bo'ladi. Shu uchun bunday diktatorlikni tanlanadi. @ismoil_edu

  • #Bismillah Kullia | Educational Solutions Better education in every classroom of Uzbekistan* Kullia Ecosystem: training, recruitment, consulting & academic system design and university. 🔬All driven by its central research and development center, uniting experts and developing most practical tailored solutions to internationalize Uzbekistan’s education system. Just like the traditional kullias*, our ecosystem unites others around one mission: “Accelerate societal growth and establish our nation as a global leader in every field through better education. Just as we witnessed the Golden Age, we will pave the way for others to follow, Insha’Allah Biznillah. @ismoil_edu

  • Tadbirkorlik sohasidagilar uchun holis tavsiya: Ta’lim sohasida ishlash jarayonida ko’plab universitetlar bilan hamkor sifatida ichidan o’rganish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Bir tarafdan shunchalar buzuq tizim ishlab turgani biz uchun mo’jiza. Subhanolloh. Lekin shular ichida rostan ham o’z prinsiplariga ega va asl missiyasiga sodiq kam sonli joylar hali ham bor. Shularni biri bu Team University jamoasi. Ularda menga yoqqan yuzlab jihatlar bor. Eng yoqqani esa - MBA dasturlari. Kozminski bilan ochilgan MBA dasturlari - tadbirkorlikda magistratura uchun O’zbekistondagi eng yaxshi dasturligiga to'liq ishonaman. Yevropaning birinchi darajali universiteti bilan tog’ridan tog’ri hamkorlik ilm darajasini xalqaro sifatdaligi ta’minlaydi. Hattoki ustozlarni ham shu xalqaro universitet o'zi yuboradi O'zbekistonga! Agar MBA qilmoqchi bo’lsangiz, Team Universitydan boshqasi arzimaydi. Mobodo agar bu yil topshirmoqchi bo’lsangiz, menga berilgan 5 million so’mlik grantni sizga hadya qilaman. O’zbekistondagi shu kabi sanoqli jamoalar borligidan quvondim. @ismoil_edu

  • Izohsiz! Ta’limdagi muammolar cheksizligiga qaramasdan, shunday dunyoni yaratgan Zot biz taraf bo’lsa, nimadan qo’rqaman? Alloh yo’lida mustaqiym turishga nasib qilsa bas - qolgani o’tkinchi. Alloh o’zi ummatimizni ta’lim orqali asl fitratimiz bilan ne’matlantirsin. @ismoil_edu

  • Islom birlik dini! Hayit namoziga chiqqanimizda minglab insonlar yig’ilganini ko’rdik. Tuproqlari har xilligidan tabiatan boshqacha tabiat va fikrlashga ega insonlar hammasi bir joyda edik. Farqlarimizga qaramasdan barchamiz bir din, bir iloh va bir payg’ambarga iymon keltirganimizni eslatmasi bo’ldi. Barchamiz bir jamoat a’zosimiz. Manzilimiz bir. Yo’ldagi farqlarimizga ko’z yumib, birlashib, bir birimizni qo’llashimiz va aloqalarni kuchli qilishimiz darkorligiga eslatma bo’ldi. Manzilimiz birlar bilan qalbimiz ham bir. Albatta jamoat namozi aynan shu muhim haqiqatni asl eslatmasidir. @ismoil_edu

  • Boykot farz deb e’lon qilinganini, Falastin, Sudan, Sharqiy Turkiston kabi yurtlarda millionlab musulmonlar mazlum holatdaligini va ummat sifatida ortda qolib ketayotganimizni unutmagan holatda: Barchaga Eid al-Adha Muborak! @ismoil_edu

  • Na expertlar na men na sharoit na boshqasi WeTeach ortida turibdi. Alloh o’zi aynan shu jamiyat va shu insonlarga buni nasib qildi! Shogirdlarimiz ham, expertlar ham yoki biz ham O’zi qodir qilgani uchun qiloldik. U o’zi hohlagan expert orqali qila oladi. U o’zi hohlagan insonlarini tanlay oladi. Insha’Allah O’zi ta’lim insonlarini qalbini ochadi va O’zi hohlaganlarini expert sifatida qo’shadi. Biz qildik, bizni ilmimiz yuksak deb o’ylamaymiz. Biz o’zimizga ham xo’jayin emasmiz.

  • Men o’zimga xo’jayin emasman! Nafas olishim, fikrlarim, niyatlarim, munosabatlar, insonlar meni eshtishi, gapirishim va hattoki ruh va tanamga ham xo’jayin emasman. Barchasi Alloh fazli va ne’mati. Barchasi ortida Alloh va Uning qudrati yotadi. Qilayotgan loyihalarimizga ham Alloh vaqtinchalik omonatdor qildi va vazifani yuklatdi. Barchasi Allohni loyihasi. Vazifalarni bajarishga ham O’zi qodir qildi. Jamoamiz va o’quvchilarimiz qalbini ham O’zi ochdi. Tog’ri yashab, yuksalishimiz uchun dinimizni, kitobini va payg’ambarlarni bizga ne’mat qilib berdi. Biz hech vaqoga, hattoki o’zimizni tanamizga ham xo’jayin emasmiz. Butun yaralmish mavjudotlar, jarayonlar va ne’matlari Allohga ishora qiladi. Postni ham men yozmadim. Alloh qalbimizga solgan ustozlar orqali fikrlarni sizlarga rizq qilib O’zi berdi. @ismoil_edu

  • Tasdiqlanmagan va o’ylashni davom etayotgan fikrim: Jamiyatdagi eng ko’p parokandalik va inqirozlar buyuk missiya, buyuk g’oya va buyuk maqsadlar sababli bo’lgan! @ismoil_edu

  • #iqtibos Sizni doim o’sishdan to’sadigon uchta dushman bor: - O’zini oqlash, boshqalarni ayblash va o’ziga qurbon sifatida qarash. Siz faqat o’zingizni harakatlaringizga ta’sir qila olasiz. Muvaffaqiyatga yetish uchun har bir jarayon va harakatlarda ma’suliyatni to’liq olib, ayb menda degan prizmadan qarab ko’rish kerak. Nima qilmadim? Nima qilishim kerak edi? Nimani oldindan ko’rolmadim? Notog’ri hamkorni nega sezmadim? Mas’uliyatni olganlar dunyodagi 99% muvaffaqiyatga mas’uldirlar. Aks holda voqealik qurboni sifatida qolib ketaverasiz. @ismoil_edu

  • #Bismillah #Biznillah O'zbekistonning eng katta yettita universiteti, eng kuchli IELTS ustozlari va yagona ustozlarni tayyorlash agentligi, WeTeach - barchasi bitta loyiha ustida. 🔥 Maqsad IELTS Camp! Bismillah! Ikki oy vaqt sarflagan loyihamiz yaqinda ommaga e'lon qilinadi. Loyihaga eng kuchli IELTS MOCK markazi, Diyorbek’s IELTS, va eng rivojlangan IELTS Test platformasi, Score Up, jalb qilingan! Alloh hayrli qilsin va maqsadli talabalarni maqsadlariga yetishishga sababchi qilsin. Jamiyatni buyuk missiyamiz ustida o'zi birlashtirsin. @ismoil_edu

  • Har birimizni o'z jangimiz bor Bu bizga yuklatilgan vazifa va kasbimizdir. Agar yengillik bilan qarab, bir joyda qotib tursak, xato va muammolarga mas'uliyat emas, o'zimizni oqlash prizmasidan qarasak, albatta o'z sohamizda zulm va yomonlik tarqashiga o'zimiz sababchi bo'lib qolamiz. Alloh saqlasin. O'zi bizni muhim ishlarda yengillik bilan qarashdan qaytarsin.