Yarimo'tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ITI
СтатистикаO'zMU huzuridagi Yarimo'tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ITI ning rasmiy kanali Bizning web saxifamiz: 🌐https://ispm.uz/ Admin: 📩@qahramon_fayz @behzod7002
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 108
- 1/48двое суток
- 123
- 1/72трое суток
- 133
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#diqqat_tanlov 🟦🟦🟦 Belarus Respublikasi fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Belarus” xalqaro qo‘shma tanlovi e’lon qilindi. Tanlovga bajarilishi 2 yilgacha bo‘lgan fundamental loyihalar qabul qilinadi. Loyiha hamrahbari sifatida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan va loyiha mavzusi yo‘nalishida muhim natijalarga erishgan, “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida “Hirsh” indeksi 5 va undan yuqori bo‘lgan yetakchi olimlar jalb qilinadi. Taqdim etiladigan loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 20-sentabriga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🏛 ILM-FAN SOHASIDAGI NAVBATDAGI YUKSAK ETIROF VA HAMKORLIK NATIJASI! 🇺🇿 Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan davlat ilmiy dasturlari doirasidagi tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tanlovda Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali ijrochi direktori, professor Xojakbar Sultanovich Daliyev rahbarligidagi "Kremniy fotonikasining istiqbolli qurilmalari uchun kremniy asosidagi yorug'lik chiqaruvchi va fotosezgir diodlarni integratsiyalash" mavzusidagi ilmiy loyiha g‘olib deb topilib, 1,5 milliard so‘mlik grant sertifikati bilan taqdirlandi. Ushbu istiqbolli loyiha Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan xalqaro ilmiy loyiha hisoblanib, u Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ITI bazasida bajariladi. Institutimiz jamoasi nomidan f.-m.f.d., professor Xojakbar Sultanovich Daliyevni hamda ushbu loyihada qatnashayotgan barcha olimlarimizni ushbu yuksak g‘alaba va e'tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🏛 YANA BIR YIRIK ILMIY YUTUQ! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Innovatsion rivojlanish agentligida davlat ilmiy dasturlari doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, 95 nafar olimning umumiy qiymati 157,2 milliard so‘mlik ilmiy grant loyihalari moliyalashtirildi va g‘oliblarga grant sertifikatlari topshirildi. Biz uchun alohida quvonarlisi, Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filiali ijrochi direktori Xojakbar Sultonovich Daliyevning "Kremniy fotonikasining istiqbolli qurilmalari uchun kremniy asosidagi yorug'lik chiqaruvchi va fotosezgir diodlarni integratsiyalash" mavzusidagi ilmiy loyihasi tanlov g‘olibi deb topilib, 1,5 milliard so‘mlik grant bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak e'tirof filialimiz ilmiy salohiyati, zamonaviy ilmiy izlanishlar va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning yana bir yorqin natijasidir. ✨ Hurmatli Xojakbar Sultanovich Daliyevni ushbu ulkan ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, ilmiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi innovatsion g‘oyalar va Vatanimiz ilm-fani ravnaqiga xizmat qiladigan yangi yutuqlar tilaymiz! 🎓 Filialimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz! 🌐Web-sayt📱Telegram 📱Instagram🎞You tube
#BizningPrezident 🎂 Bugun, 24-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tavallud topgan kun ! 🇺🇿Vatanimiz ravnaqi, el-yurt tinchligi hamda xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borayotgan keng koʻlamli islohotlaringiz va ulkan saʼy-harakatlaringiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, muhtaram Prezident!
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Yosh olimlar, innovatsiyalar va ilmiy hamkorlik — umumiy maqsad yo‘lida ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan payshanba kunining “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✅ Uchrashuvda metrologiya, fizika va mikroelektronika sohalarida ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish, fundamental hamda amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy laboratoriyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mamlakatda milliy metrologiya tizimini takomillashtirish, yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar sohasini rivojlantirish, kvant texnologiyalari va kvant metrologiyasi bo‘yicha ilmiy salohiyatni mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladilar. Muzokaralar chog‘ida yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy laboratoriyalarda amaliy faoliyat yuritish imkoniyatlarini kengaytirish, iqtidorli talabalarni innovatsion loyihalarga jalb etish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy infratuzilmani shakllantirish yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi kelishib olindi. Unga muvofiq yarimo‘tkazgichlar fizikasi, mikroelektronika va metrologiya sohalarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, harorat va namlikni masofadan monitoring qilish tizimlarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash, laboratoriyalarning texnik imkoniyatlarini baholash, fotoelektrik modullar hamda muqobil energetika qurilmalarini qo‘shma sinovdan o‘tkazish, sinov metodikalari va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, talabalar va yosh olimlar uchun amaliy seminarlar hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilandi. Shu bilan birga, qo‘shma ilmiy maqolalar, ma’ruzalar va ilmiy-axborot materiallarini tayyorlash, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda ilmiy natijalarni xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi. Tadbir yakunida mazkur hamkorlik mamlakatimizda ilm-fan, innovatsiyalar va metrologiya sohasini yangi bosqichga olib chiqish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda raqobatbardosh milliy ilmiy ishlanmalarni yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin! Bugun, 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlangan kun. 1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan qonun bilan mustaqilligimiz, g‘ururimiz va milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan Davlat gerbi hayotimizga kirib kelgan. Bugun milliy ramzimiz 34 yoshga to‘ldi! Humo qushi — baxt va hurlik timsoli, chor-atrofga nur sochayotgan quyosh esa yurtimizning porloq kelajagidir. G‘o‘za va bug‘doy boshoqlari esa zaminimizning qut-barakasi, xalqimizning mehnati va rizqini ifodalaydi. Davlatimiz ramzlari hamisha muqaddas va yuksakda bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🎉