IT Park Sirdaryo
СтатистикаIT Park Sirdaryo viloyati filiali 🌐 https://linkfly.to/itparksirdaryo1 📞 +998 99 035-11-99 Murojaat uchun: @itcentersirdaryosupport Chat: https://t.me/+w5OFBdvy5P9lMmQy
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 15
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 133
- 1/48двое суток
- 152
- 1/72трое суток
- 164
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🎮 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kibersport musobaqasi muvaffaqiyatli o'tkazildi! Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Park hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 2026-yil 6-avgust kuni Sirdaryo viloyati yoshlari o‘rtasida **PlayStation 5 - eFootball yo‘nalishi bo‘yicha kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kibersportni ommalashtirish hamda ularning strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Musobaqada 14–30 yosh oralig‘idagi yoshlar faol ishtirok etib, yuqori sport mahorati, jamoaviy ruh va raqamli salohiyatini namoyon etdilar. 🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlandi: 🥇 1-o‘rin — Smartfon 🥈 2-o‘rin — Yandex Station Alisa 🥉 3-o‘rin — Simsiz quloqchin Mazkur musobaqa yoshlarning raqamli texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, kibersport madaniyatini rivojlantirish hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi. G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz hamda musobaqada faol ishtirok etgan barcha yoshlarga minnatdorlik bildiramiz. ____ 🎮 Esports Tournament Successfully Held as Part of the “Dolzarb 90 Kun” Project! As part of the “Dolzarb 90 Kun” project, the Ministry of Digital Technologies and IT Park Uzbekistan successfully organized an eFootball (PlayStation 5) esports tournament for young people in Syrdarya Region on August 6, 2026. The tournament was organized to encourage meaningful leisure activities for youth, promote esports, and strengthen participants’ strategic thinking, quick decision-making, teamwork, and digital skills. Young participants aged 14–30 actively took part in the competition, demonstrating outstanding gaming skills, competitive spirit, and digital talent. 🏆 The winners were awarded the following prizes: 🥇 1st Place — Smartphone 🥈 2nd Place — Yandex Station Alisa 🥉 3rd Place — Wireless Earbuds The tournament played an important role in increasing young people's interest in digital technologies, promoting esports culture, and creating more opportunities for productive and engaging leisure activities. We sincerely congratulate the winners and express our appreciation to all participants for their enthusiasm and active involvement.
🚀 Kibersport musobaqalariga start beriladi! 🎮⚽ Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park hamkorligida Sirdaryo viloyatida yoshlar oʻrtasida PlayStation eFootball yoʻnalishi boʻyicha kibersport musobaqasi tashkil etiladi. 👥 Ishtirokchilar: 14–30 yoshdagi yoshlar. Musobaqaning asosiy maqsadi — yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kibersportni ommalashtirish hamda strategik fikrlash, jamoada ishlash va raqamli koʻnikmalarini rivojlantirish. 🏆 Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadi: 🥇 1-oʻrin — Smartfon 🥈 2-oʻrin — Yandex Station Alisa 🥉 3-oʻrin — Simsiz quloqchin 📅 Sana: 6-avgust, 2026-yil 📍 Manzil: Guliston shahri, "Kelajak Markazi" 💸 Ishtirok etish: Bepul 🔗 Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/7uArqKNkSrcy5qVP7 🎯 Oʻz mahoratingizni namoyish eting va chempionlik uchun kurashing! 🚀 CyberSports Tournament is Coming! 🎮⚽ The Ministry of Digital Technologies and IT Park are excited to announce a PlayStation eFootball CyberSports Tournament for young people in the Syrdarya region. 👥 Who can participate? Young people aged 14–30. The tournament aims to promote esports, encourage productive use of free time, and develop participants' teamwork, strategic thinking, and digital skills. 🏆 Prizes: 🥇 1st Place: Smartphone 🥈 2nd Place: Yandex Station Alice 🥉 3rd Place: Wireless Earbuds 📅 Date: August 6, 2026 📍 Venue: Kelajak Markazi, Gulistan 💸 Participation: Free of charge 🔗 Register here: https://forms.gle/7uArqKNkSrcy5qVP7 🔥 Show your skills, compete with the best, and become the champion!
⚡️ Sirdaryolik startapchilar, diqqat qiling! Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Yoshlar Ventures jamoasi vakillari Ertaga Yangiyerda bo’ladi. Maqsad bitta: siz bilan yuzma-yuz ko’rishib, startapingiz haqida bevosita o’zingizdan eshitish. 🗓 30-iyul, soat 10:00 (9:30da yig’ilamiz) 📍 Yangiyer shahri. Aniq manzil Telegram guruhda e’lon qilinadi. Uchrashuvda: • Startapingizni qisqa pitch qilasiz • Savollarga javob berasiz va fikr olasiz • Loyihangiz mos kelsa, investitsiya bosqichiga o’tish imkoniyati ochiladi Qatnashish tartibi oddiy: ariza formasini to’ldirasiz, oxirida Telegram guruh havolasi chiqadi. Aniq manzil va boshqa tafsilotlar o’sha yerda bo’ladi. Arizani hozir to’ldiring 👇 https://forms.gle/UBDzgFVtGeLWNmDV9
IT Park Uzbekistan Sirdaryo filiali rahbari Xurshid Suvonov "Regional Infrastructure Workshop" mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Bugun O‘zbekistonning har bir hududi global IT va biznes xizmatlari ekotizimining bir qismiga aylanmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga kiritilayotgan investitsiyalar kompaniyalarga nafaqat Toshkentda, balki butun mamlakat bo‘ylab o‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini yaratmoqda. — Khurshid Suvonov, Head of the Syrdarya Branch at IT Park Uzbekistan, delivered a presentation on "Regional Infrastructure Workshop." Today, every region of Uzbekistan is becoming part of the global IT and business services ecosystem. Investments in modern infrastructure are creating new opportunities for companies to grow—not only in Tashkent, but across the entire country. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
🚀 Sirdaryolik startapchilar uchun ajoyib imkoniyat: 1 yil davomida BEPUL OFIS! "Viloyat raqamlashtirish va sun'iy intellekt" jamoasi viloyatimizdagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy startap ekotizimini birgalikda rivojlantirishga tayyor! 🏢 Biz nimalarni taqdim etamiz? Tayyor ish joyi: Zamonaviy jihozlangan bepul ofis. Ekotizim va Networking: Viloyat hokimligi, raqamli texnologiyalar sohasi ekspertlari va xalqaro kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkoniyati. 📋 Nomzodlar uchun talablar (Kimlar qatnasha oladi?): Yo‘nalish: Loyiha Axborot texnologiyalari (IT), GovTech, sun'iy intellekt, BPO, GreenTech, qishloq xo‘jaligi yoki boshqa yo'nalishlarni raqamlashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bosqich: Kamida MVP (eng sodda ishchi model) yoki tayyor biznes-rejaga ega bo‘lgan startaplar. Jamoa: Loyihani amalga oshirishga tayyor bo‘lgan aniq jamoaning mavjudligi (shaxsiy tarkib). Muddati: Jamoa taqdim etilgan ofisdan samarali foydalanishi va 1 yil ichida aniq natijalarga erishishni maqsad qilishi kerak. 👇 Murojaat uchun havola: 🔗 [https://forms.gle/7drJZYRgtQMyvQ7K6] TASHKILIY GURUH ESLATMASI: Arizalar joriy yilning 15 avgust sanasigacha qabul qilinadi. Joylar soni cheklangan, saralash shaffof va eng kuchli loyihalar o‘rtasida o‘tkaziladi. Sirdaryoni raqamli innovatsiyalar markaziga aylantirish yo‘lidagi ilk qadamni hoziroq tashlang! Munosib loyihalarni kutib qolamiz.
✔️ Cyber University: jamiyatda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tashabbus doirasida yil yakuniga qadar 840 ming nafardan ortiq aholini qamrab olish rejalashtirilgan ☄️Raqamli transformatsiya sharoitida kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlar har bir fuqaro uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Cyber University davlat universiteti tomonidan respublika hududlarida aholining kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan to‘g‘ri va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda. ⚡️Qishki ta’til davomida ushbu tashabbus doirasida 134 ming nafar aholi qamrab olindi. Yil yakuniga qadar esa 840 ming nafardan ortiq aholini qamrab olish rejalashtirilgan. Tadbirlarda internet firibgarligi va fishing hujumlaridan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish, kuchli parollar va ikki bosqichli himoyadan foydalanish, shuningdek, ChatGPT hamda boshqa sun’iy intellekt vositalaridan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. ⌛Tashabbusning o‘ziga xos jihati shundaki, ushbu tadbirlar Cyber University talabalari tomonidan mahallalar, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida amalga oshirilmoqda. Bu orqali universitet zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni keng jamoatchilikka yetkazish orqali mamlakatda kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin
President Tech Award - katta orzular uchun katta maydon 2026-yilda President Tech Award yangi bosqichga chiqmoqda. Ilk bor tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi $5 000 000 ni tashkil etadi. Bu shunchaki mukofot emas. Bu — O‘zbekiston startup ekotizimi uchun yangi davr. Eng yaxshi texnologik loyihalar. Eng kuchli founderlar. Eng yirik mukofot. Tayyormisiz? 👉 awards.gov.uz orqali arizangizni topshiring va President Tech Award 2026 g‘oliblari safidan joy oling. @startupbaseuz
Sirdaryolik chorvadorlar va fermerlar uchun juda zo'r qulaylik! 🚀 Chorva mollarini sotish yoki sotib olishda qimmat dallollardan (oʻrtakashlardan) charchadingizmi? Bizning sirdaryolik yigitlar tomonidan ishga tushirilgan Barakami platformasi aynan shu muammoni hal qildi! Platforma orqali mollaringizni interaktiv xarita va real videolar (Reels formati) orqali toʻgʻridan-toʻgʻri qassoblar, restoranlar va B2B xaridorlarga sotishingiz yoki oʻzingizga yaqin hududdan barakali narxda sotib olishingiz mumkin. Ortiqcha dallol ham, asossiz ustama ham boʻlmaydi. Ma'lumot uchun ushbu loyiha yaqinda viloyat miqyosida o'tkazilgan AI Hackaton tanlovida 1-oʻrinni olgan! Sirdaryomizning oʻzidan chiqqan milliy loyihadan foydalaning va chorvangizga baraka kiriting! 🌾🐄 https://www.instagram.com/barakamiuz/ https://barakami.uz/ https://play.google.com/store/apps/details?id=com.codeforge01.BarakamiBeta https://apps.apple.com/us/app/barakami/id6769040668
Raqamli davr yoshlari: IT Park bilan kelajak kasblariga yo'l! #O'zbekiston24
🧠 Sirdaryo'da bo'lib o'tgan Umummilliy AI Hackathon g‘oliblari e’lon qilindi Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan Umummilliy AI Hackathonning Sirdaryo viloyati bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. ✅ Yuzlab ishtirokchilar sun’iy intellektga asoslangan innovatsion yechimlarini taqdim etib, to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. 🏆 Sirdaryo viloyati bosqichi g‘oliblari: Tibbiyot 🥇 Zeno 🥈 SDG 🥉 Ilg‘or Biznes 🥇 Leader AI 🥈 ONECONNECT 🥉 Zero X Ijtimoiy xavfsizlik 🥇 Magnet Team 🥈 Blitz 🥉 Narko AI Ta’lim 🥇 ForkBomb 🥈 IT Live 🥉 SmartShift Maxsus nominatsiyalar 🌐 Eng yaxshi web-sayt — Guliston texnopark 🖥 Eng yaxshi dastur — Synapse 📱 Eng yaxshi mobil ilova — Lead Owner Barcha ishtirokchilar, mentorlar va hakamlar hay’atiga faol ishtiroki uchun tashakkur bildiramiz. 🚀 G‘olib jamoalarni tabriklaymiz va ularning loyihalariga muvaffaqiyat tilab qolamiz! @startupbaseuz RU|EN LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Umummilliy AI Hackathon | Sirdaryo | Final Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan Umummilliy AI Hackathon muvaffaqiyatli yakunlandi. Kuchli raqobat, innovatsion g‘oyalar va sun’iy intellektga asoslangan yechimlar bilan boy bo‘lgan final bosqichida eng yaxshi jamoalar aniqlandi. 🏆 Sirdaryo viloyati bosqichi g‘oliblari: Meditsina treki: 🥇 Zeno 🥈 SDG 🥉 Ilg‘or Biznes treki: 🥇 Leader AI 🥈 ONECONNECT 🥉 Zero X Ijtimoiy Xavfsizlik treki: 🥇 Magnet Team 🥈 Blitz 🥉 Narko AI Ta’lim treki: 🥇 ForkBomb 🥈 IT Live 🥉 SmartShift Maxsus nominatsiyalar: 🌐 Eng yaxshi web-sayt: Guliston texnopark 🖥 Eng yaxshi dastur: Synapse 📱 Eng yaxshi mobil ilova: lead owner Barcha ishtirokchilar, mentorlar va hakamlar hay’atiga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning g‘oyalaringiz va loyihalaringiz mamlakatimizda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. G‘olib jamoalarni tabriklaymiz va ularning loyihalari muvaffaqiyatli startaplar hamda amaliy yechimlarga aylanishini tilab qolamiz! 📣
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи