IT Park Ventures
Статистика🌐https://itparkventures.uz LinkedIn: https://surl.li/veljri Instagram: https://surl.li/pvmdun YouTube: https://surli.cc/ciqvbf
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 125
- 1/48двое суток
- 143
- 1/72трое суток
- 154
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
12-avgust kuni Road to TechCrunch Startup Battlefield 2026 finali bo‘lib o‘tdi, unda mintaqaning 22 ta eng kuchli jamoasi Kremniy vodiysiga yo‘llanma uchun kurashdi. Qat'iy saralash natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning Cerberus startapi uchta g‘olibdan biriga aylandi!🏆 Road to TechCrunch Startup Battlefield — Markaziy Yevroosiyo startaplari uchun San-Fransiskodagi TechCrunch Startup Battlefield tadbiriga chiqishning rasmiy mintaqaviy yo‘li hisoblanadi. Tanlov ketma-ket ikkinchi yil Silkroad Innovation Hub tashkiloti tomonidan o‘tkazilmoqda. IT Park Ventures direktori Dalerxon Nodirov xalqaro hakamlar hay'ati (TechCrunch, Stanford GSB va OpenAI ekspertlari) qatorida loyihalarni baholashda ishtirok etdi. Ekspertlar biznes-modellarning masshtablanuvchanligi, texnologik qismi va global bozorlarga chiqish salohiyatini baholadilar. Qozog‘iston va Yaponiya jamoalari bilan birgalikda o‘zbek loyihasi quyidagilarni qo‘lga kiritdi: ✔️ San-Fransiskodagi TechCrunch tadbirida (13–15-oktabr) qatnashish huquqi. ✔️ $100,000 lik investitsiya fondining bir qismi. ✔️ OpenAI’dan $100,000 lik kreditlar va AQShga safar xarajatlarining to‘liq qoplanishi. 🔗Batafsil ma’lumot — IT Park Ventures rasmiy saytida ___ On August 12, the final of the Road to TechCrunch Startup Battlefield 2026 took place, where the region's top 22 teams competed for a ticket to Silicon Valley. Following a rigorous selection, the startup Cerberus from Uzbekistan emerged as one of the three winners!🏆 Road to TechCrunch Startup Battlefield is the official regional pathway for Central Eurasian startups to the TechCrunch Startup Battlefield in San Francisco. The competition is being organized for the second consecutive year by Silkroad Innovation Hub. Dalerkhon Nodirov, Director of IT Park Ventures, took part in evaluating the projects as a member of the international jury (alongside experts from TechCrunch, Stanford GSB, and OpenAI). The experts assessed the scalability of the business models, technologies, and the potential for expanding into global markets. Along with teams from Kazakhstan and Japan, the Uzbek project received: ✔️ A spot to pitch at TechCrunch in San Francisco (Oct 13–15). ✔️ A share of a $100,000 investment pool. ✔️ $100,000 in OpenAI credits and a fully funded trip to the US. 🔗For more information, visit the official IT Park Ventures website 😀Instagram | 🎬YouTube | 🌐Site | 😀LinkedIn
видео или голосовое, без подписи
🌐 Startapingizni xalqaro bozorga olib chiqishga tayyormisiz? Plug and Play Uzbekistan xalqaro akseleratsiya dasturining 7-oqimi uchun arizalar qabuli boshlandi. Dastur kimlar uchun? 🟢 O‘zbekistonning barcha hududlaridagi, ayniqsa, Farg‘ona vodiysidagi startup asoschilari; 🟢 dastlabki foydalanuvchilar, ishlaydigan prototip yoki ilk daromadga ega startuplar; 🟢 FinTech, Enterprise AI, SaaS, DeepTech va turdosh yo‘nalishlardagi jamoalar. Dastur ishtirokchilarga nimalar beradi? 🟣 Individual mentorlik — xalqaro ekspertlar, korporativ innovatorlar va faol venchur investorlar bilan ishlash; 🟣 Amaliy master-klasslar — pitch strategiyasi, xalqaro huquqiy tuzilma va o‘sish bo‘yicha sessiyalar; 🟣 Korporativ hamkorlik — Plug and Play tarmog‘idagi 550+ global kompaniya bilan pilot loyihalarni ishga tushirish imkoniyati. 🗓 Arizalar qabuli: 31-avgustgacha 📍 Farg'ona shahri 🔗 Ariza topshirish 🚀 Startupingizni xalqaro miqyosda rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizalar qabuli yakunlandi! President Tech Award 2026 inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga ro‘yxatdan o‘tish rasman yopildi. 📊 Bu safar: 🔵 Inkubatsiya dasturiga — 896 ta jamoa; 🔵 Akseleratsiya dasturiga — 133 ta jamoa; Jami 1 029 ta jamoa dasturlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Endi arizalarni saralash bosqichi boshlanadi. Eng kuchli jamoalar dastur davomida o‘z loyihalarini rivojlantirish va keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 👉 Yangiliklarni rasmiy Telegram-kanal orqali kuzatib boring. 🚀 Barcha jamoalarga saralash bosqichida omad tilaymiz! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
IT Park Ventures pinned a photo
видео или голосовое, без подписи
Startapingizni xalqaro darajaga olib chiqishni xohlaysizmi?📈 SABAH.HUB Markaziy Osiyo startaplarini mintaqadagi asosiy innovatsion va investitsion tadbirlardan biri bo'lgan Baku ID'da ishtirok etishga taklif qiladi. 📌 Baku ID'da ishtirok etish nima beradi? ⏺Investorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot ⏺Katta sahnada pitching ⏺Top-netvorking ⏳ Arizalarni topshirish oxirgi muddati: 17-avgust, 23:59 🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun havola O'z investoringizni topish va loyihangiz rivojida kuchli sakrashni amalga oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! __ Want to take your startup to the international level?📈 SABAH.HUB invites startups from Central Asia to participate in Baku ID — one of the major innovation and investment events in the region. 📌 What does participating in Baku ID offer? ⏺Direct access to investors ⏺Pitching on a big stage ⏺Top-tier networking ⏳ Application deadline: August 17, 23:59 🔗 Registration link Don't miss the chance to find your investor and make a powerful leap in the development of your project! 😀Instagram | 🎬YouTube | 🌐Site | 😀LinkedIn
🧠 President AI Award 2026: ariza topshirishga atigi 3 kun qoldi! Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun $1 000 000 mukofot jamg‘armasiga ega milliy tanlovda ishtirok etish imkoniyatini boy bermang. 🏆 G‘oliblar nimalarga ega bo‘ladi? Har bir yo‘nalishda uchta eng yaxshi loyiha investitsiya oladi: 🥇 1-o‘rin — $100 000 🥈 2-o‘rin — $60 000 🥉 3-o‘rin — $40 000 Jami 15 ta jamoa IT Park Ventures tomonidan KPI natijalariga muvofiq bosqichma-bosqich investitsiya, shuningdek, akseleratsiya, mentorlik va investorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha 📄 Ariza topshirish tartibi bilan ushbu yo‘riqnomada tanishing. Vaqtni boy bermang — arizangizni yakunlab, belgilangan muddatgacha topshiring. 👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
видео или голосовое, без подписи
🏳️ Global Startup Ecosystem Awards 2026 ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi 23-sentabr kuni ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va StartupBlink hamkorligida Global Startup Ecosystem Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda StartupBlink Global Startup Ecosystem Index natijalari asosida yuqori o‘sish, yetakchilik va innovatsion salohiyat namoyish etgan shaharlar, mamlakatlar hamda hududlar taqdirlanadi. Dastur davomida: 🟢 dunyoning yetakchi startup ekotizimlarini taqdirlash marosimi; 🟢 xalqaro ekspertlar va ekotizim vakillari ishtirokidagi panel muhokamasi; 🟢 davlat tashkilotlari, investorlar va startup hamjamiyatlari bilan networking; 🟢 mamlakatlar o‘rtasida yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rin oladi. Ushbu tadbir O‘zbekistonni global startup ekotizimlari uchrashadigan va ularning yutuqlari e’tirof etiladigan xalqaro maydonga aylantiradi. 🗓 23-sentabr 🔗 Ro'yxatdan o'tish 🚀 Global startup ekotizimining yetakchi vakillari bilan uchrashish va xalqaro hamkorliklar boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Big step forward for Enterprise Uzbekistan! The Senate of the Oliy Majlis has approved the Constitutional Law "On the International Digital Technology Center," giving Enterprise Uzbekistan its full legal foundation. The law sets out a dedicated legal regime for the center — based on elements of English and Welsh law, along with simplified registration, licensing, and business procedures built on international standards. Next step: the President's signature. Once signed, Enterprise Uzbekistan moves closer to becoming a true home for global tech companies building and scaling from Uzbekistan. Read more. Telegram | Facebook | Instagram | LinkedIn | X
🥇 President Tech Award 2026: ariza to‘ldirish yo‘riqnomasi President Tech Award 2026 uchun arizangizni to‘ldirdingizmi? ✅ Uni yakuniy yuborishdan avval barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq kiritilganiga ishonch hosil qiling. Biriktirilgan yo‘riqnomada quyidagi jarayonlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan: 🔵 platformada ro‘yxatdan o‘tish; 🔵 jamoa va loyiha ma’lumotlarini kiritish; 🔵 ommaviy ofertani to‘ldirish; 🔵 arizani yakuniy yuborish. ⚠️ Arizalar qabuli: 🔹 Inkubatsiya dasturi — 10-avgustgacha; 🔹 Akseleratsiya dasturi — 10-avgustgacha; 🔹 Best Startup Project — 31-avgustgacha. 👉 Arizangizni awards.gov.uz orqali topshiring. Yo‘riqnomani ko‘rib chiqing va barcha ma’lumotlar to‘liq kiritilganini tekshiring. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
видео или голосовое, без подписи
🧠 President AI Award 2026: ariza to'ldirish yo'riqnomasi President AI Award 2026 uchun arizangizni to‘ldirdingizmi? ✅ Uni yakuniy yuborishdan avval barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq kiritilganiga ishonch hosil qiling. Biriktirilgan yo'riqnomada quyidagi jarayonlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan: 🔵 platformada ro‘yxatdan o‘tish; 🔵 jamoa va loyiha ma’lumotlarini kiritish; 🔵 ommaviy ofertani to'ldirish; 🔵 arizani yakuniy yuborish. ⚠️ Arizalar 15-avgustgacha qabul qilinadi. 👉 Arizangizni awards.gov.uz orqali topshiring Yo'riqnomani ko‘rib chiqing va barcha ma’lumotlar to‘liq kiritilganini tekshiring. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
IT Park University bilan jamoangiz rivojlanishiga investitsiya qiling! IT Park Uzbekistan Imtiyozlar dasturi doirasida rezident kompaniyalar IT Park University dasturlarida maxsus chegirmalarga ega bo‘lishlari mumkin. 📚 Bakalavriat (4 yil) — 25% chegirma • Dasturiy ta’minot muhandisligi (Software Engineering) • Kiberxavfsizlik (Cybersecurity) 💰 25 500 000 so‘m → 19 000 000 so‘m 🎓 Magistratura (16 oy) — 13% chegirma • Loyihalarni boshqarish va sun’iy intellekt (Project Management & AI) • Axborot xavfsizligi (Information Security) • Dasturiy ta’minot muhandisligi (Software Engineering) 💰 67 000 000 so‘m → 58 000 000 so‘m ‼️ Barcha dasturlar 100% onlayn formatda o‘tkaziladi, bu esa o‘qishni ish bilan birga olib borish imkonini beradi. 🧑🎓 Bitiruvchilar ikki diplomga ega bo‘ladilar: • O‘zbekiston Respublikasining davlat namunasidagi diplomi; • Graduation Diploma (USA). 📞 Murojaat uchun: +998 55 503-99-99 🖥 Batafsil: https://itpu.uz 🚀 IT Park Loyalty Program imtiyozlaridan foydalaning va jamoangizni xalqaro darajadagi bilimlar bilan rivojlantiring. — Invest in Your Team's Growth with Exclusive IT Park University Benefits As part of the IT Park Uzbekistan Loyalty Program, member companies receive exclusive tuition discounts at IT Park University. 📚 Bachelor's Degree (4 years) — 25% OFF • Software Engineering • Cybersecurity 💰 25,500,000 UZS → 19,000,000 UZS 🎓 Master's Degree (16 months) — 13% OFF • Project Management & AI • Information Security • Software Engineering 💰 67,000,000 UZS → 58,000,000 UZS ‼️ All programs are delivered in a 100% online format, allowing employees to study without interrupting their careers. 🧑🎓 Graduates receive two diplomas: • A state-recognized diploma of the Republic of Uzbekistan; • A Graduation Diploma (USA). 📞 Contact: +998 55 503-99-99 🖥 Learn more: https://itpu.uz 🚀 Take advantage of the IT Park Uzbekistan Loyalty Program and empower your team with globally recognized education. #Mustaqillik35 #Uzb35 🌠 Independent Fact 1992-yil 13-iyulda O‘zbekiston Respublikasi rasman Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) a’zo davlatiga aylanib, institutsional jihatdan jahon mehnat standartlariga moslashishni boshladi. On July 13, 1992, the Republic of Uzbekistan officially became a member state of the International Labour Organization (ILO), initiating institutional alignment with global labor standards. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
🇺🇿Rasman: O‘zbekiston startap ekotizimlari o‘sishi bo‘yicha jahonda 1-o'rinda! Dealroom 2026 hisobotiga ko‘ra, ekotizimimiz misli ko'rilmagan o'sishni qayd etmoqda: Venchur investitsiyalari: +539,7% Yillik o'sish: +544,5% (Avstriya, Gana, Pokiston va Xitoyga nisbatan yuqori). Biz kelajak infratuzilmasini va global "yakkashoxlar" (unicorn) uchun sharoit yaratmoqdamiz. Asosiy insaytlar videoda! 🎥 IT Park Ventures - eng yaxshilarga sarmoya kiritamiz _ 🇺🇿Official: Uzbekistan is #1 globally in startup ecosystem growth! According to the Dealroom 2026 report, our ecosystem is showing unprecedented momentum: VC investments: +539.7% Ecosystem YoY growth: +544.5% (outperforming Austria, Ghana, Pakistan, and China). We are building the infrastructure of the future and the perfect conditions for global unicorns. Watch the video for key insights! 🎥 IT Park Ventures - investing in the best 😀Instagram | 🎬YouTube | 🌐Site | 😀LinkedIn
🇸🇦 Startapingiz bilan Riyoddagi LEAP 2026’da ishtirok eting Saudiya bozoriga chiqib, global investorlar bilan aloqa o‘rnatishga tayyormisiz? 31-avgustdan 3-sentabrgacha O‘zbekistondan saralangan kompaniyalar MENA mintaqasidagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri — LEAP 2026’da mamlakatimizni namoyish etadi. ❗️ IT Park’ning Saudiya Arabistonidagi vakolatxonasi ko‘magida ishtirokchilar maqsadli biznes uchrashuvlarda qatnashib, Digital Uzbekistan tadbirida mahsulotlarini potensial mijozlarga namoyish etadi. Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi: 🔹 alohida ko‘rgazma stendi; 🔹 sammitda bepul ishtirok etish; 🔹 media va marketing ko‘magi; 🔹 maxsus networking va biznes uchrashuvlar; 🔹 tashrif davomida IT Park’ning Riyoddagi vakolatxonasi ko‘magi. Kimlar ariza topshirishi mumkin? (6 ta joy mavjud) 🔹 mahsulotini jonli namoyish etishga tayyor startaplar; 🔹 ingliz tilidagi mahsulot interfeysiga ega kompaniyalar; 🔹 xalqaro bozorlarga chiqishni maqsad qilgan jamoalar; 🔹 tadbirda ishtirok etishga tayyor founderlar yoki C-level rahbarlar; 🔹 tayyor Go-to-Market strategiyasiga ega jamoalar. Arab tilidagi interfeys, mavjud savdo natijalari, xalqaro mijozlar va tayyor promo materiallar ustunlik beradi. 📍 Riyod, Saudiya Arabistoni 🗓 2026-yil 31-avgust – 3-sentabr 🔗 Ishtirok etish Saudiya Arabistonidagi investorlar, hamkorlar va potensial mijozlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🎙 Bellissimo’dagi oddiy muammo qanday qilib xalqaro startapga aylandi? “The Founders”ning yangi sonida Smartcast jamoasi Bellissimo Pizza bilan yaratilgan ilk MVPdan $200,000 investitsiya va xalqaro bozorlarga chiqishgacha bo‘lgan yo‘lini ochib beradi. Investorlarni nima ishontirdi? AI reklama bozorini qanday o‘zgartirmoqda? Founderlarning eng katta xatosi nimada? Bugun 5,000 ekranni boshqarayotgan IT Park Ventures portfel startapining hikoyasini to‘liq podkastda bilib oling. ▶️ To‘liq suhbatni tomosha qiling @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
видео или голосовое, без подписи