tgindex
Akbar Jalilov ✍️

Akbar Jalilov ✍️

Статистика
@jalilov_akbarузбекский

Futbolda “Omad faqat kuchlilarga kulib boqadi” degan gap bor. Aslida, faqat futbolda emas, “HAYOT” da ham omad faqat kuchlilarniki bo’ladi! Kuchli bo’lish uchun esa, mehnat qilish kerak bo’ladi! Faqat mehnatkashlargina kuchli bo’la oladi.

Последний пост
1 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
169
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
492
21 постов
Вовлечённость
291,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
332
1/48двое суток
380
1/72трое суток
410

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 1 авг.512513

    AQSh Yapon iyenasi kursini ushlab turish uchun milliardlab dollar ajratishi mumkin AQSh Moliya vazirligi yapon iyenasi (JPY) qadrini oshirish va uning valyuta kursini barqarorlashtirish maqsadida 5 milliarddan 10 milliard dollargacha miqdorda iyena xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kemp-Devidda oʻtkazilgan vazirlar mahkamasi yigʻilishida olingan fotosuratlar va ishonchli manbalarga tayanib Reuters agentligi xabar berdi. Moliya vazirining maxfiy qaydlari va voqealar rivoji AQSh Prezidenti Donald Tramp boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilish chogʻida, jurnalistlar uchun ochiq daqiqalarda Reuters fotografi Moliya vaziri Skott Bessentning (Scott Bessent) ishchi stolini tasvirga oldi. Suratlardan birida vazirning nomi yozilgan lavha yonida joylashgan bloknotga quyidagi reja qoʻlda yozilgani va tagiga chizilgani koʻringan: "To Do: Buy Japanese Yen (JPY) $5-10 bil." (Bajarilishi kerak: 5–10 milliard dollar qiymatida yapon iyenasi sotib olish) Moliya vazirligi vakillari ushbu qaydlar hamda vazirlik haqiqatdan ham valyuta bozoriga intervensiya qilgani boʻyicha rasmiy munosabat bildirishdan hozircha tiyilmoqda. Bozorning keskin munosabati va iyena kursining koʻtarilishi Valyuta bozorida iyenaning mustahkamlanishi ketma-ket hodisalar foni ortida yuz berdi. Tashrif va xabarlar: Surat olinishidan taxminan ikki soat oldin insayderlar Moliya vazirligi bir qator yirik banklarni bozorga intervensiya qilish ehtimoli haqida ogohlantirgani haqida xabar bergan edi. Yaponiya hokimiyatining harakatlari: Yaponiya moliyaviy hokimiyati Tokio birjasida iyenani sotib olish orqali intervensiyani boshlab yuborgan edi, bu esa ertalabki savdolarda valyuta kursining sezilarli oʻsishiga olib keldi. Tushdan keyingi sakrash: Kuning ikkinchi yarmida iyena kursi yana bir bor keskin koʻtarildi. LSEG maʼlumotlariga koʻra, soat 16:14 dagi 1 dollar uchun 158.9 iyena koʻrsatkichi soat 17:00 ga yaqinlashganda 157.6 iyenagacha tushdi (dollar iyenaga nisbatan taxminan 0.8% ga arzonlashdi). Tarixiy ahamiyati AQSh Moliya vazirligining yapon iyenasi kursini qoʻllab-quvvatlash uchun valyuta bozoriga aralashuvi kamdan-kam uchraydigan hodisadir. AQSh oxirgi marta iyena kursini ushlab turish uchun bu kabi chorani 2011-yildagi Yaponiyadagi vayronkor zilzila va tsunami hodisalaridan soʻng, Katta yettilik (G7) mamlakatlari bilan hamkorlikda amalga oshirgan ekan. Manba @jalilov_akbar

  • Smartfon zavqi va uning qo’rqinchlari! Smartfon miyaning qo’rqinchlari nomli kitobni qizchamiz o’qib tugatdi. Kitobni o’qib bo’lgach o’z taasurotlari bilan ulashdi. Umid qilamanki bundan keyin smartfondan foydalanish vaqtini keskin kamaytiradi. Keling kitobni xulosasi bilan qisqacha tanishamiz. Bugungi raqamli asrda smartfon hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Biroq, shved psixiatori Anders Hansenning "Smartfon miyasi" (Skärmhjärnan) nomli mashhur kitobi bizni chuqur o‘yga tolshga majbur qiladi. Bu kitobda smartfonlarning inson psixologiyasi va miya faoliyatiga ko‘rsatadigan yashirin xavflari haqida so‘z boradi. 1. Miyamiz hamon tosh asrida yashamoqda. Inson miyasi yuz minglab yillar davomida shakllangan va u ovchi-yig‘uvchilik davridagi muhitga moslashgan. Bugungi zamonaviy texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar esa juda tez rivojlandi. Natijada, miyamiz har bir yangi xabarnoma (notification) va "like"ni doimiy axborot qidirish instinkti bilan qabul qiladi hamda dofamin moddasini ajratib chiqaradi. Bu esa bizda beixtiyor smartfonga qaramlikni keltirib chiqaradi. 2. Smartfon keltirib chiqaradigan muammolar Kitobda smartfonlardan me’yoridan ortiq foydalanish quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi ta'kidlanadi: Diqqatning bo‘linishi: Smartfon yonimizda turganining o‘ziyoq diqqat-e'tibor va xotira imkoniyatlarini kamaytiradi. Uyqu buzilishi: Ekrandan tarqaladigan moviy nur (blue light) uyqu gormoni bo‘lmish melatonin ajralishiga xalaqit beradi. Ruhiy tushkunlik va xavotir: Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini boshqalar bilan solishtirish ruhiy tushkunlik va tushunarsiz xavotir hissini oshiradi. Eng yomoni smartfonlarda ijtimoiy tarmoqlarni shunchaki kuzatish, miyani fikrlashdan to’xtatib qo’yar ekan. Natijada borgan sari xotira susayib, o’ylashni yoqtirmay qolar ekan. Bu dangasalik va ish yoqmaslikka sabab bo’ladi. Xulosa: Smartfonlar hayotimizni qulaylashtiradigan ajoyib quroldir, lekin u hayotimizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Miyangizga biroz dam bering va real dunyodan zavqlaning!

  • 30 июн.1345из xushnudbek

    ❗️Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan to‘pi mundial guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi Milliy jamoamiz sardorining ushbu goliga FIFA shunday izoh bergan: “Yuksak mahorat va nafislik uyg‘unlashgan ushbu gol O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi debyutida eng esda qolarli lahzaga aylandi”. 👉 @xushnudbek 👈

  • 23 июн.172131из xayrulla_hamidov

    Абдуқодир аламидан йиғлаб юборди, кўрдингиз. Биласизми нега? Сабаби у йиртқич еврофутболни қолганларга нисбатан карра каррасига кўпроқ билади, қовурилиб юрибди ўша ерларда. Чидолмай олдинга ўтиб кетганини ҳам эсладингиза боя? Айтмоқчиманки, термамиз ҳам аста секин ўша даражаларга етиб боряпти шу йилларда. Шу йиртқичлар билан ўйнаб ўйнаб қовурилиб тобланамиз Ҳусанов сингари. Шунақа пайт уларнинг қўлидан тутинг! @xayrulla_hamidov

  • 18 июн.16822из Davron_Fayziev

    🇺🇿 Oʻzbekiston milliy terma jamoasining FIFA Jahon Chempionati 2026™dagi ilk oʻyiniga juda yaqin qoldi! Tarixiy oʻyinni oʻtkazib yubormang - jonli efirni TelecomTV (@telecomtvuz) orqali tomosha qiling. 📆 18.06.26 | soat 07:00 ✅ Mutlaqo bepul ✅ Yuqori tasvir sifati ✅ Katta televizor ekrani yoki smartfon - tanlov sizdan ✅ Terma jamoamizni real vaqt rejimida birgalikda qo'llab-quvvatlaymiz Butun mamlakat milliy jamoamizga muxlislik qiladi. Bizga qoʻshiling va oʻyinni TelecomTV bilan birga tomosha qiling! ⚽🔥

  • 14 июн.1385из yaponiya_sadosi

    🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰 🅰🅰🅰🅰🅰🅰 Yurtimizning Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan kelgan Orif akaning o’g’li Hojimuhammad “Hypothalamic hamartoma” miya o’smasi bilan og’ringan. Hozirda Yaponiyaning Niigata shahridagi “Nishi-Niigata Chuo Hospital” (西新潟中央病院)da operatsiya uchun davolanmoqda. Operatsiya umumiy harajati tahminan 50,000 dollar. Orif aka bu harajatni qoplashda qo’lidan kelgan harakatni qilgan va biroz qarzga kirib qolgan. Kimdir yordam bermoqchi bo’lsa, Uzcard yoki Yaponiya banki hisob raqamlarini yozib qoldiramiz. Moddiy yordam yoki boshqalarga ulashish orqali oz yaxshilikka sherik bo’ling. Uzcard Xolboyeva Mohira 8600 0607 5140 5540 (Yaponiyada) SMBC Bank Olive - Cork (668) Futsu - 7687168 Dilshodbek Zakirov https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9

  • 🇯🇵 Yaponiya AI robotlar orqali 20 trillion iyena (140 milliard dollar) bozor yaratmoqchi Yaponiya hukumati 2040-yilgacha sun’iy intellekt bilan ishlovchi robotlarni ishlab chiqarish, logistika va boshqa 18 ta sohaga keng joriy etishni rejalashtirmoqda. Maqsad juda katta: AI robototexnika sanoatida dunyo bozorining 30% dan ortig‘ini egallash va qiymati 20 trillion iyena (140 milliard dollar) bo‘lgan bozor yaratish. Taqqoslash uchun, bu summa ayrim davlatlarning bir yillik YAIMidan ham kattaroq. 🔹 Robotlar zavodlarda odamlar o‘rniga ishlaydi. 🔹 Ombor va logistika markazlarida samaradorlik oshadi. 🔹 Ishchi kuchi tanqisligi muammosi kamayadi. 🔹 AI va robototexnika bo‘yicha minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ammo Yaponiya oldida kuchli raqiblar bor. AQSh AI dasturlarida yetakchi bo‘lsa, Xitoy robotlarni ommaviy ishlab chiqarishda juda tez rivojlanmoqda. Kelgusi 10–15 yil ichida AI robotlar bozori uchun asosiy kurash aynan Yaponiya, AQSh va Xitoy o‘rtasida bo‘lishi kutilmoqda. 📌 Kim AI robotlarini tezroq va arzonroq ishlab chiqarsa, kelajak sanoatining katta qismini nazorat qilishi mumkin. Shu bilan birga, chet elliklar muammosini ham AI orqali harakat qiladigan robotlarni sanoatga joriy qilish orqali hal etish maqsad qilingan bo’lishi mumkin. Chunki, Yaponiya aholisining kamayib ketishi chet ellik ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshiradi. Ammo, hozirgi kunda chet elliklarning ko’payishiga qarshi bo’lgan yaponlar juda ham ko’payib bormoqda. Chet elliklarning kamayishi sanoatda ishchi kuchiga ehtiyojni yanada oshiradi. Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni qondirish uchun esa, AI robotlariga talab oshishi aniq. @jalilov_akbar

  • Sokinlik, shukronalik va baraka bayrami — Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! ✨ Bu muqaddas kunlar qalblarimizga xotirjamlik, xonadonlarimizga fayz va dasturxonlarimizga qut-baraka olib kelsin. Qurbonlik qilish — nafaqat saxovat, balki ko'ngillarni yaqinlashtiruvchi, gina-qudratlarni unuttiruvchi ibodatdir. Niyat qilgan barcha ezgu duolaringiz ijobat bo‘lishini, yaqinlaringizning tabassumi xonadoningizni doimo yoritib turishini tilayman. Bayramingiz fayzli o'tsin! @jalilov_akbar

  • 23 мая311101

    🎌Yaponiya fuqaroligini olish osonlashishi mumkinmi? Ekspertning shov-shuvli taklifi! Yaponiyada aholi soni kamayib, chet ellik ishchilar ulushi esa tobora ortib bormoqda. Xoʻsh, mamlakat bu vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchi? 📌 Ekspert nima taklif qildi? Migratsiya siyosati boʻyicha taniqli ekspert, professor Atsushi Kondo parlamentdagi chiqishida shunday dedi: "Agar mamlakatda chet elliklar koʻpayib ketayotganidan xavotirda boʻlsak, ularga Yaponiya fuqaroligini (naturalizatsiya) olishni osonlashtirishimiz kerak". Uning fikricha, Yaponiya qonun-qoidalarini hurmat qiladigan va tilni biladigan xorijliklarni jamiyatning toʻlaqonli aʼzosiga aylantirish — barqaror hamjamiyat yaratishning eng toʻgʻri yoʻlidir. 🌍 G7 davlatlari tajribasi: Professor Kanadani misol qilib keltirdi: u yerda chet elda tugʻilganlar ulushi 20-30% ni tashkil etsa-da, rasmiy "xorijliklar" koʻrsatkichi 10% dan past. Sababi — koʻpchilik tezda Kanada fuqaroligini oladi. Germaniya ham yaqinda ikki fuqarolikka ruxsat beruvchi qonunni qabul qilib, shu yoʻldan ketmoqda. 🤨 Qarshi tomon nima deydi? Baʼzi siyosatchilar va deputatlar bunga eʼtiroz bildirmoqda. Ularning fikricha, shunchaki xorijliklarga pasport berib, ularni "statistika uchun yaponiyalik" qilib hisoblash jamiyatdagi madaniy va ijtimoiy integratsiya muammolarini aslo hal qilmaydi. 💡 Xulosa oʻrnida: Yaponiya hukumati xorijlik ishchi kuchiga muhtoj, biroq ularni jamiyatga qanday qoʻshish masalasi hamon ochiq qolmoqda. Agar ushbu taklif qoʻllab-quvvatlansa, kelajakda kunchiqar yurtda uzoq yillar yashab kelayotgan chet elliklar uchun ham Yaponiya fuqaroligini olish ancha osonlashishi mumkin. Manba @jalilov_akbar

  • 20 мая367113

    Google AI urushida yana bir katta qadam tashladi! Google o‘zining yillik developer konferensiyasida yangi AI funksiyalarini taqdim etdi. Endi Google qidiruvi oddiy javob berish bilan cheklanmaydi — AI agentlar foydalanuvchi o‘rniga vazifalarni ham bajaradi. ! Yangi imkoniyatlar: • Onlayn xaridlarni avtomatik qilish • Chiptalar bor yoki yo’qligini kuzatish • Rejalarni real vaqtda tuzish • Turli ilovalardan ma’lumot yig‘ib hisobot tayyorlash Shuningdek, Google yangi “Gemini 3.5” AI modelini ham tanishtirdi. U avvalgisiga qaraganda: ⚡ tezroq 💰 arzonroq 🧠 kuchliroqdir. Google AI xizmatlari narxini ham pasaytirdi. Bu esa OpenAI va Anthropic kabi raqobatchilar bilan katta kurash boshlanayotganini ko‘rsatmoqda. Google CEO’si Sundar Pichai aytishicha, Gemini foydalanuvchilari soni bir yil ichida 400 milliondan 900 millionga yetgan. 📈 DeepMind rahbari Demis Hassabis esa: “Biz insoniyat tarixidagi eng muhim texnologik davr — singularity ostonasida turibmiz”, — dedi. AI endi shunchaki yordamchi emas. U asta-sekin odam o‘rniga ishlay boshlayapti. 🤖🔥 Xo’sh, biz nima qilishimiz kerak? AI ni boshqarishni mukammal tarzda o’zlashtirishimiz kerak. Chunki, har bir sohada AI qo’llanila boshladi va kim AIni zo’r bilsa, ish o’shaniki bo’lib bormoqda. AI qanchalik rivojlanmasin, bu dunyo va jamiyat insonlar bilan tirikdir. Lekin, bu dunyoda qanday yashashni har bir inson o’zi hal qiladi. Shuning uchun yangi ilmlarni o’rganish bilan bozordagi qiymatimizni oshiraylik! @jalilov_akbar

  • 6 мая191162

    Kitob o’qimasak, zanglab qolamiz. O’tgan 1-2 oy davomida ishlarim ko’payib ketgani sababli, kitob o’qishni to’xtatib qo’ydim. Natijada qisqa muddat ichida o’zimda ancha pastlashni his qila boshladim. Arzimagan narsaga stress bo’lish, oddiy narsalarga bosh qotirish kabi holatlar ancha ko’paydi. Buning sababi, o’z ustimda ishlamay qo’yganim, ya’ni mutoalani to’xtatib qo’yganim bo’lsa kerak. Kitob o’qishni tiklash uchun, bundan bir necha yil oldin o’qigan kitobim “Tez bajaruvchilar va bajarmaydiganlar” nomli kitobni qayta boshladim. Bu kitobni o’qigan odam, o’zida tetiklikni his qiladi va maqsadlarini aniqlashtirib oladi. Kitobda juda oddiy, lekin o’ta o’ylantiradigan misol bor. Tasavvur qiling, siz uzun tunelda ketayapsiz. Lekin, hech tunel tugamayapti va qachon tunelni oxiri kelar ekan, yorug’lik qachon ko’rinar ekan deb, yo’lda davom etayapsiz. Sizda xavotir bor va xotitjamlik yo’qolgan. Bu holatni maqsadi aniq bo’lmagan insonlarga o’xshatish mumkin. Hayotda yashayapdi, lekin maqsadi nimaligini aniq qilib olmagan. Aksariyatimiz ko’p gapiramiz, lekin hech maqsadni aniq qilib olmaymiz. Aslida har bir odamning eng oliy MAQSADI bu - o’z maqsadini aniq qilib olib, keyin tunelga kirish bo’lsa ajab emas! @jalilov_akbar

  • 1 апр.2 7491244

    🇯🇵 Yaponiyada viza bekor qilinishi holatlari keskin ko‘paydi: Migratsiya xizmati hisoboti Yaponiya Migratsiya xizmati agentligining (Immigration Services Agency) so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda chet elliklarning yashash maqomi (viza) bekor qilinishi holatlari o‘tgan yilga nisbatan 22,1 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich viza tartib-qoidalariga rioya qilish bo‘yicha nazorat kuchaytirilganini anglatadi. Hisobotdagi asosiy raqamlar va sabablar: Umumiy ko‘rsatkich: Yil davomida jami 1,240 ta holatda yashash maqomi bekor qilingan. Ro‘yxatda Vietnam fuqarolari sezilarli darajada ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Davlatlar kesimidagi raqamlar quyidagicha: 🇻🇳 Vietnam: 947 ta holat 🇮🇩 Indoneziya: 94 ta holat 🇱🇰 Shri-Lanka: 91 ta holat 🇺🇿 O‘zbekiston: 70 ta holat 🇨🇳 Xitoy: 66 ta holat 🇳🇵 Nepal: 56 ta holat 🇰🇭 Kambodja: 36 ta holat Viza turlari: Eng ko‘p bekor qilingan viza turlari — "Talaba" (Ryugaku) va "Texnik stajyor" (Ginou Jisshu)maqomlaridir. Asosiy qoidabuzarliklar: Faoliyatning yo‘qligi: Masalan, talabalar o‘qishga bormasligi yoki stajyorlar o‘z ish joylarini ruxsatsiz tark etishi. Soxta ma’lumotlar: Viza olish yoki muddatini uzaytirishda yolg‘on hujjatlar taqdim etilishi. Noqonuniy mehnat: Talabalarga ruxsat berilgan haftalik 28 soatlik ish vaqtidan oshib ketish. Nima uchun bu muhim? Yaponiya hukumati so‘nggi vaqtlarda migratsiya qoidalarini jiddiy nazorat qilmoqda. Yashash maqomi bekor qilinishi nafaqat mamlakatdan chiqarib yuborilishga (deportatsiya), balki kelajakda Yaponiyaga qayta kirish taqiqlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Tavsiya: Yaponiyada bo‘lib turgan yoki u yerga borishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimizdan o‘z maqomlariga mos faoliyat bilan shug‘ullanishlari va viza qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini tavsiya qilamiz. @jalilov_akbar

  • 28 мар.2789из Tadqiqotchi_Kanto

    🔥Tadbirga 2 hafta qoldi ✨Sizni kutib qolamiz! @Tadqiqotchi_Kanto

  • 🌙 Ramazon hayiti muborak bo'lsin! Alloh taolo tutgan ro'zalarimizni, qilgan duo va ibodatlarimizni o'z dargohida qabul aylasin. Bu ulug' kunda qalbingiz iymon nuriga, xonadoningiz fayz-u barakaga to'lsin. Duolaringiz ijobat, hayitingiz quvonchli o'tsin! 🤲 @jalilov_akbar

  • Sun’iy Intellekt va Inson Irodasining Sustlashishi: Anthropic Tadqiqoti Natijalari Bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Biroq, Amerikaning mashhur Anthropic kompaniyasi tadqiqotchilari tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tahlillar xavotirli tendensiyani ko‘rsatdi. Tadqiqot guruhi 1,5 milliondan ortiq muloqot ma’lumotlarini tahlil qilib, foydalanuvchilarning o‘z mustaqilligini yo‘qotishi, ya’ni "irodasizlik" (Disempowerment) holati bo‘yicha hisobot e’lon qildi. Tadqiqotda sun’iy intellekt insonning mustaqil fikrlash qobiliyatini pasaytiruvchi uchta asosiy holat aniqlandi: 1. Xato va asossiz fikrlarning tasdiqlanishi: Foydalanuvchi biror noto‘g‘ri ma’lumot yoki asossiz fikrni ilgari sursa, SI uni qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada insonning voqelikni noto‘g‘ri idrok etishi yanada kuchayadi. 2. Axloqiy va shaxsiy qarorlarni SIga topshirish: Insonlar o‘zlarining shaxsiy munosabatlari, boshqalarning xatti-harakatlariga baho berish yoki axloqiy tanlovlarni amalga oshirishda SI maslahatiga ko‘r-ko‘rona ishonib qolishmoqda. 3. Faoliyatni to‘liq SIga yuklash: Muhim shaxsiy xabarlar yoki ijodiy ishlarni hech qanday tahlilsiz, to‘liqligicha SIga yozdirish va undan foydalanish holatlari ko‘paymoqda. Bu esa insonning ijodiy va intellektual subyektivligini yo‘qotadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bunday holatlar har 1000 ta suhbatdan birida uchraydi. Ammo shaxsiy muammolar, ruhiy salomatlik va hissiy masalalar haqida so‘z ketganda, ushbu xavf keskin ortadi. Eng qiziqarli va xavotirli jihati shundaki, foydalanuvchilar aynan SI ularning o‘rniga qaror qabul qilgan yoki ularning xato fikrlarini ma’qullagan suhbatlarni yuqori baholashgan. Bu holat qisqa muddatli qulaylik va uzoq muddatli shaxsiy rivojlanish o‘rtasida ziddiyat borligini ko‘rsatadi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, kelajakda sun’iy intellekt nafaqat buyruqlarni bajaradigan, balki insonning mustaqil fikrlashini va o‘zligini asrab qolishiga yordam beradigan tarzda loyihalashtirilishi zarur. @jalilov_akbar

  • Ertaga Yaponiyada saylov! Ertaga Yaponiyada Bosh vazirlik uchun saylov bo’lib o’tadi. Liberal Demokratik Partiya a’zosi Takaichi Sanae xonim vazirlikda qoladimi yoki yo’q hal bo’ladi. Taxminlarga ko’ra Liberal Demokratik Partiyasi kutilgandan ko’r ko’p ovoz olishi kutilmoqda. Agar, Takaichi Sanae xonim vazirlikda qolsa, Yaponiya iyenasining qadri yana pasayishi kutilmoqda. Saylovdan keyin 1 dollar 160 iyenaga chiqishi kutilmoqda. Kuzatamiz! @jalilov_akbar

  • 13 янв.8001911

    Uzoq umr siri: ko‘p mashq emas, to‘g‘ri mashq muhim Bugun uzoq umr ko’rish bilan bog’liq ma’qola o’qib qildim. Qisqacha mazmunini sizlar bilan ham ulashgim keldi. Ko‘pchiligimiz sog‘lom bo‘lish va uzoq umr ko‘rish uchun har kuni uzoq vaqt sport bilan shug‘ullanish kerak, deb o‘ylaymiz. Ammo so‘nggi ilmiy tadqiqotlar bu fikrni qisman inkor etmoqda. Business Insider Japan nashrida e’lon qilingan maqolaga ko‘ra, sog‘liq va umr davomiyligi uchun mashqning davomiyligi emas, balki intensivligi muhimroq bo‘lishi mumkin. Kanadadagi yetakchi ilmiy markazlar — McMaster va McGill universitetlari olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 40 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan 80 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — qisqa, lekin yuqori intensiv mashqlar bilan an’anaviy, o‘rtacha darajadagi mashqlarni solishtirish edi. Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lindi. Birinchi guruh yuqori intensiv interval mashqlar (HIIT) bilan shug‘ullandi. Ular 1 daqiqa davomida maksimal kuch bilan harakat qilib, keyin 1 daqiqa yengil mashq qildilar. Bu jarayon taxminan 19 daqiqa davom etdi. Ikkinchi guruh esa 20–30 daqiqa davomida sokin yugurish yoki yengil mashqlarini bajardi. Natijalar kutilganidan ham qiziqarli bo‘ldi. Qisqa, lekin kuchli mashqlar qilgan guruhda yurak-qon tomir tizimi, nafas olish qobiliyati va umumiy jismoniy holat ancha tez va kuchli rivojlangan. Ba’zi ko‘rsatkichlarda ular an’anaviy mashq qilganlarga qaraganda deyarli ikki barobar yaxshi natijaga erishgan. Eng muhim jihati shundaki, bu mashqlar nafaqat yoshlar, balki katta yoshdagilar uchun ham samarali va nisbatan xavfsiz ekani aniqlandi. Tadqiqotchilarning fikricha, qisqa intensiv harakatlar tanani “uyg‘otadi”, hujayralar faoliyatini faollashtiradi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. Yana bir muhim xulosa: sog‘liq uchun alohida sport zaliga borish shart emas. Masalan, zinapoyadan tez chiqish, qisqa masofaga tez yurish yoki bir necha daqiqalik kuchli harakatlar ham kunlik sog‘liq uchun katta foyda berishi mumkin. Asosiysi — tanani qisqa vaqt bo‘lsa ham, haqiqiy ishlashga majbur qilish. Bu tadqiqot zamonaviy insonlar uchun ayniqsa muhim. Chunki bugungi kunda ko‘pchilikda vaqt yetishmaydi. Ish, o‘qish va kundalik majburiyatlar orasida sportga uzoq vaqt ajratish qiyin. Ammo ushbu ilmiy xulosa shuni ko‘rsatadiki, sog‘lom bo‘lish uchun vaqt kamligi bahona bo‘la olmaydi. Xulosa qilib aytganda: Uzoq umr va sog‘lom hayot uchun ko‘p mashq qilish shart emas. Muhimi — to‘g‘ri, qisqa va intensiv harakatlar. Ba’zan 20 daqiqalik ongli mashq soatlab qilingan sust harakatdan ko‘ra foydaliroq bo‘lishi mumkin. Sog‘liq — bu vaqt masalasi emas, tanlov masalasi! Manba: Life Insider @jalilov_akbar

  • Taxminlar o’xshayapdi… Kecha AQShda ishsizlik darajasi ko’rsatgichi e’lon qilindi. Unga ko’ra ishsizlik darajasi 4.4% (4.5% kutilgandi) deb e’lon qilindi. Bu esa kutilgandan past ko’rsatgich. Shu sababdan AQShda qayta moliyalashtirish stavkasi tushurilmaslik ehtimoli oshdi. Bu esa iyenaning qadri tushishiga sabab bo’ladi. Hozircha $1=¥158 ga teng bo’lib turibdi. Keyingi hafta 160 gacha tushib ketishi mumkin. @jalilov_akbar

  • 4 янв.579124

    Isrofdan tashqari “Barchasi mavjud” APA hotelining xona kalitlariga yapon tilida “無駄がない、全てがある” deb yozib qo’yilibdi. Buning ma’nosi ushbu post sarlavhasida yozilgan. Isrofni yo’qotish va har bir narsadan to’g’ri foydalanish ushbu mehmonxonaning oliy maqsadlaridan biri ekan. Buni har bir inson hayotiga tadbiq qilsa bo’lar ekan. @jalilov_akbar

  • https://youtube.com/shorts/ArB1v8RIawE?si=RXli-QYmwXb0Z8JR 2026-yilda yapon iyenasining dollarga nisbatan qadri qanday bo’ladi? Bu mavzu O’zbekistonga dollar qilib pul jo’natadigan va biznes safarlar qilib turadiganlar uchun qiziqarli bo’ladi degan umiddaman. Video tahlilimizni ko’ring va qandaydir savol yoki fikringiz bo’lsa izohlarda qoldiring! @jalilov_akbar